ortiq jinoyatni sodir etsa, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo’lmasa, sud
ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi
qilmish uchun jazo tayinlab, so’ngra tayinlangan yengilroq jazoni og’irrog’i
bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to’la yoki qisman qo’shish yo’li bilan
jinoyatlar majmui bo’yicha jazo tayinlaydi.”
Jinoyat qonuni normalaridagi g’alizliklardan yana biri shuki, JK 59-moddasi
8-qismiga ko’ra, “agar ish bo’yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana
shu ish bo’yicha chiqarilgan hukmga qadar sodir etilgan yana boshqa jinoyatda
aybli ekanligi aniqlansa ham jazo o’sha tartibda tayinlanadi. Bunday holda
jinoyatlar majmui bo’yicha sud tomonidan tayinlangan jazo muddatiga birinchi
hukm yuzasidan jazoning o’talgan qismi qo’shiladi” degan qoida mavjud. Ushbu
holatda jinoyatlar jami bo’yicha jazo tayinlash vaqtida jazoning o’talgan yoki
o’talmagan qismiga ahamiyat berilmay, birinchi hukm bo’yicha tayinlangan jazo
bilan keyingi hukm bo’yicha tayinlangan jazolar qisman yoki to’la qo’shilib qat’iy
jazo tayinlanadi, birinchi hukm bo’yicha tayinlangan jazoning o’talgan qismi
jinoyatlar jami bo’yicha tayinlangan jazoning o’talgan qismi hisoblanadi.
Ushbu holatga O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan
“Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida”gi qaroriga
2014-yilning 23-mayida qo’shimcha kiritilib
1
, shunday tushuntirish berildi:
“Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jinoyatlar majmui uchun JK 59-
moddasining sakkizinchi qismi bo’yicha jazo tayinlanganda, uzil-kesil jazo, qoida
tariqasida, Jinoyat kodeksining Umumiy qismida belgilangan tartib va miqdorda
tayinlanib, birinchi hukm bo’yicha tayinlangan jazodan kam bo’lishi mumkin
emas. Bunday hollarda birinchi hukm bo’yicha tayinlangan jazoning o’talmagan
qismidan emas, balki uning to’liq miqdoridan kelib chiqish shartligiga e’tibor
1
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori.
44
qaratilsin. Shuningdek, ushbu qarorga 2010-yil 14-mayda o’zgartish va
qo’shimcha kiritilgan bo’lib, unda shunday tushuntirish berilgan edi: “JK 59-
moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq tayinlangan uzil-kesil jazo muddatini
belgilashda birinchi hukm bo’yicha o’talgan jazo hisobga olinadi
1
”.
Sudlar tomonidan ushbu holatda qonun normasi asosan to’g’ri
qo’llanilayotgan bo’lishiga qaramasdan qonun matnidagi noaniqlik jazo
tayinlashda xatoga yo’l qo’yishga sabab bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, qonun
matni qanchalik sodda va tushunarli bo’lsa, qonunni tushunish, huquqiy
savodxonlik va huquqiy madaniyat shu darajada yuqori bo’ladi.
Shulardan kelib chiqqan holda, JK 59-moddasi sakkizinchi qismini quyidagi
tahrirda bayon qilishni taklif qilamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |