Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish


Sport markazlari va ularning faoliyatlari



Download 1,17 Mb.
bet45/91
Sana06.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#642250
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
Bog'liq
fayl 1688 20210827

7.5. Sport markazlari va ularning faoliyatlari

Sport markazlari tushunchasi asosan zamonaviy sport inshootlarini bildiradi. Bu mashg’ulotlarni o’tkazishdagi to’g’ri tushuncha hisoblanadi. Shuningdek, sport jamiyatlari, sport maktablari va ularda faoliyat ko’rsatuvchi rahbarlar, murabbiylar, hakamlar hamda boshqa rasmiy kishilarning sport turlari bo’yicha terma jamolar tuzish, ular bilan o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazish masalalarini muvofiqlashtirish faoliyati ham shu tushuncha ichiga /sport markazi/ kiradi.


Tuzilgan terma jamoalar safida eng kuchli sportchilar yig’iladi, o’quv-yig’in mashg’ulotlari va rasmiy hamda norasmiy musobaqalarda ularning texnik-taktik tayyorgarliklari sinab ko’riladi. Shu jihatdan ham bunday tad­birlarda faqat murabbiylargina emas, balki ilmiy xo­dimlar, mutasaddi rahbarlar, mas’ul xodimlar, shifokorlar, homiylar ham mashg’ulotlar hamda musobaqalarda ishtirok etish, o’zlarining taxminiy mulohazalarini bildirishlari mumkin.
Bunday hollarda sport turlariga qarab shahar va viloyat markazlarida mavjud bo’lgan eng yaxshi sport inshootlari tanlanadi. Ularga zarur bo’lgan asbob-usxunalar, tex­nik vositalar, shart-sharoitlar yaratiladi. Sport markazlaridagi o’quv-yig’in mashg’ulotlari va musobaqalar hamda sport inshoot xizmatlari bilan bog’liq tashkiliy ishlar, moddiy-texnik hamda moliyaviy ta’minot ishlari tashkil qiluvchi tashkilot, jamiyat, klub tomonidan amal­ga oshiriladi. So’nggi yillarda bunday mas’ul va yirik sport tadbirlarini tashkil qilish hamda ularni maqsaddagidek o’tkazish jamg’arma uyushmalari, homiylar tomo­nidan qo’llab-quvvatlanmoqda.
Sport markazlari faoliyati, asosan, sport inshootlari ma’muriyati, mas’ul jamiyatlar va sport klublari to­monidan boshqariladi. Umumiy rahbarlik sport uyushmalari, sport qo’mitalari tomonidan olib boriladi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonning katta sporti rivojiga bolalar va o’smirlar sport maktablari, maxsus olimpiya o’rinbosarlari sport maktablari hamda bilim yurtlari jamoalari o’z hissalarini qo’shmoqda. YOsh sportchilarni tarbiyalab voyaga etkazishda, ularning xalqaro sport maydonlariga qadam qo’yishlarida murabbiylarning xizmati g’oyat kattadir.
O’zbekistonning shon-shuxratini sport orqali jahonga yoyishda kurash, boks, tennis, shaxmat, sharqona yakka kurash va boshqa sport turlari bo’yicha sportchilar mardonavor mahorat ko’rsatmoqdalar. SHu sababdan ham O’zbekiston Prezidenti va hukumati sportni yanada rivojlantirish, ayniqsa, bolalar va o’smirlarning sport maktablari faoliyatini yanada yaxshilash zarurligini ko’zda tutib, qator farmonlar, qarorlar qabul kilmoqda. SHuningdek, tajribali murabbiylar va xalqaro sport musobaqalarining g’oliblari munosib ravishda taqdirlanmoqda. Bunday g’am-xo’rlik va e’tiborlar sport inshootlarini yanada kengaytirish, eng zamonaviy sport inshootlarida terma jamoalarning o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazish hamda musobaqalarni tashkil qilishga muhayyo qilib berilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga singdirish uchun respublika viloyatlarining markazlarida olimpiya o’rinbosarlari kollejlari tashkil etilmoqda. Ular terma jamoalar tarkibini to’ldirish bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport sohasida o’rta ma’lumotli mutaxassislar tayyorlaydi. Eng muhim tomoni shundaki, bu bilim yurtlariga ko’proq mahaliy xotin-qizlardan qabul qilish va ularni davr talablari, milliy qadriyatlar asosida tayyorlash ko’zda tutilmoqda. Bu esa, o’z navbatida, respublika terma jamoalarini mahalliy millat xotin-qizlari bilan ta’minlash hamda milliy sport turlari va xalq milliy o’yinlarini keng yoyish, ularni ommaviylashtirishga zamin tayyorlaydi.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish