"nazariya"laming
o‘zgaruvchan va yuzaki qatlamini tashkil etadi.
Ushbu konsepsiya Sorelning afsona tushunchasiga yaqin. "Hosila"lar
"qoldiq"larga asoslanadi, va ular orqali "tuyg‘u"larga o‘tib, o‘z
kuchini namoyon etadi.
Paretoning ta’kidlashicha, "hosila"lar o‘zlari< kelib chiqqan
"qoldiq"larga qat'iyan mos kelavermaydi. Mana bu yerda biz aynan
sotsiologiyaning yaratilishidagi muammoni ko‘ramiz. Zero bizga
o‘zlarini yaratgan asosni ko‘pincha yashiradigan "hosilalar"gina
ma’lum.
«Hosila»lar insonning ehtiyojlarini mantiq yoki yolg‘on mantiq
orqali qondiradi. Yuzaki va o‘zgaruvchan bo‘lishiga qaramay
«hosila»lar ham sotsial tizimda muhim rol o ‘ynaydi. Ular "qoldiq"ni u
yoki bu tarzda intensivlashtirishi, kuchaytirishi yoki zaiflashishi
1 Qarang: Парсонс T О структуре социального действия. - М.: А кадемический проект, 2000.
290
mumkin. Ular "hissiyot"larga ta’sir o‘tkazishi yoki ularga aylantirishi
orqali sotsial muvozanatga samarali ta’sir ko'rsatishi mumkin. Garchi
«hosilalar» «hissiyot» va«qoldiq»larga qaram bolsada, ular avtonom
mavjud bo‘lish xususiyatiga ega va bir-birini keltirib chiqarishi,
o‘zaro tarzda turli xil kombinatsiyalar yaratishi va o‘zlarining belgilab
bergan «hissiyotli-qoldiqli» asosga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Pareto o‘zining diqqatini "hosila"laming ishontira olishdek
sub'ektiv tomoniga qaratadi. Ulami sotsiologik tadqiq etish bir
insonlar boshqa bir insonlami o ‘zlarining ortlaridan ergashtirish uchun
qanday mantiqiy va yolg‘on mantiqiy vositalardan foydalanishlarini
aniqlashga qaratilgan.
Bundan kelib chiqqan holda,
Pareto
"hosila"laming to‘rtta sinfini ajratadi:
Birinchi sinf - yoki "oddiy ishontirishlar", buning formulasi
quyidagicha: "bu shunday, chunki bu shunday", "kerak, chunki
kerak". hisoblanadi. Ona o ‘z bolasidan gapiga kirishni talab qilganda
shunday gapiradi. Shu sababli onasi bolasiga, suddan tinglashni talab
qiladi,
"Hosila"laming ikkinchi sinfl mantiqiy qadr-qimmatidan qat'iy
nazar ulami samarali qiladigan avtoritetga (shaxs, urf-odat, udum)
tayanuvchi dalillami va mulohazalami o ‘z ichiga oladi.
"Hosila"laming, uchinchi sinfida, "dalil" u yoki bu hisga,
individual yoki jamoaviy manfaatga, huquqiy asoslarga (Huquq,
Adolat), metafizik mohiyatlarga (Birdamlik, Progress, Demokratiya,
Insonparvarlik) yoki g‘ayritabiiy mavjudotlaming irodasiga tayanadi.
"Hosila"laming to‘rtinchi sinf "verbal isbotlar"dan kuch oladi,
ya’ni "noaniq, shubhali, ikki xil ma’noda qo‘llanuvchi terminlardan
foydalanish va haqiqatni tan olmaslik"ka asoslanadi.
Shunday xulosaga kelish mumkinki, Pareto talqinida ”hosila"lar
ma’lum bir "qoldiq"lar va ularga mos "his'iarga nisbatan ikki xil bir-
biriga zid funksiyalami bajaradi: birinchidan, ular -bu "qoldiq'iar va
"his"lami namoyon etadilar, ikkinchidan esa, ulami yashiradilar,
qolipga soladilar. Vaziyatdan kelib chiqib yoki birinchi, yoki ikkinchi
funksiya bajariladi.
Paretoning "hosila"larga munosabati ikki xil. Bir tomondan, u
doimo
nuqtai
mantiqiy-eksperimental
nazaridan
ularning
nomutanosibligini tanqid qiladi va fosh etadi. Boshqa tomondan,
boshqacha bo‘lishi mumkin ham emasligini, chunki aynan mantiqiy
boimaganligi ularning sotsial samaradorligini belgilab beradi. Buday
291
munosabat, ya’ni aynan bir ta ’limotning eksperimental nuqtai
nazardan chetga surilishi va sotsial samaradorligi nuqtai nazaridan
qabul qilinishi Pareto metodologiyasi uchun tabiiy holdir.
"Hosila"lardan o‘z asarlarida keng foydalangan holda ularni bu
tarzda keskin tanqid qilish o‘rinli edimi? Bu holda Paxeto sotsiolog
sifatida emas, balki u o‘ziga m a’qul bo‘lmagan sotsial qadriyatlami
fosh etuvchi tanqidchi sifatida namoyon boiadi. Shunday qilib,
mantiqiy-eksperimental nuqtayi nazar, uning maqsadidan farqli
o‘laroq ilmiy tahlil vositasidan “niqoblami yechish” quroliga aylanib,
sotsiologning nuqtayi nazarini ifodalamay qo‘yadi. Bir vaqtning
o'zida "hosila'iaming mantiqsiz va noeksperimental xarakteri uning
tasawurida sotsial samaradorlik omiliga sifatida namoyon bo‘ladi.
Aslida esa bunday: biron-bir "nazariya"ning qay darajada bema’ni,
absurdligi sotsial ma’noda uning shu darajada samaradorligini
belgilab beradi. Ammo bunday qoidalar insonni maqsadga muvofiq
mavjudot sifatida tasvirlovchi sodda ratsionalizm qoidalari kabi
isbotlanishi mumkin emas.
U inson psixikasining hissiyotga doir sohasini asosiy o‘ringa
qo‘yib, shu asosida o‘zining mafkura, sotsial stratifikatsiya va elita
nazariyalarini yaratdi.
6.
Pareto, shuningdek, Marksning nazariyasiga absolyut tarzda zid
boigan o‘zining ijtimoiy o‘zgarishlar nazariyasini ishlab chiqdi.
Marks nazariyasida ommaning roliga asosiy e'tibor qaratgan bo‘lsa,
Pareto ijtimoiy o‘zgarishlamirig elita01 nazariyasini taqdim etdi, unga
ko‘ra, jamiyatda ma’rifatchilik manfaati asosida harakat qiluvchi
kichik bir elita hukmron’jigiga tayanadi. Ular noratsional kuchlar
ta’siri ostidagi xalq omraasini boshqaradi. Ratsional imkoniyatlarga
ega boMmaganligi sababli, omma, Pareto tizimida inqilobiy kuchga
ega boiishi amrimahol edi. Ijtimoiy o‘zgarish qachonki elita
hukumatga tegishli boim agan boshqa bir elita yoki ommaning yuqori
elementlari bilan qayta o‘zgartirilishi yoki almashtirilishi lozim
boiganda ro‘y beradi. Yangi elita kuchga kirishi bilan jarayonlar
yangitdan boshlanadi. Shunday qilib, biz Marks, Kont, Spenser va
boshqalar tomonidan taklif qilingan nazariyalar o‘rniga ijtimoiy
o‘zgarishlaming davriy nazariyasiga ega boiamiz. Bundan tashqari,
Bu term m .^a smonim sifatida Pareto «hukm ron sinf», «boshqaruvchi sinf», «aristokratiya», «oliy
qatlam» terminlarini '
40
'Uaydi.
29 2
Paretoning o‘zgarishlar nazariyasi ko'pchilik hollarda ommaning
ayanchli holatini (majburiyatini) e'tiborsiz qoldirdi. Elita kelib-
ketaveradi, lekin omma partiyasi o‘shaligicha qolaveradi.
Bu nazariya, albatta, Paretoning sotsiologiyaga qo‘shgan davomiy
hissasi emasdi. Bu uning sotsiologiya va ijtimoiy olam ilmiy
konsepsiyasida shunday o‘rin olgan edi: “Mening istagim osmon
mexanikasi (astronomiya), fizika, kimyoviy modeldagi sotsiologiya
tizimini yaratishdir” 1. Qisqa qilib, Pareto jamiyatni muvozanatdagi
tizim, o‘zaro bir-biriga aloqador qismlardan tarkib topgan yaxlitlik
sifatida nazarda tutadi. Bir qismda yuz bergan o‘zgarish tizimning
boshqa bir qismlarida ham o ‘zgarishlarga olib keladi. Paretoning
jamiyatning tizimli konsepsiyasi Parsonsning o‘zining 1937-yildagi
«Sotsial harakat strukturasi» kitobida uning ishlariga ko‘p e'tibor
qaratganligi sabali, va bu Paretoning Parsons g‘oyalariga ta’sir
o‘tkazganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi2. Jamiyatning organik
ko‘rinishi (masalan: Kont, Marks, Spenser va boshqalar) ilgari
surilgan analogik qarashlar bilan qo‘shilgan tarzda, Paretoning
nazariyasi
Parsons
nazariyasi
rivojlanishida,
va
oxir-oqibat,
strukturaviy funksionalizmda muhim rol o‘ynadi3.
Paretoga ko‘ra, sotsial tizim ning jid d iy elem enti sotsial
geterogenlik bo‘lib, individlaming, aw al boshdan, notengligi bilan
aniqlanadi. U yoki bu sotsial guruhning xususiyatlari uning
a’zolarining qobiliyati va iste'dodiga bog‘liq, bu esa guruhning
jamiyatda tutgan u yoki bu pog‘onaisni belgilaydi. Olz sohasida
yuqori natijalarga ega bo‘lgan guruhni Pareto elita nomi bilan ataydi.
Elita - bu aholining tanlangan qismi bo‘lib, aholining qolgan qismi
ularga moslashib, uning rag‘batiga intilishadi. 0 ‘z navbatida elita
ikki qismga ajraladi. B irinchisi bevosita yoki bilvosita jam iyatni
boshqarishda ishtirok etib, «hukm ron elita» nomini olgan. Boshqa
qismi esa boshqaruvda ishtirok etmaydi, balki san'at va ilmiy
sohalarda faoliyat olib boradi. («boshqarmaydigan elita»).
Elita va noelita mos ravishda jamiyatning yuqori va quyi
qatlamlarini tashkil etadi. Quyi qatlam vakillarining eng iqtidorlilari
«yuqori»ga ko‘tarilishadi va boshqaruvchi elita qatlamini to‘ldiradi.
1
Гоф м ан А.Б. С ем ь лекций по истории социологии: У чебное пособие д ля вузов. - 5-е изд. - М.:
К ниж ный дом «Университет», 2001. Лекция № 7.
2
Qarang: П арсонс Т. О структуре социального действия. - М.: А кадемический проект, 2000.
3 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e Graw-HilL 2010. - P. 40.
2 9 3
0 ‘z navbatida, elita vakillari «quyi»ga tushishadi. Bu yerda
Paretoning fikrlari Tard, Lebon, Moskalarning jamiyatni ixtirochi va
taqlidchilar, sardorlar va omma, hukmdorlar va bo‘ysunuvchilarga
ajratuvchi nazariyalariga o‘xshashligi yaqqol ko‘rinadi.
Elita sirkulyasiyasi - bu geterogen jamiyat a’zolari o‘rtasidagi
o‘zaro aloqalar jarayoni bo‘lib, Pareto buni piramida shaklida
tasvirlagan. Bunda elita piramidaning yuqorisida joylashadi. Elita
istalgan vaziyatda o‘zini sovuqqon tuta bilishi, hisob-kitob,
boshqalaming nimjon va ta’sirlanuvchi tomonlarini ko‘rish va o‘z
manfaati yo‘lida ishlata olish kabi xususiyatlarga ega bo'ladi. Oddiy
omma esa odatda emotsiya va hissiyotga beriluvchan boiadi. Bu
jamiyatning ikki qismga ajralishini asoslab beradi. Bilimga ega
boiganlar hissiyotni birinchi o‘ringa qo‘yuvchilami boshqarishadi.
Chunki ularning harakatlari aql asosida boigani uchun dono
sanaladi1.
Pareto boshqaruvchilaming ikki asosiy sifatini ko‘rsatadi:
ishontirish, o‘z fikriga og‘dirish, inson emotsiyalarini manipulyasiya
qilish va kerak boigan vaziyatlarda kuch ishlata olishdir. Mazkur
qobiliyatlar bir-birini inkor etadi. Hukmdorlar kuch yoki kelishuv,
ishontirish orqali boshqarishadi. Kelishuv va kuch butun tarix
davomida boshqaruv quroli sifatida namoyon boigan.
Hukumat emotsiyalami qanchalik yaxshi ishlata olsa, uning
siyosati shunchalik muvaffaqqiyatli boiadi. Pareto bo‘yicha, mazkur
tamoyil istalgan siyosiy muvaffaqqiyatni ta ’minlaydi. Kuch ishlata
olmagan elita o‘ziga nisbatan kuchliroq, jur'atli va zo‘ravonlik ishlata
oladigan elitaga o'rinini beradi.
Tinch davrda hukmron elitaning almashish mexanizmi sotsial
mobillik sanaladi. Boshqaruvchi sinf qanchalik «ochiq» boisa, uning
«sogiigi» kuchli boiadi va o‘z hukmronligini saqlaydi.
Elita sirkulyasiyasi sekin kechsa, yuqori qatlamda kuchsizlik,
nimjonlik, tanazzul va tushish elemenlari ko‘rina boshlanadi. Mazkur
qatlamlar elitar holatni ta’minlovchi psixik xususiyatlami yo‘qota
boshlaydi va zo‘ravonlik qilishda ojizlik bildiradi. Quyi qatlam
orasida jamiyatni boshqarishga qobiliyati boigan individlar paydo
boiadi. Ular zo‘ravonlik vositasida hokimiyatni egallashi mumkin.
Ammo yangi shakllangan sinf ham o‘z navbatida kuchsiz,
Do'stlaringiz bilan baham: |