O‘quvchilarni tibbiy nazoratini tashkilashtirish.
Shifokor nazorati vazifalari. Shifokor nazorati natijasida olingan ma’lumotlarning o‘ziga hosligi.O‘quv yili boshida endi taksimlab chikilgan guruhlarga qo‘shimcha tuzatishlar kiritiladi, xolos. Vrachlik nazorati asosiy vazifasi jismoniy tarbiyaning o‘quvchilar organizmiga qanday ta’sir qilayotganini aniqlashdir.Vrach o‘quvchilarni jismoniy tarbiya darsi,sessiya mashg‘ulotlari, musobakalar vaqtida kuzatar ekan,ularning jismoniy tayyorgarligi to‘g‘risidagina emas,balki xulqi xususiyatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi va organizmning qarshiliklarga moslashish xususiyatlarini bilib oladi.Vrach yillik o‘quv rejasi bilan albatta tanishib,o‘quvchilarning qaysi tibbiyot guruhlariga kirishini belgilaydi. O‘tkir kasalliklardan keyin jismoniy tarbiya mashgulotlariga kirish xususida "Ahvoliga ko‘ra jismoniy tayyorgarlikning asosiy guruhiga kiradigan bolalar va o‘smirlarning jismoniy tarbiyasi ustidan vrachlik nazorati" qo‘llanmasi asosida maktab vrach ish ko‘radi.Vrachlik nazoratining muhim shakli sportda shikastlanishlarning oldini ola olishdir
Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchilar ustidan shifokor kuzatuvlari ahamiyati..
Maktabdagi jismoniy tarbiyani to‘g‘ri tashkil etish o‘sayotgan organizmga har tomonlama ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan xilma-xil vositalardan foydalanishni ko‘zda tutadi. Bundan o‘quvchilarning yoshga aloqadar anatomik-fiziologik xususiyatlarini,salomatligi va jismoniy tayyorgarlik darajasini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.Mexnat va jismoniy mashqlar deyilganda birinchi galda jismoniy rivojlanish maksadida qo‘llaniladigan har xil shakldagi harakatlar tushuniladi.Harakat faolligining cheklanishi gipokineziya "gipodinamiya" ga olib keladi,bunda harakat apparati,degativ nerv sistemasi,qon aylanishi va boshqalardan o‘zgarishlar foyda qiladigan umumiy morfologik va funksional yetishmovchiliklar ro‘y beradi.Ayni vaqtda aqliy va jismoniy mexnat qobiliyati pasayib, odam tez charchab qoladi,organizmning tashqi muhitning zararli ta’sirotlariga qarshiliga susayib ketadi,bu keyinchalik yurak tomir va asab sistemasi,nafas va hazm a’zolarida kasalliklar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.Agar taraqqiyoti munosabati bilan gipokineziyaning oldini olish masalasi ayniqsa dolzarb bo‘lib qoldi.Jismoniy tarbiya va sport harakatsizlik o‘rnini to‘ldirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining "Jismoniy tarbiyani va sportni taraqqiy ettirish", to‘g‘risida 14G‘1-1992 yilda chiqargan qarori muhim ahamiyatga ega.Jismoniy mashqlar butun organizmga o‘ziga xos ijobiy ta’sir ko‘rsatib,tashqi muhitning turli noqulay omillariga,masalan, barometrik bosimining o‘zgarib turishi,kislorod yetishmovchiligi, ba’zi zaxarli moddalar va yuqumli kasalliklarga chidamligini oshiradi.O‘quvchilarning mehnati asosan aqliy mehnat hisoblanganligidan jismoniy mashqlarning asabiy-ruxiy zo‘riqishlarini bartaraf etishini hisobga olish kerak.Aqliy ishni jismoniy ish bilan navbatlashtirib olib borish natijasida charchagan hujayralarning energetik sarfi o‘rni tez to‘ladi Jismoniy madaniyat va sport bildan shug‘ullanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlang‘ich, takroriy va qo‘shimchaga bo‘linadi.Boshlang‘ich tibbiy ko‘rikda shifokor jismoniy madaniyat, va sport mashg‘ulotlariga ruxsat berish haqidagi savolni yechadi. Shifokor ruxsatisiz trener yoki jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yangi kelgan bolani mashg‘ulotlarga kiritishga haqqi yo‘q, tibbiy ko‘rikda sog‘lik, holati, jismoniy rivojlanish va bo‘lingan jismoniy vazifaga organizm o‘rganishini aniqlaydilar.Takroriy tibbiy ko‘rikda sog‘lik holati, sportchi jismoniy rivojlanish va organizm funksional holatiga jismoniy,madaniyat va sport bilan doimiy shug‘ullanish ta’siri aniqlanadi.Qo‘shimcha tibbiy kuzatuvlar sportchilarni musobaqalarga kiritish hamda kasallik yoki jarohatlardan keyin, organizmni qattiq, charchashida mashq qilishlarga kirishish imkoniyati haqidagi masalalarni hal etish uchun tashkil qilinadi.Yetakchi sportchilar dispanserizatsiyasi doimiy mashq qiluvchi va musobaqalarda qatnashuvchi sportchilar tibbiy kuzatuvchi faol shakli hisoblanadi. Har taraflama chuqurlashtirilgan kuzatuv sog‘lik holati funksional imkoniyatlarni aniqlash, sport tayyorgarlik darajasini belgilash, patalogik holatini (kattiq charchash, ko‘p mashq, qilib yuborish) bilishga yordam beradi.Tibbiy pedagogik nazorat sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslar sog‘ligining tibbiy kuzatuvi butun jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tibbiy-pedagogik nazorat o‘quv mashq qilishda shifokor va trener bilan birgalikda olib boriladi.Tadqiqotdan olingan ma’lumotlar jismoniy vazifa hajmi va tezligini rejalashtirish, mashq qilish, aniqlashda e’tiborga olinadi.Sog‘lomlashtirish, davolash va profilaktik tadbirlar jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlari jarayonida sportchilar sog‘ligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega va davolash-profilaktik muassasalar va sanitariya-epidemiologik stantsiyalar shifokorlari bilan birgalikda sport shifokorlari tomonidan amalga oshiriladi.Sport mashg‘ulotlari va musobaqalari joyi va o‘tkazish shart-sharoitlarini sanitariya-gigiyenik nazorat qilish sport mashg‘ulotlari va musobaqalari o‘tkaziladigan yangi sanitariya-gigiyenik shart-sharoitlarini yaratish, sport qurilmalari holatini nazorat qilish, mashg‘ulot va musobaqalar o‘tkaziladigan meteosharoitlarni kuzatish, sport asbob uskunasi, kiyimi va himoya qo‘llanmalarini nazorat qilishni maqsad qilib qo‘yadi.Sport musobaqalari tibbiy ta’minoti shifokor ishi tarkibiy qismidir. Har qanday sport musobaqasini tashkil qilishda tibbiy xizmatni tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Tibbiy hodim bo‘lmasa bosh hakam musoboqani boshlashga haqqi yo‘q.Jismoniy madaniyat ommaviy turlari tibbiy ta’minlovchi ommaviy shakllarni . (ishlab chiqarish gimnastikasi, katta yoshdagi shaxslar bilan shug‘ullanish va b.) tibbiy nazorat bilan ta’minlashdan iborat.Jismoniy madaniyat va sport mashg‘ulotlaridagi sport jarohatlari profilaktikasi maqsadida ogohlantiruvchi tadbirlar amalga oshiriladi, metodik ko‘rsatmalar va maxsus yo‘riqnomalar tasdiqlanadi.
O‘quvchilarning tibbiy ko‘rigi natijalari bo‘yicha jismoniy tarbiya darslarida jismoniy vazifalarni oshib ketilishiga yo‘l qo‘yish masalasi hal qilinadi, kardiorespirator tizim funksional holatini baholash muhim. Shu maqsadda Yu.T.S. holatini funksional baholash uchun tibbiy nazorat amaliyotida standart jismoniy vazifa - 30 soniyada 20 marta o‘tirish - keng tatbiq qilinadi. Funksional sinash uchun ta’sirlanishni baholashda ChSS va QB o‘zgarishlari, shuningdek ularni tiklash xususiyati va vaqti haqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Baholashda yoshga oid xususiyatlarni e’tiborga olish kerak. .
Asosiy tibbiy guruhga sog‘lig‘ida o‘zgarishlari bo‘lmagan shaxslar kiradi, bu guruhda tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar to‘liq, dastur bo‘yicha o‘tiladi hamda ularga sportning ma’lum turi bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.
Tayyorlov guruhiga yetarli bo‘lmagan jismoniy rivojlanish yoki jismonan bo‘sh tayyorlangan yoki sog‘ligida kichik o‘zgarishlari bo‘lgan shaxslar kiradi. _
Maxsus tibbiy guruhga sog‘ligida doimiy yoki vaqtincha xususiyatga ega bo‘lgan o‘zgarishlari bo‘lgan shaxslar kiradi. Ularga doimiy o‘quv dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlar qat’iyan man etiladi, mashg‘ulotlar sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan maxsus o‘quv dasturlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Og‘ir yoki kuchaygan xronik kasallikdan hamda jarohatlardan so‘ng o‘quvchilar vaqtincha jismoniy tarbiya o‘quv mashg‘ulotlaridan ozod qilinadi.
O‘quvchilar jismoniy tarbiyasini ta’minlashning xususiyati shundaki, jismoniy tarbiyani tibbiy nazorat qilish maqsadida uchta o‘quv bo‘limlari yaratiladi:
- sport takomillashuvi bo‘limi (jismoniy rivojlanish va funksional imoniyatlarni oshirish asosiy tibbiy guruh talabalari mashg‘uloti);
- tayyorlov bo‘lim (asosiy va tayyorlov tibbiy guruh, mashg‘ulotlar sport takomillashuvidan alohida o‘tiladi.
Maqsad – sog‘likni mustahkamlash, organizm funksional holatini yaxshilash);
- maxsus bo‘lim (bu yerda faqat maxsus tibbiy guruhga kiritilgan o‘quvchilar shug‘ullanadi, maqsad sog‘lik, holati va jismoniy rivojlanishiga ko‘ra to‘g‘ri jismoniy tarbiya bilan ta’minlash).
Do'stlaringiz bilan baham: |