57 1 -modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganida jazo tayinlash Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining “a” va “b” bandlarida nazarda tutilgan jazoni
yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan va ushbu Kodeks 56-moddasining birinchi
qismida nazarda tutilgan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda jazo
muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan
eng ko‘p jazoning uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni
og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va
terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga
tatbiq etilmaydi.
50.