4. Mavzuni mustahkamlash
Darslikning 84 – betidagi 68 – rasm bilan ishlash
5. O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
6. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan masala yechish, savollarga javob topish, yangi mavzuga tayyorlanib kelish
41-dars Sana: 7-sinf
Mavzu: Yerning sun’iy yo’ldoshlari
Darsning maqsadi.
a) Yerning sun'iy yo'ldoshlari haqida tasavvurlar hosil qilish, kosmosning zabt etilishi, bu borada insoniyat tomonidan erishilgan yutuqlar haqida ma'lumotlar berish.
b) O’quvchilarni olamni anglashga undash. O’z yurtdoshlari bilan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish
d) O’quvchialrning dunyoqarashi va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: suhbat, savol – javob, tushuntirish
Dars jihozlari: darslik, jadvallar.
Dars rejasi:
1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. 0‘tilgan mavzuni suhbatlashish orqali takrorlash (10 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni (20 minut).
4. Yangi mavzuga doir masala yechish (10 minut).
5. O’quvchilarni baholash (2 minut)
6. Uyga vazifa berish (1 minut).
Darsning borishi
a) Tashkiliy qism
b) O’tilgan mavzuni so’rash
1) Kvadrat ildiz haqida nimalarni bilasiz?
2) Minoradan tashlangan va turli boshlang’ich tezliklar bilan otilgan jismlarning harakat vaqti bo’yicha qanday o’xshashliklar bor?
3) Gorizontal otilgan jism harakatini tahlil qilib bering
4) Birinchi kosmik tezlik nima? uning formulasi va qiymatini aytib bering
3. Yangi mavzu bayoni:
Yer sirtiga yaqin balandlikda, masalan, bir necha yuz, ming metr balandlikda gorizontal yo'nalishda 7,9 km/s tezlik bilan harakatlanganda jism havoning qarshiligi va ishqalanishi tufayli qizib, tezda yonib tamom bo'lishi mumkin. Havosiz bo'shliqdagina jism shunday tezlikda harakatlana oladi. Yerdan 300 km balandlikdagi muhitni deyarli havosiz deyish mumkin.
Jism h balandlikda orbita bo'ylab Yer atrofida aylanma harakat qilishi uchun birinchi kosmik tezlik qancha bo'lishi kerakligini hisoblab topish mumkin (70-rasm). Buning uchun birinchi kosmik tezlikning u, = V gR formulasidagi g o'rniga 24-§ dagi gh= GM/{ R + h)2 ifoda, R o'rniga esa R + h qo'yiladi. Chunki jism R radiusli aylana bo'ylab emas, balki Yer sirtidan h balandlikda R + h radiusli aylana bo'ylab harakat qiladi.
Siz bilasizki, Oy — bu Yerning tabiiy yo'ldoshi. Yerning sun'iy yoidoshi nima va ular qanday uchiriladi?
Inson tomonidan yaratilib, fazoga uchirilgan va sun'iy ravishda Yerning yo'Idoshiga aylantirilgan raketa. kosmik kemalai Yerning sun'iy yo'ldoshi deyiladi.
Yerning sun'iy yo'ldoshi o'z-o"zidan, ya'ni yoqilg'i sarflamasdan Yer atrofida aylanaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |