“Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyati” ning asosiy tushunchalari mazmunini ochib bering (jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish, jismoniy takomillashish, jismoniy tayyorgarlik va jismoniy tayyorlik).
Jismoniy madaniyat - bu umumiy madaniyatning bir qismi, xalq jismoniy barkamolligi maxsus vositalarini yaratish hamda foydalanish ishida jamiyat erishgan muvaffaqiyatlarning yig’indisidir.
Jismoniy madaniyatning vazifalari quyidagilardir:
• faoliyatni oqilona me’yoriy mustahkamlash;
• madaniy axborotni jamlash, aks ettirish va uni avloddan avlodga yetkazish;
• shaxslararo kommunikativ munosabat o’matish, aloqa qilishga ko’maklashish;
• insonning biologik, sog’lomlashtiruvchi ehtiyojini qondirish, uning jismoniy holatini yaxshilash va jamiyat a'zosi sifatida Vatan oldidagi majburiyatini bajarish uchun, kundalik hayot uchun zarur layoqat darajasini ta’minlash;Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati ham muayyan tushunarli apparatdan foydalanadi, uni tushunish va o’zlashtirish shu soha mutaxassislarining barchasi uchun majburiydir.
Jismoniy tarbiya — tushunchasi keng ma’noda umumiy ,,tarbiya“ tushunchasining ichiga kiradi. Bu esa, jismoniy tarbiya, boshqa turdagi tarbiyalar singari, pedagogika jarayoni bo‘lib, umumiy ko‘rinishi bo‘yicha (pedagogning boshqaruvchi roli, pedagogik prinsiplar bo'yicha tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar faoliyatining mos kelishi va h.k.) hisoblanadi. Jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiyalardan farqi shundaki, bu jarayonda shug‘ullanuvchilar harakat ko‘nikmasi va malakalarini hamda jismoniy sifatlarini rivojlantiradi, bularning birlashishi esa, jamiyatning jismoniy salohiyatini oshiradi. Shuning uchun jismoniy tarbiyada ikki maxsus tomoni farqlanadi: insonni sog‘liq uchun foydali harakatlarga o'rgatish (harakat faoliyati) va jismoniy sifatlarini tarbiyalash.
Jismoniy rivojlanish - bu sog’lomlashtiruvchi jarayon bo’lib, inson organizmining vazifalari va shakllari o’zgarishining asta-sekin qaror topishidir. Rivojlanishning o’sib borishida uchta fazani ajratish mumkin: rivojlanish darajasining ko’tarilishi, nisbatan barqarorligi va inson jismoniy imkoniyatlarining asta-sekin pasayishi. Jismoniy rivojlanish odam organizmining tabiiy o ‘sishi natijasida biologik shakl va vazifaning qismlari (a’zolar) o‘zgarishidir. Jismoniy rivojlanish davrini uch bosqichga bo‘lish mumkin: 1) o‘sish darajasi ortib borishi; 2) ma’lum darajada quvvat saqlanishi; 3) kishi jismoniy imkoniyatlarining sekinasta pastlab borishi.
„Jismoniy tarbiya“ termini bilan „jismoniy tayyorgarlik“ termini ham qo‘llaniladi. Bular mazmuni bo‘yicha o‘xshasada, ikkinchi termin, jismoniy tarbiyani mehnat yoki boshqa faoliyatga nisbatan talab qiluvchi jismoniy tayyorgarlikni, amaliy yo‘nalishni ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |