48.
Yengilroq jazo tayinlash masalasini yoriting
Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni
hisobga olib, qonunda ko‘rsatilganidan ham yengilroq jazo tayinlashi mumkin. Yengilroq jazo
tayinlashning shakllariga:
- JK Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning
eng kam qismidan ham kamroq jazo tayinlanishi;
- JK Maxsus qismining moddasida nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazoning
tayinlanishi;
- JK Maxsus qismining moddasida qo‘llanilishi shart deb ko‘rsatilgan qo‘shimcha jazoni
tayinlanmasligi kiradi.
Sud JK 57-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan holatlarni jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini
jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb topishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |