Ishning hisoboti. 1 . Millimetrli kog’ozga sovish chiziqlarini chizing 2. Naftalin–difenilamin sistemasining suyuqlanish diagrammasini tuzish, evtektikalar qotish temperaturasi va sistemaning tarkibini aniqlash.
Laboratoriya mashg’uloti-10
Elеktrоlitlаrning eritmаlаrning xossalari.
Vodorod ionlarining konsentratsiyasini o’lchash
Suv qisman bo’lsada vodorod va gidroksil ionlariga dissotsilanadi:
HOH =H+ + OH-
Eritmada H+ ioni gidratlangan holatda, ya’ni gidroksoniy kationi H3O+ ko’rinishida bo’ladi. Massalar ta’siri qonuniga muvofiq suvning dissotsilanish konstantasi quyidagicha ifodalanadi: K=[H+]*[OH-]/[H2O]Suvning 250C dagi dissotsilanish konstantasining qiymayi 1,8*10-16 ga teng. Suvdagi ionlarning konsentratsiyalari juda kichik bo’lganligi uchun
dissotsilanmagan suv molekulalarining konsentratsiyasini uning 1 litridagi umumiy
konsentratsiyasiga teng deb olish mumkin, ya’ni:
[H2O] = 1000/18 = 55,56 mol/l Formuladan: 55,56 K = [H+][OH-], K ning qiymatini qo’ysak: 55,56 *1,8*10-16 = 1*10-14 yoki [H+][OH-] = 1*10-14 kelib chiqadi. Shunday qilib, doimiy temperaturada suvdaga H+ va OH- erkin ionlar konsentratsiyasining ko’paytmasi doimiy qiymatga ega bo’lib, bu qiymat suvning ion ko’paytmasi (Ksuv) deyiladi, uni suvning dissotsilanish konstantasi (K) bilan almashtirmaslik kerak. Toza suvda va neytral eritmalarda H+ va OH-ionlarining konsentratsiyalari quyidagicha tarzda bo’ladi:
[H+] = [OH-] = K suv = 10 -14 = 1*10-7 g-ion/l
Kislotali eritmalarda vodorod ionlarining konsentratsiyasi 1*10-7 g-ion/l dan ko’p, ishqoriy eritmalarda 1*10-7 g-ion/l dan kam bo’ladi. Masalan, 0,0001N kislota eritmasida dissotsilanish darajasi α =1 bo’lsa, bunda [H+] =1*10-2 bo’ladi, OH- ionlarining konsentratsiyasini esa quyidagi formula bo’yicha oson aniqlash mumkin: [H+][OH-] = 1*10-14 bundan [OH-] = 1*10-14 /1*10-2 = 1*10-12 g-ion/l Vodorod ionlari konsentratsiyasini miqdoriy jihatdan ifodalash uchun, odatda qulay bo’lishi uchun H+ ionlari konsentratsiyasi o’rniga uning manfiy ishora bilan olingan o’nli logarifmidan foydaniladi.
Bu qiymat vodorod ko’rsatkich deb ataladi va pH bilan belgilanadi: pH = – lg [H+] Masalan, agar [H+] = 1*10-4 g-ion/l bo’lsa, pH = 4 bo’ladi. Vodorod ioni yoki gidroksil ioni konsentratsiyasini titrlash usullari bilan aniqlash mumkin emas. Vodorod ionlarining konsentratsiyasini aniqlashda eng ko’p qo’llaniladigan usullarga elektrometrik, kalorimetrik va indikatorli usullar kiradi. Elektrometrik usulda pH ni aniqlash Elektrometrik usullarga asoslanib vodorod ionlarining konsentratsiyasini o’lchash konsentratsion zanjirning elektr yurituvchi kuchini aniqlashga asoslanadi. Bunda ionlarning eritmadagi konsentratsiyasi haqida indicator elektrod va standart elektrod(solishtirish elektrodi)lar orasidagi potensiallar farqini aniqlash yordamida xulosa chiqariladi (kompensatsion usul).
Indikator elektrod sifatida shisha elektrod, standart elektrod sifatida esa xlorkumushli elktrodlardan foydalaniladi. Uning potensiali doimiy bo’lib, 201 mv ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |