Iogann Genrix Pestalotssi (1776-1827) shveytsariyalik buyuk pedagog-demokrat. U tarbiya asosini odamning tabiiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan, tarbiya maqsadini odamning ma’naviy qiyofasini tarkib toptirishdan iborat, degan. Uning fikrieha, tana faoliyati harakatlarda namoyon bo‘ladi, harakatlar esa boginlar tuzilishi va harakatchanligiga bog‘liqdir. U bo‘g'inlar uchun gimnastika element larini ishlab chiqdi. Bunda barcha harakatlar o‘z mazmunini topgan edi. Pestalotssi elementar gimnastikani o‘ziga xos «mehnat malakalari alifbosi», ya’ni ko‘tarish, irg‘itish yoki uloqtirish, aylantirish, urish va h.k. qilishga o‘rgatish zarur, deb hisoblagan.
asrning 70-80-yillarida Germaniyada yangi yo‘nalishdagi maktablar paydo bo‘lgan. Bu filantroplar (insonparvarlar) ochgan maktablar edi. 0 ‘qituvchilar bunday maktablarda akademistlar, peda- gogistlar va famulyantlar kabi guruhlarga bo‘lingan. Akademitslar - aslzodalar, pedagogistlar - amaldorlar, famulyantlar mehnatkash- laming farzandlari bo‘lgan. Bunday tartib filantroplaming feodal tabaqachilik tartiblariga qarshi emasligidan dalolat berar edi.
Filantropin maktablaridagi gimnastikaning mashhur rahbarlari Gerxard Fit (1763-1836) va Iogann Guts-Muts (1759-1839) boigan edi. G.Fit «Jismoniy tarbiya ensiklopediyasi tajribalari» nomli uch tomli kitob yozdi. Kitoblarda jismoniy tarbiyaning qadimgi va o‘sha davrlardagi tarixi, uning tarbiyaviy mohiyati aks ettirilgan. I. Guts- Muts «Yoshlar uchun gimnastika» kitobini yozgan (1713). Bu kitobdan Yevropa davlatlarida keng foydalanganlar.
Iogann Guts-Muts o‘z kitobida jismoniy tarbiyaning nazariy va amaliy jihatlari, ayniqsa, mashqlaming aniq tasviri va ulaming qoMlanish usullari bilan qo‘shib bergan edi. Guts-Muts tasvirlagan gimnastik mashqlarga kurash, yugurish, sakrash, uloqtirish, irg'itish, suzish, arqon, langarcho‘p bilan sakrash va daraxtlarga osilib- tirmashib chiqishga doir mashqlar hamda qo‘l mehnati, o‘yinlar kiradi. Jismoniy tarbiyaning pedagogik nazariyasi bu davrlarda turli xilda mavjud bo‘lgan.
Gimnastika tizimlari. XIX asrda iqtisod, siyosat, fan va texnjkaning rivojlanishi natijasida jismoniy madaniyat ham rivoj topgan. Ayniqsa, harbiy; tayyorgarlikda jismoniy tarbiya vositalari maqsadli ravishda qo‘liana boshlangan. Gimnastika tizimi uchun oddiy mashqlargina emas, yengil atletika, suzish; boks, qilichbozlik, harbiy qurollardan otish va boshqa ko6p mashqlar asos qilib olingan. Bunday tizimlami ishlab chiqish va amalda qo`llash ishlariga mutaxassislar o‘z hissalarini qo‘shganlar.
Nemis gimnastika tizimi. 1810-yilda Berlinda «Pestalotssi do‘stlari jamiyati» qoshida birinchi gimnastika to‘garagi tashkil topgan. Fridrix Yan (1778-1852) yoshlar harakatiga boshchilik qil- gan. 1811-yiIda Berlin yaqinidagi joyda gimnastika maydoni tashkil qilingan edi. Bu joyda gimnastika asbob-uskunalari o‘matilgan. 1812- yilga kelib, to‘garak qatnashchilari soni 500 kishiga yetgan. Ulaming mashg‘ulotlarida gimnastika va harbiy sayohat mashqlariga keng o‘rin berilgan. Fridrix Yan «Gimnastika» so‘zini «Tumkunst» (epchillik san’ati), shug‘ullanuvchilarni esa tumerlar deb nomlagan. Keyingi yillarda tumerlar harakati ancha susaydi. 1862-yilda barcha tumerlar jamiyatlari Umumgermaniya gimnastika ittifoqiga (Doyehe Tumershaft) birlashgan edi. Ulaming gimnastika tizimida mashqlami o‘rgatish usullari, mashqlar tasnifi, anatomik-flziologik xususiyatlari, yuklanma berish me’yorlari bo‘yicha yagona talab yo‘q edi.
Shved gimnastika tizimi. Per Ling (1776-1839) Shvetsiya hukumatining taklifiga ko‘ra, Germaniya va Daniyada jismoniy tarbiyaning ahvoli bilan tanishib chiqib, o‘z mamlakatida shved gimnastika tizimi asoslarini yaratgan.
Per Ling 1813-yilda Stokgolmda gimnastika institutini tashkil etgan. Gimnastikaning to‘rt turini - harbiy gimnastika, pedagogik gimnastika, davolash gimnastikasi va estetik gimnastikani alohida ajratgan. Bu turlar maktablarda ham o‘rgatila boshlangan. Per Lingning o‘gli Yalmar Ling (1820-1886) boshchiligida gimnastika asboblari takomillashtirilgan, gimnastika devorchasi, gimnastika skameykasi, uzun kursilar, langar cho‘plar, gimnastika narvonlari, arqonlar va boshqa turli xil yangi jihozlari yaratilgan. Shvedlaming gimnastika tizimi ko'pgina Yevropa mamlakalari, hatto Amerikada ham keng qo‘llanilgan.
“Gimnastik mashqlaming har xil konsepsiyalariga qisman ctsoslangan ikkita eng kuchli sport madaniyati о ‘n to ‘qqizinchi asr davomida Germaniyada va Shvetsiyada paydo bo'ldL U, Germaniyada Turnen jamiyatlarida о csgan va ulaming asoschisi Fridrix Yan snaryadlar bilan mashqlami kiritgan.
Fridrix Yan shakllantiruvchi ta ’sir ko ‘rsatgan Germaniya gimnastikasining otasi logann Guts-Muts, о zining “Gymnastik fu r Jugend” (1793 y.) kitobida qadimgi о ‘yinlam i bayon qilgaru
Shvetsiya gimnastikasining asoschisi Ling bo 'lib, u, uyg'unlikda ikki sportchi bajaradigan (unison) erkin mashqlaming rivojlanishiga ко ‘maklashgan. Gimnastikaning ushbu ikkita varianti, 1840-yillarda Angliyaning davlat maktablarida rivojlanishi boshlangan sport madaniyati va о y‘ in turlari bilan bir qatorda asrning о ‘rtasida, sport mashqlarida uchta asosiy Yevropa cm’analarini shakllantirgan”?
Fransuz gimnastika tizimi. Fransiyada hukumat tomonidan mamlakatda gimnastika joriy qilish ishlari polkovnik Fransisko Amorosga (1770-1848) yuklatilgan edi. Fransisko Amoros 1817-yilda harbiy gimnastika maktabini tashkil qilgan. Uning «Jismoniy, gimnastika va axloqiy tarbiyaga doir qo'llanma» (1830) kitobi barcha maktablarga joriy etilgan.
«Sokol» gimnastika tizimi. Chexiyada XIX asrning 60-yillarida
«Sokol» gimnastika harakati vujudga kelgan. «Sokol» gimnastika- sining muallifi, mashqlaming asosiy texnikasi va usullarini ishlab chiqqan mutaxassis, estetika professori Miroslav Tirsh (1832-1884) bo‘lgan.
1871-yilda chexiyada 130 ta «Sokol» jamiyati mavjud bo‘lgan. Jamiyatda chex jismoniy tarbiyasining milliy tizimi tarkib topib, aynnijihatlari nemis gimnastikasiga o‘xshagan.
Tizimda mashqlaming gavdaga ta’siri emas, balki bajariladigan harakatlarga ko'proq e’tibor berilgan. Keyinchalik gimnastika mashqlarining odam sog‘ligiga va uning irodasiga bo‘lgan ta’sirini e ’tirof etib, kitoblar yozishgan. Lekin ularda o‘qitish usullari o‘z ifodasini topmagan.
«Sokol» gimnastikasi nemis gimnastikasiga nisbatan ancha boy va uslubiy jihatdan ancha mukammal bo‘lgan. 0 ‘qituvchilar ba’zi mashqlami o‘n martalab takrorlash o‘miga murakkab mashqlar maj- muini bajartirish yoMlariga o‘tganlar. Chexlar saf mashqlari va kiyimlarga juda katta e ’tibor berishgan. Gavda hamda oyoqlaming nozik, aniq va tashqi ko‘rinishi go4zal harakatlarigina anialda qoila- nilgan. Gimnastikada har xil buyumlardan: tayoqlar, sharflar, qadimiy qurol turlari nayzalar, qalqonlar va h.k.dan foydalanishgan. Tumik, bruss, konda bajariladigan mashqlar, shuningdek, erkin mashqlar musiqa jo ‘rligida bajarilib, turli buyumlar yordamida ijrb etiladigan mashqlar, piramidalar, akrobatika mashqlari sinchiklab ishlab chiqilgari.
«Sokol»’ gimnastikasida mashqlar quyidagi to‘rt guruhga ajratilgan: asboblarsiz bajariladigan mashqlar - erkin mashqlar va h.k.; asboblarda bajariladigan mashqlar - buyumlar bilan va asboblar ustida bajariladigan mashqlar; guruh bo‘lib bajariladigan mashqlar — piramidalar, o‘yinlar; harbiy mashqlar - qilichbozlik, kurash, mushtla- shish mashqlari.
Yangi davrda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida milliy gimnas- tika tizimining pedagogik, uslubiy va tashkiliy asosiari yuzaga kelgan. Sport o‘ymlari tizimi. Sport o'yinlari tizimi gimnastika tizimi qatorida jahondagi juda ko‘p mamlakatlarda tashkil topgan. Ulaming tashkiliy va uslubiy shakllari o‘ziga xos tamoyillarda tarkib topdi. Uning asosida musobaqalar uchun mo`ljallangan va yaxshi natijalarga erishishni ko`zda tutgan mashqlar ifodalangan edi. Tizim turli mamlakat xale[larining turmush sharoitida uchraydigan xilma-xil mashqlar va 6 ‘yinlami o‘zida mujassamlagan. Shimoliy mamla katlarda chang‘ida va konkida uchish musobaqalari o`tkazilgan. Shahar va qishloqlaming aholisi orasida otda yurish, qilichbozlik, golf o‘yini, kriket, kamon va to‘pponchadan o‘q otish, turli xil ovlar keng rivojlangan.
Ko‘pgina davlatlarda o‘quv yurtlari —universitetlar, maktablar, kollejlar tashkil qilinib, ularda akademik sport va sport o‘yinlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilgan.
Buyuk Britaniyada sport o‘yinlari tizimi. XVII asr o‘rtalarida Buyuk Britaniyada iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanish yuzaga kelib, u yirik kapitalistik mamlakatga aylangan. Shu tariqa Buyuk Britaniyada boshqa mamlakatlarga nisbatan awalroq sport o‘yinlari tizimi shakllangan edi.
Buyuk Britaniya boshqa mamlakatlami bosib olish, mustamlakachilik yo‘li bilan o‘z boyligini oshirish va davlatni mustahkamlashga erishgan. Bunda ulkan dengiz floti va harakatchan ekspeditsiya bo`limlari muhim rol o`ynagan edi. Ular kollejlar, universitetlar va harbiy o’quv yurtlari bitiruvchilaridan shakllangan .
Buyuk Britaniyada sport o `yinlari tizimining asoschisi Regbi shahridagi kollej direktori pedagog Tomas Arnold (1795-1842) bo'lgan. U o‘z faoliyatida o`quvchilaming harakatchanligi va faolligini rivojlantiruvchi, qiyin sharoitlarga tezda mo'ljal olish, qo'rqmaslikni tarbiyalovchi sport turlariga katta e’tibor bergan. Sport o'yinlari tizimiga yengil atletika, boks, eshkak eshish, suzish, regbi, fiitbol, kriket kabi sport turlari kiritilgan. Uning ta’limoti va tizimi mamlakat va chet ellardagi o‘quv yurtlarida keng qo’llanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |