Jismoniy madaniyat fakulteti


Mustaqil O’zbekiston Olimpiadachilari



Download 84,5 Kb.
bet4/5
Sana27.06.2021
Hajmi84,5 Kb.
#102798
1   2   3   4   5
Bog'liq
191 Bahrom

Mustaqil O’zbekiston Olimpiadachilari

O’zbekiston hali XOQ tarkibiga rasmiy ravishda a’zo bo’lmaganligi va sobiq ittifoq o’rniga mustaqil davlatlar hamdo’stligining ( MDH – SNG ) terma jamoalari tarkibida ishtirok etgan edi.

Olimpiya o’yinlarida yurtimizning 17 nafar sportchisi muvaffaqiyatli qatnashdi . O.Chusavitina va Rozaliya Galiyevalar jamoa tarkibida chempion unvoniga erishdi . Yengil etletikaning estafeta ( 4 x 100 ) turida qatnashgan M.Shmonina oltin medalga sazovor bo’ldi . S. Sirsov og’ir atletika bo’yicha ikkinchi o’ringga erishdi .O’q otish sport turida ham A.Asroboyev kumush medalni egalladi . Qilichbozlikda V.Zaharyevich bronza medalini olishga muvaffaq b o’ldi.

Medal nasib etmagan bo’lsada D. Polyunin , V.Zaysev , R.Ganiyev , S.Usov ( yengil atletika ) A.Tyurin va I. Kirsov , ( grebli ) chim xokkey bo’yicha , A.Krasnayarsyev , I.Mullajonov , A.Domashov , kabilar yaxshi natija ko’rsatdi. Olimpiada qatnashchilarini respublika sport jamoatchiligi qizg’in kutub oldi va ular taqdirlandilar .

Shuni ham ta’kidlash lozimki , 1994 – yil fevralda XVII qishki olimpia o’yinlari respublikamiz sportchilari mustaqil ravishda birinchi marotaba qatnashdi . Unda changi’ida akrobatik sakrash bo’yicha hamyurtimiz L.Cheryozova yana bir bor o’zining mahoratini ( u jahon chempioni hamdir ) namoyish qilib , oltin nishonn sovrindori bo’lib O’zbekiston bayrog’ini baland ko’tarish va respublika madhiyasining jaranglashini ta’ minladi . Bu xizmatlari uchun L. Cheryozova O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning fahriy yorliq va qimmatbaho mukofotlariga sazovor bo’ldi .

X.Samaranch 1994 – yil aprelida Toshkentga tashrif buyurgan Xalqaro Olimpia Qo’mitasining prezidenti Respublika Prezidenti I.A.Karimovning tabrik va olqishlariga sazovor bo’ldi. O’zbekiston sportchilari mustaqil jamoa sifatida 1996 – yil XXVII olimpiada o’yinlarida ( Atlanta , AQSH , ) birinchi marta qatnashdi. Unda 76 nafar sportchilar ishtirok etdilar va 13 sport turida 17 kishi yengil atletika , 12 kishi suzishda 10 kishi boks va dyuzo-doda 7 kishi erkin kurashda 6 kishi grek- rum kurashida 4 kishi og’ir atletikada 5 kishi gimnastikada 2 kishi ( 1 ayol , 1 erkak ) tennisda 2 kishi o’q otish velosport qilichbozlikda bittadan sportchilar qatnashgan edilar.

Ular shahar va viloyatlar miqyosida ko’rib chiqilsa : Toshkent – 37 Qoraqalpog’iston- 1 Toshkent viloyati – 14 andijon – 5 Samarqand -6 Farg’ona – 6 Navoiy – 5 Buhoro – 2 Sirdayo – 2 Qashqadaryo – 1 Xorazm-1 tadan to’g’ri keladi . Qolgan viloyatlarda esa sportchilar ishtirok etmadi .

O’zbekiston medallar soni bo’yicha 197 mamlakat ichida 58 – o’rinni egalladi. A.Bagdasarov dyuzu – do kurashi bo’yicha ( 68 kg ) kumush medaliga sazovar bo’lgan bo’lsa , Karim To’laganov esa boks bo’yicha ( 71 kg ) bronza medalini yurtimizga hadya qildi . Dyuzu – dochi V.Shmakov 7- o’rinni egalladi . Boshqa sport turida ham sportchilarimiz yaxshi natijalarga erishdib kuchli o’nlikdan joy olishga muvaffaq bo’lganlar.

Respublika hukumati olimpia qatnashuvchilarni orden va medallar bilan mukofatladi . ‘’ Mehnat shuhrati ‘’ ordeni bilan A.Bagdasarov va K.To’laganov , ‘’ Do’stlik ‘’ ordeni bilan N.Atayev , R.Ganiyev , O.Chusovitina , D.Yurbekov , ‘’ Shuhrat ‘’ medali bilan Sh . Ahmedov , A.Ochilov , D.Zahardinov , A.Sturababinlar tagdirlandi .

Murabbiylardan S.Kuznetsova ( gimnastika ) X.Muhammedov ( boks ) V.Pyatayev kabilar fahriy yorliq bilan mukofatlandi .

Navbatdagi olimpia o’yinlariga tayyorgarlik ishlari eng avvalo o’tgan o’yinlardagi xato va nuqsonlarni tugatish , egallagan tajribalarni keng qo’llash bilan amalga oshirildi . Sportchilarni Sidney ( Avstraliya ) da bo’ladigan XXVII olimpia o’yinlariga tayyorlashni yaxshilashga qaratilgan Prezident farmoni ( 2000 – yil 7- iyun ) e ‘ lon qilindi . G’oliblikni qo’lga kiritish uchun astoydil g’ayrat ko’rsatishga da ‘ vat etuvchi mukofotlar ta’sis etildi , ya ‘ ni oltin medal uchun 100 ming , kumush medal uchun 50-ming , va bronza medali uchun 25 ming Amerika dollori belgilandi . Bu o’z navbatida murabbiylarning g’ayratini oshirib yubordi .

Uzoq qit ‘ adagi ( Avstraliya ) Sidney shahrida XXVII olimpia o’yinlari 2000- yil 15 – sentabrda 1 – oktabrgacha davom etdi . Bu o’yinlar XX asrning so’nggi o’yini va olimpiya o’yinlari tarixida esa eng ko’p sportchi qatnashganligi ( 199 ) mamlakatdan ( 11147 kishi ) bilan tilga olinadi .

Bu o’yinlarda O’zbekistondan 125 kishi shundan 77 nafar sportchi ishtirok etdi . Ular sportning 13 turida qatnashdi .

Sportchilarni tayyorlashda ‘’ Dinamo ‘’ ( 18 ) barcha medallilar ular hisobida MHSK ( 26 ) , ‘’ Yoshlik “ ( 12 ) kasaba uyushmalari sport jamiyati ( 21 ) katta hissa qo’shdilar . Boshqa viloyatlar safiga Jizzax va Namangan viloyatlari ham o’z sportchilarini qatnashtirish bilan qo’shildi . Umumiy medallar soni bo’yicha O’zbekiston 41 – o’rinni egalladi . Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida esa 7 – o’rinda edi .

Boks bo’yicha sportchilarimiz g’oyat qattiq kurash olib borishdi . Muhammadqodir Abdullayev ( Andijon ) oltin medal sovrindori bo’ldi . Kumush medal sovrindori esa erkin kurashchi Artur Taymozovga nasib etdi . Bokschilar Sergey Mixaylov ( Andijon ) va Rustam Saidov ( Toshkent )lar bronza medallarini egallashga muvaffaq bo’ldi .

Takidlash joizki , uzoq Sidneydan kelgan g’alaba haqidagi xabarni eshitib , Prezidentimiz I.A.Karimov tabrik telegrammasini yubordi . Uni olgan M. Abdullayev qayta – qayta o’qib chiqib , o’z minnatdorchiligini prezidentga izhor etgan .

O’zbekiston qishki sport turlari bo’yicha ham o’z jamoalarini tayyorlashni davom ettirdi . 1998 – yil XVIII qishki olimpiya o’yinlari Nagono shahrida o’tkazildi . Unda 72 ta davlat vakillari ishtirok etishdi . O’zbekistolik sportchilar 13 kishidan iborat edi . Ular 14 turdan 3 tasida qatnashdi . 32 mamlakatdan qatnashgan 30 nafar figurali uchish turida T.Malinina 8- o’rinni egalladi . Chang’ida akrabatik sakrash

( fristayl ) turida . L.Cheryozova 24 sportchi ichida 13- o’rinni egallaydi .

Bunda uning avvalgi olgan jarohat asoratlari o’z ta ‘ sirini ko’rsatgan edi . U erkaklar orasida 19 – o’rinda edi .

Sovrindor olimpiadachilar haqida so’z yuritilsa quyidagi ma ‘ lumotlarga ega bo’lish mumkin , ya ‘ ni : 1994 – yil XXVII qishki olimpiada , Cheryozova . L 1 – o’rin .

1996 – yil XXVI yozgi olimpiada , ( AQSH ) : A . Bagdasarov dzyu – doda 2- o’rin , K.Tolaganov boks , 3 – o’rin .

2000 – yil XXVII yozgi olimpiada , ( Avstraliy ) : M.Abdullayev boks , 1 – o’rin ; A.Saidov boks , 3- o’rin .

2004 – yil XXVIII yozgi olimpiada , ( Gretsiya ) ; A . Doktorashvili Yunon- Rum kurashini , 1 - o’rin ; A . Taymozov erkin , 1 – o’rin ; M. Ibragimov erkin kurash , 3 – o’rin ; O’. Haydarov boks , 2 – o’rin ; B.Sultonov boks , 3 – o’rin.

Respublikamiz olimpiadachilari imkon darajasida yurtimiz shon – shuhratini baland ko’tarib kelmoqda . Xalqaro sport maydonlarida ishtirok etishlarini ta ‘ minlash uchun nufuzli va nodavlat maqomiga ega bo’lgan Milliy Olimpiya Qo’mitasi ( MOQ ) 1992 – yilda ta ‘ sir etildi .Bunday faoliyatlarni to’la amalga oshirish yo’lida O’zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari ( 1993 , 1996 , 1998 , 1999 , 2000 , 2002 , 2003 – yil va hakozo ) qabul qilindi . Bunda “ O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to’g’risida ‘’gi qaror ( 1999 – yil 27 - may ) mazmun mohiyat jihatidan muhim ahamiyatga ega bo’lishi bilan bir qatorda kelajakda buyuk burulishlar yashash , yoshlarni ma ‘ naviy va jismoniy barkamollikka erishtirish , aholining salomatligini doimiy ravishda muhofaza qilish yo’lida eng zarur omil bo’lib xizmat qilmoqda .

XULOSA

O'zbekiston xalqlari tarixida inson umumiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida jismoniy madaniyat va sport salmoqli o'rinlardan birini egallashi bilan u jamiyat rivojida o'ziga xos tarzda namoyon bo'lmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, mustaqillikning mazmunini sport orqali kengaytirish hamda boyitishga Respublika Prezidenti I.A.Karimov hamda O'zbekiston Respublika' Vazirlar Mahkamasi ko'plab nazariy, tashkiliy, moddiy tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.



Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, sog'lom avlod davlat dasturi asosida aholining, ayniqsa, o'quvchi yoshlar va talabalarning jismoniy barkamolligini ta'minlash, ularning kasb-hunar egasi bo'lishi, buyuk kelajakda ona Vatanini himoya qilish kabi keng qamrovli va o'ta mas'uliyatli faoliyatlarida dolzarb vazifa qilib qo'yilmoqda. Bu yo'lda xalqimiz va yurtimiz tarixini qunt bilan o'rganish, ijobiy xususiyatlarni milliy qadriyatlarga qo'shib, ulaiga amal qilishda jismoniy tarbiya va sportning muhim o'mi bor.

Arxeologik topilmalar, baland qoya-toshlarga bitilgan suratlar, «Avesto» diniy ma'rifiy kitob, «Alpomish», «Go'ro'g'li», «Qirqqiz» kabi xalq og'zaki ijodi durdonalari, «Shohnoma», «Manas», «Xamsa» kabi adabiy durdonalari, sharqning buyuk allomalaridan Abu Ali ibn Sino va boshqa mutafakkir donishmandlaming boy tarixiy meroslari mazmunlarida jismoniy madaniyatning salomatlik, jismoniy chiniqish kabi tomonlari o'z ifodasini topgan. Bu, o'z navbatida, jismoniy madaniyatning tarixiy jarayon va ta'lim- taibiyaning asosiy mazmunlaridan biri ekanligi haqida shahodatdir.

Ta'kidlash lozimki, so'nggi yillardagi (1996, 2000, 2004) olimpiya o'yinlari o'tgan davilardagiga nisbatan ommaviyroq (qatnashchilar soni) hamda ochilish marosimlarining jozibali, qiziqarli bo'lishi bilan jahon xalqlari e'tiboriga sazovor bo'ldi.

Futbol, boks, yengil atletika, gimnastika, suvda suzish, sport kurashlari va boshqa sport turlari bo'yicha Markaziy Osiyo, Osiyo o'yinlari hamda jahon birinchiliklari juda qiziqarli ravishda tashkil qilinmoqda.

Sportni ommalashtirish, ularni yoshlar va mehnatkashlarning sog'lom turmush tarziga singdirishda ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, televideniya katta xizmat qilmoqda.

Yuqorida qayd etilgan tadbirlar va jarayonlar O'zbekiston sharoitida ham yangi mazmun hamda mohiyat jihatdan katta o'rin egallab keldi, ayniqsa, mustaqillik yillarida sportni yuqori pog'onaga ko'tarishda juda ko'p tadbirlar amalga oshirildi. Ular orasida «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonunning qabul qilinishi (1992), O'zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo'mitasining ta'sis etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Respublikamiz sportchilari Markaziy Osiyo, Osiyo o'yinlarida ishtirok etib, peshqadamlar safida dadil bormoqda. Shuningdek, olimpiya o'yinlarida (XXVI, XXVII, XXVIII) mustaqil jamoa sifatida qatnashib, munosib sovrinlaiga ega bo'ldi.

Hukumatimiz milliy qadriyatlami tiklash, o'quvchi yoshlarni ma'naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalash, iqtidorli bolalarni sportga jalb etish, ulaiga zarur shart- sharoitlar yaratib berish, ayniqsa, spoit inshootlarini xalqaro andozalaiga mos ravishda qurishni amalga oshirmoqda.

Aholining sihat-salomatligini yaxshilash, o'quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish borasida sog'lom avlod davlat dasturi, davlat ta'lim standartlari, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarining joriy etilishi diqqatga sazovordir. Shuningdek, xalq milliy o'yinlariga bag'ishlab o'tkazib kelinayotgan «Alpomish o'yinlari», «To'maris o'yinlari»ning respublika festivallari milliy qadriyatlami tobora kengaytirishning ramziga aylandi. Maktab o'quvchilarining «Umid nihollari», kasb-hunar kollejlari o'quvchi-yoshlarning «Barkamol avlod», Oliy o'quv yurtlari talabalarining «Universiada» o'yinlari va boshqa ko'p bosqichli sport musobaqalari an'anaga aylandi.

O'quvchi yoshlaming jismoniy tarbiya ta'limini chuqur egallashlari, iqtidorli sportchilar, mutaxassis xodimlarning ilmiy-nazariy bilimlarini boyitish yo'lida xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlar o'tkazilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar, amaliy tajribalaming natijalari asosida darsliklar, o'quv-uslubiy qo'llanmalar, ommabop risolalar nashrdan chiqarilmoqda.

Onalik va bolalikni himoya qilish, «Sog'lom ona-sog'lom bola» ruknida tibbiyot sohasidagi xodimlar, xotin-qizlar qo'mitalari «Otam, onam va men», «Oilaviy sport», «Sog'lom oila» kabi jismoniy tarbiya va sport tadbirlaridan maqsadli foydalanmoqda.

O'zbekistonning shon-shuhratini jahonga yoyishda milliy kurash bo'yicha jahon birinchiliklarining tashkil etilishi (1999—Toshkent, 2000-Turkiya, 2001-Vengriya, 2002- Armaniston, 2005—Toshkent) muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Pirovardida ta'kidlash lozimki, jismoniy madaniyat va sport tarixi fani o'quvchi yoshlar hamda talabalarning dunyoviy bilimlarini chuqurlashtirishda, ularni bo'lajak kasb mahoratlarini egallashlarida katta ahamiyat kasb etib kelmoqda.




Download 84,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish