Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish



Download 1,17 Mb.
bet42/91
Sana06.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#642250
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91
Bog'liq
fayl 1688 20210827

7.2.2. Murabbiylar kengashi

Sport maktablari va Olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari Nizomida murabbiylar kengashiga alohida e’tibor berilgan. Chunki yosh sportchilarni texnik, taktik va ahloqiy jihatdan tarbiyalashda murabbiylar asosiy fao-liyat ko’rsatadilar.


Sport maktablarining xususiyatlariga karab murabbiy­lar kengashi tuziladi. Uning tarkibi murabbiylarning soniga qarab belgilanadi. Kengash raisi sport maktabi rahbari /direktor/ hisoblanadi. Direktorning o’quv-sport ishlari bo’yicha muovini, murabbiylar yoki xizmatchi xo-dimlardan kengash kotibi saylanadi.
Murabbiylar kengashi kalendar yili /yoki o’quv yili/ bo’yicha ish rejasini tuzadi va tasdiqlaydi. Shunga ko’ra, har oyda bir marotaba /zarur bo’lganda undan ko’proq/ ken­gash yig’ilishi o’tkaziladi. Kengash tuzilgan reja asosida kun tartiblarini belgilaydi. Ularda asosan murabbiy­larning ish faoliyati, hisobotlar, ota-onalar bilan ishlash, ta’lim-tarbiya jarayonlari, iqtidorli sportchi yoshlarni tanlash, sinovdan o’tkazish va kabul qilish ma-salalari muhokama qilinadi.
Ma’lumki, Mustaqillik yilarida rahbar va boshqa xodimlarni attestasiyadan o’tkazish rasmiy odatga aylan-di. Bu ishda sport maktablarining murabbiylari ham bevosita ishtirok etadi. Sport maktablarida murabbiylarni attestasiyaga tayyorlash va o’tkazishda ularning nazariy bilim va amaliy faoliyatlari, davlat siyosati hamda olib borilayotgan islohotlarga munosabatlari inobatga olinadi. Eng muhimi, Respublika va xalqaro sport musobaqalarida sportchilarning qatnashish natijalari, bunda murabbiyning ijodiy faoliyati asosiy o’ringa qo’yiladi. At­testasiya yakuni asosida murabbiylarga turli toifadagi /oliy toifagacha/ unvonlar beriladi.
Shu sababdan ham aksariyat barcha murabbiylar, eng avvalo, iqtidorli yoshlarni tanlash, saralash va ular bilan katta maqsad yo’lida fidoyilik bilan mehnat qilishga harakat qiladilar.


7.2.3. Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari

Pedagogik kuzatishlar, ilg’or tajribalar va ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning natijalariga ko’ra, bolalar va o’smirlar sport maktablari, maxsus olimpiya o’rinbosarlari sport maktablari, oliy sport mahorati maktab­lari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari va shunga o’xshash sport maktablariga yoshlarni jalb etish quyidagi tartibda olib boriladi:



  1. Maktab jismoniy tarbiya o’qituvchsharining tavsiyasi.

  2. O’quvchi yoshlarning o’z ixtiyori va tashabbusi.

3.Ota-onalarning tavsiya va iltimoslari.
4.Murabbiylarning bevosita maqsad yo’lida kuzatishlari
Sport maktablarining toifasi, darajasi va ehtiyoji asosida iqtidorli yoshlarni kuzatish, tanlash va sinov-tajribalarga tayyorlash hollari ko’proq murabbiylar tomonidan olib boriladi.
Sport turlariga qarab sinov tanlov jarayoni umumiy jismoniy tayyorgarlik, mazkur sport turining texnik qoida va me’yorlari asosida bolalar maxsus tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.
Sport maktablariga kiruvchi bolalar shaxsiy hujjatlarni talab darjasida tayyorlab, sinov-tanlovdan muvofaqiyatli o’tgandan keyin, sport maktabi ma’muriyati tomnidan buyruq bilan rasmiylashtiriladi,
Sport maktablarida bolalar va ularning ota-onalari ichki tartib-qoidalar bilan tanishtiriladi. Sport mashg’ulotlari, musobaqa qoidalari hamda axloq normalariga rioya qilmagan bolalar esa sport maktabidan chetlashtiriladi.
Sport turlari bo’yicha murabbiylar yangidan qabul qilingan bolalar bilan mashg’ulot tashkil qilish jarayonida ularning faoliyati, imkoniyat darajasi, qiziqish munosabati va ruhiy holatlarini o’rganib oladi. Eng muhimi, ularni ortiqcha yuklama yoki qo’pol muomala bi­lan bezdirmaslik lozim.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish