haqida ma'lumotlarga ega qilish.
2.Magistrlar bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish tizimi.
3.Magistrlar bilim, ko'nikma va malakalarini oraliq, joriy, yakuniy nazorat orqali
aniqlanadi haqida ma'lumotlarga ega qilish.
Magistrlar bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish tizimi
1. Talabalarning bilim o’zlashtirishni nazorat qilishning reyting tizimida baholashning
uchta turi qo’llaniladi: joriy baholash (JB), oraliq baholash (OB) va yakuniy baholash (YaB).
Joriy nazorat talabaning o’quv materialini izchil o’zlashtirib borayotganidan xabardor qilib
turadi, uning bilim egallashdagi intilishlari ma’qullanib boriladi, xabardorlik ta’limda yo’l
qo’yilgan xatolarni tuzatish va ta’lim maqsadlarini aniqlashga xizmat qiladi. Oraliq nazoratda,
fanning bir bo’limi (qismi) bo’yicha mashg’ulotlarda talabaning egallagan bilim va malakalari
aniqlanib, o’lchab, baholab boriladi. Yakuniy nazoratda fan bo’yicha rejalashtirilgan ta’lim
maqsadlariga erishilganligi baholanadi.
2. Talabaning fanga doir egallagan bilimlarini baholashning odatda turli xil shakl - usullari
qo’llaniladi: og’zaki baholash, yozma baholash, test usulida va reyting tizimi orqali baholash
shular jumlasiga kiradi.
3. Og’zaki nazorat qilish va baholashning yaxshi jihatlari: professor - o’qituvchi talaba
bilan bevosita, jonli aloqada, muloqotda bo’ladi; talabaning bilimini chuqurroq aniqlash uchun
qo’shimcha savollar berish imkoniyati tug’iladi; og’zaki javob talabani og’zaki nutqini mashq
qilish va faol fikrlashga undaydi. Og’zaki javob berishda yaxshi tayyorlangan talaba o’z
bilimdonligini, qushimcha o’rganganlarini namoyish eta oladi. Bevosita so’rash paytida
talabaning bilim o’zlashtirishi masalasida o’qituvchida ilgari tug’ilgan ayrim shubhalar
bartaraf etiladi.
4. Yozma baholashning yaxshi tomonlari: yozma tarzda berilgan javob - talaba o’quv
materialini o’zlashtirib olganiga hujjatli dalil bo’ladi; talaba o’z fikrlarini qog’ozda ifodalashi
uchun amaliyotdir; ekspertlar o’tkazgan yozma nazorat talabaning bilimiga obyektiv baho
qo’yishga imkoniyat yaratadi.
5. Og’zaki va yozma baholash tizimiga xos jiddiy nuqsonlar:
- talabaning bilimiga qo’yiladigan baholarda subyektivlik alomatlari ko’proq, baho
ko’pincha boshqa talabalarga nisbatan qo’yiladi, bunda baho kamaytirilishi yoki oshirib
qo’yilishi ham mumkin. Bitta og’zaki javobga, bitta yozma ishning o’ziga turli imtihonchilar
turlicha baho qo’yishlari mumkin;
- imtihonda talaba biletdagi 3-4 ta savolga javob beradi, baho eska butun o’quv predmeti
dasturi mazmunini bilgani uchun qo’yiladi;
- besh balli baho shkalasi bilim o’zlashtirish darajalari orasidagi tafovutlarni aniq
belgilashga imkon bermaydi;
- og’zaki va yozma imtihon olib baholashlar bilim o’zlashtirish sifatini obyektiv, aniq va
asosli baholashni ta’minlay olmaydi;
- og’zali so’rashga, shuningdek yozma ishlarni tekshirishga vaqt ko’p ketadi;
- og’zali va yozma nazorat uchun kompyuterni ishlatish qiyin, ularni avtomatlashtirib
bo’lmaydi.
90
6. Pedagogik test vositasida baholashning yaxshi tomonlari:
- yaxshi tuzilgan pedagogik test talabaning bilim o’zlashtirish sifati va darajasini aniq
o’lchash, obyektiv baholash instrumenti bo’lib, uning natijasi nazorat o’tkazuvchi- baho
qo’yuvchi odamga bog’lik bo’lmaydi;
- pedagogik test fan dasturi bo’yicha o’quv materiali mazmunini to’liq qamrab olishi
mumkin, ta’lim natijasini test usulida o’lchaganda hamma talabalarga nisbatan bir xil, oldindan
belgilangan shkalaga asosan aniq va to’g’ri baho qo’yiladi;
- test yo’li bilan baholashda ta’limning texnik vositalarini ishlatish qulay, bu usul ma’lum
o’quv materialini yoki butun bir fanni, nisbatan oz vaqt, kam kuch sarflab, hamma
talabalarning bilimini nazorat qilishga imkon beradi;
- pedagogik test usulida baholashni kompyuter vositasida avtomatlashtirish mumkin.
1. Magistratura talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi - fanlarni
o’rganishda talabaning doimiy faolligini, mustaqil ishlash qobiliyatini oshirish, topshiriqlarga
ijodiy yondashish, intiluvchanlik, adabiyotlardan keng foydalanish xususiyatlarini
rivojlantirish.
2. Baholash tizimining vazifalari:
- magistratura talabalari bilim o’zlashtirishini muntazam nazorat etib borish, butun o’quv
yili davomida o’z ustida uzlyuksiz, faol ishlab borishlarini ta’minlash;
- talabalarda mustaqil ishlash ko’nikmalarini o’stirish, chuqur bilim olishga intilishlarini
kuchaytirish; bilimini haqqoniy, aniq, adolatli baholash;
- professor - o’qituvchining ustozlik mas’uliyatini oshirish.
3. Magistratura talabalarining fan bo’yicha o’zlashtirishi joriy, oraliq va yakuniy baholash
orqali amalga oshiriladi.
Joriy baholash maksimal ballning 50 foizi mikdorida belgilanadi va u quyidagi ishlarga
taqsimlanadi:
- talabalaning mashg’ulotlarda faolligiga;
- amaliy, laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik darajasiga;
- fan bo’yicha asosiy manbalarni matnlashtirishga;
- dolzarb mavzu bo’yicha referat yozishiga;
- ilmiy tezislar tayyorlashi, ilmiy anjumanlarda chiqishlar qilishiga;
- ilmiy adabiyotga annotatsiya yozishiga;
- nazorat ishlarini bajarishiga;
- xorijiy adabiyot, manbalarni tarjima qilishiga;
Oraliq nazorat uchun maksimal ballning - 35 foizi, yakuniy nazorat uchun 15 foizi
ajratiladi. Yakuniy nazorat yozma ish shaklida o’tkazilganda fan buyicha mas’ul kafedra
yozma ish savollari, tayanch tushunchalarni ishlab chiqadi. Yozma ish dekanat tomonidan
tasdiqlangan jadvalga muvofik dastur to’la bajarishgach, o’tkaziladi. Yozma ishni o’tkazish
uchun komissiya tashkil etiladi. Yozma ish savollari dekanat tomonidan komissiya a’zolariga
yozma ish boshlanishidan oldin, maxsus konvertda taqdim etiladi.
Semestr (o’quv yili) davomida maksimal balning 56 foizini to’plagan talaba qoniqarli
o’qiyotgan deb hisoblanadi.
Semestr (o’quv yili) davomida fanlar bo’yicha to’plagan ballar o’zlashtirish
ko’rsatkichlari bilan baholanadi.
91
Magistratura talabasining barcha turdagi amaliyotlardan olgan malaka va ko’nikmalari,
dissertatsiya ishi hamda davlat attestatsiyasi baholanadi va reyting daftarchasida qayd etilgan.
Talabaning kursdan kursga o’tkazish o’quv rejasida o’quv yiliga belgilangan
fanlardan talaba to’plagan reyting ballar miqdorini hisobga olib, rektorning buyrugi bilan
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |