3.Yangi mavzu bayoni:
Quvvat va uning birliklari
Bir xil mexanik ishni turli mashina turlicha \ aqtda bajarishi mumkin. Masalan, yerda turgan 101 g'ishtni 20 m balandlikka kichik kran besh marta ko'tarib 15 minutda, katta kran esa bir marta ko'tarib J minutda olib chiqishi mumkin. Bunda ikkala kran bir xil ish bajardi, lekin uni bajarish uchun turlicha vaqt sarfladi.
Mashina, dvigatel va turli xil mexanizmlarning ish bajara olish lmkoniyatini taqqoslash uchun quwat deb ataladigan fizik Vattalik kiritilgan. Bir xil ishni bajaruvchi mashinaiardan qaysi biri shu ishni qisqaroq vaqt ichida bajarsa, shunisi quwatliroq bo'ladi. Mexanizmning quvvati vaqt birligida bajargan ishi bilan ifodalanadi.
Xalqaro birliklar sistemasida quwat birligi qilib vatt (W) olingan. 1W — bu 1 s ichida 1 J ish bajaradigan qurilmaning quwati qabul qilingan. Bu quwat birligining nomi bug' mashinasini ixtiro qilgan ingli/ olimi Jeyms Vatt (Watt) sharafiga qo'yilgan.
Amalda quvvatning hosilaviy birliklari — millivatt (rr.W), gektovatt (gW), kilovatt (kW), megavatt (MW) ham qo'llaniladi. Quwatning asosiy va hosilaviy birliklari orasidagi munosabat quyidagichadir:
1 mW = 0,001 W
1 gW = 100 W
1 kW = 1000 W
1 MW = 1 000000W
Quvvat ish va vaqt kabi skalyar kattalik.
Quwat formulasidan ma'lum vaqt ichida bajarilgan ishni topish mumkin:
A= Nr.
Bu formula ish va energiyaning yana bir birligini kiritishga imkon beradi. Ish birligi q i b 1 W quwatli mexanizmning 1 s davomida bajaradigan ishini olish mumkin. Bu birlik vatt sekund (W • s) deb ataladi. Amalda ish va energiyaning kilovatt-soat (kW ■ soat) va megavatt-soat (MW • soat) birliklari ham ko'p qo'llaniladi. Ish va energiyaning asosiy birligi bilan bu birliklar orasidagi munosabat quyidagicha bo'ladi:
1 kW • soat = 3,6 ■ 106 J,
1 MW • soat = 3,6 ■ 109 J.
Quvvat, kuch va tezlik orasidagi munosabat
Transport vositalari ko'pincha o'zgarmas tezlik bilan harakatlanadi. u tezlik bilan to'g'ri chiziqli tekis harakat qilayotgan avtomobil t vaqt davomida s = vt masotani bosib o'tadi. Avtomobil o'zgaimas tezlik bilar. harakat qilishi uchun uni harakatga keltiradigan motorning F kuchi ta'sir etib turishi kerak. Bu kuch avtomobilning harakatiga qarshilik qiladigan kuchlarga (turli ishqalanish kuchlariga) moduli jihatidan teng va qarama-qarshi yo'nalgan. Shuning uchun avtomobil 5 masofani bosib o'tganda uning motori bajargan ish A = Fs = Fvt ga teng bo'ladi. Agar A = Nt ekanlig.ni hisobga olsak, quvvatning quyidagi formulasi kelib chiqadi:
N= Fv.
Bu formuladan ko'rinadiki, motorning quwati qancha katta boisa. avtomobiining tezligi ham shuncha katta bo'ladi. Shuning uchun katta tezlikda harakat qiladigan samolyot, poyezd, avtomobillarga katta quvvatli motorlar o'rnatiladi.
Yuqoridagi formuladan yana shuni anglash mumkinki, motorning quwati o'zgarmas bo'lganda tezlik qancha katta bo'lsa, kuch shuncha kichik bo'ladi. Shuning uchun qivalik bo'yicha tepalikka chiqishda avtomob-lning tortish kuchini oshirish uchun tezlik kamaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |