37
II BOB. JINOIY HUQUQIY LIBERALLASHTIRISH JARAYONIDA BIR
NECHA JINOYATLAR UCHUN JAZO TAYINLASHDA ODILLIK PRINSIPI
TA’MINLANISHINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
2.1. Jinoiy jazolarni liberallashtirish sharoitida bir necha jinoyatlar uchun jazo
tayinlashda odillik prinsipi ta’minlanishining ilmiy-amaliy muammolari va
ularni hal qilish masalalari
Yuridik soha olimlarining fikrlari, ilmiy ishlarini o’rganish, bitiruv
malakaviy amaliyotida sud-tergov hujjatlarini ko’rib chiqish, advokatlik faoliyati
materiallari bilan tanishish, xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligini qiyosiy
o’rganish natijasida bir necha jinoyatlar sodir etganlik uchun jazo tayinlash
bo’yicha bir qancha muammolar kuzatilayotganligi, qonun normalarining har xil
talqin qilinayotganligi, buning natijasida esa, jinoyat qonunining odillik,
insonparvarlik, ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi kabi prinsiplardan
chetlashish holatlari kuzatilayotganligi aniqlandi.
Jinoyat-huquqiy sohani liberallashtirishning bosh maqsadi – O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.Karimov
tomonidan
belgilab
berilganidek,
o’tkazilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishi – inson omili bo’lib, davlatning
jinoyatchilikka qarshi kurashdagi odil siyosati orqali adolat hamda qonun
ustuvorligini ta’minlashdan iborat. Zero, jinoiy jazolarni liberallashtirishdan
maqsad, jinoyatchini jamiyatdan ajratmagan holda boshqa yengilroq jazo berish
yo’li bilan jamiyatga qaytarish imkoniyati yaratish, ya’ni uni axloqan tuzatishdan
iborat
1
. O’z navbatida, jinoyat sodir etgan shaxslarga insoniylik bilan yondashuv,
“yaxshi o’ylangan, puxta va lozim darajada tayyorgarlik ko’rilgan, har tomonlama
hisoblab chiqilgan va albatta, inqilobiy emas, balki tadrijiy bo’lish”
2
ni taqozo
etadi.
Dastlabki muammo shuki, yuridik texnika nuqtayi nazaridan qonunchilikda
bitta huquqiy institutni aynan bitta tushuncha bilan nomlash talab etiladi va bu
1
Radjabova M. Jinoiy jazolarni liberallashtirish: ilmiy va amaliy tahlil.-T.:Аdolat, 2005. -80 b.
2
Mirzajonov Q., Kerjner M. Аmnistiya va avf – jazoni insoniylashtirish prinsipi. // Huquq-Pravo-L aw. -2000.-№1.
-B. 36-39.
38
narsa tushunchaning qonun, sud-tergov amaliyoti va adabiyotlarda bir xil
tushunilishini, talqin etilishini ta’minlaydi. Aytish kerakki, O’zbekiston jinoyat
qonunchiligida aynan shu ko’rinishdagi muammo mavjud. O’zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining VIII bobi “Bir qancha jinoyat sodir etish” deb
nomlangan holda, 59-moddasi “Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo
tayinlash” deb, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-
maydagi qarori “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga
doir masalalar to’g’risida” deb nomlangan. Shuningdek, Oliy sud Plenumining
2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti
to’g’risida”gi qarorida ham “bir necha jinoyat yuzasidan” jumlalaridan
foydalanilgan. “Necha” va “qancha” so’zlarining lug’aviy ma’nolari talqini shuni
ko’rsatadiki, “qancha” so’zi aynan miqdorni bildirsa, “necha” so’zi asosan
raqamlar bilan bog’liq so’zlarga ishlatiladi. Masalan, yoshing nechada, soat necha
bo’ldi kabi
1
. Shunga asosan, ushbu huquq institutini “bir necha” emas, bir qancha
deb nomlash va yuqorida nomlari zikr etilgan normativ-huquqiy hujjatlar va
normalarni birxillashtirish maqsadga muvofiq degan fikrdamiz.
Navbatdagi muammoli holat. Olgingi paragraflarda bir qancha jinoyat sodir
etish shakllariga to’xtalgan edik. Yuridik olimlar, xususan, M.Z. Muqumova va
M.H. Jiyanovning tadqiqot ishlari, o’tkazgan ijtimoiy so’rovlari va ilmiy
xulosalaridan kelib chiqib aytish mumkinki, tergov va sud amaliyotida jinoyatlarni
kvalifikatsiya qilish hamda jazo tayinlash bilan bog’liq eng ko’p muammolar bir
qancha jinoyat sodir etish shakli sifatida aynan takroran jinoyat sodir qilish bilan
bog’liq bo’lmoqda. Xususan, M.H. Jiyanovning o’tkazgan anketa so’rovlariga
ko’ra, so’rovda qatnashganlarning 71,8 % takroran jinoyat sodir qilish to’g’risida
normani o’zgartish tarafdori ekanliklarini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Angliya, AQSh, Fransiya, Germaniya, Shveysariya, Ispaniya,
Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi jinoyat qonunchiligi tahlil qilinganda ularda
takroran jinoyat sodir qilish tushunchasining mavjud emasligi aniqlandi. Rossiya
Federatsiyasida esa, aynan shunday norma nazariy jihatdan asoslanmaganligi,
1
O’zbek tilining izohli lug’ati. – Toshkent: O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2008. – T.5. – B.241.
39
amaliy jihatdan zararli ekanligi, ijtimoiy nuqtayi nazardan jinoyat huquqi
prinsiplariga zid ekanligi tufayli 2003-yil 8-dekabrdagi federal qonunga asosan JK
dan chiqarib tashlangan.
Ijtimoiy adolat prinsiplariga zid ekanligi tufayli bir qancha jinoyatlarning
turi sifatida takroran jinoyat sodir etishdan voz kechish lozimligi haqida fikrni T.V.
Kondrashova, A.N. Popov va T. Chernenko asarlarida ham kuzatamiz
1
.
Takroran jinoyat sodir etish normasi tufayli vujudga kelayotgan muammolar
va jinoyat huquqi prinsiplariga zid holatlarni quyidagilarda ko’rishimiz mumkin:
Birinchi holat. Birinchi misol. Muqaddam sudlanmagan fuqaro K. 2015-yil
14-avgust kuni do’kon yonida turgan fuqaro F.ga tegishli bo’lgan velosipedni
o’g’irlaydi. 21-avgust kuni esa, qo’shnisi M.ning eshik oldida qoldirilgan
velosipedini o’g’irlaydi. Unga nisbatan JK 169-moddasi 3-qism “a” bandiga
asosan, olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Ikkinchi misol. Muqaddam sudlanmagan fuqaro A. 2014-yilning iyun-iyul
oylari davomida ketma-ket o’nta velosipedni o’g’irlaydi. Sud unga ham JK 169-
moddasi 3-qism “a” bandiga asosan, olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish
jazosini tayinlaydi.
Xuddi shunday holatlar amaliyotda firibgarlik, talonchilik va boshqa
jinoyatlar bilan ham uchramoqda. Bir shaxs tomonidan necha marta o’g’irlik
qilinsa ham agar ulardan birontasi uchun sudlangan bo’lmasa takroran jinoyat sodir
etilish deb qaralib JK 169-moddasi 3-qism “a” bandi bilan javobgarlikka
tortilmoqda. Yuqoridagi misollarda takroriy jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik
yig’indisi va jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavfliligi qonun tomonidan bir
xil deb qaraladi. Bu esa, jinoyat qonunining prinsiplariga ziddir.
Ikkinchi holat. Fuqaro S. tug’ruqxonada ishlaydi. U 2014-yilning fevral-mart
oylarida to’rt marta JK 124-moddasida ko’rsatilgan jinoyatni sodir etgan, ya’ni
tamagirlik niyatida bolani almashtirib qo’ygan. Uning qilmishi JK 124-moddasi
bilan kvalifikatsiya qilingan. Ushbu modda bitta qismdan iborat bo’lib, unda
1
Черненко Т. Формы множественности преступлений и их отражение в квалификации преступлений //
Уголовное право. – Москва, 2000. – С 42.
40
“takroran sodir etsa” degan qism mavjud emas. Shuningdek, sud S. ga jazo
tayinlashda ham uning qilmishiga jinoyatlar majmui sifatida qaray olmaydi.
Chunki, JK 59-moddasida “shaxs Maxsus qismning turli moddalarida” degan
qoida nazarda tutilgan. Shunga ko’ra, sud faqat bitta asosga tayanadi, ya’ni JK 56-
moddasi birinchi qism “n” bandida nazarda tutilgan “ilgari ham qasddan jinoyat
sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi” deb S. ga
nisbatan jazoni og’irlashtiruvchi normani qo’llagan holda og’irroq jazo tayinlaydi.
Ammo tayinlangan og’irroq jazo JK 124-moddasida nazarda tutilgan eng og’irdan
ko’p bo’lmaydi. Ushbu holat, fikrimizcha, ijtimoiy adolat prinsiplariga zid va
jinoyat qonunining ayb uchun javobgarlik va javobgarlikning muqarrarligi
prinsiplariga mos kelmaydi. Chunki, S. bitta jinoyatni to’rt marta sodir etgani
holda u faqat bitta jinoyat uchun javobgarlikka tortilmoqda va bitta jinoyat
sanksiyasi doirasida jazolanmoqda.
Uchinchi holat. Takroran jinoyat sodir qilishning ikkinchi turi – “Kodeksda
alohida ko’rsatilgan hollarda esa, turli moddalarda nazarda tutilgan” ikki yoki
undan ortiq jinoyatlardan hosil bo’ladigan takroriy jinoyatlar ham bir paytning
o’zida takroran jinoyat sodir qilish va jinoyatlar jamining qo’llanilishiga sababchi
bo’layotganligi uchun amaliyotda adolatsizlikni keltirib chiqarmoqda. Masalan,
shaxs 2015-yil 11-martida qasddan odam o’ldirgan va buning uchun sudlanmagan
holda shu yilning 2-avgustida qasddan badanga og’ir shikast yetkazgan. Bu holatda
shaxsning ikkinchi qilmishi JK 104-moddasi uchinchi qismi “b” bandi bilan
kvalifikatsiya qilinadi. Chunki, bu holatda takroriylikning “Jinoyat kodeksining
alohida ko’rsatilgan holat”i mavjud bo’lib, qasddan badanga og’ir shikast
yetkazishni takroran qilingan deb baholashga hamda qasddan odam o’ldirganlik
bilan qo’shilib, jinoyatlar majmui sifatida qaralishga va JK 59-moddasida asosan,
bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashga sabab bo’lmoqda. Bunday holat JK
Maxsus qismining qator moddalarida nazarda tutilgan.
B.V. Voljenkinning fikricha, bir paytning o’zida takroran jinoyat sodir etish
va jinoyatlar jamini qo’llash haqidagi norma mutlaqo noto’g’ri, chunki ularning
har biri jazolarni qo’shish qoidalarini qo’llash odillik prinsipining buzilishini
41
kuchaytiradi, xolos
1
. Fikrimizcha, yuqoridagi holat haqiqatan ham jinoyatlarning
ijtimoiy xavflilik yig’indisini xolisona va odil ifoda eta olmaydi va jinoyatlar
jamini tashkil qiluvchi jinoyatlardan birining asossiz ravishda og’irlashtiruvchi
qism bilan javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladi. Bu esa, Jinoyat kodeksining 8-
moddasidagi odillik prinsipining jiddiy buzilishiga olib keladi. Xususan,
M.H.Jiyanov o’tkazgan ijtimoiy so’rovda qo’yilgan “Jinoyat qonunchiligini
liberallashtirish nuqtai nazaridan shaxs “Kodeksda alohida ko’rsatilgan hollarda
turli moddalarda nazarda tutilgan” jinoyatni sodir etganda, uning qilmishi bir
vaqtning o’zida ham takroran jinoyat, ham jinoyatlar majmui sifatida kvalifikatsiya
qilinishi shaxsning huquq va erkinliklariga zid kelmaydimi?” degan savolga
so’rovda qatnashganlarning 72,8 % i shaxsning huquq va erkinliklarini qisman
buzadi, deya javob bergan.
To’rtinchi holat. Aytaylik, shaxs oldin JK 169-moddasi birinchi qismida
ko’rsatilgan jinoyatni sodir qildi, keyinroq esa yana xuddi shunday jinoyatni sodir
qildi. Ulardan ikkinchisi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ochildi va
u uchun shaxs jazoga hukm qilindi. Hukm kuchga kirib, jazoning ma’lum qismi
o’talgandan keyin shaxsning oldingi jinoyati ham ochildi. Bu holatda qilmish
jinoyatlar jami tariqasida emas, balki takroran jinoyat sodir etish deb JK 169-
moddasi uchinchi qism “a” bandi bilan qayta kvalifikatsiya qilinishi kerak va
ushbu vaziyatda sud JK ning 59-moddasi, ya’ni bir necha jinoyatlar uchun jazo
tayinlash qoidalarini qo’llay olmaydi. Xo’sh, bu holatda birinchi hukmning taqdiri
nima bo’ladi? Umummantiq qoidalari bo’yicha ushbu holatda birinchi hukm bekor
bo’lishi va ish qayta tergovga qaytarilishi, tergovda shaxsning qilmishi JK 169-
moddasi uchinchi qismi “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilinib, sudga olib chiqilishi
kerak. Ammo O’zbekiston jinoyat qonunchiligida bunday prinsipial qoida mavjud
emas. Shu sababli, Jinoyat protsessual qonunchiligining tarixiy-an’anaviy qoidasi
ishga tushadi: “qonunni qo’llayotganda kelib chiqadigan har qanday shubhalar,
ziddiyatlar va bo’shliqlar ayblanuvchi foydasiga hal qilinishi kerak”. Xo’sh, unda
1
Волженкин Б.В. Принцип справедливости и проблемы множественности преступлений по УК РФ //
Законность. Москва, 1998. - № 12.
42
javobgarikning muqarrarligi prinsipi nima bo’ladi? Yetkazilgan zararni undirish,
fuqaroviy da’vo masalalari-chi? Aytish kerakki, olimlarning tadqiqotlarida ham
aynan ushbu muammo yoritilmagan, balki chetlab o’tilgan.
Ko’rishimiz mumkinki, jinoyat qonuni normalarining yetarli darajada
mukammal emasligi huquq tizimi prinsiplari o’rtasidagi zddiyatlarga sabab
bo’lmoqda. Bu esa, o’z navbatida huquqning boshqa sohalari normalari aniq va
to’liq ishlashiga xalal beryapti. Natijada esa, shaxsning qonuniy huquq va
manfaatlariga zarar yetmoqda.
Shu nuqtayi nazardan ko’plab xorijiy davlatlarning tajribasini, yuridik soha
olimlarining fikrini hamda sud-tergov amaliyotini hisobga olgan holda bir qancha
jinoyatlar sodir etishning shakli sifatida takroran jinoyat sodir etishni jinoyat
qonunidan chiqarish taklif etiladi. Bugungi kunda Jinoyat kodeksi Maxsus
qismining 47 ta moddasida takroran jinoyat sodir etish kvalifikatsiyalovchi belgi
sifatida nazarda tutilgan. Bir qancha jinoyat sodir etish shakllari sifatida faqat
jinoyatlar majmui va retsidiv jinoyat qoldirilishi kerak. Ushbu taklifning amalga
oshirilishi jinoyat qonunchiligini liberallashtirish sharoitida yuqorida qayd etib
o’tilgan muammoli holatlarning bartaraf etilishida hamda inson huquq va
manfaatlarini to’laroq ro’yobga chiqarilishida muhim qadam bo’lar edi.
M.H. Jiyanov o’z ilmiy ishida takroran jinoyat sodir etishni bir qancha
jinoyat sodir etish shakli sifatida jinoyat qonunidan chiqarishni taklif qilgan-u,
ammo bir shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi ayni bir moddasi yoki bir moddasining
ayni bir qismida belgilangan jinoyatlarni turli vaqtlarda sodir etishni ham jinoyatlar
majmui sifatida baholash kerakligi xususidagi masala ochiq qoldirilgan. Jinoyat
kodeksini yangi 32
1
-modda bilan to’ldirish
1
ni taklif qilgani holda, ushbu holatda
jazo tayinlash masalasiga to’xtalmagan. Fikrimizcha, Jinoyat kodeksi 59-moddasi
birinchi qismini quyidagi tahrirda yangidan qabul qilish maqsadga muvofiq bo’lar
edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |