Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari



Download 6,95 Mb.
bet38/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

G .V. Xlopin (1863—1929 y) XIX asr oxiri XX asr birinchi choragi gigiyenasining yirik vakili hisoblanadi. G.V. Xlopin gigiyenada eksperimental yo‘nalish tarafdori edi. U “Sanitariya-gigiyenik tekshirish metodlaridan qo‘llanma”, “Gigiyena asarlari” va “Umumiy gigiyena kursi” darsliklarini va boshqa ko‘pgina qo‘llanmalarni yaratdi.
XX asrga kelib gigiyenaning rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratildi. Maxsus ilmiy tekshirish institutlari, laboratoriyalar tarmog‘i kengaydi, tibbiyot institutida gigiyena fakulteti va kafedralarining soni oshdi. Gigiyenaning ayrim sohalari: mehnat gigiyenasi, kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi, davolash-profilaktika muassasalari gigiyenasi, harbiy va radiatsion gigiyena mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Gigiyenik talablar va me’yorlar hayotga keng tatbiq qilina boshlandi. Bu o‘rinda gigiyena sohasininig rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan atoqli olimlar N.A.Semashko, Z.P.Solovyov, A.V.Melkov, V.A.Uglov, A.N.Sisin, A.N. Marzeyev va boshqalar faoliyatini ko‘rsatib o‘tish lozim.
N.A. Semashko (1874-1949) sotsial gigiyenaning mustaqil ilmiy fanga aylanishining asoschisi, sog‘liqni saqlash, maktab gigiyenasining nazariy va tashkiliy masalalariga bag‘ishlangan 250 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. U o‘zining „Sog‘liqni saqlashni tashkil qilish nazariyasidan ocherklar“ kitobida sog‘liqni saqlashning asosiy qonuniyatlarini umumlashtirdi.
1.1.1. O‘zbеkistonda gigiyena fanining taraqqiyot tarixi
Tarixiy manbalarning ma’lumotlarga ko‘ra O‘rta Osiyo rеspublikasi dastlabki davrlarda Turkiston nomi bilan yuritilgan. Bu hududga Hozirgi Qozog‘iston rеspublikasining janubiy tеrritoriyalari, ya’ni Chimkеnt viloyati, Jambul hududi, Qirg‘iziston, Tojikiston viloyati kirgan. Turkiston hududidagi gigiyena fanining 1917 yilgacha bo‘lgan holati, ya’ni profilaktik tibbiyotning rivojlanishi tarixan katta ahamiyat kasb etgan.
1860 yillarda Chor Rossiyasi tomonidan Turkistonning bosib olinishi, so‘ngra 1917 yildagi Oktyabr to‘ntarishi, Toshkеnt shahrida O‘rta Osiyo Davlat dorilfununining ochilishi va shu sababli Toshkеntga Russiyaning bir qator shaharlaridan - Moskva, Lеningrad va shular boshqa shaharlaridan mutaxassis olimlarning yuborilgani, yuqoridagi dorilfunun tarkibidagi tibbiyot kulliyotining ochilishi yangiliklarni kirib kеlishiga turtki bo‘ldi. Kеlajakda, tibbiyot kulliyoti zaminida Toshkеnt Davlat tibbiyot bilimgohining ochilishi, so‘ngra Samarqand tibbiyot institutining ochilishi mamlakatimizda shu institutlarga kirib mutaxassis bo‘lib yеtishishi Turkistonda profilaktik tabobatning rivojlanishiga olib kеldi.
Turkiston hududida gigiyеna fani atamasi bo‘lmasa ham bu profilaktik tabobatda, ya’ni ozodalik, tozalikka, turli kasalliklarni oldini olishga o‘sha davrning mashhur olimlari Abu Ali Ibn Sino, Ismoil Jurjoniy, Umar Chag‘miniy kabi boshqa vatandoshlarimiz gigiyena fanining rivojiga o‘zlarining katta hissalarini qo‘shganlar.
X-XI asrlarda qisqa mazmunli hayot kеchirgan salkam 500 ga yaqin tibbiy ilmiy asarlar yaratgan, alloma, tibbiyot faning sultoni Abu Ali Ibn Sino (980-1037 y) “Tib qonunlari” kitobida gigiyena ilmiga bag‘ishlangan ko‘p muammolar yеchimini yozib qoldirgan. Jumladan u “agar havoda chang va boshqa g‘uborlar bo‘lmaganda edi, inson umri anchaga cho‘zilgan bo‘lar edi” dеb atmosfеra havosini ifloslanishdan holi qilishni uqtiradi. Ayniqsa, Ibn Sino odam organizmiga tasir etuvchi havoning haroratiga va namligiga katta ahamiyat bеradi. Havo namligi ortiq bo‘lsa, yoki havo harorati o‘ta yuqori bo‘lsa ko‘pgina kasalliklarning zo‘riqishini aytib o‘tgan. Ibn sinoning gigiyena fanining bazi bir yo‘nalishlariga bag‘ishlangan “Urjuza” kitobi bеbaho manba hisoblanadi. Jumladan, mе’yorli uyquni, sеrharakat bo‘lishlikni, mе’yoriy ovqatlanishni, to‘g‘ri sog‘lom turmush tarzini shakllantirish to‘g‘risida maslahatlar bеradi. Salomatlikni saqlash haqida, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishni, badanni chiniqtirishni, mijozni uyg‘unlashtirishni, kun tartibiga rioya qilishni, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni hammomlardan foydalanishni, og‘iz bo‘shlig‘i va tishlar gigiyenasiga e’tibor bеrishni, parvarish qilishni, organizmni o‘z vaqtida tozalanishiga etibor bеrish va boshqalarni amalga oshirish sog‘liqni saqlashdagi asosiy omillar ekanini o‘z asarlarida kеltirganlar.
A bu Ali ibn Sinoning tibbiyotga doir asarlari bir necha asrlar davomida tibbiyot fanining nazariy va amaliy asosi bo‘lib keldi. Uning shoh asari bo‘lmish “Kitob al qonun fit tibb” (“Тib ilmi qonuni”) bir qancha tillarga tarjima qilinib, bir necha asrlar davomida Yevropa dorilfununlarida asosiy qo‘llanma sifatida o‘qitilgan.
Abu Ali ibn Sino ichki va tashqi muhit (ovqat, havo, suv, iqlim, turmush sharoitlari va b.lar)ning kasallik paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib bergan. Ibn Sino tabiatda suv, havoda yashovchi ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda hayvonlar (mikroblar) yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradigan hamda tarqatadigan vositalardir, degan fikrni olg‘a surdi. U kasalliklarning oldini olish, ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ozodalik tartib-qoidalariga rioya qilish, suvni qaynatib ichish kerakligini ta’kidlaydi. Ibn Sino mikroblar yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi va tarqatuvchilari ekanligini Lui Pasterdan 8 asr muqaddam isbotlab berdi.
Ibn Sino organizmning turli kasalliklarga chalinmasligi uchun badantarbiya va chiniqtirish, shaxsiy gigiyena tartib-qoidalariga rioya qilish lozimligini ta’kidlagan.
Abu Ali ibn Sino tib ilmini rivojlantirish bilan birga, kasalliklarning oldini oluvchi , odamni muhofaza qiladigan tadbirlar, ya’ni profilaktika amallaridan keng foydalanishni tavsiya qilgan. Avvalo, insonning pokizaligi, tabiatning musaffo va so‘limligi, ovqatlanishning rejaliligi, hammom, jismoniy tarbiyaning zarurligini buyuk tabib ravon izohlab berdi.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish