Gipodinamiya va uning organizm funksional holatiga ta'siri. Gipodinamiya (yunoncha hypo - past, kam, dynamis - kuch) u organizm funksiyalarida (harakat - tayanch apparati qon aylanish, nafas olish, ichki sekretsiya bezlari, ovqat hazm qilish tizimlari, asab tizimi hamda moddalar va energiya almashinuvi faoliyatida) kam harakatlilik tufayli kelib chiqadigan nuqsonlar. Ba'zan bu atama gipokeniziya so’zi bilan almashtiriladi, (Kinesis - harakat) bu unchalik to’g’ri emas. chunki gipokeniz atamasi ko’pincha harakatning ilojsiz cheklanishi (masalan, kasallik tufayli ko’rpa to’shak rejimida yotish) ifodalaydi.
Gipodinamiyaning kelib chiqishida, qayd qilganimizdek, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi va texnikaviy rivojlanish tufay-li turmush tarzida bevosita harakat qilishning toboro qisqarib borishi asosiy sabab bo’lmoqda.
Hisob-kitob qilinishicha har sutkada odam o’rtacha umumiy energiyasining 1300-1500 kaloriyasini jismoniy ishga sarflangandagina uning jismoniy harakatga nisbatan talabi qonadi. Agar buni bevosita harakat qilishga chiqsak bir kecha-yu kunduz davomida odam o’rtacha 11000 qadam bosishi kerak. Buning ichiga kun uzog’ida qilingan barcha hatti-harakatlar (ertalab uyqudan turgandan barcha tirikchilik va kundalik ish bilan bog’liq harakat faoliyati) ham kiradi.
Gipodinamiyaning hozirigi zamon kishisi hayotida sezilarli o’rin tutganligini shu bilan isbotlash mumkinki, bundan taxminan 100yil muqqadam barcha ishlarning 95-96% bevosita qo’l, oyoq, yoki tana kuchi orqali amalga oshirilgan bo’lsa, qolgan 4-5 % o’sha paytda mavjud bo’lgan mexanizimlar va tegishli texnika vositasi yordamida bajarilgan. Bugunlik kunga kelib esa buning aynan teskarisi, ya'ni aksariyat ishlar(95-96%) mashina -avtomatlar yordamida, qolgani(4-5%) bevosita odam kuchi bilan amalga oshirilmoqda.
Gipodinamiya organizimning tiriklik funksiyalariga salbiy ta'sir qiladi. Davomli gipodinamiya tufayli yosh organizm me'yoriy o’sishdan qolsa, yoshi oshganlari mehnat qobilyatini yo’qotib ertachi qariydi.
Gipodinamiya ta'sirida dastavval harakat-tayanch apparati kuchsizlanadi, tana muskul tolalari atrofiyalanib harakatning barcha sifat ko’rsatgichlari (tezlik, kuch, chaqqonlik) pasayib ketadi. Ish jarayonida uzoq vaqt tanani bir xil tutib turish(stanok oldida tik turish , EHM qarshisida davomli o’tirish va hokazolar) umurtqa pag’onasi va aniqsa ular orasidagi tog’ay chambarlar faoliyatiga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Kosmanavtlarning davomli kosmik parvozda bo’lishi (kosmik parvoz vaznsizlik holatida va kema ichi nihoyatda tor bo’lganligi sababli harakat qilish imkoniyati kam).Ularda suyak zichligining kamayishiga olib keladi. Ularda siydik bilan chiqaraladigan kalsiy miqdori esa shu muddat davomida ancha oshadi.
Davomli gipokeneziya sharoitida yashash (masalan, ko’ngililarni uzoq muddat davomida ko’rpa-to’shakda yotqizib qo’yish) kishining jismoniy ish qobilyatini nihoyatda pasaytirib yuboradi. Shuning uchun ham davomli parvozdan keyin kosmanavt erkin yura olmaydi. Chunki uning oyoq muskullarida bunday parvoz tufayli yuzaga keladigan odatdagi vazinning yo’qolishi bilan sodir bo’ladigan notabiiy holatlar(ularga tegishli yuklamalarning berilmasligi natijasida) u yerga qaytib tushgandan keyin harakat qilishi qiyinlashadi. Tanadagi har qanday muskul ham ma'lum jismoniy yuklama bajarib turmasa o’z kuchini yo’qotadi va asta-sekin atrofiyalanadi. Shuning uchun ham davomli kosmik parvoz davomida kosmonavtlar maxsus valoergometrlar yoki yugurish tasmalarida doimiy mashq bajarib turishadi. Kam harakt qiladigan odamda nafas olish va qon aylanish a'zolarining funksiyasi pasayib ketadi. Bunday kishilar tinch o’tirganlarida hech qanday qiynalishni sezmaydi, ozgina muskul harakati qilish bilan esa kislorodga nisbatan tegishli ravishda oshgan talabni o’pka va yuraklar qondira olmaydi (chunki ularning funksional pasaygan). Bunday odamda tez charchash sodir bo’ladi, qonda sut kislotasining miqdori ko’payib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |