Оvqаt hаzm qilish tizimining vаlеоlоgik аhаmiyati
. Og’iz bo’shlig’i hazm a’zolari sistemasining
boshlanish qismi, ovqat birinchi marta shu bo’shliqda qabul qilinib, tishlar vositasida maydalanadi va
so’lak yordamida namlanadi va kimyoviy parchalanish boshlanib, me’daga o’tkazish uchun tayyorlanadi.
Og’iz bo’shlig’i, og’izning kirish qismi – dahlizi va xususiy og’iz bo’shlig’idan iborat.
Og’iz dahlizi old tomondan yuqori va pastki lablar, yon tomondan lunjlar, orqa tomondan yuqori
va pastki jag’ tishlar hamda milklar bilan chegaralanadi.
Lablar tashqi tomondan teri, ichki tomondan shilliq parda bilan qoplanib, uning asosini
lablarning aylanma joylashgan mimika muskuli tashkil etadi. Tepa va pastki lablar o’rtasidagi yoriq
og’izga kirish teshigi deb ataladi. Lablarning shilliq qavatida juda ko’p bezlar joylashgan. Lablarning
shilliq qavati tishlarni o’ragan milklargacha davom etib, markaziy qismida yuqori va pastki burmalarni
hosil qiladi.
Til muskullardan tuzilgan bo’lib, og’iz bo’shlig’ida joylashgan. Tilning shilliq pardasi I, II, III,
IV jabra cho’ntaklaridan rivojlanganligi sababli ushbu ravoqlarni innervasiya qiluvchi V, VII, IX, X juft
bosh miya nervlari ishtirok etadi. Tilning ustki yuzasida to’rt xil so’rg’ich mavjud.
Halqum yoki yutqin voronkaga o’xshash, pastga tomon torayib tuzilgan. U kalla suyagining tubi
(asosi)dan boshlanib, og’iz va burun bo’shliqlariga keng ochilib turadi. Halqumni (orqa tomondan)
umurtqa pog’onasi va undagi muskullar chegaralaydi, old tomonda hiqildoq joylashib, halqumga tutashib
turadi.
Halqumning burun qismi eng tepa qism bo’lib, burun bo’shlig’iga bir juft xoana orqali qo’shilib
turadi.
Halqumning og’iz qismi old tomondan tomoq orqali og’iz bo’shlig’iga tutashadi. Halqumning bu
qismi ham havo, ham ovqat o’tadigan umumiy yo’l bo’lganidan bu ikki jarayonni yumshoq tanglay
27
tartibga solib turadi. Ovqat luqmasi yutilganda yumshoq tanglay taranglashib ko’tarilib havo yo’lini
to’sadi, natijada havo o’tmaydi. Halqum orqa devorining yuqori qismida limfa to’qimasidan tuzilgan
murtak joylashgan.
Halqumning hiqildoq qismi birmuncha kalta, u hiqildoqning orqa tomonida joylashgan.
Halqumning bu qismi pastda qizilo’ngachga qo’shilib ketadi. Ovqat luqmasi o’tish paytida hiqildoqqa
o’tish teshigini hiqildoq usti tog’ayi yopib turadi. Suyuqliklar esa hiqildoq teshigining ikki yonboshidagi
egatchalar orqali qizilo’ngach tomonga o’tadi.
Qizilo’ngach 25-30 sm uzunlikdagi muskuldan tuzilgan bo’lib, yuqorida VI bo’yin umurtqasining
ro’parasida halqumdan boshlanadi, ko’krak sohasidan diafragma orqali qorin bo’shlig’iga o’tib, XI
ko’krak umurtqasi ro’parasida me’daning kirish qismiga ulanadi.
Me’da hazm kanalining eng kengaygan qismi bo’lib, qorin bo’shlig’ining yuqori sohasida
joylashgan. Uning ko’p qismi chap tomondagi qovurg’a osti sohasida, oz qismi esa qorin bo’shlig’i tepa
bo’lagining o’rta qismida joylashgan.
Me’daning shakli nokka yoki laboratoriyadagi retorta (idish)ga o’xshaydi. O’rta yoshdagi
odamlarda hajmi taxminan 1-3 litr bo’ladi. Me’daning old va orqa devorlari, yuqorida kichik, pastda katta
egriliklarni hosil qiladi.
Ovqat bilan o’rtacha to’lgan me’da yuqoridan jigar chap bo’lagining pastki yuzasiga va
diafragmaning chap gumbaziga, pastki tomondan ko’ndalang chambar ichak va uning tutqichiga tegib
turadi. Me’daning oldingi devori qorinning oldingi devoriga, orqa devori me’da osti bezi, chap buyrak va
uning ustki beziga hamda taloqqa tegib turadi. Me’da atrofdan qorin parda bilan o’ralgan.
Me’da qorin parda bilan hamma tomondan o’ralgan. Me’da devori seroz (qorin) parda, seroz
osti qavati, muskul qavat, shilliq qavat va shilliq osti qavatidan tuzilgan. Seroz (qorin) parda qavati
qorin pardaning ichki organlarni o’raydigan qismi bo’lib, me’dani hamma tomondan o’rab turadi.
Seroz pardani me’daning muskul qavatiga seroz parda osti qavati qo’shib turadi. Muskul qavat ancha
baquvvat bo’lib, uch yo’nalishda joylashgan. Uning tashqi qismi uzunasiga yo’nalgan, o’rta qavati
halqasimon joylashgan, ichki qismidagi muskul tolalari esa qiyshiq yo’nalgan. Uzunasiga yo’nalgan
muskul tolalari odatda kichik va katta egrilikda yaxshi rivojlangan bo’ladi. Halqasimon yo’nalgan
muskul tolalari esa me’daning hamma qismlarida yaxshi takomil etgan bo’lib, chiqish (pilorika) joyida
zichlashadi va qisuvchi (sfinkter) muskulga aylanadi. Qiyshiq yo’nalgan muskul tolalari me’daning
tanasi va tubida yaxshi takomil etgan. Qiyshiq yo’nalgan muskul qisqarganda suyuq ovqatlar kichik
egrilik orqali me’dadan o’n ikki barmoq ichakka o’tadi. Me’da muskul qavatining qisqarishi bilan
kirish qismidan chiqish qismi tomon to’lqinlanib qisqaradi. SHilliq parda osti qavati muskul qavatini
shilliq pardaga bog’lab turadi. SHilliq parda bir qavatli prizmatik epiteliydan iborat bo’lib, juda ko’p
katta-kichik burmalar hosil qilgan. SHilliq pardada turli xildagi bezlarni uchratish mumkin. Me’daning
tubi va tanasida joylashgan naysimon bezlar xlorid kislota suyuqligini, qolgan bezlar esa pepsin va
shilliq suyuqligini ajratadi.
Ingichka ichak V bel umurtqasi damida me’da pilorusidan boshlanadi va o’ng yonbosh
chuqurchasida tugallanadi, bu erda u ko’richakka o’tadi. Ingichka ichakning uzunligi 5-7 m atrofida,
diametri yuqoridan pastga tomon kamayib boradi. Ingichka ichak qovuzloqlari me’da bilan jigardan
pastda yotadi va kindik sohasini egallab, qisman kichik chanoq bo’shlig’iga tushadi.
Ingichka ichak uch bo’limga bo’linadi: medaga taqalib turadigan o’n ikki barmoq ichak, ingichka
ichakning qolgan katta qismini tashkil etuvchi och ichak bilan yonbosh ichak. Och ichak bilan yonbosh
ichak orasida anаtomik jihatdan bilinib turadigan tayinli bir chegara yo’q. Taxminan 2/5 qismini och
ichak, 3/5 qismini yonbosh ichak tashkil qiladi, deb hisoblanadi.
O’n ikki barmoq ichak ingichka ichakning bosh bo’limidir. U qorinning orqa devoriga
fiksasiyalangan bo’lib, me’da osti bezi boshchasini taqaga o’xshab o’rab turadi. Uning ustki gorizontal,
pastga tushadigan, pastki gorizontal va yuqori ko’tariladigan qismlari tafovut qilinadi.
I, II bel umurtqalari damida chap tomonda u keskin bukilib, och ichakka aylanadi. Och ichak
bilan yonbosh ichak ingichka ichakning ichak tutqich bo’limi degan nom bilan birlashtiriladi, chunki ular
hamma tomonidan qorin pardasi bilan qoplangan va ichak tutqichga osilgan bo’ladi, o’sha ichak tutqich
bag’ridan tomirlar, nervlar o’tadi va limfa tugunlari yotadi.
Ingichka ichakning shilliq pardasi uni qoplab turadigan bir talay vorsinkalari bo’lgani uchun
baxmalga o’xshaydi. Vorsinkalar shilliq parda o’simtalari bo’lib, markazida limfa sinusi, periferiyasida
esa qon tomir kapillyarlari va ayrim silliq muskul hujayralari bo’ladi. Vorsinkalarning vazifasi hazm
mahsulotlarini so’rishdir.
Butun ichakning boshidan-oxirigacha devorida bir talay sodda naysimon bezlar bor, bular ichak
shirasi ishlab chiqaradi. O’n ikki barmoq ichakda, shilliq pardasi tagidagi asosda, ancha murakkab
28
tuzilgan o’n ikki barmoq ichak (Brunner) bezlari yotadi. Butun ingichka ichakning shilliq pardasida
yakka-yakka limfa follikulalari (Peyer pilakchalari) faqat yonbosh ichakda uchraydi va soni 20-30 donaga
boradi.
Muskul pardasi uzunasiga ketgan tashqi qavat va silliq muskul hujayralarining sirkulyar ichki
qavatidan tashkil topgan. Seroz parda ichakni tashqaridan o’rab turadi.
Yo’g’on ichak ingichka ichakning bevosita davomidir. U o’ng yonbosh chuqurchasida joylashgan
va chuvalchangsimon o’simtasi – appendiksi bo’ladigan ko’richak bilan boshlanadi, so’ngra chambar
ichak – yuqori ko’tariluvchi, ko’ndalang, past tushuvchi chambar ichak va keyin sigmasimon ichak bo’lib
davom etadi va orqa chiqarish teshigi orqali tashqariga ochiladigan to’g’ri ichak bilan tugallanadi.
Yo’g’on ichakning umumiy uzunligi 1,5-2 m. yo’g’on ichak diametri katta bo’lishi bilangina emas, balki
yuzasida uzunasiga ketgan muskul lentalari, seroz pardasi ichida yog’ bo’ladigan kengayma va
o’simtalari borligi bilan ham ingichka ichakdan farq qiladi.
Yo’g’on ichakning shilliq pardasi ichak devorining qolgan qavatlari bilan birgalikda yarim
oysimon burmalar hosil qiladi, vorsinkalari bo’lmaydi. SHilliq pardada ichak bezlari va yakka-yakka
(solitar) follikullar bor.
Muskul pardasi sidirg’a sirkulyar qavat va uchta lenta hosil qiluvchi uzunasiga ketgan qavatdan
iborat.
Ko’richak yo’g’on ichakning bir qismi bo’lib, yo’g’on ichakka ingichka ichak quyiladigan
joyning pastrog’ida, o’ng yonbosh chuqurchasida joylashgan. Uning uzunligi 6 sm atrofida.
Ko’richakning ichki-orqa yuzasidan chuvalchangsimon o’simta – appendiks chiqadi. Uning uzunligi va
olgan o’rni juda har xil bo’ladi. Ko’pincha chuvalchangsimon o’simta kichik chanoqning kirish yo’liga
tomon pastga qarab tushub boradi. Goho u tashqari va yuqori tomonga, ko’richakdan ichkariga yoki
yuqoriga yo’nalgan bo’ladi va uning orqasida joylashadi. CHuvalchangsimon o’simtaning teshigi yosh
ulg’aygan sayin qisman yoki batamom bitib ketishi mumkin. CHuvalchangsimon o’simtaning ko’richak
bo’shlig’iga ochiladigan teshigi shilliq parda burmasi bilan yopilgan bo’ladi, chuvalchangsimon o’simta
to’sig’i deb shuni aytiladi. Ingichka ichakning yo’g’on ichakka quyilish joyida ikkita burmadan tashkil
topgan va yo’g’on ichak ichidagi moddaning ingichka ichakka qaytib chiqishiga to’sqinlik qiladigan
to’siq (Bauginiy to’sig’i) bor.
YUqoriga ko’tariluvchi chambar ichak ko’richakning davomidir. YOnbosh ichakning quyilish
joyi ular orasidagi chegara bo’lib hisoblanadi. YUqoriga ko’tariluvchi chambar ichak jigarning pastki
yuzasiga ko’tarilib borib, shu erda chambar ichakning o’ng yoki jigar bukilmasi degan bukilmani hosil
qiladi va ko’ndalang chambar ichakka aylanadi.
Ko’ndalang chambar ichak har tomondan qorin pardasi bilan qoplangan bo’lib, o’z ichak tutqichi
bor. U qorin pardasida ko’ndalang holatda turadi va chap tomonda taloqning pastki uchigacha etib boradi,
shu erda chambar ichakning chap yoki taloq bukilmasini hosil qiladi va past tushuvchi chambar ichakka
aylanadi.
Past tushuvchi chambar ichak pastga qarab boradi va yonbosh suyakning qirrasi damida
sigmаsimon ichakka aylanadi. YUqoriga ko’tariluvchi va past tushuvchi chambar ichaklar qorinning orqa
devoriga mahkam birlashgan bo’lib, uch tomondan qorin pardasi bilan qoplangan, ichak tutqichi
bo’lmaydi.
Sigmasimon ichak III dumg’aza umurtqasi damigacha davom etib boradi va shu erda to’g’ri
ichakka aylanadi. Sigmasimon ichak xam, huddi ko’ndalang chambar ichak singari, hamma tomonidan
qorin pardasi bilan qoplangan bo’lib, ichak tutqichi bor.
To’g’ri ichak yo’g’on ichakning oxirgi bo’limidir. U kichik chanoqda joylashgan bo’ladi va
oldingi orqa hamda ko’ndalang tomonlarga yo’nalgan bukilmalar hosil qiladi. Uning ichki qismi chanoq
tubini teshib o’tadi va orqa chiqarish teshigi bilan tugallanadi.
To’g’ri ichakning uski bo’limida kengayma bor – to’g’ri ichak ampulasi deb shuni aytiladi. Uning
shu bo’limida shilliq parda ichak bukilmalariga mos keladigan uchta ko’ndalang burma hosil qiladi.
Ichakning pastki bo’limi toraygan bo’lib, anal kanali deb ataladi. Bu erda tikkasiga ketgan ustunchalar
bor – anal ustunchalar deb shularni aytiladi. Ularning orasida chuqurchаlar – anal pazuhalar bo’ladi.
Pazuhalar bilan orqa chiqarish teshigi o’rtasidagi halqasimon bo’shliq gemorroidal zona deb ataladi,
chunki ichak devorining bag’rida vena tomirlari chigali bo’ladi. To’g’ri ichakning muskul pardasi ikki
qavat – uzunasiga ketgan va ko’ndalang qavatlardan iborat. Orqa chiqaruv teshigi sohasida sirkulyar
tolalar yo’g’onlashib, to’g’ri ichakning ichki sfinkterini hosil qiladi (bu sfinkter g’ayri ixtiyoriy suratda
ishlaydi). Tashqi tomonda orqa chiqaruv teshigi atrofida ko’ndalang - targ’il doiraviy muskul tolalari
joylashgan, bular to’g’ri ichakning tashqi sfinkterini hosil qiladi (bu sfinkter ixtiyoriy suratda ishlaydi).
29
Jigar qorin bo’shlig’ining yuqori qismida joylashib, tepa yuzasi diafragmaga tegib turadi.
Jigarning ko’p qismi o’ng qovurg’a osti sohasida, oz qismi esa chap qovurg’a osti sohasida joylashgan.
Jigar organizmdagi hazm bezlarining eng kattasi bo’lib, og’irligi 1500 g gacha boradi. Normal holatdagi
jigarning pastki qirg’og’i I qovurg’a ravog’idan tashqari chiqmaydi. Jigarning pastki yuzasi bir oz orqaga
qaragan bo’lib, unda parallel joylashgan chap va o’ng sagital chuqur egatlar va ularning o’rtasida
ko’ndalang joylashgan egatlar bor. Bu egatlar jigarning pastki yuzasini o’ng, chap kvadrasimon va
dumsimon bo’laklarga ajratadi. O’ng sagittal egatning oldingi qismida o’t pufagi, orqa qismida pastki
kavak venasi joylashgan. CHap sagittal egatning oldi qismida (kindik venasining qoldig’i) jigarning
dumaloq boylami, orqa qismida esa vena boylami joylashgan. Ko’ndalang egat jigar darvozasi hisoblanib,
undan jigarning darvoza venasi, jigar arteriyasi, o’t yo’li, limfa tomirlari va nervlar o’tadi. Jigarning
pastki yuzasi me’daga, yo’g’on ichakning o’ng burilish qismiga, ko’ndalang chambar ichakka, o’ng
buyrak, buyrak usti beziga tegib turadi. O’tkir qirra jigarning pastki yuzasini yuqori yuzasidan ajratib
turadi. Jigarning orqa yuzasida qizilo’ngach izi uchraydi. Jigarning yuqori chegarasi diafragma
gumbazining pastki yuzasiga, ya’ni IV qovurg’a ravog’iga to’g’ri keladi, so’ng chap tomonda yuqoriga
ko’tarilib, VII-VIII qovurg’alarning tog’aylari birikkan joyiga yotadi. Jigarning orqa tomonidan boshqa
hamma (uch tomonlama) qismi (mezoperitonial) qorin parda bilan o’ralgan bo’ladi. Qorin parda jigardan
qo’shni organlarga boylamlar hosil qilib o’tadi. Jumladan, qorin pardaning jigardan o’n ikki barmoq
ichakka o’tishida jigar o’n ikki barmoq ichak boylami, jigar bilan me’da o’rtasida jigar-me’da boylamlari
hosil bo’ladi. Jigar bilan diafragma o’rtasida toj boylam va uning ikki uchida chap va o’ng uch burchakli
boylamlar jigarni ko’tarib turadi.
Jigarning tuzilishi. Jigarni o’ragan (qorin parda ostidagi parda) fibroz parda qon tomirlar bilan
birga jigarning ichkarisiga kiradi va uni juda ko’p bo’lakchalarga ajratadi. Bu bo’lakchalar 1-2 mm dagi
to’rt burchakli prizmaga o’xshaydi. Bo’lakchalar oralig’ida darvoza venasining eng mayda shoxchalari,
arteriya shoxchalari, nerv tolalari va mayda limfa naychalari joylashgan. Bo’lakchalar oralig’idagi
arteriya va venalar kapillyarga o’tib, bo’lakchalarning ichkarisiga kiradi. Bo’lakchalar ichida modda
almashish davomida arteriya qoni venaga aylanib markaziy venalar, undan yig’uvchi venalarga o’tadi.
Bular ham asta-sekin yiriklashib, jigar venasini hosil qiladi. Bu vena pastki kavak venaga quyiladi.
Jigar hujayralari orasida joylashgan o’t naychalaridan bo’lakchalararo o’t naychalari hosil bo’ladi.
Bular o’zaro qo’shilib, jigarning o’ng va chap bo’lak o’t naychasini hosil qiladi. O’ng va chap bo’lak o’t
naychalari esa jigardan chiqqandan so’ng bir-biri bilan qo’shilib, jigarning umumiy o’t yo’lini hosil
qiladi. Jigarning umumiy o’t yo’li esa o’t pufagi naychasi bilan qo’shilib, o’n ikki barmoq ichakning
pastki yo’naluvchi qismiga quyiladigan umumiy o’t yo’lini hosil qiladi. Jigar organizmda muhim vazifani
bajaradi:
1)
u organizmdagi zaharli moddalarni zararsizlantiradi;
2)
o’t ishlab chiqaradi;
3)
embrional davrida qon elementlarini ishlaydi.
YUrаk tоmirlаr tizimi funksiyasining vаlеоlоgik аhаmiyati. YUrak konus shakliga ega bo’lgan
muskulli kovak organ bo’lib, to’sh suyagining orqasida oldingi ko’ks oralig’i sohasida ko’krak qafasida
joylashgan.
YUrakning 2/3 qismi ko’krak qafasining chap yarmida va 1/3 qismi uning o’ng yarmida yotadi.
YUrakning kattaligi mazkur odam mushtumining kattaligiga baravar keladi, deb hisoblanadi. Katta yoshli
odam yuragining og’irligi umumiy gavda og’irligining 1/200 qismini tashkil yotadi yoki 300 g atrofida
bo’ladi.
YUrakning 3 ta yuzasi bo’ladi:
1 – Oldingi – to’sh-qovurg’a yuzasi
2 – Pastki – diafragma yuzasi
3 – Orqa – o’pka, qizilo’ngach yuzasi
YUrak devori 3 qavatdan iborat:
1 – Ichki – Endokard
2 – O’rta – miokard
3 – Tashqi – epikard
4 – YUrak xaltasi – perikard
YUrak tomirlari:
1.
O’ng bo’lmacha
2.
O’ng qorincha
3.
CHap bo’lmacha
30
4.
CHap qorincha
YUrak va yirik qon tomirlarning klapanlari
1.
3 tavaqali klapan
2.
2 tavaqali klapan
3.
O’pka stvoli teshigidan yarimoysimon klapan
4.
Aorta yarimoysimon klapan
YUrak chegaralari
1.
Ustki chegarasi – III qovurg’alarning ustki chetiga
2.
CHap chegarasi – chap tomondagi III qovurg’adan yurak uchigacha (yurak uchi – chap
tomondagi 5-qovurg’alar orasida, chap o’mrov osti chizig’ining 1-2 sm ichkarida)
3.
O’ng chegara – III qovurg’aning V qovurg’a usti chekkasigacha to’sh suyagining 2 sm o’ngroqda
4.
Pastki chegara – V qovurg’a ustidan yurak uchigacha
YUrak tomirlari
Aortaning yuqori ko’tariluvchi qismidan chiquvchi o’ng va chap toj arteriyalarning arterial qon
oladi. Bularning tarmoqlari yurakning toj egatchalarida, yurak uchida tutashib, anastomoz hosil qiladi.
Arteriyalar – arteriolalar – kapillyar – venula – venalar – o’ng bo’lmachaga ochiladigan koronar sinusga
quyiladi.
YUrakning vazifasi – arteriyalar bilan venalar o’rtasida doimiy qon bosimi farqini vujudga
keltirish va saqlab turishdir. Har qanday boshqa suyuqlik singari qon ham bosimlar farqi tufayli
harakatlanib turadi. YUrak to’xtab qolganida arteriyalar bilan venalaridagi bosim tez orada baravarlashib
qoladi va qon aylanishdan to’xtaydi. YUrakda klapanlar borligidan u nasosga o’xshaydi. Klapanlar qon
bosimi tufayli o’z-o’zidan bekiladi va shu tariqa qonning bir tomonga qarab oqishini ta’minlab beradi.
Klapanlar etishmovchiligi tufayli to’la bekilmay qoladigan bo’lsa, qon teskari tomonga qarab oqishi
mumkin, bunda yurak porogi avj oladi.
YUrakning sistolik hajmi – 60 ml ga teng (yurak qorinchasi har bir qisqarish 60 ml atrofida qonni
otib chiqaradi – shu qon miqdori yurakning sistolik hajmi deyiladi).
YUrak 1 minutda 70 marta qisqarsa va sistolik hajmi 60 ml ga teng bo’lsa, u vaqtda yurakning
minutlik hajmining 4200 ml ga teng bo’ladi (60x70=4200).
Katta yoshli odam yuragining qorinchasi har bir qisqarishda 60 ml atrofida qonni otib chiqaradi.
SHu qon miqdori yurakning sistolik hajmi deb ataladi. Jismoniy ish vaqtida yurakning sistolik hajmi
keskin ortishi mumkin. Mashq qilgan kishilarda bu hajm 200 ml ga yetadi va bundan ham ortadi.
YUrakning sistolik hajmidan tashqari, minutlik hajmi, ya’ni yurakdan 1 minutda otilib chiqadigan
qon miqdori aniqlanadi. YUrak 1 minutda 70 marta qisqarsa va sistolik hajmi 60 ml ga teng bo’lsa, u
vaqtda yurakning minutlik hajmining 4200 ml ga teng bo’ladi (60x70=4200).
YUrak faoliyatining buzilishi, yurak mushaklarining asosiy xususiyatlari qo’zg’alish, o’tkazish va
avtomatizmi buzilishi natijasidagi, yurak urishi tezligi va takrorlanib turishining buzilishi bilan namoyon
bo’ladi. YUrak mushaklarining bunday xususiyatlarining buzilishiga turli travmalar, bosh miya o’smalari
va boshqa kasalliklari natijasida markaziy asab ta’sirining o’zgarishlaridagi, shuningdek yurakning
reflektor boshqarilishi buzilishidagi, patogen omillarining miokardni shikastlanishi sababchi bo’lishi
mumkin. Odatda buzilishlarning turli mexanizmlari bir-biriga qo’shilishib ketadi. Masalan, qon tarkibini
o’zgarishi vaqtida kardiomiotilarining bevosita shikastlanishi va oliy asab ta’sirining buzilishi va qon
tomirlari organlarining xemoreseptorlari tomonidan patologik reflekslarning tashkil topishi kuzatilishi
kuzatiladi, yurak ishining funksional buzilishlari, yurak avtomatizmi, qo’zg’atuvchanligi va
o’tkazuvchanligi izdan chiqishi bilan namoyon bo’ladi.
YUrak nuqsonlari odatda faqat jarrohlik usuli bilan davolanadigan patologiya hisoblanadi. YUrak
nuqsonlarining mohiyati ularning ayrim qismlari tuzilishining yoki yurakdan ajraluvchi yirik tomirlar
tuzilishining buzilishi bilan ifodalanadi. Bu yurak funksiyasining buzilishi va umumiy qon aylanishi
buzilishlari bilan birgalikda kechadi. YUrak nuqsonlari tug’ma va turmushda orttirilgan bo’lishi mumkin.
YUrak yallig’lanish jarayonining sababchilari bo’lib, turli infessiya va intoksikasiyalar
hisoblanadi. Ammo yurak qavatlarining yallig’lanishi odatda mustaqil uqubat bo’lmasdan boshqa
kasalliklarning asorati hisoblanadi. YAllig’lanish yurakning ma’lum bir qavatini yoki hammasini
shikastlashi mumkin. Endоkard yallig’lanishi – endokardit, miokard yallig’lanishi – miokardit, perikard
yallig’lanishi – perikardit, yurakning hamma qavatlarining yallig’lanishi pankardit deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |