Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi


o'tkazib borish haqida ma'lumotlarga ega qilish



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/139
Sana22.07.2022
Hajmi1,32 Mb.
#836123
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   139
Bog'liq
4aac197b9862bee10c3328de4cd64a92 JISMONIY TARBIYA VA SPORT NAZARIYASI VA METODOLOGIYASI

o'tkazib borish haqida ma'lumotlarga ega qilish. 
1. Oliy o’quv yurtida ta’lim-tarbiya ishlarini istiqbolli rejalashtirish tarbiyaning 
samaradorligini oshiruvchi zarur shartlardan biridir. Uzoq muddatga mo’ljallab tuzilgan reja 
bo’lmasa, tuzukroq ishlab ham bo’lmaydi. Tarbiyaviy ishlar rejasining asosiy vazifasi ta’lim-
tarbiya tadbirlarini ma’lum bir tizimga keltirish, aniq maqsadga yo’naltirish, tarbiya jarayonida 
izchillik, uzviylik va ketma-ketlikni ta’minlash, o’quv metodik ishlar, ilmiy tadqiqot va 
tarbiyaviy tadbirlar o’rtasidagi uzilishni bartaraf etish, talabalarni tarbiyalash sohasida ilg’or
tajribalarni umumlashtirishdan iborat. Majmuali xarakterdagi istiqbolli reja talabalarga 
tarbiyaviy ta’sir o’tkazishning aniq yo’l va vositalarini ko’rsatadi.
2. Oliy maktabda talaba – yoshlarni yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli mutaxassislar qilib 
tarbiyalash dasturi va ta’limning barcha o’quv davriga mo’ljallangan tarbiyaviy ishlarning 
istiqbolli rejasini tuzish odatga aylandi. Ilmiy jihatdan asoslangan istiqbolli reja yoki dastur 
talabalarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash sohasidagi barcha ishlarning asosiy 
yo’nalishlarini birlashtiradi, fakultet, kafedra va jamoat tashkilotlarining bo’lajak 
mutaxassislarni barkamol shaxs qilib shakllantirish sohasidagi faoliyati uchun asos bo’lib 
xizmat qiladi. 
3. Istiqbolli reja yoki tarbiyaviy ishlar dasturini ta’limning barcha yillariga mo’ljallab tuzish 
maqsadga muvofiq. Istiqbolli rejalashtirish oliy maktabda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya 


127
ishlarining butun hajmini, ko’lamini aniq tasavvur etishga, har bir kursda bajariladigan aniq 
vazifalarni belgilab olishga imkon beradi. 
Oliy o’quv yurtida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishga ma’naviyat bo’limi rahbarlik qiladi. 
Bu vazifa ijtimoiy fan kafedralari, pedagogika va psixologiya kafedralari zimmasiga yuklanadi. 
Oliy o’quv yurtlarida ilmiy-metodik kengashlar ham, yoshlarni tarbiyalash masalasi bo’yicha 
tuzilgan komissiyalar ham bu ish bilan shug’ullanadi. Istiqbolli reja yoki dasturni tuzishda
barkamol shaxsni tarbiyalash to’g’risida Prezident farmonlari va me’yoriy hujjatlardan kelib 
chiqadigan xulosalar asos qilib olinadi.
4. Tarbiyaviy ishlarning samarali bo’lishi va istiqbolli rejalashtirish uchun sotsiologik 
tadqiqotlarni o’tkazib turish lozim. Sotsiologik tadqiqotlar talabalarning hayoti va faoliyatini 
o’rganishga, ularning ruhiy dunyosini, ehtiyojlari, qiziqishlari va ideallarini; talabalar hamda 
o’qituvchilarning vaqt byudjetini, tarbiyaning ayrim yo’nalishlari, shakl va usullarining 
ta’sirchanligini aniqlashga imkon beradi. Masalan, biror kurs talabalarining vaqt byudjetini 
oldindan o’rganmay turib, tarbiyaviy tadbirlarni to’g’ri belgilash qiyin. Chunki mo’ljallangan 
tadbirlar haddan tashqari ko’p yoki oz bo’lishi mumkin, natijada tarbiyaviy ishda uzviylik 
tamoyili buziladi. Bu, tarbiyaviy ta’sirlarning samaradorligini pasaytiradi.
5. Istiqbolli reja yoki dasturda ko’rsatilgan tarbiyaviy ishlar oliy maktabda o’quv jarayoni 
bilan uzviy ravishda bog’liq bo’lishi zarur. Bu, faqat, ta’limning mazmuni tarbiyaviy 
xarakterga ega bo’lishidangina iborat bo’lmay, shu bilan birga, o’qishdan tashqari vaqtda 
tarbiyaviy ta’sir o’tkazish shakllari va vositalari ham talabalarga shu davrda berilayotgan 
ta’limning xususiyatiga bog’liq bo’lishi lozim.
Istiqbolli rejalashtirishning samarali bo’lishi belgilangan ayrim tadbirlarning va umumiy 
rejaning bajarilishini nazorat qilib borishga ham bog’liq. Odatda ma’naviyat bo’limi rejaning 
bajarilishi ustidan umumiy nazoratni olib boradi. Istiqbolli reja yoki dasturda faqat bajaruvchi 
va tashkilotchilarnigina emas, balki nazorat qilib boruvchilarni ham aniq ko’rsatish maqsadga 
muvofiq. Chunki nazoratning izchil va ta’sirli bo’lishi rejani bajarishning muhim shartidir. 
6. Oliy maktabda talabalarni ma’naviy - axloqiy tarbiyalashning asosiy yo’nalishlaridan 
biri bo’lajak mutaxassislarda 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish