8.Mashg’ulot yuklamalarning to’lqinsimon o’zgarishi haqida ega qilish.
Aslida yuklamalarni asta-sekin oshira borish to’g’ri chiziqli, bosqichli yoki
to’lqinsimon bo’lishi mumkin. Sport mashg’uloti uchun ko’proq to’lqinsimon dinamika
xarakterli hisoblanadi. Bunga sabab avvalo sportchi organizmining funktsional va
adaptatsion imkoniyatlariga qo’yiladigan talablarning nihoyat darajada yuksak-ligidir.
121
Sport mashg’ulotining mazkur xususiyatiga faqat keyingi o’n yilliklardagina jiddiy
e’tibor beriladigan bo’ldi (V.M.Dyachkov, L.P.Matveev, L.Prokop, V.D.Shaposhnikov va
boshqalar). Shunga qaramay, hozirning o’zida yuklamalarning mashg’ulot jarayoni turli
bo’laklaridagi umumiy tendentsiyasiga xos taxminiy sxemani tasav-vur etish mumkin.
Mazkur sxemaga muvofiq quyidagicha masshtablardagi «to’lqinlar» ajralib turadi:
a) turli hollarda ikki kundan etti kungacha va undan ko’proq vaqtni o’z ichiga oladigan
mikrotsikllardagi yuklamalar dinami-kasini ifodalovchi kichik «to’lqin»lar:
b) mashg’ulot bosqichlari doirasida bir nechta kichik «to’lqin»lar (masalan, 3-6)
yuklamasining umumiy tendentsiyasini ifoda etuvi o’rtacha «to’lqin»lar.
v) mashg’ulot davrlaridagi o’rta «to’lqin»larning umumiy tendeniyasini xarakterlovchi
katta «to’lqin»lar.
Sport mashg’ulotini tashkil etish san’ati ko’p jihatdan ana shu «to’lqin»larning
barchasini bir-biriga mutanosib qila bilishga bog’liq, ya’ni mikrotsikllardagi yuklamalar
dinamikasi bilan u yoki bu bosqichlar va davrlar uchun xarakterli bo’lgan mashg’ulot
jarayonining eng umumiy tendentsiyalari o’rtasidagi zarur muvofiqlikni ta’minlashdan
iborat,
To’lqinsimon tebranishlar yuklamalarning hajmi dinamika-siga ham, intensivligi
dinamikasiga ham xos, lekin hajm dinami-kasi tebranishlari bilan intensivlik tebranishlari
parametrla-rining maksimal qiymati odatda bir-biriga mos kelmaydi. O’rtacha va ayniqsa,
katta «to’lqin»larda dastlab hajm ko’rsatkichlari (bir hafta va bir oy ichidagi mashg’ulot
ishlarining umumiy miqdori) apogeyga etadi, keyin hajm stabillashadi va kamaya boradi,
ana shu fondda esa, intensivlikning har xil ko’rsatkichlari (mashg’ulot-larning xarakterli
zichligi, harakatlarning tezkorlik va kuch-quvvat xarakteristikasi va boshqalar) eng yuqori
qiymatga etadi.
Kichik «to’lqin»larda odatda buning aksini ko’ramiz: dastlab tezkorlik - kuch
xarakteridagi (ya’ni intensivrok) mashg’ulotlar, ke-yinroq esa hajmi ko’proq mashg’ulotlar
o’tkaziladi. Bu umumiy ten-dentsiyalar mashg’ulot jarayonidagi u yoki bu mashqlarning
o’rni va roliga qarab turlicha namoyon bo’ladi.
Sport mashg’ulotidagi yuklamaning to’lqinsimon o’zgarishi-ning sabablari ilgari
jismoniy tarbiyaning umumiy printsip-larining bayon etilishi munosabati bilan qisman
tushuntirib o’tilgan edi. Bunda kichik «to’lqin» lar avvalo charchash va kuch-quvvatni
tiklash jarayonlarining o’zaro aloqasi natijasida paydo bo’lishini hisobga olish kerak. Bu
jarayonlar sportchi organizmida mashg’ulot ta’siri ostida hosil bo’ladi va mikrotsikllarda
yuklama hamda dam olishni almashtirib turish, shuningdek, yuklama miqdori va xarakterini
o’zgartira borish zaruratini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda hayot va faoliyatning umumiy
rejimi, fiziologik jarayonlarning tabiiy ritmi tufayli organizm funktsional holati vaqti-vaqti
bilan o’zgarib turishi ham muhim rol o’ynaydi.
Katta va kichik «to’lqin» lar avvalo kechikib sodir bo’ladigan transformatsiya
qonuniyatlari tufayli paydo bo’ladi. Organizmdagi turli organlar va sistemalarning
moslashuv o’zgarishlari mashg’ulot yuklamalari dinamikasidan orqada qolib ketayotgandek
yuz beradi. Shuning uchun organizm funktsional imkoniyatlarini mutanosib orttirish
122
maqsidada yuklamalarni sistematik o’zgartirib turish zarur bo’lib qoladi. Kechikib sodir
bo’ladigan transformatsiyani, jumladan, yuklamaning oylik hajmlari dinamikasi bilan sport
natijalari dinamikasini solishtirib, rasmda keltirilgandek tashqi ko’rinishda kuzatish
mumkin. Natijalarning eng ko’p yuksala borishi yuklama hajmining eng ko’paygan davriga
mos kelmaydi - qilingan ish hajmi sport natijalarini yuksaltirishga o’tishga qadar anchagina
vaqt o’tishi talab etiladi. Shu misolning o’zida yuklamalar intensivligining dinamikasi sport
natijalari dinamikasi bilan ko’proq bevosita aloqador ekani ham ko’rinib turibdi: natijaning
o’zgarishi deyarli shu zahoti intensivlikning xuddi shu yo’nalishda o’zgarishini aks ettiradi.
Biroq bundan yuklama hajmi kamroq rol o’ynaydi, degan xulosa chiqmasligi kerak. Sport
natijasi pirovardida hajmga ham, intensivlikka ham birdek, lekin turlicha nisbatda
bog’liqdir. Yuklamalar hajmining o’sib borishi keyingi yutuqlar uchun poydevor yaratishda
ko’proq rol o’ynaydi, intensivlikning o’sib borishi esa, o’zlashtirilgan hajm-lar bazasida
spot yutuqlarini amalga oshirish ishida etakchi rol o’ynaydi.
Mashg’ulot yuklamalarining to’lqinsimon o’zgarishi ular hajmi bilan intensivligi
o’rtasidagi qarama-qarshilikni eng yaxshi hal etish imkonini beradi. Bunday dinamika hajmi
«to’lqini» apogeyi bilan intensivlik «to’lqini» apogeyini vaqt jihatidan bir-biridan ajratib,
yuklama barcha predmetlarining qiymati eng katta bo’lishiga erishish imkonini beradi. Shu
bilan birga bunday dinamika mashg’ulot talablarini haddan tashqari jamlab yuborishga
monelik qiladi, chunki yuklamani nisbatan kamaytirib turishni sistematik o’z ichiga oladi va
shu bilan ish qobiliyatini to’liq tiklab olish uchun hamda mashq ko’rganlik to’xtovsiz o’sa
borishi uchun zarur shart-sharoitni ta’min etadi.
Amalda yuklamalar dinamikasidan u yoki bu «to’lqin» larning «tushib qolish»
xodisasini kuzatish mumkin. Buni barcha hollarda mashg’ulot qonuniyatlaridan chekinish,
deb bo’lmaydi. Mashg’ulot jarayonining ba’zi bir bo’laklarida kichik va o’rta «to’lqin»larni
yuklamalar dinamikasining boshqa shakllari «bosqichli», «to’g’ri chiziqli» bilan
almashtirilishi ham mumkin. Biroq bunga faqat ay-rim hol sifatida yo’l qo’yiladi. Umumiy
tendentsiyada esa, yukla-malar dinamikasi, albatta, to’lqinsimon yoki shunga o’xshash
shaklga kiradi, «to’lqin» larning turli elementlari orasidagi nisbat esa, mashg’ulotning
bosqich va davrlariga qarab o’zgarib turadi.
Mashg’ulot yuklamalari dinamikasining to’lqinsimon xarak-teri sport trener
mashg’ulotining yuqorida ko’rib chiqilgan boshqa qonuniyatlari bilan, ularning oliy
ko’rsatkichlarga yo’nal-tirilganligi, mashg’ulot talablarining asta-sekin va ayni vaqt-da
maksimal orta borishi, yuklamalar uzluksizligi va dam olish bilan ratsional suratda
almashinib turishi bilan bevosi-ta aloqadordir. Mana shu qonuniyatlarning barchasi
sport mash-g’ulotini tashkil etishning eng muhim asosi sifatida, ayniqsa, sistematiklik hamda
rivojlana borish tamoyillari munosabati bilan doimo xisobga olib turilishi turilishi kerak.
микроциклнинг намуна схемаси
Umuman shuni aytish kerakki, tayyorgarlik sharoitlarining musobaqa sharoitlariga
muvoffiqligi hamisha ham musobaqa sharoitlarini aynan ko’chirish degan ma’noni
anglatavermaydi. Tayyorgarlikni qiyinlashtiradigan sharoitlar mazkur sharoitga o’tish uchun
qanchalik zarur bo’lsa, faqat shuncha va tayyorgarlikning yakuniy natijasiga salbiy ta’sir
etmaydigan darajadagina kiritiladi. Bundan tashqari musobaqaning bir qator o’zgaruvchan
sharoitlari (raqibning o’ziga xos xususiyatlari, birinchilik o’tkazish tartibidagi ba’zi bir
123
xususiyatlar, ob - havo sharoitlari va hokazolar) kutilmaganda paydo bo’ladi. Sportchida xilma
- xil sharoitlarda o’z kuchini effektiv tarzda ishlata bilish qobiliyati bo’lishi zarur. Buning
uchun tayyorgarlik sharoiti tegishlicha variativ (o’zgaruvchan) bo’lishi kerak.
Mashg’ulotning maxsus tayyorgarlik bosqichini boshqacha qilib musobaqa oldi bosqichi
deb atash ham mumkin. Chunki u bevosita musobaqa davriga ulanib ketadi. Bu bosqichda
qo’lga kiritiladigan sport formasini « boshlang’ich» deyish mumkin: keyinchalik uning darajasi
ortib boradi, bunda uning ayrim komponentlari (ayniqsa, taktik tayyorlik) navbatdagi
musobaqalarning spetsifi-kasiga qarab o’zgaradi.
Tayyorgarlik davrining funktsiyasi bajarilganini ko’rsatuvchi mezon sifatida
mashg’ulotning bundan oldingi tsiklida erishilgan natijadan yaxshiroq natija yoki shu darajaga
yaqinroq ko’rsatkich xizmat qilishi mumkin. Sport natijalari aniq miqdor xarakteristikasiga
ega bo’lmagan sport turlari uchun umumiy tayyorgarlik (birinchi bosqichda) va maxsus
tayyorgarlik (ikkinchi bosqichda) normativlarini bundan avvalgi tsiklning tegishli
normativlariga qaraganda ortiqroq bajarilishi mezon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |