Jismoniy tarbiyada onglilik va faollilik tamoyili


Jismoiiy madaniyat nazariyasining yetakchi tushunchalari va jismoniy madaniyatning ijtimoiy mohiyati



Download 89,5 Kb.
bet3/3
Sana08.02.2023
Hajmi89,5 Kb.
#909262
1   2   3
Bog'liq
JISMONIY TARBIYADA ONGLILIK VA FAOLLILIK TAMOYILI

Jismoiiy madaniyat nazariyasining yetakchi tushunchalari va jismoniy madaniyatning ijtimoiy mohiyati.

U yoki bu kasb egalari o`zaro mulokot davomida o`z kasbi va xunariga oid ma`lum tushunchalar va iboralardan foydalaniladilar. Fanning ma`lum soxasini o`rganish va uni o`zlashtirish ana shu yetakchi tushunchalarning mazmunida yetadi.


Ularning mazmuni va xajmini aniqlamay turib, jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyotining ko`pdan-ko`p ayrim xodisalari va masalalarini to`g`ri tushunib olish kiynlashadi, jismoniy madaniyat nazariyasini urgatadigan fanni muvaffakiyatli egallab bulmaydi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasida kullaniladigan yetakchi tushunchalarga kuydagilar kiradi: jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy madaniyat, jismoniy madaniyat, jismoniy madaniyat tizimi, jismoniy bilimlar, jismoniy kamolot (jismoniy mashqlar, jismoniy sifatlar, prinsiplar, va boshqa tushunchalar darslikning lozim bulgan boshqa bulimlarida kurib chikiladi ) va x.k. Nima uchun yuqorida sanab utilgan tushunchalar asosiy tushunchalar deyiladi-yu, boshqalari, masalan, jismoniy mashq, sport, tushunchalari asosiy tushuncha deb xisoblanmaydi? Tegishli faoliyatni to`g`ri aks ettiradigan barcha tushunchalar o`z axamiyati jixatidan birdek muhimdir, bular to`g`risida darslikning tegishli boblarida gap ketadi. Bu yerda bulsa jismoniy madaniyatning asosiy, eng muhim sifatlari umumlashtirilib, kursatilgan tushunchalargina olingan xolos.
Jismoniy rivojlanish - bu, inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy shakllanishi, tashki kurinishi va xizmatining o`zgarish jarayonidir.
Rivojlanish davrini uch fazaga ajratish mumkin: uning yuqori darajasi, nisbatan stabillashgan (barkarorlik) va inson jismoniy imkoniyatlarining asta-sekinlik bilan pasayishi.

U tabiatning ob`ektiv konuchlariga - organizm va uning yashash sharoitlari birligi qonuniga, xizmat va to`zilish (struktura) o`zgarishlarning bir-birini takozo etish qonuniga, organizmda asta-sekin mikdor va sifat o`zgarishlari qonuniga va boshqa koiunlarga buysunadi. Boshqacha aytganda, jismoniy rivojlanish ob`ektiv va biologik qonuniyatlar majmuasidan iborat. Bulardan eng muhimi, muhit va organizm rivojlanishining bir butunligi qonunidir.


Yuqoridagilarni o`quvchilarga kullaganimizda, ukish sharoiti, mehnat va mustakil ishlash, dam olishni xisobga olishga to`g`ri keladi. Bularning barchasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta`sir kursatadi.

Ta’lim jarayenida onglilik va faollilik - O‘qitishga ongli munosabat va unda shug‘ullanuvchining faolligi har qanday pedagogik jarayonning kimmatini oshiradi. Ulug rus pedagogi, ana tomi, vrachi P.F. Lesgaft ilgari surgan ta’limdagi onglilik va faollik prinsipi harakat faoliyatlarini mexaniq ravishda taklid qilib baja rish orkali o‘zlashtirishni kat’iyyan koraladi va birinchi bo‘lib harakatlarni takkoslay olish, uning taxlilini qilish orkali nazariy bilimlarni egallash g‘oyasini ilgari surdi. U “jismoniy mashq bilan mashq qilish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikni ko‘rsatkich larini oshiradi”, - degan ko‘pol tushunchani asosiy xatolardan biri deb ko‘rsatdi.


Tarbiya jarayonida bu prinsipni qo‘llash mashg‘ulotni umumiy vazifa lariga kizikish uygotish va fikrlashni shakillantirish bilan boshlanadi. Eng avvalo, harakat faoliyatini xayetiy-amaliyligi aniq misollar yordamida ta’limning mavzulashtirish orkali amalga oshirila boshlanishi lozim. Tarbiyasi tanlangan mavzu moxiyatini asta-sekinlik bilan ocha boshlaydi. O‘qitishning boshlangich etapidagi tor, ongli fikrlash doirasi mazmuni (komatining chiroyli bo‘lishi, kuchining ortishi vax.klar) mashg‘ulotlardagi xayetiy-amaliy holatlar orkali, jismoniy madaniyat va spot mashg‘ulotlari shaxsni ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyerlash dek vazifalarni asta-sekinlik bilan mutaxassis bilimlarga tayanib tushuntiriladi. Maxsus ammabop adabiyotlar, qo‘llanmalar tavsiya kilina di. Nazariy bilimlar ortishiga erishish onglilik prinsipining uzak maqsadlaridan biridir. Bu maqsadga erisha olmaslik kundalik bajariladigan jismoniy mashqlar bilan shug‘ullashnish mashg‘ulotlariga odatning shakillanishi susaytiradi, mashq qilishning turmush tarziga aylanishiga tuskinlik qiladi. Bundan tashkari, shug‘ullanuvchilar jismoniy madaniyat, sport mavzulariga oid muntazam leksiyalar, suxbatlar, xikoyalar eshitishlari, maktab fizkultura dasto‘rining nazariy qismini o‘rganish lari, metodik va xujjatli filmlar kurishlari, uz-o‘zini tibbiy nazorat qilish koidalarini bilishlari, “aktiv, passiv dam”, “bajara olish”, “harakat malakasi”, “oliy harakat tartibi”, “malakaning ijobiy va salbiy kuchishi” atamalari moxiyatini tushunishlari lozim.
O‘zlashtirilishi, mustaxkamlanishi, takomillashtirilishi lozim bo‘lgan, nima uchun harakat faoliyatini aynan shunday(ko‘rsatilgandek) bajarilishi shart ekanligi o‘quvchi ongiga yetkazilishi kerak. Mashqlan gan barmoklar (voleybolchiniki) turmshda nozik barmok harakatlarini talab qiladigan kasblarni egallashda (soatsoz, zargar va boshqalar) kul kelishi ongiga yetgan shug‘ullanuvchi ta’lim jarayoniga ongli munosabatda bo‘lishi dan tashkari, uning faolligi ortadi.
Mashq, harakat texnikasini egallash oz energiya sarflab samarali harakat qilish, uni bajarish orkali organizmda sodir bo‘ladigan turli xil o‘zgarishlarni tushuntirish, topshirikka nisbatan onglilik va faollikni oshiradi.
O‘qituvchilarning ko‘tarinki kayfiyati, yuzidagi tabassumi, kiyim larning yarashganligi va ixchamligi, harakatlarni xavas qiladigan dara jada chiroyli, ravon ketma-ketlikda bajarishi, mashqlar tarkibini uning bajarilishi ritmiga moslab, turtliklar tarzidagi xor bo‘lib, bara variga aytiladigan aytishuvlar kiritilishi ta’lim jarayonidagi vazi falarni hal kiilishga zur kizikish uygotadi va fikrlashni shakillan tiradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida ongli analiz va jismoniy mashqni bajarishda nazoratdanfoydalanish ta’limning prinsipial mexanizm lari dan biridir.
Ongli ravishda bajarilayotgan “ixtiyoriy harakat» ning moxiyatiga yetib, uning bajarilishi texnkasi asosi, zvenolari, detallarini nazorat kila olishning ahamiyati ta’lim jarayonida o‘z samarasini berishi ilmiy - amaliy isbotlangan.
Abelskiyning tajribasi bo‘yicha shug‘ullunuvchilarni sakrash texni kasiga o‘rgatish uchun 120-150 o‘rinish(popitka) tavsiya kilingan. O‘rinishlar tugallangandan so‘ng shug‘ullanuvchilar bilan shu harakatning to‘zili shi, bajarish texnikasi xakidagi suxbatlar (diskusiya) natijasi uta koni karsiz bo‘lgan. Navbatdagi guruxga esa mashq texnikasi, uning tuzilishi, hayotiy - amaliy ahamiyati xakida yetarli darajadagi nazariy tayyorgarlikdan so‘ng mashqni bajarish tavsiya kiliganda, shug‘ullanuvchi lar 2-3 o‘rinishdan keyin mashq texnikasini osongina o‘zlashtirib olganliklari kuzatilgan.

Amaliyotda yuqori malakali sprotchilar mashqni sport texnikasi avtomatlashgan darajada, ya’ni harakatni oliy makomda bajara olishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yadilar. Mexaniq ravishda tushunmay, kur-kurona, taklid tarzida mashq qilishning samarasizligi surunkali mashq qilish jarayonida me’ridan ortik energiya sarflashga, shug‘ullanuvchida shu hara katga nisbatan sovish “tokatsizlikni» ni shakkillantiradi. Shuning uchun ongli taxlil - o‘z harakatini baholay olish, o‘qitish jarayonining cho‘zilib ketishini oldini oladi.


Ongli analizda mashq texnikasini taxlili bilangina bilangina chegaralanmay, uni biomexaniq, matematik xisoblash, bioritmika va sport metrologiyasining qonuniyatlarini nazarda tutgan holda, shug‘ullanuvchining anatomiya, sport fiziologiyasi, bioximiya sohalarida gi bilimlarga tayangan holdagi izoxlanishi tushuniladi. Tezlikni talab kiluvchi mashq lar vaqtning mikrointervalini, gimnastika jixozlari dagi mashqlar esa harakatning fazodagi chegaralarini, harakatning yutka zilayotganligini xis qilishdek talablarni qo‘yadi, bu o‘z navbatida, ixtiyo riy harakatlarning bajarilishini ongli nazorat qilishga o‘rgatadi.
Mashqni bajarishdan oldin uni tuzilishi, namoyon kilinishi, ifoda si fikran ko‘z oldiga keltira olish (“ideomotor trenirovka”) - onglilik prinsipining asosiy vositalaridan biridir.
Faollik asosan mashg‘ulotlarda shug‘ullanuvchilarning barchasini tugal band qilish, ular faoliyatini “frontal”, guruxli”, tashkillash orkali, asosiy jixozlar yoniga kushimcha sport anjomlari quyish, kuchiga yarasha bo‘lmagan mashqlarni bir-ikki xaftalik tayyergarlik va mashqdan so‘ng bajara boshlasalar, o‘z-o‘zidan shug‘ullanuvchi mashqni mustakil baja rishga o‘rinishini ortishini vujudga keltaradi.
Ta’lim jarayonida o‘yin va musobaka (“Jismoniy tarbiyaning uslub lari” mavzusiga qaralsin) metodlarining qo‘llanishi, sport maydoni, mashg‘ulot utkaziladigan joylarning badiiy jixozlanishi, gigiyenik oras taligi ta’lim jarayonida shug‘ullanuvchilarda jonbozlik(initsiativa) kur satish, vazifani hal qilish uchun javobgarlik xissini o‘z buyniga olabi lish, ma’suliyatni xis etish va o‘zlashtirish jarayoniga ijodiy yondoshishni tarbiyalaydi.
Ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilik prinsipi - Ko‘rsatish tushunchasi jismsoniy tarbiya ta’limi jarayenida o‘zi ning keng ma’nosiga kura pedagogika nazariyasi ramkasidan allakachon lar chikib ketgan. ozirgi kunda bu tushuncha o‘z ichichga xis qilish, obrazli ifodalay olish, tashki shaklini kurishdek keng ma’noni oladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida krgazmalilik - harakat faoliyatini ama liy bajarib namoyon qilish orkali olib borilishi o‘qitish samaradorli gi ning garovi tarzida qabul kilingan.
Ta’lim jarayonida bajarib ko‘rsatish va kurishning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi. Harakat faoliyati xakidagi birlamchi (boshlangich) tu shuncha mashqning natural shaklda bajarilishini ko‘rgandan so‘ng xosil bu ladi. Ko‘rsatish ta’lim jarayonning samaradorligigamuxim omildir. Kur gazmali qurollar, suratlar, chizmalar, maketlar, kino suratlar (sekin lashtirib olinganlari), kino-badiiy, xujjatli, o‘quv filmlari va x.k. tarzida ko‘rsatiladi, va taklid tarzida ularni bajarish o‘quvchidan talab kilinadi.
O‘zlashtirish jarayoning asosiy faktori xisoblangan ko‘rgazmali likning ikki ko‘rinishi amaliyotda mavjud bo‘lib, ular mashqni aynan bajarish bilan va vositalar yordami bilan ko‘rsatish sifatida farklanadi.
Aynan yoki bevosita ko‘rgazmalilik ta’lim jarayonida o‘qituvchigv namunali darajada bajarib ko‘rsatish talabaini qo‘yadi. Namunali darajadagi ko‘rsatish namoyish qilish sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xato larning oldini olishni nazarda tutadi.
Amaliyotda esa haraktning aynan bajarilishini o‘quvchi kurmay turib, uning texnikasini o‘qitish boshlab yuboriladi. Albatta bunda shug‘ullanuvchilar xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Ularni tuzatish ta’lim jarayonining cho‘zilishiga olib kelishi mumkin. Namunali tarzda ko‘rsatish bo‘lmagan mashqlarni mutaxassis oldindan tanlangan va tayyorlagan shug‘ullanuvchining ko‘rsatishdan foydalanishi lozim yoki vositali - bavosita ko‘rgazmalikdan foydalanish tavsiya etiladi.
Harakat faoliyati xakida birlamchi(dastlabki) tushuncha o‘quv kino kolsovkasi, chizma, rasm, maket, plakat, va boshqalarni shug‘ullanuvchiga ko‘rsatish orkali xosil kilinadi, ayniksa, katta, urta, maktab yoshida gilar uchun ko‘rgazmalikni bu uslubi ularning fikrlashi, harakatni xis qilishi uchun kul keladigan vositadir. Xis kila olish kobiliyati yaxshi rok shakllangan shug‘ullanuvchida ko‘z oldiga keltira olish, taklid kila olish (avval mexaniq) tarzda bo‘lsa - muxim ahamiyatga egadir. Ayniksa, ta’lim ning ketma- ketligi (harakatni bo‘laklarga ajratib o‘rgatishda), o‘zlashti rishda yo‘lanma beruvchi mashqlar (harkat texnikasining asosiga yakin bo‘lgan mashqlar) dan foydalanish, harakat texnikasini o‘zlashtirishni osonlashtradigan (bajarilishi tarkibida aynan shu harakat elementlari bor) mashqlarni qo‘llash o‘qitishda ko‘rgazmalilik prinsipi qo‘yadigan asosiy talablar bo‘lib, harakat xakidagi tushuncha mezonini oshiradi.
Mashqni bajarishda “o‘z soyasidan foydalanish”, “chegaralangan harakat satxini belgilash”, “taqlid qilish”, “mo‘ljallash”, “o‘xshatish”, ko‘rgazmalikda qo‘llaniladigan uslublardandir.
Bular ta’lim jarayonini faollashtiradigan, birlamchi malakani shakillantirish va harakatni oliy tartibda bajara olishga yo‘l ochuvchi asosiy omillardir.
Bajara bilish va shaxsiylashtirish tamoyili- Individning kobiliyati, imkoniyati, xususiyati, jinsi, yoshi, jismo niy riojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi va xokazolar bu prinsip maz munining omillari bo‘lib, ta’lim jarayonini boyitadi. Ta’limga ongli munosabat, undagi faolikni namoyon bo‘lishi, ko‘rgazmalikning samarasi, kuchiga yarashalilik tanlangan faoliyat va individning xusu siyatlari bilan chambarchas bog‘liq va kuzlangan maqsadga tez erishishga olib keladi.
Bajara bilish organizm hayotiy faoliyatining ma’lum ishdagi funksional xususiyati va kobiliyatini xisobga olishdir. Bu prinsip kobiliyatning chegarasini aniqlay olish talabini qo‘yadi. Demak, ta’lim jarayeni turli sharoitda xilma-xil tashki ta’sirini xisobga olish shug‘ullanuvchi uchun meyor anglay olishni takazo etadi. Meyor bo‘lib turli yoshdagilarning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish dasturlari, ular uchun belgi langan normalar (jismoniy sifatlar uchun) bo‘lishi nazarda tutiladi.
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarida meyorni aniqlash uchun tarbiyachi bilan tibbiy xodimning birgalikdagi ko‘plab izlanishlari orkali erishiladi. Mashq qilish orkali organizm uchun kuchiga yarasha bo‘lmagan mashq me’riga aylantirib organizmni zurikish orkali energiya sarflashga sistemali majbur qilishning salbiy okibatlari ham xozirgi kunda ham ilmiy, ham amaliy jixatdan dalillangan.
XULOSA
Individuallashtirish o‘qitishning muxim omili. O‘quvchining jismoniy rivojlanganligi ko‘rsatkichlari (bo‘yining uzunligi, tanasi a’zolarining uzun yoki qisqaligi, yugon yoki ingichkaliligi, vazni, bo‘g‘inlar harakatchanligi, qismlarining ekskursiyasi va x.k. lar), jismo niy sifatlari (kuchililigi, tezkolrligi, chakonligi, chidamliligi) ning rivojlanganligi psihologiya nuqtai nazaridan qaysi tipga mansubligi va shu kabilar individning xususiyatlari xisoblanib, ular ta’limning samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyachi ning kayd kilingan xususiyatlaridan birortasi lokaydligi tarbiyada, mashg‘ulotlarda kuzlan gan maqsaddan osongina uzoqlashtirishga olib keladi.
Kayd kilingan xususiyatlardan - jismony rivojlanaganlik ko‘rsat kichi, masalan, buyni darozligi (balandligi) - “akselerat”, mashg‘ulotning asosiy qismida past buyli tengdoshi bilan bir guruxga tushib kolsa (tayanib uzunasiga kuygan kondan sakrash mashqi) o‘qituvchi uchun muammo ham vujudga keltiradi, ya’ni baland buyili uchun depsinish “most» ini sport jixozidan uzoqrok quyish lozim bo‘lsa, buyi tengdoshidan past bo‘lgan o‘quvchi mashq texnikasini bo‘zib bajarishga majbur bo‘ladi. Chunki jixozidan uzoq qo‘yilgan mostdan depsinish buyi tengdoshidan past o‘quvchi uchun kuchiga yarasha emas va o‘qitishda shug‘ullauvchining indivi dual xususiyatini e’tiborga olmagan degan xulosa olib keladi. Jismoniy yuk me’ri bir xil guruxdagilar uchun ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bu jismoniy tayyorlik ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Tanlangan mashqni shug‘ullanuvchi kuchiga, tezkorligiga chidamliligiga bog‘liqligi individ ning xususiy port retining to‘laligicha cho‘zilishia imkon beradi.
O‘rgatishning muntazamlilik tamoyili - Mashg‘ulotlarning tizimi, dam olish bilan jismoniy yukning almashuvining to‘g‘ri navbatlashuvi va ularning ketma-ketligining o‘zaro bog‘liqligi ta’lim jarayonida muntazamlilik uslubiy prinsipining asosiy nizomidir.
Mashg‘ulotlarning muntazamligi va jismoniy yuk(lama)ning dam olish bilan ratsional almashuvi. Mashq qilishning epizodlikligi ta’lim jarayonida yetarli samara bermaydi. Tabiiy rivojlanish konu niyatlari dan amaliyotda biz shunga guvoxmizki, mashg‘ulotlar uzluksiz va muntazam olib borilsa, jismoniy mashqlar ta’siridan organizmning funksional imkoniyati yaxshilanib, jismoniy kobiliyati ortadi.
Muntazam mashg‘ulotlardan xosil bo‘lgan reflekslar uzluksizlikni talab qiladi. Uzluksizlikning bo‘zilishi malakani asta-sekinlik bilan usishiga olib keladi. Mustaxkamlanib avtomatlashgan yoki “oliy harakat tartibi» da bajarila boshlagan harakat malakalari ta’lim jarayonida faoliyatning muntazam takrorlash shartini, kerak bo‘lsa, talabini qo‘yadi. Chunki organizmning funksional holati muntazam mashq qilish va mash gulotlar orkali ma’lum natijani namoyon kila boshlagan bo‘lsa va bunda muntazamlilik bir oz bo‘zilsa, xosila asta-sekin yo‘qka chiqish mumkin.
Obrazli qilib xulosa kilganda, shuni aytish lozimki, muntazam tizimli mashg‘ulotlar orkali qoldirilgan yarimsharlar pustlogidagi “iz» dan ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, yangi o‘zlashtirilmaganini o‘rganish osonlashadi. J.Lamark fikricha, “tizimli va muntazam ravishda mashq kildirilgan organ asta-sekinlik bilan rivojlanadi, usadi, mashq kildirilmagani o‘z kobiliyatini susaytiradi va xususiyatini yo‘qotib boradi”.

Adabiyotlar ro‘yxati:




  1. Salomova R.S. «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» T.: 2014.

  2. Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi.

T.: “Iqtisod-moliya”, 2008.

  1. Nuriddinova M.M. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo‘riqchilari uchun me’yoriy hujjatlar majmui». -T.: “Muxarrir”, 2013.

  2. Fayzullayeva M. va boshq. “Sog‘ tanda-sog‘lom aql”. T.: 2014

5.Usmonxo‘jayev T. va boshq. “500 harakatli o‘yinlar”. -T.: “Yangi asr avlodi”, 2014.
6, www.arxiv.uz
Download 89,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish