Jismoniy madaniyat



Download 8,05 Mb.
bet90/534
Sana25.01.2022
Hajmi8,05 Mb.
#408721
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   534
Bog'liq
2 5278312741457630177

2)tekislash– bu nizolashuvchi tomonlardan birini mavjud holatga “ko`ndirish”, moslashtirish va shu yo`l bilan o`zining ham muayyan manfaatlarini himoya qilishdir. “Mayli men yutqazsam ham, sening ishing bitib keta qolsin” degan naqlda nizoga aralashgan shaxs vaziyatni yumshatishga erishadi, go`yoki “o`zni qurbon qilib” bo`lsa ham tomonlarning yarashib ketishi uchun barcha imkoniyatni yaratadi;

3)kompromiss – bu ochiq muloqot va vaziyatni, nizokashlarning xulq-atvori va fikrlarini muhokama qilish yo`li bilan ikkala tomon uchun ham mahqul bo`lgan yechimni qidirishdir. Bu usulning samaradorligi shundaki, nizoga aralashgan shaxs ikkala tomonning ham aybini, ular tomonidan yo`l qo`yilgan xatolarni ochiq, holis o`rtaga tashlaydi va eng mahquli – o`ar bir shaxs o`z burch va mashuliyatlarini taroziga solib olishlari ekanligini uqtiradi. Natijada ikkala tomonda xosil bo`lgan tanglik ma’lum ma’noda yumshaydi va oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati tug`iladi.


Nizokashlar janjal bo`lgandan ko`ra yomon bo`lsa ham bir qarorga kelinganligidan xursand bo`lib, o`z fikrlaridan ma’lum ma’noda qaytadilar, vaqt o`tgach esa vaziyat umuman yumshab, tomonlar yarashib ketishi mumkin(5.2-rasm).



Odatda oilaviy nizolarda kompromiss yo`lini tutgan oilaning katta a’zosi yoki erkak kishi nizoning oldini olishga erishadi, bunda biror tomonning “bir gapdan qolishi” katta rol o`ynaydi;

4)raqobat – odatda bir tomonning ikkinchisi ustidan ustun kelishi hisobiga boshqasining batamom yengilishini nazarda tutadi. Ya’ni, bunda “Men yutishim uchun sen mutloq yengilishing shart” degan tamoyil ustivor bo`ladi. Bunday usul albatta, psixologik nuqtai nazardan samarasiz va noto`g`ri bo`lsa ham, ayrim holatlarda masalaning aynan shu tarzda yechilishi boshqalarning iqtidori yoki irodasining kuchayishiga sabab bo`lishi mumkin. Masalan, oilaviy majoroda kelin agar nohaq bo`lib, yoshligi tufayli arazlab, barchaning dilini xira qilishi va ushbu vaziyatda baribir qaynonaning sabr bilan ustun kelishi, baribir aytganini qildirishi yosh kelinchakning kelgusini shu kabi xatti-harakatni boshqa qaytarmasligi uchun saboq bo`lishi mumkin;

5)hamkorlik – bu nizoni xal qilishning shunday usuliki, bunda ikkala tomonning shaxsiy manfaatlari nizoni keltirib chiqargan muammodan ustun qo`yiladi. Bunday holatlarda nizokashlar bir tomon manfaatining inobatga olinmasligi, ikkinchi tomonning boshqa manfaatini yerga urishini tushungani uchun ham  murosa yo`li to`g`ri ekanligi, yaxshisi mavjud muammmoni yechishga teng kirishish lozimligi fikriga kelib to`xtaydilar.

Shunday qilib, real hayotda nizoning kelib chiqishi, uning qanday kechishi va yechimi uni keltirib chiqargan vaziyatdan ham ko`ra, ushbu vaziyatda ishtirok etayotgan insonlarning unga nisbatan sub’yektiv munosabatlariga bog`liq bo`ladi. Tashkilot va ishlab chiqarishdagi nizolar kishilar kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi va ularning ish qobiliyatini pasaytiradi, jamoadagi «ruxiy iqlim»ni yomonlashtiradi, kadrlar qo`nimsizligini ko`paytiradi. Shuning uchun bu masalalarga doimo e’tibor berish, mehnat jamoalarini boshqarishni, kadrlar turg`unligini tahminlovchi shartlardan biridir. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar oldini olishning barcha imkoniyatlaridan foydalanish lozim.




Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish