Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari


Fаnning bоshqа fаnlаr bilаn bоg‘liqligi



Download 6,95 Mb.
bet268/333
Sana14.04.2022
Hajmi6,95 Mb.
#550670
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   333
Bog'liq
Gigiyena

Fаnning bоshqа fаnlаr bilаn bоg‘liqligi.
Jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi fani asosiy umumkasbiy fan hisoblanib 2-semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti, gimnastika va uni o‘qitish metodikasi, yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi, milliy kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi, harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi, sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi, jismoniy madaniyat tarixi va sportni boshqarish, suzish va uni o‘qitish metodikasi, sport psixologiyasi, sport mahoratini oshirish, jismoniy madaniyatni o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kabi fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.
35-modul. Jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi fanining rivojlanishi
Jismoniy mashqlar fiziologiyasining mazmuni, o‘rganish usullari va qisqacha tarixi. Fan va texnika muvafaqqiyatlarni qo‘lga kiritayotgan hozirgi paytda kundalik turmushga jismoniy tarbiya, sport turlari bilan shug‘ullanish keng ko‘lamda singib bormoqda, bu borada har xil musobaqalar, belashuvlar o‘tkazish ommaviy tus olmoqda. Jismoniy tarbiya, sport mashqlari bilan samarali shug‘ullanish uchun esa o‘qituvchi, murabbiyning sport fiziologiyasidan tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.Jismoniy mashqlar bilan shug‘ulanishining fiziologik asoslari yoki sport fiziologiyasi odam fiziologiyasini tarkibiy qismi bo‘lib, u faol harakat qilish, jismoniy ish, jismoniy mashqlar, alohida sport turlari bilan shug‘ullanishning tana a’zolari, tizimlari va bir butun organizimga ta’sirini o‘rganadi. Jismoniy xatti-harakatlar bilan shug‘ullanish kishining yoshiga, jinsiga, shug‘ullanuvchining jismoniy tayyorgarlik darajasiga, ob-havo va boshqa bir qator tabiiy omillarga yaqindan bog‘liq bo‘lib, ularga amal qilish mashq qilishning muvofiq bo‘lishi samaradorligini kafalotlaydi.Inson organizimidek murakkab va mukammal tuzilgan tizim bo‘lmaganidek, uning hayotiy faoliyati, jumladan, jismoniy qobilyati, imkoniyatlari ham juda keng va serqirradir. Bularni o‘rganishda qanchalik ko‘p muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilmasin odam tanasining jismoniy nuqtayi nazardan noma’lum sirlari hali juda ko‘p, ularni olishda mashq turlarini fiziologik jihatdan klassifikatsiyalashni, kuch, tezlik, chaqqonlik va yepchilikning funksional xarakteristkasini mashq qilishning fiziologik xususiyatini, ko‘p mashq qilganlikning salbiy oqibatlari, boshqa shunga o‘xshash holatlarni to‘liqroq bilissh muhim ahamiyat kasb etadi.Jismoniy mashqlar va sport turlari bilan maqsadga muvofiq ravishda shug‘ullanishda odam tanasining fiziologik qonun-qoidalarini bilish muhim ahamiyatga ega. Bajaraladigan har qanday jismoniy ish, muskul harakati tanadagi barcha tizim va a’zolar funksiyasiga faol ta’sir qiladi. Masalan, oddiy haraktlar-yurish, chopish, sakrash, qo‘l mehnati va hokazolar yurak urishi, nafas olish, moddalar almashinuvi, qon aylanish, qon bosimi, oshqozon-ichak tizimi funksiyasi kabi tiriklik faoliyatlarini tezlashtiradi. Og‘ir jismoniy mehnat qilishda esa kuzatiladigan bunday o‘zgarishlar maksimal darajaga chiqib bu holat organizm uchun befarq bo‘lmaydi.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish zaminida sog‘lik va salomatlikni muhofaza qilish, mehnat unumdorligini oshirish, xalqlar va davlatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlari o‘rnatish va mustahkamlash kabi tarbiyaviy va siyosiy tadbirlar yotadi. Shunday ekan jismoniy mashqlar va muskul harakati tanadagi barcha tizim va a’zolar funksiyasiga faol ta’sir qiladi. Masalan, oddiy harakatlar-yurish, chopish, sakrash, qo‘l mehnati va hokazolar yurak urishi, nafas olish, qon aylanish, qon bosimi, oshqozon ichak tizimi funksiyasi kabi tirklik faoliyatini tezlashtiradi. Og‘ir jismoniy mehnat qilishda esa kuzatiladigan bunday o‘zgarishlar maksimal darajaga chiqib bu holat organizm uchun befarq bo‘lmaydi.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi zaminda sog‘liq va salomatlikni muhofaza qilish, mehnat unumdorligini oshirish, xalqlar va davlatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini o‘rnatish va mustahkamlash kabi tarbiyaviy va siyosiy tadbirlar yotadi. Shunday ekan jismoniy mashqlar va muskul faoliyatining organizm tizim va a’zolari faoliyatiga ta’sir qilish sirlarini o‘rganish bu sohadagi har bir o‘qituvchi murabbiyning asosiy vazifalaridan biridir. Bu narsalarni o‘rganish esa jismoniy mashqlar fiziologiyasining mazmunini tashkil qiladi. Sport fiziologiyasining yuzaga kelishi va rivojlanishida A.N.Krestovnikovning (1885-1955) xizmatlari katta. Uning 1939 yilda yozilgan «Sport fiziologiyasi» va 1951 yilda yozilgan «Jismoniy mashqlar fiziologiyasidan ocherklar» kitoblari jismoniy tarbiya va sport nazariyasini yaratishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qildi. U o‘z shogirdlari bilan harakat malakasining fiziologik mexanizmini ilk bor tushuntirib berdi. Shundan keyin jismoniy tarbiya institutlarida, universitetlarida va pedagogika institutlarining jismoniy tarbiya fakultetlarida tashkil qilingan fiziologiya kafedralarida jismoniy mashq qilishning kishi organizmi har xil funksiyalariga ta’sir qilishini ilmiy asosda o‘rganish bo‘yicha faol ish olib borildi. Odam fiziologiyasi kursining barcha boblarini jismoniy tarbiya nuqtayi nazaridan tahlil qilishda professor N.V.Zimkinning uch marta (1964, 1970, 1975 yillar) nashr qilingan odam fiziologiyasi darsligi muhim hissa qo‘shdi va ularda sport fiziologiyasining zamonaviy ruhda yoritilishiga ham yetarli darajada e’tibor berilgan. Keyingi 50 yil ichida Odam fiziologiyasining turli sohalarida muskul faoliyati va sport bilan shug‘ullanish tufayli kuzatiladigan o‘ziga xos jarayonlarni o‘rganishda Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlar Ittifoqiga kiruvchi Respublikalarda bir qator olimlar va tadqiqotchilar tomonidan diqqatga sazavor ishlar olib borildi va olib borilmoqda. Bularga misol qilib N.V.Zimkin, Ya.M.Kots, A.V.Korobkov, V.S.Farfel (muskul ishi va jismoniy harakatning sifat ko‘rsatgichlarida fiziologik tizim ishtirokini o‘rganish) N.A.Bernshteyn, ye.B.Sologus, A.Ya.Yarotskiy (harakatning boshqarilishi, nerv tizimi va sezgi a’zolarining faoliyatiga jismoniy mashqlar ta’sirini o‘rganish), V.V.Vasileva, A.G.Dembo, V.L.Karpman, K.M.Smirnov, V.V.Smirnov, V.V.Mixaylov (jismoniy ishning yurak- qon tomirlari va nafas olish tizimi faoliyatiga ta’sirini o‘rganish) A.A.Viru, V.Ya.Rusyan, N.N.Yakovlev (jismoniy mashqlarning endokrin bezlar faoliyatiga ta’sirini o‘rganish), T.I.Svistun, Z.T.Tursunov, K.R.Raximov, Sh.Q.Qurbonov (ovqat hazm qilish a’zolari faoliyati va moddalar ham energiya almashinuviga jismoniy mashqlar ta’sirini o‘rganish) ishlarini olish mumkin.
Salomatlikni mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirishda jismoniy mashqlarning ahamiyati. Inson organizmining rivojlanishida harakat, muskul faoliyati, jismoniy ish muhim o‘rin tutadi, chunki uning hayot kechirishi, turmush tarzi bevosita faol harakat qilishni taqoza qiladi. Bunday bog‘lanish inson paydo bo‘lganidan beri hayot kechirishning ajralmas qismi bo‘lib evolyutsion yo‘l bilan mustahkamlangan. Shu sababli harkat faqat yashash uchun kerak bo‘lib qolmasdan (ovqat topib yeyish, dushmandan o‘zini himoya qilish, noqulay omillardan muhofazalanish va boshqalar), barcha tashqi va ichki a’zolarning ham me’yoriy ishlashi uchun zaruratga aylangan. Hozirgi sharoitda esa texnikaning tezlik bilan rivojlanishi, turmushda avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishning toboro keng ko‘lamda qo‘llanilishi insonning bevosita harakat qilishini ancha-muncha cheklab qo‘ydi.Faol harakatning cheklanishi bilan organizmdagi barcha a’zolarning me’yoriy ishlashi buziladi, chunki ular asosan harakat qilib turish sharoitdagina o‘z funksiyalarini to‘liq bajaradilar. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish kundalik turmushning ajralmas qismiga aylanishi lozim.Faol harakat qilib yashash inson organizmining kasalliklarga kam chalinishini, xastalangandan keyin esa oson va tez tuzalib ketishini ham tegishli ravishda ta’minlaydi. JMB umumiy biomexanikaning yutuqlariga bog‘liq ravishda XX asrning 70 – yillaridan boshlab keskin rivojlana boshladi. Biomexanikani mustaqil fan sifatida yuzaga kelishiga ma’lum bir sharoitlar imkon yaratgan. Bular quyidagilar: fizika va biologiya fanlari sohasida bilimlarning to‘planishi; harakatlarni o‘rganish usullarining mukammal va murakkab majmualarini ishlab chiqish hamda ularning tuzilishini yangicha tushunish imkoniyatini bergan ilmiy – texnik taraqqiyotning kuchayishi.Biomexanikaning paydo bo‘lishiga mexanikani, ayniqsa Galiley va Nyuton davridan boshlangan uning yangi yo‘nalishi kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Ulardan ilgari Leonardo da Vinchi “mexanika fani barcha fanlarga nisbatan olijanob va foydaliki, harakatlanish qobiliyatiga ega bo‘lgan barcha jonli jismlar uning qonunlari bo‘yicha harakat qilar ekanlar” deb ta’kidlagan. Nazariy mexanika, mexanik harakatlarning barcha asosiy qonunlarini o‘z ichiga oladi. Gidro – va aerodinamika, materiallarning qarshiliklari, reologiya, mexanizmlar va mashinalar nazariyasi kabi mustaqil fanlarning umumiy mexanika asosida olingan ma’lumotlari biomexanikada foydalana boshlangan.D.Borelli (vrach, metematik, fizik) o‘zining “Hayvonlarning harakatlari to‘g‘risida” nomli kitobi (1679) bilan biomexanikaga fan sifatida asos solgan. Biologik fanlar ichida anatomiya va undan ajralib chiqqan (XVI – XVII asr) fiziologiya fanlarining ma’lumotlari boshqa fanlarnikiga nisbatan ko‘proq foydalanilgan. Undan so‘ng, funksional anatomiya va ayniqsa, zamonaviy fiziologiyadagi nervizm g‘oyasi biomexanikaga katta ta’sir ko‘rsatgan. Shunday qilib, biomexanikaning rivojlanishida asosiy bo‘lgan mexanik, funksional – anatomik va fiziologik yo‘nalishlar shakllangan va hozirgi vaqtda ham mavjud.N.A.Bershteynning tadqiqotlari harakatlarni boshqarishning o‘ta muhim prinsipini aniqlash imkonini bergan. Harakatlarni boshqarish quyidagilar vositasida amalga oshiriladi: 1) asab tizimi impulslarini harakatni bajarish sharoitlariga qarab aniq borishi yo‘li; 2) harakat vazifalaridan chetga chiqishni bartaraf qilish (korreksiya). N.A.Bershteynning neyrofiziologik konsepsiyasi odam harakatlarini o‘rganishda biomexanikaning zamonaviy nazariyasining shakllanishiga asos bo‘lgan.

Download 6,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish