57-modda. Yengilroq jazo tayinlash
Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi
holatlarni e’tiborga olib, alohida hollarda ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida
nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq
yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin.
Sud shu asoslarni e’tiborga olib, ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida
qo‘llanilishi shart deb ko‘rsatilgan qo‘shimcha jazoni tayinlamasligi ham mumkin.
Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, ya’ni aybdorning shaxsi,
aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyatni sodir
qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy
kamaytiruvchi holatlar deb topilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |