yuzasidan jazo tayinlash) ning uchinchi qismida “Bir necha hukmlar yuzasidan
axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat bo’yicha cheklash jazosiga hukm qilinib, ish
haqi yoki pul ta’minotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan hollarda,
bu jazolarning faqat muddatlari qo’shiladi” deb ko’rsatilgan. Jinoyat kodeksi 59-
moddasi (bir necha jinoyat yuzasidan jazo tayinlash) da esa, ushbu qoida nazarda
tutilmaganligi sababli amaliyotda qonunni har xil talqin qilish holatlari kuzatilgan.
Xususan, M. JK 167-moddasi birinchi qismi bilan aybdor deb topilib, unga ish
haqining 20 % izini ushlab qolgan holda bir til muddatga axloq tuzatish ishlari
jazosi tayinlangan. JK 228-moddasi birinchi qismi bilan aybdor deb topilib, ish
haqining 15 foizini ushlab qolgan holda ikki yil axloq tuzatish ishlari jazosi
tayinlangan. JK 59-moddasiga asosan, jazolarni qisman qo’shish yo’li bilan ish
haqining 25 % ini ushlab qolgan holda ikki yil olti oy muddatga axloq tuzatish
ishlari jazosi tayinlangan. Sud ushbu holatda jazo muddatini ham, ushlab qolish
foizlarini ham qisman qo’shgan. Vaholanki, bir necha hukm yuzasidan jazo
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qarori.
45
tayinlash mantiqan olib qaraganda bir necha jinoyat uchun jazo tayinlashga
qaraganda jiddiyroq bo’lgani holda unga yengillik berilmoqda, bir necha jinoyat
uchun jazo tayinlashda esa, foizlar qo’shilishiga ham yo’l qo’yilmoqda.
Ushbu holatga aniqlik kiritish uchun Oliy sud Plenumi tomonidan “Sudlar
tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida”gi qarorga
qo’shimcha kiritilib, unda quyidagi tushuntirish berildi: “JK 60-moddasining 5-
qismiga ko’ra, bir necha hukmlar yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat
bo’yicha cheklashga hukm qilinib, ish haqi yoki pul ta’minotidan ushlab
qolishning har xil miqdori belgilangan hollarda bu jazolarning faqat muddatlari
qo’shiladi. Shunga ko’ra, bunday hollarda uzil-kesil axloq tuzatish ishlari jazosi
tayinlanganida, ish haqi yoki pul ta’minotidan ushlab qolishning eng ko’p bo’lgan
miqdori belgilanishi lozim. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun JK 59-moddasi
tartibida jazo tayinlashda ham shu qoidalarga amal qilinishi lozim”.
Yuqoridagi tushuntirishdan ko’rishimiz mumkinki, bir necha jinoyat uchun
jazo tayinlashda axloq tuzatish jazosi tayinlansa, uning muddatlari qoplanib, to’la
yoki qisman qo’shilib, foizlariga kelganda tayinlangan jazolardagi eng yuqori foiz
olinishi kerak. Bu bilan Oliy sud Plenumi bir necha jinoyat sodir etish hamda bir
jinoyati uchun hukm qilinib, jazo o’talayotgan paytda yana jinoyat sodir etishning
ijtimoiy xavflilik xususiyatiga bir xil baho bermoqda. Fikrimizcha, bu jinoiy
jazolarni liberallashtirish jarayonining mazmuniga mos kelmaydi va odillik
prinsipining ro’yobga chiqishiga xizmat qila olmaydi. Shu sababli, Oliy sud
Plenumining ushbu tushuntirishini o’zgartirib, bir necha jinoyat uchun axloq
tuzatish jazosi tayinlanayotganda ularning ish haqidan ushlab qolish foizlari har xil
bo’lsa, eng past foizni uzil-kesil jazo uchun tayinlash to’g’risida qoida kiritilishi
maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Bitiruv-malakaviy
ishining
1.3
paragrafida
M.H.
Jiyanov
va
M.Z.Muqumovalar tomonidan jinoyatlar ideal jami va jinoyatlar real jami uchun
jazo belgilashning alohida tartibini joriy qilish to’g’risida takliflar bildrirlganligini
ta’kidlab o’tgan edik. Ushbu fikrlarga biz ham qo’shilamiz. Chunki, jinoyatlar
majmuini real va ideal turlarga ajratish shaxs jinoiy faoliyatining xususiyati va
46
qonunda ko’rsatilgan huquqiy oqibatlarga asoslangan. Shaxs jinoiy faoliyatining
ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyatlarning ideal majmuiga qaraganda real majmuida
yuqoriroq bo’ladi, chunki jinoyatlarning real majmuida shaxs uchun birinchi va
keyingi jinoyatlar oralig’ida o’z jinoiy faoliyatini qayta baholash va to’g’ri yo’lga
qaytishga vaqt ham, imkoniyat ham ko’proq bo’ladi, lekin u o’z jinoiy niyatlaridan
qaytmaydi va jinoiy faoliyatini davom ettiradi.
Shu jihatdan O’zbekiston Respublikasi JK 59-moddasi ikkinchi qismini
quyidagi jumlalar bilan to’ldirishni taklif qilamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: