1
Usmonaliyev M. Jazo tayinlash // O’quv qo’llanma. “Yangi asr avlodi”. Toshkent – 2003. 84-bet.
53
2.2. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash qoidalarini takomillashtirish
bo’yicha ayrim xorijiy davlatlar tajribasi
Bir necha jinoyatlar sodir etish va ular uchun jazo tayinlash masalasi
yuzasidan ayrim xorijiy davlatlar tajribasini o’rganganimizda guvoh bo’ldikki,
Ispaniya, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlarda bu masala jinoyat qonunchiligida
jazoga bag’ishlangan bo’lim doirasida, Rossiya, Qozog’iston, Belarus kabi
davlatlarda esa, jazo bilan birgalikda jinoyatga bag’ishlangan bo’lim doirasida
ham tartibga solingan. Quyida ushbu davlatlar qonunchiligining bir necha
jinoyatlar uchun jazo tayinlash bo’yicha o’ziga xos xususiyatlarini qiyosiy-tahlil
qilgan holda ko’rib chiqamiz.
Yuqoridagi
paragraflarda
ham
aytib
o’tgan
edikki,
Rossiya
Federatsiyasining 2003-yil 8-dekabrdagi federal qonuniga muvofiq bir qancha
jinoyatlarning shakli sifatida takroran jinoyat sodir etish Jinoyat kodeksidan
chiqarib tashlangan. Hozirda jinoyatlar majmui va retsidiv jinoyat bir qancha
jinoyatlarning shakllari sifatida tan olinadi.
Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi 10-bobida “Jazo tayinlash” deb
nomlanib, unda har qaysi jinoyat uchun alohida holda jazo tayinlash tartibi
mustaqil belgilangan. Ya’ni yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo’lganda (62-
modda), jinoyat uchun qonunda ko’rsatilganidan ham yengilroq jazo tayinlash (64-
modda), tamom bo’lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlash (66-modda);
ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlash (67-modda); retsidiv
jinoyat uchun jazo tayinlash (68-modda); jinoyatlar majmui uchun jazo tayinlash
(69-modda); hukmlar jami uchun jazo tayinlash (70-modda)
1
.
Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 69- moddasining 2-qismida
“Аgar jinoyatlar majmui tariqasida sodir etilgan jinoyatlar uncha og’ir bo’lmagan
yoki ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlar bo’lsa, yoki og’ir yoki o’ta og’ir
jinoyatlarga tayyorgarlik bo’lsa, yoxud og’ir yoki o’ta og’ir jinoyatga suiqasd
qilingan bo’lsa, yengilroq jazoni og’irrog’i bilan qoplab yoxud to’la yoki qisman
qo’shish yo’li bilan uzil-kesil jazo tayinlanadi. Bunda tayinlangan uzil-kesil
1
http://www.consultant.ru/codes/russian/criminal3cn5%cna
54
jazoning muddati yoki miqdori jinoyatlar majmuiga kiruvchi sodir etilgan
jinoyatlarning eng og’iri uchun belgilangan maksimal muddatning yarimidan ortiq
bo’lishi mumkin emas.”
Ushbu moddaning uchinchi qismiga ko’ra esa, agar sodir etilgan jinoyatlar
majmuiga kiruvchi jinoyatlardan loaqal biri og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat bo’lsa,
jazolarni qisman yoki to’la qo’shish yo’li bilan uzil-kesil jazo tayinlanadi. Bunda
agar ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanadigan bo’lsa, uzil-kesil
tayinlangan jazo jinoyatlar majmuiga kiruvchi jinoyatlardan eng og’iri uchun
belgilangan maksimal muddatning yarmidan oshishi mumkin emas.
Mazkur moddaning to’rtinchi qismida esa, jinoyatlar majmui uchun
qo’shimcha jazolarni qo’llash tartibi yoritilgan. Unga ko’ra, tayinlangan
qo’shimcha jazolar Jinoyat kodeksi Umumiy qismida ko’rsatilgan maksimal
muddat doirasida to’la yoki qisman qo’shiladi.
Yuqoridagilardan ko’rishimiz mumkinki, Rossiya Federatsiya jinoyat
qonunchiligida jinoyatlar jami bo’yicha tayinlanadigan uzil-kesil jazo muddati
yoki miqdoriga cheklash qo’yilmoqda, ya’ni sodir etilgan jinoyatlarning eng og’iri
uchun belgilangan eng ko’p muddatning yarmidan ortiq bo’lishi mumkin emas.
Bu holat ham insonparvarlik va jinoiy jazolarni liberallashtirish siyosatining
mazmun-mohiyatiga mos keladi va shu nuqtayi nazardan ushbu normalarni milliy
qonunchiligimizga joriy qilish masalasini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’lar
edi.
Ispaniya Jinoyat kodeksining tahlili shuni ko’rsatadiki, bir qancha
jinoyatlarning ikki shakli mavjud: jinoyatlar jami va retsidiv. Jazo tayinlash
qoidalariga bag’ishlangan bobda jinoyatlar jami xususida so’z boradi. Mazkur JK
ning 73-moddasiga muvofiq, jinoyatlar jami deganda, aybdor tomonidan ikki yoki
undan ortiq jinoyatlarni yoki ijtimoiy xavfli qilmisharni sodir etish tushuniladi.
Ispaniya Jinoyat kodeksi shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatlar sodir
etilganida, uzil-kesil yagona jazo tayinlash qoidalarini nazarda tutmaydi. Ushbu
hollarda Jinoyat kodeksining 73-moddasiga ko’ra, jazolar birgalikda ijro etish
55
uchun tayinlanadi. Аgar u yoki bu jazoni birgalikda ijro etish mumkin bo’lmasa,
ular ketma-ketlik bilan og’iridan yengiliga navbatida mustaqil ijro etiladi.
Ispaniya Jinoyat kodeksining 76-moddasi jinoyatlar jami bo’yicha jazo
tayinlashning maksimal chegarasini belgilaydi. Jinoyatlar jami bo’yicha
tayinlangan jazo eng og’ir jazoning uch karrasidan oshib ketmasligi kerak.
Quyidagi holatlarda maksimal chegara:
-
agar shaxs ikki yoki undan ortiq jinoyat uchun sudlanayotgan bo’lsa va
ulardan biri uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi
belgilangan bo’lsa, 25 yilni;
-
agar shaxs ikki yoki undan ortiq jinoyat uchun sudlanayotgan bo’lsa va
ulardan biri uchun 20 yildan ortiq ozodlikdan mahrum qilish jazosi
nazarda tutilgan bo’lsa, 30 yilni tashkil etadi.
Ispaniya Jinoyat kodeksining 77-moddasida jinoyatlarning ideal jami uchun
jazo tayinlash haqida so’z boradi. Ushbu moddadagi qoida “bir harakat bilan ikki
yoki undan ortiq huquqbuzarlikni sodir etish” haqida hisoblanadi, ya’ni jinoyatlar
ideal jamiga nisbatan qo’llaniladi. Bunda tayinlanadigan uzil-kesil jazo sodir
etilgan jinoyatlarning og’irrog’i uchun tayinlanadigan jazodan kelib chiqadi va bu
holatda jazo jinoyatlar uchun alohida-alohida jazo tayinlashga nisbatan yengilroq
bo’lishi kerak
1
.
Shundan kelib chiqib, aytishimiz mumkinki, Ispaniya jinoyat qonunchiligi
bo’yicha jinoyatlar ideal jami bo’yicha tayinlanadigan jazo jinoyatlar real majmui
bo’yicha tayinlanadigan jazoga nisbatan yengildir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Ispaniya jinoyat qonunchiligining
ijobiy jihatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin:
jinoyatlar ideal jamiga kodeksda ta’rif berilganligi va jinoyatlar ideal jami va
jinoyatlar real jami uchun jazo tayinlashning alohida tartiblari belgilanganligi;
jazolarni birgalikda ijro etishning imkoni bo’lmasa ularni og’iridan yengiliga
navbatida ijro etish to’g’risida qoida belgilanganligi.
1
http://legislationline.org/ru/documents/section/criminal-codes/spain3cni8%
56
Bitiruv-malakaviy ishining yuqoridagi paragraflarida bir necha jinoyat sodir
etish shakllari sifatida jinoyatlar ideal jami va jinoyatlar real jamini ajratish hamda
ular uchun jazo tayinlashning alohida tartiblarini ishlab chiqish to’g’risida takliflar
berilgandi. Bu takliflar mazmun jihatidan Ispaniya jinoyat qonunchiligiga
monanddir.
Yaponiya Jinoyat kodeksida bir necha jinoyat sodir etishning ikki turi
ko’rsatilgan: jinoyatlar majmui va retsidiv jinoyat. Jinoyat kodeksining 9-bobi
jinoyatlar majmuiga bag’ishlangan. Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq,
jinoyatlar majmui – bu, hali sud qarori chiqarilmagan shaxs tomonidan bir necha
jinoyatlarni sodir etishdir. Yaponiya Jinoyat kodeksining 54-moddasida
jinoyatlarning ideal jami tushunchasi berilgan va shu moddaga asosan “Аgar bir
qilmish bir necha jinoyat tarkiblariga to’g’ri kelsa yoki harakat jinoyat sodir etish
vositasi, yoxud uning oqibati bo’lib, boshqa jinoyat tarkibiga to’g’ri kelsa,
qonunda nazarda tutilgan jazolarning og’iri tayinlanadi”.
Jinoyat kodeksi 9-bobida jinoyatlar jami uchun jazo tayinlash qoidalari
belgilangan. Unga ko’ra, jinoyatlar jamiga kiruvchi eng og’ir jinoyat uchun
og’irroq jazoni qo’llash usuli va jazolarni qoplash usullari qo’llaniladi.
Yaponiya Jinoyat kodeksining 46-moddasiga muvofiq, “Agar jinoyatlar
jamiga kiruvchi jinoyatlardan biri uchun o’lim jazosi belgilangan bo’lsa, boshqa
jazo chorasi qo’llanilmaydi, mol-mulkni musodara qilish jazosi bundan istisno”.
Jinoyatlar jami bo’yicha jarima va boshqa jazolar birgalikda qo’llanilishi
mumkin. Jinoyatlar jamiga kiruvchi jazolar uchun o’lim jazosi belgilangan hollar
bundan mustasno
1
.
Germaniya Federativ Respublikasida bir qancha jinoyatlar sodir etish va ular
uchun jazo tayinlash bilan bog’liq jihatlar Jinoyat kodeksining uchinchi bo’limi 3-
bobida berilgan bo’lib, “Qonunlarni bir necha marta buzganlik uchun jazo
choralari” deb nomlanadi. Ushbu bobning 52-paragrafiga ko’ra, “agar bir yoki
shunga o’xshash qilmish bir necha jinoyat qonunlari bir qonunni ko’p marotaba
buzsa, bitta jazo qo’llaniladi”. Ushbu paragraf mazmuni tahlili shuni ko’rsatadiki,
1
http://legislationline.org/ru/documents/section/criminal-codes/japan62bscn3cni3%
57
uning mazmuni Germaniya Federativ Respubikasi Jinoyat kodeksi bo’yicha bir
qancha jinoyat sodir etish haqida emas, bir necha qonunlarni yoki bir qonunni bir
necha marta buzish haqida boryapti.
Agar bir necha jinoyat qonunlari buzilsa, og’ir jazo belgilangan qonun bilan
jazo tayinlanadi. Bunda boshqa qo’llanilishi mumkin bo’lgan qonunlarga
qaraganda jazo yengilroq bo’lishi mumkin emas.
Bu holatda gap jinoyatlarning ideal majmui haqida bormoqda. Germaniyada
jinoyatlarning ideal majmui yagona jinoyat sifatida qaraladi va ushbu yagona
jinoyatga bitta asosiy jazo tayinlanadi.
Germaniya Jinoyat kodeksining ko’rib chiqilayotgan bobi 53-paragrafi
qilmishlar jamiga bag’ishlangan. Garchi bu paragrafda qilmishlar jami tushunchasi
ochib berilmasa-da, ushbu paragraf mazmunidan, shuningdek 55-paragrafdan kelib
chiqib, qilmishlar jamini quyidagicha tushunish mumkin: shaxs tomonidan
sudlangunga qadar bir qancha jinoyatlar sodir etish. 53-paragrafning 1-moddasiga
muvofiq, agar shaxsning sodir etgan bir qancha jinoiy qilmishi uchun bir vaqtda
bir necha hukmlar chiqarilgan bo’lsa, uning oqibatida bir necha ozodlikdan
mahrum qilish yoki bir necha jarima jazolari tayinlangan bo’lsa, unda yagona jazo
qo’llaniladi. Ko’rinib turibdiki, jinoyatlar jami uchun jazo tayinlash ikki bosqichda
amalga oshiriladi: birinchi bosqichda alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlansa,
ikkinchi bosqichda umumiy uzil-kesil jazo tayinlanadi. 54-paragrafda bayon
etilgan qoidaga binoan, umumiy jazo jinoyat uchun tayinlangan maksimal jazo
ko’paytirish yo’li bilan belgilanadi.
Umumiy jazo miqdori muddatli jazolarda – ozodlikdan mahrum qilish uchun
o’n besh yildan, mulkiy jazolarda shaxs jami mulkining yarmidan, jarimalarda –
720 kunlik jarima stavkalaridan oshmasligi kerak
1
.
Germaniya Federativ Respublikasi Jinoyat kodeksida jinoyatlar jami uchun
jazo tayinlashning juda liberal qoidalari belgilangan: har bir sodir etilgan jinoyatlar
uchun tayinlangan jazolar to’liq qo’shilmaydi, ozodlikdan mahrum qilishning eng
ko’p muddati o’n besh yildan oshmasligi kerak.
1
http://www.juris.de/legislature/codes/criminal/djai3n2%.ji4
58
GFR Jinoyat kodeksini tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalar qilindi: bir
necha jinoyat sodir etganlik uchunmas, balki qonunlarni bir necha marta buzganlik
uchun jazo choralari belgilangan; ushbu qoidalarda JK ning jazo tayinlash
to’g’risidagi bo’limida berilgan bo’lib, bir qancha jinoyatlarga bag’ishlangan
alohida bob yoki bo’lim mavjud emas.
Germaniya Federativ Respublikasi jinoyat qonunchiligining e’tiborli jihati
shuki, u o’ta liberal xarakterga ega. Bu avvalo, ushbu davlat rivojlanishining
yuksak darajada ekanligi bilan bog’liq. O’zbekiston Respublikasida ham mamlakat
va jamiyat taraqqiyoti bilan hamohang tarzda jazolarni liberallashtirish siyosati
davom ettirilmoqda.
1999-yilning 2-iyunida qabul qilingan Belarus Respublikasi Jinoyat
kodeksida bir qancha jinoyatlar sodir etish haqidagi normalar mavjud. Kodeksning
yettinchi bobi “Bir qancha jinoyatlar” deb nomlanib, ushbu bobda bir qancha
jinoyatlarning quyidagi shakllari qayd etilgan: takroriy jinoyatlar, jinoyatlar jami
va retsidiv jinoyat.
Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksining 41-moddasiga muvofiq, Jinoyat
kodeksi Maxsus qismi bir moddasida ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etish
takroriy jinoyat deb topiladi. Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksining 10-bobi
“Jazo tayinlash” deb nomlanib, uning bitta moddasida jinoyatlar jami uchun jazo
tayinlash tartibi belgilangan. Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksining 71-
moddasiga muvofiq, “agar Kodeks Maxsus qismi moddasining turli qismlarida
nazarda tutilgan bir xil turdagi jinoyatlar takroran sodir etilsa yoki birinchi holatda
tamomlangan jinoyat, ikkinchi holatda xuddi shunday tamomlanmagan jinoyat
sodir etilsa yoxud birinchi holatda shaxs bajaruvchi, ikkinchi holatda xuddi
shunday jinoyatning boshqa ishtirokchisi bo’lsa, har bir jinoyat alohida baholanadi.
Ushbu holatda har bir jinoyat uchun alohida jazo tayinlanadi va yengilroq jazoni
og’irrog’i bilan qoplash orqali uzil-kesil jazo tayinlanadi”.
Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksi 42-moddasida jinoyatlar majmui
tushunchasi berilgan: “Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalarida
59
nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni sodir etish, jinoyatlar jami deb
topiladi.
“Jazo” deb nomlangan bo’limda jinoyatlar jami bo’yicha jazo tayinlash
qoidalari belgilangan. Belarus Jinoyat kodeksi 72-moddasiga ko’ra, jinoyatlar jami
yuzasidan jazo tayinlashda sud har bir jinoyat uchun asosiy va qo’shimcha
jazolarni tayinlab, yengilroq jazoni og’irrog’i bilan qoplash yoki jazolarni qisman
yoki to’liq qo’shish yo’li uzil-kesil jazoni tayinlaydi.
Agar jinoyatlar jamiga hech bo’lmaganda bitta og’ir jinoyat kirsa, unda
Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksi 72-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, uzil-
kesil jazo jazolarni qisman yoki to’liq qo’shish yo’li bilan tayinlanadi. Bunda
ozodlikdan mahrum qilish jazosi sifatida uzil-kesil jazo yigirma yildan oshib
ketmasligi kerak.
Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi kabi davlatlar Jinoyat
kodekslarining jazo tayinlash borasidagi o’izga xos xususiyatlari shundaki, ularda
retsidiv jinoyatlar uchun jazo tayinlashning alohida tartiblari nazarda tutilgan.
Xususan, Belarus Respublikasi Jinoyat 65-moddasida retsidiv jinoyat sodir
etilganda jazo tayinlash qoidalari belgilangan bo’lib, unga ko’ra, retsidiv jinoyat
uchun ushbu jinoyat uchun belgilangan og’irroq jazo miqdorining yarmidan, xavfi
retsidiv uchun uchdan ikki qismidan, o’ta xavfli retsidiv jinoyat uchun to’rtdan uch
qismidan kam bo’lmasligi kerak.
Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksi 64-moddasida retsidiv jinoyat
javobgarlikni og’irlashtiruvchi holat sifatida belgilangan
1
.
Retsidiv jinoyatlar uchun jazo tayinlashning alohida tartibi belgilash
masalasi Jiyanov M.H. ning ilmiy ishida ham ilgari surilib, O’zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksiga 59
1
-modda kiritishni taklif qilgan. E’tiborli jihati,
uning taklifi Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksi 65-moddasi bilan mazmunan
deyarli bir xil
2
.
1
http://www.pravo.kulichki.com/vip/uk/indeks.htm/hs79ss%
2
Qarang: Jiyanov M.H. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik muammolari: 12.00.08-Jinoyat huquqi
va kriminologiya; yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya / Ilmiy maslahatchi:
M.H.Rustamboyev. – T., 2012. 251-bet.
60
Yuqoridagi tahlillardan ko’rishimiz mumkinki, rivojlangan davlatlarning
aksariyatida bir qancha jinoyat sodir etishning ikki shakli – jinoyatlar majmui va
restsidiv jinoyat nazarda tutilgan. Bu holatning ijobiy jihat ekanligini yuqoridagi
paragraflarda asoslashga harakat qilgan edik. Shu nuqtayi nazardan, bu ijobiy
jihatni mamlakatimiz jinoyat qonunchiligiga tadbiq etsak, bu jinoyat-huquqiy
liberallashtirish siyosatining mazmun-mohiyatiga mos kelardi va inson va fuqaro
huquqlarining ishonchli kafolati sifatida odillik va insonparvarlik prinsiplarining
to’laroq ro’yobga chiqishi uchun xizmat qilardi, degan fikrdamiz.
Shuningdek, Ispaniya jinoyat qonunchligining jinoyatlar ideal jami va
jinoyatlar real jami uchun jazo tayinlashning alohida tartibini belgilashdek, ijobiy
tomonini ham o’zlashtirish zarur. Zero, jinoyatlar ideal jami va jinoyatlar real
jamining ijtimoiy xavflilik xususiyatlar bir-biridan ma’lum darajada farq qiladi.
Shuningdek, retsidiv jinoyat uchun ham jazo tayinlashning alohida tartibi
belgilansa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |