Tushunish - понимание - understanding
- ob'ektiv olamdagi
narsa va hodisalar haqida tasawur, tushuncha, hukmlar hosil qilish va
ulami ongdagi mavjud bilimlar bilan bog‘lashdan iborat aqliy jarayon.
“Tushunuvchi” sotsiologiya - “Понимающая” социология -
“Understanding” sociology
- Vebeming “ideal tip” nazariyasi
asosiga qurilgan sotsiologik konsepsiyasi.
Xarizmatik hukmronlik - харизматическое господство -
charismatic domination -
Veberga ko‘ra, avtoritet, xarixmatik
yetakchiga bo‘ysumshni nazarda tutuvchi hukmronlik.
278
V. PARETO SOTSIOLOGIK SISTEMASI
Reja:
1. Vilfredo Paretoning hayoti va ijodi
2. Pareto qarashlarining ilmiy va mafkuraviy asoslari
3. Jamiyat individlaming o‘zaro munosabatlari tizimi sifatida
4. Sotsiologiya metodologiyasi
5. Psixologik reduksionizm
6. Elita nazariyasi
1.
Vilfredo Federiko Pareto italiyalik muhandis, iqtisodchi va
sotsiolog olim. U elita nazariyasining asoschisi sanaladi. Uning
fikricha, jamiyat piramidaga o ‘xshash tuzilishga ega boiib, uning
yuqorisida elita, jamiyat hayotini boshqaruvchi va yo‘nalturuvchi
sotsial qatlam joylashadi. Jamiyatning istiqbolli rivojianishi elitaning
o‘z vaqtidagi almashinuvi natijasidir.
Italiyaning pozitivistik sotsiologiyasi eklektik hisoblangan. U
o‘zida mexanitsizm, evolyutsionizm, vulgar biologizm va boshqa
oqimlaming elementlarini birlashtirgan. Chezare Lombrozo (1836-
909), Enriko Ferri (1856-929) va boshqa olimlarning konsepsiyalari
bunga misol boiadi. Italiyalik siyosiy sotsiologiya sohasida ijod
qilgan mashhur olimlari Gaetano Moska (1858-941), Robert Mixels
(1876-936) va boshqalaming qarashlari ham e'tiborga molikdir.
Vilfredo Paretoning ko‘p qarashlari ulamikiga monand hisoblanadi.
Biz ilk, dastawal konservativ boigan yevropa sotsiologik
nazariyasi to‘g‘risidagi boiim ni italiyalik sotsiolog Vilferdo Pareto
(1848-1923) to‘g‘risidagi qisqacha izoh bilan yakunlaymiz. Pareto o‘z
davrining nufuzli kishisi edi, ammo uning bugungi kundagi roli
minimal darajada. 1930-yillarda asosiy amerikalik nazariyotchi
Talkott Parsons xuddi Veber va Dyurkgeymga bergandagidek e'tibor
qaratib Paretoning ishlariga qiziqish borasida kichik bir portlash qildi.
Shunday boisada, oxirgi yillar ichida uning asosiy konsepsiyasining
ayrim jihatlaridan tashqari Pareto yana o‘z ahamiyatini va zamonaviy
fikrga muvofiq o‘mini yo'qotdi1.
1 George Ritzer Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-Hill. 2010. - P. 39
27 9
Vilfredo Pareto 1848-yil 15-iyulda Parijda italiyalik markiz
xonadonida tavallud topgan. Uning otasi Rafael Pareto asli Genuya
shahridan bo‘lib, liberal va respublikachilik qarashlari tufayli Parijga
emigratsiya qilgan. Paretoning onasi Mariya Metene esa fransuz edi.
Olim yoshligidan fransuz va italyan tillarini birday yaxshi bilgan.
Ammo butun umr o‘zini eng aw alo italyan deb his qilganini aytib
o‘tgan.
1858-yil Paretoning oilasi Italiyaga qaytishadi. U shu yerda
yuqori darajada gumanitar va texnik m a’lumot oladi, ayniqsa
matematikaga alohida e'tibor qaratadi. 1869-yilda esa Turindagi
Politexnika maktabini tugatgach, «Qattiq jismlar muvozanatining
fundamental
tamoyillari»
mavzusida
dissertatsiya
yoqlaydi.
Muvozanat masalasi uning iqtisod va sotsiologiya sohalarida yozgan
asarlarida ham asosiy o‘rinni egallaydi. Ko‘p yillar davomida Pareto
temiryo‘l boshqarmasi va metallurgiya kompaniyasida yuqori
lavozimlarda ishladi.
1874-yilda Pareto Florensiyada «Adam Smit jamiyati»ning faol
a’zosiga aylanadi. Bu jamiyatning maqsadi -iqtisodiy liberalizm
doktrinasini
ilgari
surish,
rivojlantirish,
targ‘ib
qilish
va
himoyalashdan iborat edi. 1882-yilda Pareto Italiyada deputatlikka
nomzodini qo‘yadi, lekin omadsizlikka uchraydi.
XIX asming 90-yillarda u siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Ammo bu urinishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Ayni vaqtda
mumtoz asarlami o‘rganadi, ulami tarjima qilish bilan faol
shug‘ullanadi, ilmiy ommabop maqolalar chop etadi. 1891-yilda Leon
Valras bilan tanishadi va bu tanishuv uning karerasida muhim
o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi, chunki Valras uni Lozanna universitetiga
taklif qiladi, hattoki o‘zidan keyin kafedrani boshqarish taklifmi ham
beradi. 90-yillaming birinchi yarmida Pareto iqtisodiy nazariya va
matematik iqtisodiyot sohalarida bir qator tadqiqotlar o‘tkazib, ulami
ommaga taqdim qiladi. Pareto 45 yoshdan pedagogik faoliyatini
boshlab, umrining so‘nggi yillariga qadar Shveytsariyadagi Lozanna
universitetida professor lavozimida ishlaydi, 1906-yilgacha faqat
siyosiy
iqtisoddan,
1897-1917-yillarda
Bolonya
universitetida
sotsiologiyadan ham dars beradi.
Pareto hayotining so‘nggi yillarida Italiyada fashistik rejim
o‘matilayotgan edi. Mazkur rejimning ba’zi ko‘zga ko‘ringan
namoyondalari va, eng awalo, Mussolining o‘zi ham o‘zlarini
280
Lozanna universiteti professorining shogirdlari, deb e’lon qiladilar.
Shu tufayli Pareto 1923-yil Italiya senatori maqomini olishga sazovor
bo‘lgan. Olimning o‘zi yangi rejimga nisbatan vazmin munosabatda
bo‘lgan va uni liberal bo‘lishga, fanga erkinlik berishga chaqirgan.
Umuman olganda, pareto amakisidan qolgan meros hisobiga juda
to‘kis hayot kechirgan. Pareto 1923-yil 20-avgustda Selinyada
(Shveytsariya) vafot etdi. U umrining so‘nggi yillarini shu shaharda
o‘tkazgan va shu yerda dafn qilingan.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Paretoning birinchi ilmiy ishlari
iqtisodga bag‘ishlangan. Iqtisodchi sifatida, u ilm tarixida muhim
o‘rin
tutadi.
U
daromad
taqsimoti,
monopolistik
bozor,
ekonometriyani shakllantirish va boshqa masalalarni o‘rganishga katta
hissa qo‘shgan. Biroq, asta-sekin u inson haqida homo oeconomicus
sifatidagi tasawurlaming noto‘g ‘ri va mos bo‘lmaganligini tushunadi.
0 ‘z navbatida, bu Paretoning inson mohiyatini ratsionalistik
tushunishni yetarli va to‘g‘ri emas, deb hisoblashi bilan bog‘liq edi.
Natijada Pareto
insonning haqiqiy mohiyatini bilish uchun
sotsiologiyaga murojaat qildi. U 1897-yildan sotsiologiya bo‘yicha
ma’ruzalar o‘qiy boshladi. Va o‘zining sotsiologik qarashlarini
«Siyosiy iqtisod kursi» (1896-1897), "Sotsialistik tizimlar" (1902) va
«Siyosiy iqtisod darsligi» (1906) kabi asarlarida bayon eta boshladi.
Uning sotsiologik qarashlarini o‘zida to‘la aks ettirgan yirik asari
“Umumiy sotsiologiya bo'yicha traktat” asari bo‘lib, Pareto bu asarini
1907-1912-yillarda yaratdi. Bu asaming italyancha asl nusxasi
birinchi marta 1916-yili, fransuzcha varianti esa 1917-1919-yillari
chop etildi. Asar 2000 sahifa, 13 bob va 2612 paragrafdan iborat
bo‘Iib, ilmiy uslubda yaratilgan. Bu asar 1935-yili AQShda qayta
nashr etilganidan keyin muallifga katta shuhrat keltirdi1.
Seytlin Pareto o‘zining asosiy g‘oyalarini Marks nazariyasini rad
etish sifatida ishlab chiqqanligini isbotladi. Zero, Pareto nafaqat
Marksni, balki Ma’rifatchilik falsafasining salmoqli qismini ham rad
qilgandi. Misol uchun, Ma’rifatchilik faylafasi vakillari ratsionallikka
urg‘u bergan bo‘lsa, irratsionallik ko‘rsatkichlari, masalan inson
instiktlarining
ahamiyatini
ta’kidlab.
Bu
urg‘ular
marksistik
nazariyani rad etish bilan ham bog‘liq edi. Ya’ni bu irratsional,
instinktiv ko‘rsatkichlar muhim va o‘zgarishsiz bo‘lganligi sababli,
1 Зборовский Г.Е. И стория социологии: классический этап: учебник для вузов. 2-е изд. испр. и
доп. - Сургут и [др.]: РИО СурГПУ, 2014. - С. 128.
281
iqtisodiy inqilob bilan dramatik ijtimoiy o‘zgarishlarga erishish uchun
haqqoniy emas edi1.
2.
Paretoning qarashlari shakllanishida muhandislik, matematika
va iqtisod kabi fanlar bilan bir qatorda ijtimoiy-gumanitar fanlar ham
katta ta’sir ko‘rsatgan. Iqtisodiy muvozanat nazariyasi asoschisi Leon
Valras (umuman olganda ularning qarashlari bir-biriga zid bo‘lgan)
bilan bir qatorda, qisman bo‘lsada, Nikkolo Makiavelli, shuningdek,
sotsial darvinizm, instinktivizm, G.Lebon va G.Tard, Italiya
kriminologik maktabi, fransuz faylasufi Jorj Sorelning zo‘ravonlik va
sotsial afsona to‘g‘risidagi nazariyalari, Italiya siyosiy mutafakkiri
Gaetano Moskaning boshqaruvchi va boshqariluvchilar to‘g‘risidagi
nazariyasi katta ta’sir o‘tkazgan.
Marks nazariyasiga Pareto, odatda, salbiy munosabat bildirgan
bo‘lsada, u tarixiy materializm va sinfiy kurashning ilmiy ahamiyatini
tan olgan. Bu kurash insoniyat tarixi davomida doimo bo‘lgani va
"mehnat va kapital o‘rtasidagi" mojarolarga barham berilsada, uning
yo‘qolib ketmasligini ta’kidlaydi.
Pareto ilmiy ijodini tadqiq etuvchilar uning sotsiologik qarashlari
shakllanishiga evolyutsiyaning katta ta’sir o‘tkazganligini bir ovozdan
ta’kidlaydilar. Dastlab, u otasi kabi demokratik, liberal va
insonparvarlik qarashlarini qo‘llab-quvvatlagan edi. Ammo keyin,
taxminan 1900-yilga kelib, u zamonaviy Italiya siyosiy hayotidagi
voqyea-hodisalar
Paretoning
yoshlikdagi
g‘oyalarini
chuqur
umidsizlikka
uchratdi.
Bu
umidsizlik
o‘zining
takabburligi,
aristokratik qarashlari, siyosiy martaba va shaxsiy hayotidagi
muvaffaqiyatsizliklari tufayli yanada kuchaydi. Jiddiy g‘oyaviy-
psixologik inqirozni boshidan tez-tez o‘tkazgan insonda bo‘lgani kabi
Paretoning dunyoqarashi va xarakterida ham asta-sekinlik bilan
pessimizm va sinizm alomatlari sezila bordi.
Pareto doimo va shiddat bilan, tez-tez kinoyali tarzda siyosiy,
axloqiy, metafizik ta’limotlaming “maskalarini” ocha boshlaydi, o‘z
davrining demokratiya (uni "plutodemokratiya" deb ataydi), erkinlik,
insonparvarlik, birdamlik, taraqqiyot, tenglik, adolat va boshqa shu
kabi ijtimoiy ideallarini "fosh" eta boshlaydi. Amerikalik iqtisodchi
B.Seligmen uni hatto "tug‘ma isyonchi" deb ataydi2.
1 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-KilL 2010. - P. 40.
2 Qarang Гофман А.Б Семь лекций по истории социологии: У чебное пособие
д ля
вузов. - 5-е
изд. - М : Книжный дом «Университет», 2001.
282
Sotsiologiya Pareto uchun sotsial ideallaming "niqoblarini
yechish"da unga qurol sifatida xizmat qiladi. Sotsiologiyani bu tarzda
qabul qilinishi Marks, Gobino yoki Gumplovich kabilar bilan
yaqinlashtiradi. Chunki ular ham aynan sotsiologiya siyosat negizida
turgan manfaatlami ochib berish uchun yaratilgan fan sifatida
baholaydilar.
Bu munosabati bilan uning qarashlari Dyurkgeym qarashlariga
zid edi, chunki u (Dyurkgeym) sotsiologiyani sotsial ideallami
asoslovchi fan sifatida olib qarash lozim, deb bilgan. Dyurkgeym
barcha dinlami o‘z mohiyatiga ko‘ra haq deb bilsa, Pareto aksincha
ulaming barchasini xurofot deb bilgan. Dyurkgeym fan o‘zi
o‘rganayotgan obyektni yo‘q qilishga intilishi kerak emas, desa,
Pareto bu ob'ektni buzishga harakat qiladi.
Pareto, Dyurkgeym kabi, ideallaming haqiqiy amaliy kuchini tan
oladi, undan farqli o‘laroq, ulaming hyech biriga ishonmaydi. Unga
ko‘ra, bu samarali ish beradigan afsonalar, ataydan aldanish natijasida
yaratilgan "nazariyalar", yoki elita o‘z hukmronligini amalga oshirishi
uchun qoilaydigan yolg‘on vositalar hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Paretoning inson tabiati haqida ijobiy
fikrga ega emasligi ajablanarli emas, chunki bu yerda biz unga
N.Makiavellining “Hukmdor” asari ta ’sirini kuzatishimiz mumkin
bo‘ladi.
Paretoning falsafiy antropologiyasi insonning birinchi navbatda
o‘z xatti-harakatlarini hayolida rejalashtiradi, keyingina shu asosda
harakat qiladi, degan ratsionalistik modelga qarshi qaratilgan.
Paretoning fikriga ko‘ra esa, aksincha, inson birinchi harakat qiladi,
keyin esa amalga oshirgan harakati natij alarming asoslarini (ko‘pincha
soxta) izlab topishga harakat qiladi, ya’ni ratsionallashtiradi. Bu
pozitsiya
kutilmaganda
3.Freydning
psixologik
himoya
mexanizmlaridan biri sifatida ishlab chiqqan ratsionalizatsiya
konsepsiyasiga yaqin ekanligi ko‘rinadi.
Freyd bilan solishtirishni davom etgan holda shuni ta’kidlash
lozimki, Pareto psixoanaliz asoschisi singari insonni tuyg‘ular
instinktlar va mayllar bilan boshqariluvchi irratsional mavjudot deb
hisoblaydi. Freyd singari u ham inson xulq-atvorining irratsional
asoslarini ratsional tarzda tushuntirishga harakat qiladi. Uning
fikricha, "traktafining asosiy va birdan-bir maqsadi - fizika, kimyo,
astronomiya, biologiya va boshqa shunga o‘xshash fanlarda o‘zini
283
oqlagan metodlami sotsial fanlarda qo‘ Hagan holda eksperimental
voqyelikni tadqiq etishdan iborat.
Shunday qilib, inson ratsional modeliga qarshi Pareto mantiq va
tajribaga asoslangan ultraratsional fan pozitsiyasida turadi. Paretoning
bu ratsionalizmi insonning haqiqiy motivlami yashirgan holda o‘zi va
boshqalami aldab, o‘z xulq-atvorini ratsionallashtirishga qaratgan
yolg‘on motivlar, illyuziyalar, "nazariyalar"ni ochib berish uchun
mo‘ljallangan.
Paretoning
umumiy
nazariy-metodologik
orientatsiyasini hisobga olgan holda, agarda uning fanga bo‘lgan
ishonch-e'tiqodi ham boshqa e'tiqodlari singari hayoliy bo‘lmaganida,
uni ssientist, deyish mumkin bo‘lar edi.
Pareto ta’kidlaydiki, ma’lum bir nazariyalaming eksperimental
haqiqati va ulaming sotsial jihatdan foydaliligi - bu tamomila ikki xil,
bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan, hatto ko‘pgina holatlarda bir-biriga zid
narsalardir. Sotsial strukturaning haqiqiy asoslarini tushuntirish shu
asoslaming o‘zlari
uchun xavfli
hisoblanadi.
Pareto quruq
oliftagarchilik bilan o‘zining “Traktat”i haqida: agar uni ko‘pchilik
kitobxonlar o‘qishini oldindan bilganimda edi, uni umuman yozmagan
bo‘lar edim deb yozganligi zamirida shu sabab borligini tushunish
mumkin1.
3.
Paretoning fikricha, nazariyada axloqiy va umuman qadriyat
elementlari doim faktlami buzib ko‘rsatishga olib keladi. Shuning
uchun ulardan imkon qadar voz kechish talab etiladi.
Paretoning nazarida har bir nazariyani uch jihatdan ko‘rib chiqish
mumkin:
1) obyektiv - muallif va uni qabul qiluvchi dan (retsipient) qat'iy
naz.ar;
2) subyektiv - muallif va retsipientni e'tiborga olgan holda
(odatda muallif nima sababdan o‘z nazariyasini yaratgani va ma’lum
individ
uni
qabul
qilayotganini
aniqlash
kerak
bo‘lganida
qoilaniladi);
3) utilitar - uning ijtimoiy yoki individual foydaliligi nuqtai
nazaridan2.
Foydalilik nazariyaning obyektiv yoki subyektivligiga bog‘liq
emas. Haqiqat neytral bo‘lib, o‘zining ijtimoiy sifatini ma’lum maqsad
yo‘lida ishlatilganida topadi. Natijalar jamiyat uchun foydali bo‘lib
1 Pareto V. Trail'fi de sociologie gim urale // Pareto V. Oeuvres com plntes. Geimve, 1968. Т. XII. § 843.
2 Фарфиев Б.А., Н уруллаева У.Н. Социология тарихи. У слубкй кулланма - Тош кент, 2009. - Б.
284
chiqsa, nazariya ham foydali sanaladi. Aks holatda esa nazariya zararli
hisoblanadi. Shu bilan birga Pareto hamma nazariyalami teng ravishda
murakkab, cheklangan, deformirmatsiyaga uchragan deb hisoblaydi.
Chunki unga qadar biror sotsiolog mantiqiy-eksperimental usuldan
foydalanmagan.
Pareto «sotsial fakt» konsepsiyasini sharhlaganida obyektivlik va
subyektivlik o‘rtasidagi farq yaqqol ko‘ringan. U gnoseologik,
moddiy yoki g‘oyaviy jihatdan, shuningdek, haqqoniyligi va
murakkabligiga ko‘ra faktlar o'rtasidagi farqni ko‘rmagan.
Pareto monokauzallik (yagona sabab) tamoyiliga qarshi chiqqan.
U sabab-oqibat munoabatlarining o‘miga o‘zaro bogiiqlik va o‘zaro
aloqadorlikni (funksionalizm) taklif qilgan. Chunki sotsial nazariya
jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha omillami e'tiborga olishi va ular
o‘rtasida doimiy bogiiqlik munosabatlarini o‘matishi lozim. Shu
asosga ko‘ra, Pareto bir chiziqli evolyutsiya konsepsiyasini rad etgan.
U evolyutsiya bitta uzluksiz chiziq bo‘ylab rivojlanmasligini
ta’kidlagan.
Pareto ilmiy terminologiyaning aniq bo‘lishiga katta e'tibor
qaratgan. Ammo o‘zi qo‘llagan tushunchalarga qat'iy ta’riflar
bermagan.
Paretoning asosiy g‘oyalaridan biri jamiyatning sekinlik bilan
parchaiadigan va qayta tiklanadigan muvoznat holatidagi tizim
ekanidir. Muvozanat tushunchasini Pareto Valrasning iqtisodiy
nazariyasidan olgan boiib, unga mexanistik xarakter baxsh etgan.
Tizimning bir qisimda sodir bo igan o‘zgarish boshqa qismiga ham,
albatta, o‘tadi va «dinamik muvozanat» tiklangunga qadar butun tizim
harakatga keladi. Pareto iqtisodni sotsial tizim ichidagi tag tizim
sifatida ko‘rgan. Uning fikricha, iqtisodiy tizim ehtiyojlari va ratsional
manfaatlari tufayli harakatga kelgan insonlardan tashkil topadi. Sotsial
tizim esa murakkabroq sanaladi. Sotsial harakatda his tuyg‘uga ega
boigan individlar ishtirok etadi. Individlaming psixik tuzilishiga
bogiiq boigan hissiyotlari butun tizimni harakatga keltiruvchi asosiy
muruwat hisoblanadi. Hissiyotlami boshqa ratsional kechinmalarga
qaraganda tushunish qiyinroq boiadi.
4.
Paretoning nazarida, uning sotsiologik tizimi XIX asr ijtimoiy-
siyosiy qarashlarida asosiy o‘rinni egallagan jamiyat to‘g ‘risidagi
metafizik va spekulyativ qarashlarga chek qo‘yishi kerak edi. U
pozitivizm asoschilari Kont, Mill va Spenseming sotsiologik
285
nazariyalarini umuman olganda qo‘llab-quvvatlagan. Ammo, olim
ulami haqli ravishda bilimni amaliy asoslash tamoyilini tartibsiz
qoilaganini tanqid qilgan. Uning fikricha, sotsiologiya huquq, siyosiy
iqtisodiyot, siyosiy tarix, din tarixi kabi har xil maxsus fanlaming
sintezi bo‘lib, asosiy maqsadi jamiyatni yaxlit holatda o‘rganishdan
iborat.
Jamiyatning tashkil topishi, faoliyati va o‘zgarishlarining asosiy
tamoyillarini ochib berishda Pareto yuqorida ta’kidlaganimizdek,
mantiqiy-eksperimental usuldan foydalangan. U sotsiologiyani fizika,
kimyo va astronomiya kabi aniq fanlar darajasiga ko‘tarishni istab,
faqatgina amaliy asoslangan fikrlami bildirishni taklif qilgan.
Kuzatishlar esa mantiqiy qoidalarga qat'iy rioya etilgan holda
umumlashtirilishi zarur boigan.
Mantiqiy-eksperimental metod narsalaming "mohiyati", ulaming
"zarur" aloqalari haqida m aium ot bermaydi. Ushbu metod faqat
ehtimoiiy bilimlami beradi; unda o‘matilgan qonunlar bizga m aium
boigan makon va zamon chegaralari bilan chegaralangan bir nechta
bir-biriga o‘xshash aloqalamigina ifodalaydi.
Hatto rasmiy mantiqning barcha qonunlari, qat'iyan, shunga
o‘xshash tarzda talqin qilinishi kerak. Misol uchun, mashhur
sillogizm: "Barcha odamlar oiim ga mahkum; Suqrot - odam; demak
Suqrot oiim ga mahkumdir" - eksperimental nuqtai nazardan
quyidagicha boiishi kerak:"Biz bilgan barcha odamlar o iib
ketishgan; biz bilgan Suqrot ham o‘z belgilariga ko‘ra o‘sha odamlar
toifasiga kiradi, shuning uchun Suqrotning ham o iishi ehtimoli bor"1.
Agar rasmiy mantiq qonunlari, xuddi shunday xarakterga ega boisa,
unda bu ayniqsa, sotsiologik qonunlarga to‘g‘ri keladi.
"Harakat" konsepsiyasi sotsiologik tahlilning bir boiagi sifatida
XIX asr oxiri - XX asr boshlari sotsiologiyasiga juda xosdir. Biz uni
psixologik sotsiologiya va Maks Veberda ko‘rishimiz mumkin. U shu
davming fizikasida boigani kabi, sotsiologlaming qiziqishlarini
sotsial makrodunyodan sotsial mikrodunyoga qarab o‘zgarganligini
namoyon etadi. Pareto makro-sotsial tizimlar, global jamiyatlar, katta
sotsial guruhlar masalasini rad etmaydi, lekin uning sotsiologiyasining
bashlangich nuqtasi sifatida inson harakatining turli ko‘rinishlarini
tahlili xizmat qiladi.
1 Pareto V. TraifS de sociologie gim urale // Pareto V. O euvres complntes. Geimve, 1968. Т. X3I. § 97.
2 8 6
Pareto sotsial harakatning mantiqiy va mantiqiy bo‘lmagan
turlarini ko'rsatgan. Ular o‘rtasidagi farqni anglash uchun esa olim
sotsial harakatni tarkibiy elemenlariga ajratgan. Bular:
- tashqi kuzatilgan harakat;
- uning ratsional asoslanishi;
- harakatlanuvchi shaxsning psixik holati.
Pareto individning psixik holatini sotsial fenomenning «ob'ektiv»
asosi, deb bilgan. Uning sub'ektiv asosi esa harakatlanuvchi shaxsning
ratsional tarzda keltirgan dalil-isbotlaridir.
Paretoning fikricha, sotsiologlaming asosiy xatosi ulaming
voqyelikning
obyektiv tomonidan
ko‘ra
subyektiv
tomonini
o‘rganishlaridir. «Obyektiv» sotsiologik tadqiqot esa shaxsning psixik
ko‘rsatmalarini va ular asosida kelib chiqqan «mantiqiy bo‘lmagan»
harakatlami o‘raganishi kerak. Aynan shunday harakat inson hayotida
ko‘p uchraydi.
Paretoga ko‘ra, «Mantiqiy bo‘lmagan» harakat o‘ziga xos
tuyg‘ular mantiqiga asoslanadi. Mantiqiy harakatdan farqli o'laroq
ular insonning ongli mushohadasi va mulohazasi, balki hissiyotlari,
ya’ni irratsional psixik jarayon mahsuli sanaladi. Misol uchun
ilohlaming marhamatiga erishish uchun qilingan qurbonlik va boshqa
diniy marosimlar orqali o‘z maqsadiga yetishdir. Bu kabi vositalar
maqsad bilan ob'ektiv tarzda bog‘liq emas, shuning uchun unga
yetishtira olmaydi.
«Mantiqiy» harakat esa, aksincha, aql va normalar bilan
boshqariladi. His-tuyg‘u va irratsional holatlar unga yotdir. Mantiqiy
harakatlar maydoni asosan tabiiy fanlar, texnika, ayrim harbiy,
siyosiy, huquqiy harakatlar va iqtisodiyotdir. Mazkur holatda vosita va
maqsad o‘zaro ob'ektiv mantiq bilan bog‘lanadi. Shuning uchun ham
maqsadga yetishishni ta ’minlaydi. Boshqacha qilib aytganda, bu yerda
vositalar maqsadga muvofiq (adekvat) sanaladi.
Boshqa harakatlar "mantiqsiz" deb ataladi, bu "mantiqqa qarama-
qarshi" degani emas.
Umuman olganda, mantiqiy harakatlar juda kam uchraydi;
ijtimoiy hayotda noaniq harakatlar hukmronlik qilmoqda. Mantiqiy
harakatlar nizolarga asoslangan, mantiqiy bo‘lmagan - tuyg‘uga
asoslangan. Ammo ikkinchisi insonning ichki instinkt harakatlaridan
farqli o‘laroq, aql-idrokni ham o ‘z ichiga oladi.
287
Pareto individning mantiqiy bo'lmagan va irratsional tabiatini
inobatga olib, insonning xatti-harakati hech qachon mohiyatan
ko‘rinishiga muvofiq kelmaydi. Insonlar hissiyotli va ongli mavjudot
bo‘lgaini uchun hissiyot va aql o‘rtasidagi ziddiyat kelib chiqadi.
Pareto hech ikkilanishsiz hislami birinchi o‘ringa qqygan. Chunki u
insoniyat tarixini harakatga keltiruvchi asl kuch sifatida inson
hissiyotlarini ko‘rgandi.
Pareto inson faoliyatining emotsional sohasini sotsiologik
tizimining asosiy bo‘g‘ini ekanini ta’kidlagan holda u faqatgina
ma’lum harakatlarda namoyon bo‘lgan va shu asosda tasniflanadigan
emotsiyalami e'tiborga molik deb aytgan. Ular o‘zgarmas, doimiy va
shuning uchun «sotsial
muvozanatni
aniqlovchi»
elementlar
hisoblanadi. Pareto bu elementlami o‘ziga xos tarzda nomlagan va
ulami taijima qilish yetarlicha mushkul - «rezidui» (ital. residuo,
frans. «rtfeidu»). Bu so‘z kimyo fanida «qoldiq» yoki «cho‘kindi»
ma’nolarini ifodalaydi.
5.
Insonlami o‘zlarining mantiqiy bo‘lmagan harakatlarini
mantiqiy deya tasaw ur qilishlari asosiga qurilgan nazariyalarda
barqaror va beqaror elementlar mavjud. Barqaror elementlami Pareto
yuqorida ta’kidlaganimizdek, «qoldiq» deb nomlaydi, ikkinchisini esa
«hosila» («derivatsiya») tushunchasi bilan ifodalaydi1.
Garchi Pareto qoilanilayogan atamalaming aniq ta’rifmi talab
qilsa-da, yuqoridagi terminlami qo‘llaganda boshqa fanlardagi asl
mazmun-mohiyatiga juda katta e'tibor qaratish zarur emasligini
ta’kidlaydi. «Qoldiq»lar mantiqiy bo‘lmaganligi bois insonning asosiy
hissiyot va instinktlarining namoyon bo‘lishini ifodalaydi. Shu bilan
birga, Pareto ulami o‘zlariga mos keladigan his-tuyg‘ular va
instinktlar bilan qorishtirib qo‘ymaslikni ta’kidlaydi. «Qoldiq»lar
«nazariya»laming
(eng
barqaror,
o‘zgarmas
va
universal)
elementlaridir.
Xuddi
termometrdagi
simobning
ko‘tarilishi
haroratning oshishini namoyon etganligi kabi, ular ham hissiyot va
instinktlaming namoyon boiishini ifodalaydi. Shu bilan birga, u o ‘z-
o‘zidan mos keladigan his-tuyg‘ular va instinktlar bilan qorishtirishni
shart emas deb ta’kidlaydi, chunki ular aniq elementlar (eng barqaror,
o‘zgarmas va universal) va "nazariya"lardir. «Qoldiq»lar ishtaha,
qiziqish va hokazolar kabi sotsial muvozanatni yaratishda muhim rol
1 Парето В. Трансформация дем ократии // Западно-европейская социология X IX - начала XX
веков: Тексты. - М ., 1996. - С 156.
288
o‘ynaydi. Bunga misol tariqasida Pareto quyidagi iborani keltiradi:
“Suv 100 gradus haroratda qaynaydi”1.
Demak, «qoldiq»lar his-tuyg‘u, emotsiya, ehtiros, instinkt, psixik
holatlar va moyilliklaming asosi sifatida tug‘ma, tabiiy va tashqi
omillar ta’siriga berilmaslik xarakteriga egadirlar. Ular ichki biologik
impulslar sanalib, inson sotsial harakatini aniqlab beradi. Bir qancha
tag guruhlarga bo‘lingan olti asosiy «qoldiq» guruhlar asosida Pareto
insonning turli-tuman harakatlarini tushuntirib berishga intilgan. U
tarixiy harakatlami yanada tizimlashtirish oqibatida birinchi ikki
«qoldiq»ning o‘mini yuqori baholagan.
Birinchi guruh - «kombinatsiyalar instinkti». Paretoning fikricha,
u barcha sotsial o‘zgarishlaming asosida yotadi. Bu insonning terish,
joyini almashtirish, narsalami kombinatsiyalashga bo‘lgan ichki
psixologik moyilligi bo‘lib, mazkur harakatlami inson birinchidan,
qoniqish olish, ikkinchidan, bundan tiyilib turolmagani uchun
bajaradi.
Ikkinchi guruh - «agregatlami saqlashda qat'iylik». Qachonlardir
qaror topgan aloqalami quw atlash va saqlashda namoyon boiadi. Bu
konservativ tuyg‘u yangilikka qarshilik, istalgan o‘zgarishlami
nisbatan dushmanlik kayfiyatida kutib olish kabilarda namoyon
boiadi.
«Qoldiq»laming boshqa guruhlariga Pareto insonning ijtimoiy
harakatlarda o‘z tuyg‘ularini ko‘rsatish ehtiyoji, ijtimoiylik bilan
b ogiiq «qoldiq»lar, individning o‘ziga tegishli mulk bilan yaxlitligi
va jinsiy «qoldiq»ni kiritgan.
Yuqoridagi tasniflashning juda noqulay va noaniq xarakteri juda
ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Buni uning o‘zidan tashqari boshqa
hyech kim tushunmasligi, sotsiologiya tarixida "qoldiq'iar va
"hosila'iar tushunchalarini deyarli hech kim ishlatmagan ajablanarli
emas.
Paretoning o‘zi "qoldiq"ning tasniflashning dastlabki xususiyatini
tan oldi. Shunga qaramay, tanlangan sinflaming har birini batafsil
tahlil qiladi. U birinchi-ikki sinf uchun asosiy ahamiyatga ega.
Ulardan birinchisi, "kombinatsiyalaming instinkti" ijtimoiy o‘zgarish
tendensiyasini aks ettiradi; ikkinchi, "agregatlami saqlashda qat'iylik",
1 Pareto V. Traiffi de sociologie giraurale // P aieto V. Oeuvres complntes. Geirnve, 1968. Т. XII. § 875.
289
u ijtimoiy shakllaming o‘zgarmasligi tendensiyasini, konservatiznmi
anglatadi.
Bir jamiyatning "qoldiq"lari, odatda, boshqasining "qoldig‘i"dan
ancha farq qiladi. Ular muayyan jamiyatning bir qismi sifatida shu
jamiyat doirasida biroz o‘zgarishi mumkin. Ammo ulaming har bir
jamiyatdagi turli qatlamlardagi taqsimoti juda o‘zgaruvchan.
"Qoldiq" - bu insonning mantiqiy bo‘lmagan harakatlarini
"mantiqiylashtiradigan"
"nazariya"laming
doimiy,
barqaror
elementidir. Ular "his-tuyg‘u"lami bevosita namoyon etib, ulaming
mavjud qatlami tubida yotadi.
Paretoning ta’kidlashicha, "qoldiq"ning oltita sinfi G‘arbning ikki
ming yillik tarixi davomida barqaror qolgan. Shu bilan birga, har bir
sinf ichidagi quyi sinflar unchalik barqror emas; ulardan ba’zilarining
kuchayishi boshqalarining zaiflashuvi bilan qoplanishi mumkin.
Pareto g‘oyalarining mashhur bo'lishiga Amerika sotsiologi
Talkott Parsons katta hissa qo'shgan1. U "qoldiq"laming ikki
kategoriyasini ajratadi: instinktlar bilan, ya’ni biologik impulslar
bog‘liq "qoldiq"lar va normativ "qoldiq"lar, ya’ni boshqacha
aytganda, qadriyatlar. Pareto esa "qoldiq"laming bu ikki toifasini
farqlamaydi. Paretoning "qoldiq" instinktni (hissiyot va h.k.) namoyon
qiladi, deganda "borligini bildiradi", degan ma’noni nazarda tutadi.
Qachonki u qadriyatni namoyon etganda bu: verbal yoki ritual
xulq-atvomi ifodalaydi. Paretoga ko‘ra, «hosila» yoki «derivatsiya»
Do'stlaringiz bilan baham: |