X U L O S A
1.Jismoniy madaniyat sohasi mamlakatimizning eng muhim ijtimoiy sohalaridan biri bo‘lib hisoblanadi .Sababi, u kishilarni salomatligini saqlash , uzoq umr ko‘rishini ta’minlash , komil inson sifatida shakllanishiga yordam beradi.Sohani rivojlantirishda tayyorlanayotgan kadrlar va ularning sifati shubhasiz hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bugungi kunda respublikamizda Jismoniy tarbiya instituti, viloyatlardagi 16 ta jismoniy madaniyat fakultetlarida, shuningdek, Olimpia zahiralari sport kollejlari va pedagogika kollejlarining jismoniy tarbiya bo‘limlarida tayyorlangan 35 mingdan ziyod oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar sohada faoliyat ko‘rsatmoqda.
2. Tayyorlanayotgan mutaxassislar o‘rtasida ish qo‘nimsizligi mavjud. Buning turli xil sabablari mavjud. Ularning eng asosiysi kam haq to‘lanishi va b.
3. Keyingi yillarda respublikamizda xotin-qiz mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda.Har yili mingga yaqin oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan xotin-qiz jismoniy madaniyat mutaxassislari tayyorlanmoqda.
4. “Tayyorlanayotgan har bir mutaxassisning qalbida Vatanga muhabbat va milliy g‘urur bo‘lmasa, unday mutaxassisdan kelajakka ham, Vatanga ham hech qanday foyda yo‘q”. Muzaffar Sado.
5. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ,akademik litsey va kasb –hunar, shuningdek, ayrim oliy o‘quv yurtlarida jismoniy madaniyat mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoj mavjud.Ayniqsa shahar maktablarida jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga bo‘lgan ehtiyoj katta, o‘qituvchilar yetishmaydi.
6. Kadrlar tayyorlashda iqtidorni aniqlash, ularni jismoniy madaniyat mutaxassisligiga tanlash va yo‘naltirish ishlari muhim ahamiyatga ega. Bu kadrlar tayyorlash, ularni uzoq yillar davomida faoliyat ko‘rsatishining eng muhim asosidir. Jismoniy madaniyat , shuningdek, uning tarkibidagi sport faoliyati o‘ta og‘ir hisoblanadi.Shuning uchun, jismoniy madaniyatchi, sportchi,-degan kasbni joriy etib , ularga imtiyozli nafaqa tayinlash lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.
Abdumalikov R., Jismoniy madaniyat va sport ixtisosligidagi tala-balarni boshqaruvchilik faoliyatlariga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari, monografiya, T, O’zDJTI nashriyoti, 1994 yil.
Atoev A.Q., Farzandingiz barkamol bo‘lsin, ommabop kitob, T., Ibn Sino, 1990 yil.
Bobilev I, Konnie igrы, T, “Mehnat” , 1989 yil.
Jismoniy tabiya va sport lug‘ati, 1-2 jild, O’zDJTI nashriyoti, 1993.
Jismoniy tarbiya, sport va ma’naviyat, Res. Ilmiy-amaliy anjuman materiallari, 1-3 qism, T, O’zDJTI nashriyoti, 1995yil.
Maxkamjonov K.M. Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya, darslik, T, “O’qituvchi” , 1988 yil.
Yarashev K.D., Mamadiyorov A.Q. , Donolar jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush xaqida, T, “Bilim”, 1993 yil.
Qoraboev U. , O’zbekiston bayramlari, o‘quv qo‘l., T, “O’qituvchi” 1991 y
Qoraboev U. , Bo‘sh vaqt va dam olish madaniyati, T., “O’qituvchi” 1989 y
Kolbintsev A.V. V gorax Chimgana, T., “O’qituvchi” 1984 yil.
Mirsaidov M.S., Shokirov A.D, Fizkultura i sport v usloviyax rinka, T., “Uzbekistan” , 1992.
Omonjo‘lov T, Masterskie pamyatniki Tashkentskogo oazisa, avtoref., dis. Na sois. k.i.n., Leningrad, 1984.
Ostonov S., Sovrindorlar, T., “Yosh gvardiya”. , 1976.
Sobirova O.A., Suzish san’atini o‘rganish, T., 1992 yil.
Chernyavskiy V.D., Fizkultura va salomatlik, T. , Ibn Sino,
Salomova R.S. «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» T.: 2014.
Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi.
T.: “Iqtisod-moliya”, 2008.
Do'stlaringiz bilan baham: |