Erkin usulda suzish (a, b, v).
Yadro uloqtirish biomexanikasi
Yadro uloqtirish. YAdro uloqtirishda harakatlar ketma – ketligini uchta fazaga bo‘lib ifodalash mumkin: sakrash, tananing burilishini va qo‘lni rostlash. YAdroning uchish uzunligi yadroning traektoriyasiga, start nuqtasidan yadroni itqitish lahzasigacha, sakrash tezligiga (ya’ni, mashqning birinchi fazasiga), rostlangan qo‘l bilan yadroni itqitish tezligiga, yadroni itqitish balandligiga, sportchining massasiga va boshqalarga bog‘liq.
YAdroni itqitishning o‘rtacha balandligi tadqiqot qilingan sportchilarning o‘rtacha bo‘yidan (183 sm) 155 mm ga yuqori bo‘lishini S.Francis (1948) aniqlagan.
Og‘ir atletika biomexanikasi.
Og‘ir atletika. Og‘ir atletika – sportning shunday turi hisoblanadiki, u, mashqlarni harakatlar tizimi sifatida yuqori aniqlik bilan qayta tiklashni talab qiladi. Og‘irliklarni (shtanga) ko‘tarish bo‘yicha musobaqalar sportning shunday turiga kiradiki, unda jismoniy kuch va texnika bir xil darajada etakchi rol o‘ynaydi.
Kuchni rivojlantirish uchun mashqlar juda xilma – xildir, ularni shtanga, toshlar, gantellar, kuch bilan tortadigan snaryadlar (trenajyorlar) va hokazolar yordamida bajarish mumkin. Bu mashqlar, ko‘pchilik sport turlarida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan va sportchilarda kuch va chidamlilikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Katta og‘irliklar bilan bajariladigan mashqlar maksimal kuchni rivojlantirish uchun qo‘llaniladi, yuqori tempda bajariladigan mashqlar yordamida esa tezlik kuchi rivojlantiriladi, ya’ni tezlik-kuch sifatlari.
SHtangachining maqsadi, ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar davrida, kichkina tayanch maydonida gavda muvozanatini saqlagan holda shtangani ko‘tarish hisoblanadi. Bunda, harakatlar ko‘tarish fazasidan to tayanch fazasigacha farqlanadi. Ma’lum bir vaqtda (shtangaga ta’sir ko‘rsatish uchun) shtangani ushlab turish paytida, oyoqlarni mustahkam turishida zarur bo‘ladigan o‘zgarishlarni bajarish uchun, nisbatan uncha katta bo‘lmagan kuch talab qilinadi. Kuch vertikal yo‘nalishda qo‘llaniladi, lekin shtanga gavda korpusi darajasida S harfi singari egri chiziqda harakatlanishi tufayli, gorizontal kuchlar ham harakatga kelishi mumkin. SHtanganing tezlanishi unga ta’sir qiladigan kuchning kattaligiga hamda snaryadning massasiga bog‘liq. Snaryadning massasi qanchalik kichik bo‘lsa, kuch teng qo‘llanilgan paytda tezlik shunchalik katta bo‘ladi va aksincha. Erishilgan maksimal tezlik, shtanganing tortilish balandligi deb nomlanadigan holati uchun hal qiluvchi hisoblanadi.
“SHtanga-korpus” tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchlar, tortilish fazasining asosiy davrida, faqatgina tana qismlarini ko‘tarish fazasidan to uzilishgacha zarur bo‘lgan qayta guruhlarga birlashtirish uchun ishlatilishi kerak. Mushak kuchini shtangaga ta’sir ko‘rsatishi shtanganing elastik deformatsiyalanishini belgilaydi. Snaryaddagi elastik kuchlar deb nomlangan kuchlar paydo bo‘ladi. Ular shtanganing tezlashishiga va uni mustahkam siljitilishiga ko‘maklashadi. SHtanganing elastik ta’siridan foydalanish uchun, shtangachi trenirovka davrida, ma’lum darajada ritmni sezish qobiliyatini ishlab chiqishi kerak.
SHtangani siljitish paytida sportchi turli kuchlarga erishadi va ularni engadi: a) shtanganing og‘irligini (tortish kuchi); b) shtanga massasi va tezligiga bog‘liq bo‘lgan shtanganing inersiya kuchini; v) o‘z gavdasining og‘irlik kuchini va inersiya kuchini.
Do'stlaringiz bilan baham: |