Jismoniy madaniyat kafedrasi


Harakatlarni mustahkamlash va yanada



Download 0,59 Mb.
bet7/11
Sana26.03.2022
Hajmi0,59 Mb.
#511760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mamatkulova Nilufar Kurs ishi 26.02

Harakatlarni mustahkamlash va yanada
takomillashtirish bosqichi

O‘rgatishning bu bosqichi vazifasi olingan ko‘nikmani malakaga aylantirish, shuningdek, o‘rgatilgan harakatni har xil sharoitlarda qo‘llashning qo‘shimcha ko‘nikma va malakasini hosil qilishdan iboratdir. Jismoniy tarbiya jarayonining umumiy yo‘nalishiga qarab bu bosqichga ajratilgan vaqt har xildir. Ixtisoslashtirilgan tayyorgarlikning sport mashg‘uloti va boshqa shakllari bir necha yil davom etishi mumkin.


Mazkur bosqichda o‘rgatish jarayoni harakat malakasini rivojlantirishning ikki stadiyasini o‘z ichiga oladi: a) harakatning asosiy variantida ko‘nikmani mustahkamlash; b) bu harakatning qo‘shimcha variantlarida ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish.
Birinchi stadiyada o‘rgatiladigan harakat texnikasining asosiy variantiga mos keluvchi dinamik stereotip mustahkamlanadi, ikkinchisida bu asosiy stereotipga qo‘shimcha ravishda harakat texnikasining har xil variantlariga mos keluvchi, to‘ldiruvchi harakat reaksiyasi ishlab chiqiladi va mustahkamlanadi.
O‘rgatishning bu bosqichidagi xususiy topshiriqlar:
1) harakatli mashq texnikasini mustahkamlash bilan birga uning qismlarini yana ham aniq bajarishga o‘rgatish;
2) harakat texnikasi individual xususiyatining zarur darajada takomillashishiga erishish;
3) o‘zlashtirilgan harakatni har xil tashqi sharoitlarda va boshqa harakatlar bilan qo‘shilgan holda maqsadga muvofiq ravishda qo‘llashni ta’minlash;
4) harakatli mashqlarni maksimal darajada jismoniy kuch sarf etgan holda mukammal egallashni ta’minlashdan iboratdir.
Mazkur bosqichda o‘rgatish usuliyati ularni bajarishning yuqorida ko‘rsatilgan vazifalari va sharoitlariga muvofiq ravishda quriladi.
Harkat malakasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar – u juda oddiymi yoki murakkabmi – harakat elementlari kompleksi shartli reflekslardan iborat bo‘ladi. Odamlarning mehnat yoki sport faoliyatida harakat elementlarining ma’lum tartib bilan bir necha marta takrorlashi harakat reflekslarining ma’lum shakldagi zanjirini yuzaga keltiradi, bu reflekslar zanjiri harakatning dinamik stereotipi deb yuritiladi. Harakatning dinamik stereotipi yuzaga kelishi uchun harakat bir xilda, bir shaklda ko‘p marta takrorlanishi kerak.
Ekstropolyasiya organizmning harakat funksiyasi boshqarilayotganda yuzaga kelgan vazifalarni asab tizimida orttirilgan tajribalar asosida hal etish qobiliyatidir. Harakat ko‘nikma va malakalarining shakllanishi 23-chizmada keltirilgan.

23-chizma. Harakat ko‘nikmasi va malakasining shakllanishi.

Harakatni o‘rganayotib, odatdagidek, o‘quvchilar mashqlarni ko‘proq mukammal egallashga intiladilar. Mukammal egallash qo‘yilgan maqsadga eng kam kuch sarflash bilan erishishdir.


Harakatni o‘zlashtirish darajalari 24-chizmada keltirilgan.

Harakat faoliyatini shakllantirish tizimi.

24-chizmada harakatni o‘zlashtirishning to‘rtta darajada shakllanishi ketma-ketligi ko‘rsatilgan (bilimlar orqali ko‘nikmaga o‘tish, ko‘nikmadan malakaning tashkil topishi, malakadan ikkinchi tartibdagi malakaga aylanishi).

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish