2-guruh: bunda juda ko‘p harakatlardan iborat bo‘lgan kasblar kiritilgan (tokarlar, frezerovchilar, avtomatchilar, pardozlovchilar, to‘quvchilar).
3-guruh: bunda juda ko‘p jismoniy kuch sarflanishini talab qiladigan kasblar kiradi (qoliplovchilar, prokatchilar, yukchilar, qurilish ishchilari, shaxtyorlar).
4-guruh: bu aqliy mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan kasblarni o‘z ichiga oladigan ishlar, vaqti-vaqti bilan jismoniy mashqlar majmualarini o‘zgartirib turish kerak, aks holda tana ularning har biriga o‘rganib qoladi va mashqlar o‘z ta’sirini yo‘qotib qo‘yadi.
Mashqlar ish harakatlarini bajariladigan sur’atda yoki ish faoliyatiga tezroq kirishish uchun birmuncha tezroq olib borish kerak. Korxonadagi ish bir xil bo‘lganda bu ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Bu holda gimnastika mashqlarini tez-tez o‘zgartirib turishga turishga to‘g‘ri keladi. Mashqlarni bajarishda musiqa chalinib turishi katta ahamiyatga egadir. Musiqa ijobiy emotsiyalarni vujudga keltirib mashqlar bajarilishini osonlashtiradi. Faqat tanlangan musiqa bajariladigan mashqlarga mos tushishi kerak. Masalan cho‘zilish mashqlari sekin muzika yordamida, yugurish va sakrashlar esa marsh va boshqa tantanovor musiqa ostida o‘tkazilishi lozim.
12.3. Jismoniy yuklamalarni me’yorlash
Ishlab chiqarish badantarbiya mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatlari ko‘p jihatdan jismoniy mashqlarning to‘g‘ri me’yorlanishiga bog‘liq. Avvaliga ishlab chiqarish badantarbiyasi va jismoniy tarbiya bilan umuman shug‘ullanmagan kishilar mashg‘ulotlarda o‘zlarini biroz o‘ng‘aysiz sezadilar va ko‘p kuch sarflab charchab qoladilar. Natijada faol dam olishning ta’sirchanligi pasayadi. Shu sababli mashg‘ulotlarda jismoniy yuklama darajasi endi shug‘ullanayotgan va katta yoshdagi kishilar uchun ham qat’iy me’yorlarda belgilanishi kerak. Yuklamani me’yorlashning odatdagi usuli mashqlar intensivligi, davomiyligi, murakkabligi, takrorlanish soni, sur’ati va harakatlari tezligini o‘zgartirishdan iborat. Avvaliga mashqlar majmuasi ancha sodda va yengil bo‘lishi kerak. Mashqlarning zichligi (mashqlarni bajarishga ketgan vaqt) mashqlar orasidagi tanaffuslar hisobiga kamaytiriladi. Harakatlar koordinatsiyasi va jismoniy tayyorgarlik yaxshilanib borgan sari murakkab mashqlar qo‘shiladi.
Ishlab chiqarish badantarbiyasi majmuasining shug‘ullanuvchilarni jismoniy imkoniyatlariga mosligini aniqlash uchun, ulardan bir nechtasida tomir urishining tiklanishini kuzatib boorish mumkin. Buning uchun majmuani bajarishdan oldin tomir urishi hisoblanadi, so‘ngra oxirgi mashqdan keyin 3-5 daqiqa orasida har daqiqa boshidan 10-15 sekund mobaynida tomir urishining tiklanishi kuzatiladi.
Odatda kompleks bajarilgandan keyin 3-5 daqiqa orasida tomir urishini o‘zining ilgarigi holiga qaytishi yoki biroz pastroq bo‘lishi ham mumkin. Agar u yuqoriligicha qolaversa, demak, ushbu mashqda jismoniy yuklama katta va uni kamaytirish kerak. Chunki bunday ishlab chiqarish badantarbiyasi foydasiz bo‘ladi. Bunday majmualarni bajarganda puls juda kam o‘zgaradi va oxirgi mashqdan so‘ng darhol o‘z holatiga qaytadi.
Nafas olishga katta e’tibor berish kerak. Ammo ko‘p kishilar kasb mehnatidagi harakatlarda ham, ishlab chiqarish badantarbiyasini bajarishda ham nafas olishni boshqara olmaydilar. Jismoniy mashqlar nafas olish apparatini mustahkamlaydi, erkin chuqur nafas olishga o‘rgatishda yordam beradi.
Buning uchun mashqlar paytida nafasni tutib turmaslik, zo‘riqmaslik, nafas ritmi va chuqur erkin nafas olishdan adashmaslikka harakat qilish kerak. Avval shug‘ullanuvchilarning hali to‘g‘ri nafas olishni ham bilmaydigan paytlarida, gimnastika mashqlari orasida tik turib bajaradigan maxsus nafas olish mashqlari o‘tkazilishi kerak.
Keyinchalik asosiy harakatlar o‘rganilgandan so‘ng ularning nafas olish bilan to‘g‘ri uyg‘unlashib ketishiga e’tibor berish kerak. Jismoniy mashg‘ulotning mos kelish-kelmasligini shug‘ullanuvchilarning mashq paytida va undan keying kechinmalardan va sezgilardan ham bilish mumkin. Bundan o‘zini yomon his qilish, bosh aylanish, bosh og‘rish, va shu kabi shikoyatlarni aniqlash hamda mashq jarayonida toliqish alomatlari paydo bo‘lishini (yuz qizarish, ortiq chaterlash, xarsillash) kuzatib borish lozim.
Bu belgilarni birortasi paydo bo‘lsa, mashqlar dozasini o‘zgartirish (harakatlar sur’atini takrorlash sonini kamaytirish) kerak. Agar toliqish belgilari ro‘yrost, yurak urishi va bosh aylanishiga shikoyatlar bo‘lsa, maslahat uchun shifikorga jo‘natiladi. Ayrim hollarda haddan tashqari og‘riq, mashq komplekslari sababli jismoniy tayyorgarligi yaxshi bo‘lgan shaxslarda ham toliqish alomatlari paydo bo‘lishi mumkin. Bu ayniqsa og‘riq jismoniy zo‘riqishga aloqador kasblarda kuzatiladi.
Ishlab chiqarish badantarbiyasi mashg‘ulotlari vaqtida jismoniy yuklama miqdorini aniqlash uchun avvalo ishlab chiqarishdagi ishning og‘ir-yengillik darajasiga e’tibor berish kerak. Ko‘pchilik hollarda ishlab chiqarishda hatto yengil jismoniy ishda ishlab chiqarishda hatto yengil jismoniy ishda ishlab chiqarish badantarbiyasi vaqtida katta yuklamalardan ehtiyot bo‘lish kerak. Masalan: mayda mexanizmlarni konveyerda yig‘ishda badantarbiya vaqtida katta zo‘riqishga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Chunki bu qattiq toliqishga va harakat koordinatsiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu mehnat unumdorligini vaqtincha pasayib ketishiga sabab bo‘ladi.
Yuqorida aytilganidek, ishlab chiqarish gimnastikasi vaqtida jismoniy yuklama miqdori jinsga, yoshga, sog‘liq holatiga, shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasiga bog‘liq. Bu hamma uchun optimal jismoniy yuklamani tanlashni qiyinlashtiradi. Shu sababli tarkibi bo‘yicha har xil guruhlarda shug‘ullanuvchilarga qulay va foydali jismoniy mashqlarni tanlab olish kerak.
Ishlab chiqarish badantarbiyasi mashg‘ulotlarining asosiy ahamiyati ularning sog‘lomlashtiruvchi va ishni unumdorligini oshiruvchi ta’sirdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |