Jismoniy tarbiya va psixologiya


Endоkrin tizimi fаоliyatining оrgаnizmdаgi rоli



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/157
Sana14.07.2022
Hajmi3,47 Mb.
#798845
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   157
Bog'liq
Умумий ВалеологияЎУМУМК 2019 Арх 2

Endоkrin tizimi fаоliyatining оrgаnizmdаgi rоli
. Ichki sekresiya bezlari sekret chiqaruvchi 
naylari bo’lmasligi bilan tashqi sekresiya bezlaridan farq qiladi. Bu bеzlarda ishlangan sekret gormon 
(yunoncha so’z bo’lib, qo’zg’atuvchi degan ma’noni anglatadi) bevosita qonga shimiladi. SHuning uchun 
bunday bezlarni endokrin (ajratama) bezlar deb ham ataladi. 
Ichki sekresiya bezlari odam organizmining turli sohalarida joylashgan bo’lib, bajaradigan 
ishlariga qarab, garchand hajmi kichkina bo’lsa-da, juda ko’p qon tomirlar bilan ta’minlangan. Jumladan, 
buyrak usti beziga uch juft qon tomir orqali qon kelsa, qalqonsimon bezga to’rt-beshta qon tomir keladi. 
SHu bilan birga endokrin bezlarda juda ko’p nerv tolalari tarqalgan. Ular endokrin bezlarini idora 
qiluvchi markazlar bilan bog’lab turadi. Demak, bir tomondan, ichki sekresiya bezlari faoliyatini nerv 
sistemasi boshqarib tursa, ikkinchi tomondan, qonga shimilgan endokrin gormonlar nerv sistemasiga ham 
ta’sir qiladi. Ichki sekresiya bezlari turlicha bo’ladi. SHu munosabat bilan organizm funksiyalarining 
gormonal regulyasiyasi deb atalmasdan, balki neyrogormonal regulyasiya deb atalishi lozim. 
Organizmning normal faoliyati uchun gormonlar qonda muayyan miqdorda bo’lishi shart. Agar 
gormonlar miqdori qonda kamaysa, gipofunksiya, ko’paysa, giperfunksiya dcyiladi, bu vaqtda turli 
kasalliklar paydo bo’ladi. Gormonlar qon tarkibida butun organizmga tarqalib, u yoki bu jarayonga o’z 
ta’sirini ko’rsatadi. 


33 
Qalqonsimon bez bo’yin sohasida hiqildoqning qalqonsimon tog’ayi bilan kekirdakning yuqorigi 
3-4 tog’ay halqalari oldida joylashgan. Bez taqasimon shaklda bo’lib, katta odamlarda 30-50 g ga tcng. 
Ammo bezning og’irligi va shakli buqoq kasalligiga uchragan odamlarda boshqacha bo’ladi, kattalashib, 
og’irligi 1-1,5 kg ga yetadi. Qalqonsimon bezning o’ng va chap bo’lakchalari oraliq qismi bo’yin orqali 
o’zaro qo’shiladi. Bezni o’rab turgan pardadan o’sib kirgan o’simtalar bez ichkarisini bo’lakchalarga 
ajratadi. Bez bo’lakchalari pufakcha (follikula)lardan iborat bo’lib, uning tarkibida yodga boy oqsil 
moddasi bor. Bez yuzasini qon tomir va ncrv chigallari qoplab turadi. 
Funksiyasi. Bez gormoni - tiroksin qonga shimilib, organizmning o’sishiga ta’sir qiladi, moddalar 
almashinuvini tezlashtiradi. Agar organizmning o’sishi davrida bez gormoni yetishmay qolsa, uning 
o’sishi va ruhiy rivojlanishi susayadi. (kretinizm kasalligi), aksincha, gormon ko’p ishlansa 
(giperfunksiya), organizm tiroksin bilan zaharlanadi (lireotoksikoz kasalligi). 
Bunda odam ozg’in bo’lib, o’ta ta’sirchan, yuragi tez uruvchan bo’ladi. Ko’z soqqasi ko’z 
kosasidan chiqib joylashadi. Ba’zan ichiladigan suvda yod yetishmasa, qalqonsimon bez kattalashib, 
buqoq paydo bo’ladi. Bullardan tashqari, organizmga yetarli miqdorda yod kirmasa, tiroksin gormoni 
kam ishlanadi. Natijada miksedema (xom semiz) kasalligi kelib chiqadi. Kasallik bolalarda, keksalarda va 
ko’proq ayollarning klimaks davrida uchraydi. Miksedema kasalligida ruhiy zaiflik, lanjlik, uyquchanlik 
kuzatiladi. Simpatik nerv sistemasining faoliyati pasayadi. Jinsiy a’zolar funksiyasi buziladi. Moddalar 
almashinuvi jarayoni susayadi. Bemorning yuzi shishganga o’xshab, gavda vazni sezilarli oshadi. 
Qalqonsimon bez giperfunksiyasida Bazedov kasalligi rivojlanadi. Bunda markaziy nerv 
sistemasining qo’zg’aluvchanligi, moddalar almashinuvining zo’rayishi, yurak urishining tezlashuvi, 
ko’zlarning chaqchayib, gavda og’irligining kamayib ketishi kuzatiladi. Odamda ochlik hissi paydo 
bo’ladi, ko’p ovqat iste’mol qilsa ham ozaveradi, chunki moddalar almashinuvi zo’raygan bo’ladi. 
Qalqonsimon bezning orqa tanachalari to’rtta, ba’zan beshta bo’lib, ular qalqonsimon bez yon 
bo’laklarining orqa yuzasiga yopishib yotadi. Bezlar endokrin bezlar ichida eng kichkinasi bo’lib, 
uzunligi 6 mm, kengligi 4 mm, qalinligi 2 mm. Har bir bez qon tomirlarga boy parda biIan o’ralgan. 
Funksiyasi. Bu bezlar gormoni organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini bajaradi. Nerv va 
muskullarning normal ishlashi uchun kerakli bo’lgan kalsiy miqdorini qonda bir me’yorda saqlashni va 
ana shu moddaning suyaklarga so’rilishini ta’minlaydi. Qonda kalsiy miqdori kamaysa, suyaklar 
tarkibidagi kalsiy ajralib, suyaklar yumshab qoladi. Kalsiy miqdori oshganda esa arterial qon tomirlarda, 
buyraklarda to’planadi. Bez gormonni kam ishlasa, odam qaltiroq bo’ladi, hatto halok bo’lishi ham 
mumkin. 
Ayrisimon bez ikki bo’lakdan tuzilgan bo’lib, ko’krak qafasining tepa qismida (to’sh suyagi 
dastasining orqa tomonida) joylashgan, uning toraygan tepa bo’lagi ko’krak qafasidan bo’yin qismiga 
chiqib turadi. Bezning kengaygan pastki bo’lagi esa qon tomirlar va yurakning old tomonida joylashgan. 
Og’irligi yoshga qarab o’zgaradi. Jumladan, yangi tug’ilgan bolada 12 g, balog’atga yetish oldida esa 30-
40 g gacha bo’ladi. Balog’atga yetgach asta-sekin qayta kichraya boradi: 25-30 g, 60-70 yoshlarda 
burishib, 6-15 g bo’lib qoladi va yog’ moddasiga aylanadi. Bezning ustki qismi po’stloq, ichi mag’iz 
qismidan tuzilgan bo’lib, ular to’siqlar vositasida limfositlarga boy bo’lgan bo’lakchalarga ajralgan. 
Miyaning pastki ortig’i oval shakldagi kichik bez bo’lib, miya asosidagi kulrang do’mboqqa, 
voronkasimon oyoqchaga osilib turadi. Bez kalla ponasimon suyagining turk egari chuqurchasida 
joylashgan. Miyaning pastki ortig’i old va orqa bo’laklardan tashkil topgan. Bezning oldingi bo’lagi bez 
epiteliy hujayralardan tuzilgan va shuning uchun ham u adenogipofiz bo’lagi deb ataladi. Bezning orqa 
bo’lagi old miyaning ostidan III qorincha tubidanbo’rtib o’sib chiqadi. SHuning uchun bezning orqa 
qismida nerv to’qima elementlari uchraydi. Oldingi qismidan ishlanib chiqqan gormonlar organizmning 
turli funksiyasiga ta’sir qiladi.
Bezning oldingi bo’lagi orqa tomonida joylashgan hujayralardan ajralgan gormon odam terisi 
rangiga ta’sir qiladi.
Bezning orga bo’lagidan ajralgan gormonlar aslida ko’rish do’mbog’ining ostki qismidan ajralib, 
voronkasimon oyoqcha orqali pastga tushadi va bezda to’planadi. Gormon bezdan qonga o’tib, buyrak 
naychalarida siydikning qayta so’rilishini tezlatadi, bachadon qisqarishini, ko’krak bezidan sut chiqishini 
kuchaytiradi.
Buyrak usti bezi qalpoq shaklida, o’ng va chap buyrak ustida joylashgan bo’lib, unda old, orqa va 
pastki yuzalar tafovut qilinadi. Bezning og’irligi 3-5 g gacha bo’ladi. Tashqi yuzasi g’adir-budir, uning 
old tomonida ggatcha-darvoza ko’rinib turadi. Bezni qoplab turgan pardadan chiqqan o’simtalar uni bir 
nechta bo’laklarga ajratadi. Bez tashqi sarg’imtir po’stloq va ichkarisida joylashgan qoramtir miya 
qismidan tuzilgan. Po’stloq qismi va miya qismi tuzilishi, rivojlanishi va bajaradigan ishi jihatidan bir-
biridan farq qiladi. Bezning og’irligi yangi tug’ilgan bolalarda 3-4 g bo’lsa, 8-10 yoshlarga borib 1-1,5 


34 
marta kattalashadi, 20 yoshlik davrda esa bezlarning og’irligi o’rtacha 11-13 g ga tenglashadi. Qarilik 
davriga borganda bez qismi asta-sekin kamaya boshlaydi.
Po’stloq qismi mezadermadan rivojlanib, turli gormonlar ishlab chiqaradigan qon tomir va 
nervlarga boy epiteliy hujayralardan paydo bo’lgan uchta sohadan iborat. Buyrak usti bezi po’stloq 
qismining faoliyati pasaygan vaqtda organizmning turli kasalliklarga qarshilik ko’rsatish qobiliyati ham 
pasayadi, hatto kasallikka olib keladi. Bezning miya qismi ektodermadan rivojlanadi. Bu qismga 
adrenolin yoki xromoffin sistemasi deyiladi.
Me’da osti bezining dum qismida bir millionga yaqin yumaloq shaklli bez hujayralari bo’lib, ular 
ishlab chiqargan gormonlar qonga shimiladi. SHuning uchun bir xildagi bez to’plamlari inkretor 
funksiyali me’da osti bezi orolchasi deb ataladi.
Orolcha bezlari insulin va glyukogon gormonlarini ishlab chiqaradi. Insulin qon tarkibidagi 
glyukozaning muskul va nerv hujayralariga o’tishini ta’minlaydi. Glyukagon gormoni glikogenni 
glyukozaga aylantirib, qonga o’tkazadi, natijada qonda glyukoza miqdori 0,1-0,5 foizgacha ko’payadi. 
Orolcha hujayrasining insulin ishlab chiqarish qobiliyati kamaygan taqdirda siydik bilan ko’p miqdorda 
glyukoza tashqariga chiqadi. Bu hol qand kasalligi kelib chiqishiga sabab bo’ladi. SHu bilan birga
kecha-kunduzda 5-6 l suv chiqib, organizm suvsizlanadi, odam juda tashna bo’lib, suvni ko’p ichadi. Qon 
tarkibida qandning ko’payishi sababli jigarda xam glikogen miqdori kamayadi, oqsil va yog’lar 
parchalanib qandga aylanadi, natijada odam ozib ketadi. SHu sababli organizm funksiyalari (nafas 
funksiyasi ham) o’zgarib, bеmor hushdan ketishi, ahvoli og’irlashib, xatto o’lim sodir bo’lishi mumkin. 
SHuning uchun qand kasalligiga duchor bo’lgan odamlar shirinlik, oq non va xamir emasliklari, vrach 
maslahati bilan insulin olib turishlari kerak. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish