Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


Kirish badantarbiya mashg‘ulotlari



Download 6,95 Mb.
bet183/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Kirish badantarbiya mashg‘ulotlari. Odatda ish kuni boshlanishida ish qobiliyati ancha past bo‘ladi, tananing batamom ishga kirishib, optimal sur’at bilan ishlab ketishi uchun ma’lum vaqt talab etiladi.
Ish kunining boshlang‘ich davri nerv markazlari ritmi bir-biriga mos kelmasligi bilan xarakterlanadi. Markaziy nerv sistemasi faoliyatini sozlashga darhol erishib bo‘lmaydi (A.A. Uxtomskiy). Odatda ishga ko‘nikish ishning murakkabligiga ko‘ra 20 dan 60 daqiqagacha cho‘ziladi. Ishdan oldingi badantarbiya fiziologik jarayonlarning kechishini tezlashtiradi va ayni paytda ishga ko‘nikish davrini qisqartiradi. Uning yordamida markaziy nerv sistemasining optimal qo‘zg‘aluvchanligiga va ishga moslashishiga erishish tezlashadi.
Natijada tanani u yoki bu ishni yanada mukammalroq bajara oladigan qilib tayyorlaydi. Bundan tashqari ishdan oldingi kirish badantarbiya jismoniy mashqlarning har qanday boshqa turi singari ishchilar va xizmatchilarning sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kirish badantarbiyasi mashqlari majmuasi 6-8 ta mashqdan iborat bo‘lib, 5-7 daqiqa davomida bajariladi va ish kuni boshlanmasdan oldin bajarilib, so‘ngra ish boshlanadi. Bunday badantarbiya mashqlari majmuasini tuzishda mehnatning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi, ya’ni bo‘lajak faoliyatga mos keladigan harakatlar va ritm tanlanishi lozim.
Jismoniy tarbiya pauzasi. Ish kuni davomida o‘zining yuqori darajasiga yetgan ishchanlik kuchayib, toliqish natijasida pasaya boshlaydi. Jismoniy mehnatda ham, aqliy mehnatda ham u markaziy nerv tizimi faoliyatidagi tormozlanish jarayonlarining rivojlanishiga bog‘liq. Demak, charchashning oldini olish va mehnat unumdorligini oshirish choralari ikkala holda ham aynan bir xildir. Bunda ratsional mehnat va dam olish tartibi muhim rol o‘ynaydi. Ish kuni mobaynida tashqi tanaffusda va ishdan keyin ham faol ham sust dam olish zarur. Jismoniy tarbiya pauzasi dam olish normasi sifatida charchashning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi va ortiqcha kuch sarflamasdan ishchanlikni yuqori darajada saqlab qolish imkonini beradi. Davomiyligi 5-7 daqiqa bo‘lib, kuniga bir ikki marta o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya pauzasi o‘tkaziladigan vaqt toliqishning dastlabki alomatlari paydo bo‘layotgan vaqtga qarab to‘g‘ri kelishi kerak. Toliqish hali unchalik rivojlanmagan paytda, ya’ni odatda ish boshlangandan 2-2,5 soat keyin paydo bo‘ladigan kuchsiz toliqish paytida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya pauzasi unchalik naf bermaydi.
Ishchanlik avjiga chiqqan paytda esa bu mashqlarning mutlaqo keragi yo‘q, shuning uchun jismoniy tarbiya pauzalarining ish kunining qay paytda o‘tkazilishi ishning qay tarzdaligiga ko‘ra va charchoq hosil qiladigan (jismoniy ishga sarflanadigan kuch, statik urinish, nerv-ruhiy zo‘riqish) omillarini nazarda tutgan holda belgilanishi kerak. Ish kuni tartibi ham ishdan oldingi badantarbiya, ham jismoniy tarbiya pauzasi bo‘lib, pauza odatda kunning ikkinchi yarmida, ish tugatishdan 2-2,5 soat oldin o‘tkaziladi (S.I. Krapivnitseva, Ye.A. Babayeva, Yu.G. Boldarev).
Jismoniy tarbiya daqiqalari ish orasidagi qisqa tanaffuslarda (2-3 daqiqa) noqulay vaziyatda majburan ishlash, diqqat-e’tiborni qattiq jalb qilish, ko‘zga zo‘r kelishi va hokazolar natijasida vujudga keladigan toliqishni pasaytirish maqsadida vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladi. Bu aqliy mehnat xodimlari uchun nihoyatda zarurdir.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish