Mazkur holatni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida tahlil qilgan holda huquqiy baho bering.
Jinoyat protsessual huquqi modulidan 22-variant 1.Olib qo‘yish va tintuv tergov harakatini o‘tkazishning tartibini bayon qiling. Sizningcha mazkur tergov harakatlaridan qaysi biriga sudning sanksiyasi olinishi shart deb o‘ylaysiz.
2.Jinoyat protsessida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining o‘ziga xos xususiyatlarini bayon qiling. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash uchun yana qanday aniq asoslarni kiritishni taklif sifatida bera olasiz.
Kazus Samarqand shahar ichik ishlar bo‘limiga Alijon ismli shaxs tomonidan ariza kelib tushdi. Arizada Samarqand shahar hokimligi Iqtisodiyot bo‘limining boshlig‘i Baxtiyor ismli shaxsning unga murojaat qilgan shaxslardan bir necha marotaba pora olganligi aks ettirilgan edi.
Mazkur ariza yuzasidan xudud profilaktika inspektori jinoyat ishini qo‘zg‘atdi va zarur ma’lumotlarni to‘rlab ishni dastlabki tergov yuritish uchun Narpay ichki ishlar bo‘limi tergovichisi Xusniddinga topshirdi.
Dastlabki tergov harakatlari natijasida tergovchi jinoyat ishi yuzasidan Baxtiyorni ayblanuvchi tariqasida jalb qilish to‘g‘risida qaror chiqarilib, unga nisbatan ayblov xulosasi tuzdi. Shundan so‘ng jinoyat ishini tasdiqlash va sudga yuborish uchun Samarqand prokuraturasiga yubordi.
Prokuror jinoyat ishi bilan tanishib chiqishi jarayonida jinoyat ishining yuritilishida jiddiy buzilish mavjud deb topdi.
Mazkur holatni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida tahlil qilgan holda huquqiy baho bering.
Jinoyat protsessual huquqi modulidan 23-variant 1.Shaxsiy tintuv va olib qo‘yish tergov harakatini qaror yoki ajrim chiqarilmasdan o‘tkazish mumkin bo‘lgan holatlarni tahlil qiling.
2.Jinoyat protsessida “uy qamog‘i” tarzidagi ehtiyot chorasining o‘ziga xos xususiyatlarini bayon qiling. Uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashning ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil eting.
Kazus Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Amir Temur shoh ko‘chasida “Neksiya” rusumli mashinasida me’yoridan ortiq tezlikda harakatlanib kelayotgan fuqaro Valiev, boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan fuqaro Baxromov boshqaruvidagi “Lasetti” avtomobili bilan to‘qnashuv sodir qilgan. To‘qnashuvda Baxromov va yo‘lovchisi halok bo‘lib, “Lasetti” yo‘l chetidagi to‘xtab turgan chet elda ishlab chiqarilgan “Audi” mashinasiga borib urilgan va natijada “Audi”ga 15.000.000 (o‘n besh million) so‘mlik zarar etkazilgan.Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovchi ish bo‘yicha Baxromovning turmush o‘rtog‘ini jabrlanuvchi sifatida e’tirof etish to‘g‘risida qaror chiqardi.Shu bilan birga, “Audi” avtomobili egasi, o‘zining avtomobiliga etkazilgan zararni qoplash yoki unga kelib urilgan “Lasetti” avtomashinasini uning nomiga o‘tkazib berishlikni so‘rab uni fuqaroviy da’vogar deb topish haqida tergovchiga ariza bilan murojaat qildi.