XII BOB. ISHLAB CHIQARISH GIMNASTIKASI GIGIYENASI
12.1. Ishlab chiqarish gimnastikasi mashg‘ulotlarining shakllari va tuzilishi
Sihat-salomatlikni yaxshilash hamda mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ish jarayonida bajariladigan jismoniy mashg‘ulotlar majmuasi korxona va tashkilotlarda dam olish va mehnat tartibini ratsional uyushtirishda katta ahamiyatga ega. Fiziologik fenomenlari I.M. Sechenov prinsiplarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalarida badantarbiya mashg‘ulotlarini faol chiqarish shakllaridan biri hisoblanadi. Jismoniy va aqliy mehnatdan toliqqan kishi harakatsiz tinch sharoitda dam olganda emas, balki o‘z mehnat faoliyatiga xos bo‘lmagan boshqa harakatlarni qilganda o‘zining avvalgi kuch-g‘ayratini to‘liq va tez tiklashi aniqlangan. Bunda avvalgi ish jarayonida aktiv qatnashmagan mushaklar ishga jalb etiladi, yangi faoliyatning boshqa turiga ko‘chish ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar mexanizmida nerv-reflektor ta’sirlari hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Korxonalarda o‘tkaziladigan gimnastikaning sog‘lomlashtiruvchi xususiyati hordiq chiqarish bolibgina qolmay, balki organizmning funksional holatini, kayfiyatini, sihat-salomatlikni yaxshilashdan iborat. Natijada ish qobiliyati va mehnat unumdorligi oshadi. Korxonada jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug‘ullanib turish, ish jarayonida bu mashqlarga kam vaqt ajratishga qaramay, shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishiga va jismoniy tayyorgarligiga ijobiy ta’sir etishi (ko‘krak qafasining hajmi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, umurtqa pog‘onasinig egiluvchanligi, harakat tezligi ko‘rsatkichlari, mushak kuchi, chidamlilikning oshishi) qayd etiladi. Shuningdek, nerv regulyasiyasi, moddalar va energiya almashinuvini yaxshilash, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining quvvati oshadi va h.k. (A.I. Krestovnikov, S.A. Feygin, A.A. Minx, Ye.A. Babayeva, S.A. Qosimov va boshqalar). Ishlab chiqarish badantarbiya mashg‘ulotlari aqliy mehnat jarayonida qulay emotsional fon hosil qiladi va nerv psixik toliqishni yo‘qotadi.
Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning almashinib turishi jismoniy yuklamani qobiq hujayralarining biridan ikkinchisiga ko‘chiradi, toliqqan hujayra faoliyatining tiklanishiga imkoniyat yaratib beradi. Aqliy mehnat jarayonida charchash majburiy ish vaziyati (o‘tirib ishlash) yetarlicha faol harakat qilmaslikda, ayrim mushak guruhlarining uzoq vaqt statik harakati natijasida ro‘y berishi, bunda qobiq neyrodinamikasi buzilishidan tashqari, bu qon aylanish intensivligining pasayishiga, nerv va mushak to‘qimasining kislorod va ozuqa moddalari bilan ta’minlanishini buzilishiga olib keladi. Ishchilarning aqliy mehnati jismoniy mashqlar bilan bog‘lab olib borishni taqozo qiladi (K.T. Smirnov, M.M. Shotonova, S.I. Krapivnitseva, I.V. Murarov, L.N. Nifontova). Mehnat va yashash shart-sharoitlarining o‘zgarib borayotganligi tufayli ishlab chiqarish badantarbiya mashg‘ulotidagi hordiq chiqarishning faol shakli sifatida foydalanish hozirgi vaqtda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Texnik taraqqiyot korxonalarda mehnat jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash kishilarning harakatchanligini pasaytirish va talay ko‘pgina organlarning funksiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda ayrim kasalliklarning paydo bo‘lishi, kechishida patogenetik omil sifatida xizmat qilishi mumkin.
Ishlab chiqarish badantarbiya mashg‘ulotlari jismoniy kam harakatchanlikdan qutilish choralaridan biridir. Asosan aqliy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan yangi kasb turlarining paydo bo‘lishi, katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish va unga zudlik bilan javob berish zarurligi boshqaruv pulti operatorlarini (poyezd dispetcherlarining ishi) ishlab chiqarish badantarbiya mashg‘uotlarini ahamiyatini oshiradi.
Ish jarayoni avtomatlashtirilgan korxonalarda mehnatning bir xilligi tormoz jarayoni rivojlanishi tufayli toliqish paydo bo‘lishiga imkon berishi mumkin. Har ikkala holda ham “miyaga dam berish” talab etilib, bunga jismoniy mashqlar yordamida erishish mumkin.
Ishlab chiqarish badantarbiya mashg‘ulotlarini qo‘llanilishi tufayli kasallanish va shikastlanish hodisalari kamayibgina qolmay, balki ish harakatlarini bir-biriga moslashib borishi, ishni batartib bajarishga, ishda intizomlilik va uyushqoqlik ko‘rsatishga imkon yaratadi. Mehnat unumdorligini oshirishda va ishlab chiqarishda sifatsiz mahsulotni kamaytirishda ishlab chiqarish badantarbiya mashg‘ulotlari ijobiy omil sifatida katta rol o‘ynaydi. Maxsus tanlangan jismoniy mashqlarni ish jarayonida bajarib borish ham iqtisodiy, ham sog‘lomlashtirish omili hisoblanadi. Ishlab chiqarish badantarbiyasining yana bir qimmatli tomoni shundaki, u ishchilar va xizmatchilarni sog‘liq garovi bo‘lmay jismoniy tarbiyaga va sport ishlariga jalb etadi, hamda mehnatning gigiyena sharoitlarini yaxshilaydi. Chunki ishxonalarni sog‘lomlashtirish uning eng muhim sharoiti hisoblanadi.
Korxonada o‘tkaziladigan badantarbiyaning asosan quyidagi shakllari bor: ish boshlashdan oldin o‘tkaziladigan kirish badantarbiya mashg‘ulotlari va ish kuni yarmidagi tanaffuslar vaqtidagi o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashqlari. Jismoniy tarbiya daqiqalari birmuncha kam o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |