tarbiya va sport
Respublikamizdagi eng ko’p tarmoqli tizimlar qatoriga Madaniyat ishlari vazirligi ham kiradi. Uning tarkibida quyidagi sohalar va tarmoqlar mavjud:
Konservatoriya, madaniyat, san’at, musiqa va boshqa sohalardagi bilim yurtlari va Oliy o’quv yurtlari.
Kino uylari, kinoteatrlar va shu sohadagi ishlab chiqarish muassasalari.
Istirohat, ko’ngil ochish va dam olish bog’lari.
Ilmiy-tadqiqot muassasalari.
Barcha turdagi ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darsi olib boriladi. O’quvchi-yoshlar va talabalarning ixtisosliklari hisobga olingan holda ommaviy sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport tadbirlari, musobaqalari tashkil qilinadi. Aktyorlar, san’atshunoslar, rassomlar, ko’rgazma zallari, madaniyat klublari va ular bilan bog’liq tashkilotlar, muassasalarning xodimlari bilan maxsus jismoniy tarbiya mashg’ulotlari (balet. ritmik gimnastika, milliy raqslar tipidagi turli mashqlar) tashkil qilinadi.
O’zbekiston mustaqilligi sharoitida ommaviy madaniy sport tadbirlarining shakli va mazmunlari kengayib, tobora boyib bormoqda. Bu jihatlar «Navro’z», «Mustaqillik kuni» bayramlari, teatr va san’at bayramlarida keng namoyon bo’lmoqda.
Madaniyat ishlari vazirligi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi hamda boshqa idoralar, jamoat tashkilotlari, sport jamiyatlari bilan hamkorlikda xalqmilliy o’yinlari respublika musobaqalari, festivallar va boshqa tadbirlarni o’tkazib kelmoqda. 2000 yilda O’zbekiston mudofaasiga ko’maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti «O’zbek konsert» uyushmasi va boshqa davlat jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda «Hech kimga bermaymiz seni, O’zbekiston» mavzusida respublika aholisiga manzur bo’lgan festivalni tashkil etdi. Bunday ulkan madaniy tadbirlar zamirida sog’lom avlod tarbiyasi, o’quvchi-yoshlarning ma’naviy va jismoniy kamolotlarini yuksaltirish, Vatan tuyg’usini tarbiyalash kabi hozirgi kun vazifalari mujassamlashgan.
Umumiy xulosa qilib aytganda, yurtimiz aholisini sog’lom qilib tarbiyalash, ularning salomatligini muhofaza qilish va o’quvchi-yoshlarning jismoniy kamolotini o’stirishda turli davlat idoratari hamda ularning quyi tarmoqlarida faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarning mehnati yaxshi samaralar bermoqda.
Bu jarayonlarni tashkil qilish va boshqarishda O’zbekiston Prezidentining «Sog’lom avlod uchun» farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturining mohiyatlari g’oyat bebahodir.
O’quvchi-yoshlar va talabalarning kasb-hunar egallashlari, ularning jismoniy jihatdan rivojlanishlari uchun davlat ta’lim standartlari tarkibidagi «Jismoniy tarbiya» dasturlari, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari keng yo’l ochib bermoqda.
Buyuk kelajak sari dadil borish va yangi asr avlodlarini jismoniy jihatdan tarbiyalash ishlarida o’quv yurtlariga ega bo’lgan vazirliklar, davlat qo’mitalarining faoliyati va ish mas’uliyati tobora oshmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |