Qo'shimcha masalalar. Aravacha gorizontal sirtda 0,5 mis tezlik bilan harakatlanyapti. Unga o'sha yo'nalishda 1,5 mis tezlik bilan harakatlanayotgan ikkinchi aravacha uriladi. Urilgandan keyin ikkala aravacha ham 1 mis bo'lgan bir xil tezlik bilan avvalgi yo'nalishda harakatini davom ettiradi. Bu aravachalar massalarining nisbatini toping.
Aravacha gorizontal tekislikda 30 smls tezlik bilan harakat qilib borayotganda massasi uning massasiga teng bo'lgan tinch turgan boshqa aravachaga borib uriladi. To'qnashish natijasida harakatlanib borayotgan aravacha to'xtaydi. Zarb yegan aravacha qanday tezlikda harakat qilishini aniqlang.
O’quvchilarni baholash.Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: “Harakat qonunlari” bobini takrorlab kelish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
26-dars Sana: 7-sinf Mavzu: 3 –nazorat ishi Darsning maqsadi. a) Ill bobda o'tilgan mavzularni takrorlash hamda 15—17-darslarda o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish.
b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, mustaqil ishlashga o’rgatish
d) O’quvchilarning xotirasini mustahkamlash, nazariy bilimlarni tadbiq etish
Darsning turi: bilimlarni sinash
Dars uslubi: test
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Darsning borishi a) Tashkiliy qism O’quvchilar davomatini aniqlash
Dars rejasi: Tashkiliy qism (2 minut).
15—17-darslarda o'tilgan mavzularni suhbatlashish orqali qisqacha takrorlash (10 minut).
Test topshiriqlari ustida ishlash (20 minut).
Test sinovini o'tkazish (10 minut)
Uyga vazifa berish (3 minut).
Dars jarayonini tashkil etish rejasi.
15—17-darslarda o'tilgan mavzular bo'yicha suhbatlashish. Suhbatlashish jarayonida faol ishtirok etgan o'quvchilarni baholash.
Suhbatlashish chog'ida o'quvchilar noaniq fikr yuritgan savol-javoblarga aniqlik kiritish, o'quvchilarga tushunarsizroq bo'lgan mavzularning eng muhim joylarini takrorlash.
Darslikning III bobi yakunida berilgan test topshiriqlari bo'yicha o'quvchilarning javoblarini eshitish. Noto'g'ri javob berilgan topshiriqlarning to'g'ri javobini aytib berish va tushuntirish. Test topshiriqlariga javob berishda faol ishtirok etgan o'quvchilarni baholash (bunda o'quvchining test topshirig'i javobini tushungan holda yoki taxminan berganligiga e'tibor berilishi lozim).