Tashkilot ehtiyojlariga
– korxona maqsadi, amalga oshirilishi lozim bo’lgan
rejalar, imkoniyatlar va inson resurslarini boshqarish imkoniyati kiradi.
Shaxsiy ehtiyojlar esa
har bir insonda o’ziga xos bo’lib, boshqa xodimlarnikidan
farq qilib turadi. Ayrim xodimlar xavfsizlikka intilishadi, boshqalarini maosh, ayrimlari
obro’-e’tiborga qiziqsa, ba’zi birlari o’zini yanada takomillashtirishga intiladi. Tashkilot
va xodim manfaatlarining mosligi tashqi ishchi muhitga bog’liq. Tashkilot va xodim
ehtiyojlarini ifoda etuvchi doiralar hech qachon bir-biriga mutlaqo mos tusholmaydi,
ammo rahbar ularning o’zaro mos kelish darajasini iloji boricha ko’paytirishga intilishi
lozim. Ba’zi hollarda korxona manfaati xodim ehtiyojiga zid keladi va ikki doira bir-
biridan uzoqlashadi. Lekin rahbarning vazifasi iloji boricha bunday holni surunkali
darajaga olib bormaslik va har qanday sharoitda bu doiralarni bir-biriga yaqinlashtirish
yo’l-yo’riqlarini izlab topishdan iboratdir. Demak, xodimning yetakchi ehtiyojini
aniqlash rahbar oldida turgan vazifa bo’lib hisoblanadi va aniqlangan ehtiyoj
mazmuniga ko’ra aynan shu xodimga mos keluvchi vazifani, bajarishga moyilligi
bo’lgan tadbirni topib berish ushbu shartning asosini tashkil etadi. Aynan shu
mazmundagi bir qancha psixologik ta’limotlar borki, ular haqida bir muncha chuqurroq
bilimga ega bo’lish, xodimlarga individual yondoshuvni yanada takomillashtirishga va
ularni faollikka undashning yanada samarali uslublarini qo’llashga asos yaratadi. Aynan
shu jihatlar insonning missiya va e’tiqod qatlamlarida mujassamlashgan holda samarali
rahbarning negizini tashkil etadi. Rahbar e’tiqodining, yetakchi qadriyatining
jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy-siyosiy vazifalar bilan uyg’unlashganligi, uning faoliyati
samarasini belgilaydi. Shuning uchun boshqaruv lavozimiga kadrlarni qo’yish hamda
rahbar kadrlarni baholash jarayonida e’tiqod sohalarini birlamchi deb qabul qilinsa va
bu mezonga asosiy e’tibor qaratilsa, o’rinli bo’lardi. Demak, davr talabi bilan,
rahbarning siyosiy boshqaruvga qobiliyati dolzarb masalaga aylanadi.
Ulardan eng ahamiyatlisi sifatida quyidagi tahlil bayon etish mumkin. Shaxsdagi
barcha psixologik xislatlar va ijtimoiy sifatlar quyidagi tizim shaklida tasavvur etilishi
mumkin (4.3-rasm):
232
Tasvirlanganpiramidaningtarkibiy qismlarini qatlamlardeb, qabul qilsak,
yuqoridaturgantarkibo’zidanpastdajoylashganqatlamlardanshakltopadi.
Demak,
ushbutizimningbirinchipog’onasidaturgan
«xatti-harakatlar»
deb,
ataluvchiqatlambirlamchihisoblanadivauningasosidashaxsningyanadayuksakroqtarkibi
ysifatlarishakllanaboshlaydi.
Yuksakpog’onadaturuvchituzilmalarningsifativaifodalanishipastkio’rindagiqatlamlarsi
fatmohiyatibilanbog’langan.
Shunuqtainazardanqaragandainsondaavvalpastkiqatlamlar
(xatti-
harakatvaustanovkalar)
shakllanadi,
so’ngraularqadriyatlarningshakllanishigaasosbo’ladi,qadriyatlarnegizidainsonninge’tiq
odishakllanadivae’tiqodlarmajumasiinsonmissiyasiorqalibirlashadi.
Endi,
shufikrgaasoslanganholdayuqoridatasvirlanganpiramidaningtarkibiybo’laklari
(qatlamlari) ustidaalohidato’xtalibo’tamiz.
Missiya
– eng oliy maqsad bo’lib, inson butun umrini shu maqsadga intilish
uchun bag’ishlaydi. Odatda missiya shakllanishi va inson tomonidan anglanishi, uning
yetuk yoshlariga to’g’ri keladi. Missiya inson hayotining yo’nalishini ifodalaydi. Odatda
har bir inson hayotida o’z missiyasiga ega va hamma gap uni erta yoki kech
anglanishidadir. Psixologiya fanida katta o’rin egallagan gumanistik yo’nalish e’tirof
etadigan asosiy vazifalardan biri - insonga uning missiyasini anglashda yordam
berishdan iboratdir.
Mavzuimiz mazmunidan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash lozimki, har bir
rahbar o’z faoliyatini qanday missiya orqali ifodalanishini iloji boricha ertaroq anglab
olishi lozim. Masalan, missiya sifatida o’z xalqiga xizmat qilish, o’z vatanining ravnaq
topishida ishtirok etish yoki butun xatti-harakatini oilasi farovonligiga bag’ishlash kabi
sharafli burch bo’lishi mumkin. Albatta, bunday iboralar ro’yxati cheksiz va ular har bir
shaxs uchun individualdir. Shaxs o’z missiyasini nafaqat anglashi, balki, tashkilot
umumiy maqsadi bilan uyg’unlashtirishi lozimdir. Missiya o’z shakliga binoan aniq va
ravshan ifodalanishi, shaxsdan «tashqarida» joylashishi, ya’ni tashqi muhit
ob’yektlarida mujassamlashgan bo’lishi lozim (masalan, kasbiy yo’nalish, o’zgalar
manfaati, xizmat sohasi va h.k.). Missiya o’z mazmuniga ko’ra shaxs e’tiqodlaridan unib
chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |