Ushbu imtiyozni qo‘llash bo‘yicha misollar.
Misol. Soliq kodeksi 59-moddasining 2-bandiga muvofiq imtiyozga ega bo‘lgan (masalan, vaqtincha Afg‘oniston Respublikasida bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida xizmat o‘tagan harbiy xizmatchi) korxona xodimiga fevral oyi uchun 130000 so‘m ish haqi hisoblab yozilgan.
Uning yanvar-fevral oylari uchun jami daromadi 260000 so‘mni (130000 + 130000) tashkil etadi.
Imtiyoz huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning jami daromadidan, Soliq kodeksi 59-moddasining 2-bandiga muvofiq, har oyda eng kam ish haqi miqdorining 4 baravariga teng daromad summasi chiqarib tashlanishini hisobga olganda, uning yanvar-fevral oylari uchun soliq solinmaydigan jami daromadi 4 x 24840 (12420 + 12420) = 99360 so‘mni tashkil etadi. Xodimning yanvar oyi uchun daromadidan 11352,5 so‘m soliq ushlangan.
Uning yanvar-fevral oylari uchun ish haqidan daromad solig‘i quyidagi tartibda ushlanadi:
1. Soliq solinadigan daromad aniqlanadi:
260000 - 99360 = 160640 so‘m.
2. Yanvar-fevral oylari uchun soliq summasi aniqlanadi:
16146 + (160640 - 124200) x 18% = 22705 so‘m (yanvar-fevral oylari uchun soliq summasi).
3. Fevral oyi uchun daromaddan ushlanadigan soliq summasi aniqlanadi:
22705 - 11352,5 = 11352,5 so‘m (fevral oyi uchun soliq summasi).
4. Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga yanvar-fevral oylari uchun ish haqidan (uning soliq solinadigan qismidan) 1% miqdorida majburiy ushlanmalar 1606 so‘mni (160640 x 1%) tashkil etadi, yanvar oyi uchun 803 so‘m ushlangan, fevral oyida 803 so‘m (1606 - 803) ushlanishi lozim.
5. Fevral oyi uchun o‘tkaziladigan daromad solig‘i summasi 10549,5 so‘mga (11352,5 - 803) teng.
Fuqaro imtiyozlarga bo‘lgan huquqni yo‘qotganligini 15 kundan kechiktirmay, undan soliq ushlab qoladigan korxona, muassasa, tashkilot, shuningdek jismoniy shaxslarni yoxud soliq organini (agar mazkur organ hisob-kitobni amalga oshirsa) malum qilishi lozim.
Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqni eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdorida to‘lashdan ozod etilishi bo‘yicha berilgan imtiyoz foizlar va dividendlar ko‘rinishida olingan jismoniy shaxslarning daromadiga, shuningdek mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromadlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Bunda agar foizlar va dividendlar asosiy ish joyidan hisoblab yozilsa, u holda imtiyoz asosiy ish joyida qo‘llaniladi.
Agarda foizlar va dividendlar asosiy ish joyidan hisoblab yozilsa, jismoniy shaxsning turar joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaxslar daromadiga soliqni hisoblab chiqarish chog‘ida imtiyoz qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |