Jismoniy tarbiya va psixologiya



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/157
Sana14.07.2022
Hajmi3,47 Mb.
#798845
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   157
Bog'liq
Умумий ВалеологияЎУМУМК 2019 Арх 2

Vitаminlаr
– оvqаtning аjrаlmаs qismi bo’lib, biоlоgik kаtаlizаtоr vаzifаsini bаjаrаdi. Ulаr 
оrgаnizmning оziq mоddаlаrini to’g’ri vа ekоlоgik ishlаtilishini tа’minlаydi 
Organizmning normal yashashi uchun asosiy ovqat moddalari, mineral tuzlardan tashqari, 
vitaminlar (lotincha vita - hayot so’zidan olingan) kerak bo’ladi. Barcha vitaminlar (A, B, C, D, E, G, R) 
ikki guruhga: suvda eriydigan B va S vitaminlar hamda yog’da eriydigan A, D, K vitaminlarga bo’linadi. 
Vitaminlar o’simliklar bilan oziqlanuvchi hayvon to’qimalarida ham vujudga keladi. SHuning uchun 
o’simlik va hayvonlar odam uchun vitaminlar manbai hisoblanadi. Vitaminlarning ko’pchiligi fermentlar 
faoliyatini oshiradi, binobarin, ular hayot uchun zarur bo’lib, organizmda etishmaganda moddalar 
almashinuvi jarayoni buziladi. B guruh vitaminlar va vitamin K odamda yo’g’on ichakdagi bakteriyalar 
florasini sintezlaydi. SHuning uchun ichak florasini halok etuvchi antibiotiklar bilan davolash paytida 
vitaminlar ham iste’mol qilish kerak bo’ladi. Organizmda vitaminlarning kamayishi gipovitaminoz, 
etishmasligi avitaminoz kasalligiga sabab bo’ladi. Masalan, vitamin C etishmasa, singa, D etishmasa raxit 
kasalligi kelib chiqadi. Organizmda etishmagan vitaminlar berilsa, kasal tez tuzaladi. Suvda eriydigan 
vitaminlar C va B guruh vitaminlar bo’lib, organizmda sintezlanmaydi, ular organizmga o’simlikli 
ovqatlar tarkibiga kiradi. 
Vitamin C (askorbin kislota) na’matak, mevalar, limonda ko’p bo’ladi. Bu vitamin uglevodlar va 
oqsillar almashinuvi jarayonida muhim rol o’ynaydi. U organizmda kamaysa, qonda glyukoza, jigarda 
glikogen kamayib, oqsil moddalarining parchalanishi kuchayadi. Natijada singa kasalligi paydo bo’lib, 
darmon quriydi. YUrakning normal ishlashi izdan chiqadi. Kapillyarlar mo’rt bo’lib, teri osti va 
bo’g’imlarda qon quyilishi ro’y beradi. Milklar bo’shashib, qonaydigan, tishlar esa tushib ketadigan 
bo’lib qoladi. Bu vaqtda vitamin S qabul qilinsa, kasal tuzaladi. Odamning vitamin C ga bo’lgan ehtiyoji 
bir kecha-kunduzda 75-100 mg ga to’g’ri keladi. 
V guruh vitaminlar guruch po’stida, jigar, yong’oq, cho’chqa go’shtida ko’proq uchraydi. Bu 
vitaminlar har birining o’ziga xos xususiyatlari va ta’sirlari bor. Jumladan, odamning vitamin V
1
(tiamin) 
ga bo’lgan ehtiyoji bir kecha-kunduzga o’rtacha 2-3 mg bo’lib, u uglevodlar, yog’lar va oqsillar 
almashinuvida faol qatnashadi. Organizmda vitamin V
1
etishmasa, uglevodlar, yog’lar va oqsillar 
almashinuvi jarayoni buziladi, nervlarning qo’zg’aluvchan xususiyati pasayib, odam tez charchaydi, 


51 
ishtahasi yo’qoladi. Organizmda vitamin V
1
surunkasiga etishmasa, nerv sistemasi zararlanib, og’riq 
paydo bo’ladi, muskullar atrofi yallig’lanib, shol bo’ladi. YUrak-qon tomirlar va hazm sistemalari normal 
ishlamaydi. 
Vitamin V
2
(riboflavin). Odamning bir kecha-kunduzdagi ehtiyoji 1-2 mg bo’lib, moddalar 
almashinuvi jarayonini tezlashtiradi. Organizmda bu vitamin kamaysa, moddalar almashinuvi buzilib, 
odam labining burchaklari bichilib, tili qip-qizil tusga kiradi. YOsh bolalarda vitamin V
2
etishmasa, 
ularning o’sishi pasayib, ko’zlari yallig’lanadi.
Vitamin RR (nikotin kislota) odam organizmiga bir kecha-kunduzda o’rtacha 15-20 mg kerak 
bo’ladi. Nikotin kislota sabzavotlar, go’shtda ko’p. Organizmda vitamin RR etishmaganda teri 
yallig’lanib qizaradi, ich suradi va odamning ruhiy holati buzilib, nerv sistemasining faoliyati izdan 
chiqadi. 
Vitamin V
6
(piridoksin). Odamga bir kecha-kunduzda 2-3 mg vitamin B
6
etarli bo’lib, 
aminokislotalar almashishi jarayonida fermentlar ta’sirini kuchaytiradi. Vitamin V
6
ko’proq guruch 
kepagida, achitqida, buyrak, jigar va go’sht tarkibida bo’ladi. Odam organizmida bu vitamin etishmasa, 
ishtaha pasayib, ko’ngil ayniydi, darmonsizlik kuzatiladi, teri yallig’lanadi. 
Vitamin V
12
(siankobalamin) qoramol va jo’ja jigarida ko’proq bo’ladi. Odamda ichak 
bakteriyalari orqali sintezlanadi. Organizmda vitamin V
12
etishmasa, qon yaratish faoliyati pasayib, 
kamqonlik (anemiya) kasalligi paydo bo’ladi. 
YOg’da eriydigan vitaminlarga vitamin A, D, K kiradi. 
Vitamin A (retinol) odam uchun bir kecha-kunduzga 1-1,5 mg miqdorda kerak bo’lib, baliq moyi, 
o’simlik tarkibida uchraydi. Vitamin A ko’zning ko’rish qobiliyatini saqlab, organizmning yuqumli 
kasalliklarga qarshiligini oshiradi. Organizmda vitamin A etishmaganda shabko’rlikka (kunduzi ko’rib, 
qorong’ida ko’rmaydi) va shox pardaning kasallanishiga sabab bo’ladi. 
Vitamin D (kalsiferol) baliq moyi, sariyog’ va tuxum sarig’ida bo’lib, organizm uchun bir 
kecha-kunduzga 0,03-0,07 g kerak bo’ladi. Vitamin D organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini tartibga 
soladi. Odamda bu vitamin etishmasa (ayniqsa yosh bolalarda) suyaklar yumshab, tishlarning chiqishi 
kechikadi, ya’ni raxit kasalligi boshlanadi. SHuning uchun yosh bolalarga vitamin D (0,05-0,07 g) berib 
turish kerak.
Оrgаnizmgа minеrаl mоddаlаr mеvа vа sаbzаvоtlаr bilаn kirаdi. Ulаrning kаttа аhаmiyati 
shundаki, ulаr biоlоgik bоg’liq tuzilmаlаrdа bo’lib, bu kоmplеkslаr оrgаnizm tоmоnidаn yahshi hаzm 
bo’lаdi. Оrgаnizmgа kirgаn minеrаl mоddаlаrning аbsоlyut kirishiginа emаs, bаlki ulаrning miqdоri hаm 
аhаmiyatlidir. O’simlik mаhsulоtlаri оksidlаnаdi, hаyvоn (tоvuq, tuhum, mоl go’shti) qаytаrilаdi. Bu esа 
gоmеоstоz uchun kаttа аhаmiyatgа egа. Tuzlаrning miqdоri оshishi hаzm bo’lish jаrаyonini rаsiоnаl 
kеchishini tа’minlаydi.
Оziq-оvqаtdа tuzlаrni chеgаrаlsh lоzim. Mоddа аlmаshinuv jаrаyoni sаmаrаli o’tishi uchun 
оvqаt tаrkibidа mikrоelеmеntlаr bo’lishi shаrt. Bulаr tаnа hujаyrаlаridа judа kichik miqdоrdа uchrаshigа 
qаrаmаy, turli а’zоlаrni hususiy vаzifаlаrini bаjаrilishini tа’minlаydilаr. Mаsаlаn, sink – jinsiy bеzlаrdа, 
yod – qаlqоnsign bеzdа, mis – jigаrdа, nikеlь – оshqоzоn оsti bеzidа, strоnsiy – suyakdа, hrоm, mаrgаnеs 
– gipоfizdа, tеmir – tаlоqdа uchrаydi. Аgаr ushbu а’zоlаrdа ko’rsаtilgаn mikrоelеmеntlаr еtishmаsа, turli 
kаsаlliklаr kеlib chiqishi mumkin 
Moddalar almashinuvi jarayoni tirik odamga xos xususiyat bo’lib, organizm tinmay kislorod, 
oqsillar, yog’lar va uglevodlar, vitaminlar, tuzlar va suv qabul qilishi shart. Qabul qilingan moddalar 
tarkibiy qismga aylanadi, ya’ni assimilyasiya bo’ladi. Assimilyasiya jarayonida vujudga kelgan keraksiz 
moddalar (dissimilyasiya) organizmdan tashqariga chiqiriladi. Dissimilyasiya jarayonida (oksidlanish) 1 g 
yog’dan 9,3 kkal, 1 g oqsildan 4,1 kkal va 1 g uglevoddan ham 4,1 kkal issiqlik ajraladi. Bunga yonish 
issiqligi deb ataladi. Organizmda hosil bo’lgan issiqlikning bu qismi to’qimalarning ishlash jarayonida 
ferment va gormon ajralishiga sarflanadi. 
Binobarin, organizmdagi assimilyasiya va dissimilyasiya majmuasi moddalar almashinuvi 
hisoblanadi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish