Jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi fanining rivojlanish


Salomatlikni mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirishda jis­moniy mashqlarning ahamiyati



Download 70 Kb.
bet2/4
Sana11.03.2022
Hajmi70 Kb.
#491396
1   2   3   4
Bog'liq
Jismoniy mashqlar fiziologiyasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi.

Salomatlikni mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirishda jis­moniy mashqlarning ahamiyati. Inson organizmining rivojlanishida harakat, muskul faoliyati, jismoniy ish muhim o’rin tutadi, chunki uning hayot kechirishi, turmush tarzi bevosita faol harakat qilishni taqoza qiladi. Bunday bog’lanish inson paydo bo’lganidan beri hayot kechirishning ajralmas qismi bo’lib evolyusion yo’l bilan mustahkamlangan. Shu sababli harkat faqat yashash uchun kerak bo’lib qolmasdan (ovqat topib yeyish, dushman­dan o’zini himoya qilish, noqulay omillardan muhofazalanish va bo­shqalar), barcha tashqi va ichki a'zolarning ham me'yoriy ishlashi uchun zaruratga aylangan. Hozirgi sharoitda esa texnikaning tezlik bilan rivojlanishi, turmushda avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish­ning toboro keng ko’lamda qo’llanilishi insonning bevosita harakat qilishini ancha-muncha cheklab qo’ydi.
Faol harakatning cheklanishi bilan organizmdagi barcha a'zolar­ning me'yoriy ishlashi buziladi, chunki ular asosan harakat qilib tu­rish sharoitdagina o’z funksiyalarini to’liq bajaradilar. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish kundalik tur­mushning ajralmas qismiga aylanishi lozim.
Faol harakat qilib yashash inson organizmining kasalliklarga kam chalinishini, xastalangandan keyin esa oson va tez tuzalib keti­shini ham tegishli ravishda ta'minlaydi.
Hozirgi paytda shu narsa ilmiy ravishda asoslanganini arterial qon bosimining yuqori bo’lishi (gipertoniya), miokard infarkti, asab tizimining qator xastaliklari (nevroz, nevrosteniya, deprissiya va boshqalar), o’t va siydik yo’llarida tosh paydo bo’lishi kabi «zamon ka­salliklari» ko’pincha jismimizning harakatga «to’ymasligi»dan kelib chiqadi. Aytib o’tiladigan kasalliklar bilan og’rigan bemorlarning ak­sariyat qismi o’tirib bajariladigan ish bilan (idora xodimlari, il­miy xodimlar, pult boshqaruv tizimida navbatchilik qiluvchilar, rahbarlar va boshqalar) shug’ullanishligi aniqlangan. Yuqorida qayd qilingan kasb egalarining doimiy ravishda ish joyida badantarbiya, ishlab chiqarish gimnastikasi bilan yoki maxsus sport seksiyalarida shug’ullanishi eslatib o’tilgan xastaliklarning chekinishiga, salomat­liklarining mustahkamlanishiga olib kelgan.
Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari bilan muntazam ra­vishda shug’ullanish ish qobiliyatining oshishiga, mehnat unumdorligi­ning yuqori bo’lishiga olib keladi. Bu fikrni ham ko’pgina misollar bilan tasdiqlash mumkin. Tikuvchilik fabrikasida monoton (bir xil) mehnat qiladiganlarning vaqti-vaqti bilan (har ikki soatda) maxsus badantarbiya mashqlari bajarib turganlari ishlab chiqarish unumdor­ligida yaxshi ko’rsatgichlarga erishgan.
Nafaqat qo’l kuchi bilan ish bajaradiganlar, aqliy mehnat qiluvchilar ham tegishli vaqt o’tishi bilan maxsus jismoniy mashqlar bajarib tursa unumli ishlaydi. Demak, inson organizmiga uning faol va sog’lom hayot kechirishi uchun ovqat, havo va suv bilan bir qatorda yetarli darajada jismoniy harakat qilib turishi ham zarur ekanligi shubhasiz.

Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish