Shu nuqtayi nazardan quyidagi taklifni ilgari suramiz:
Oliy sud
Plenumining “Sudlar tomonidan jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida” gi qaroriga
qo’shimcha kiritib, unda bir necha jinoyat uchun jarima jazosi tayinlanayotganda
alohida-alohida jazo tayinlash vaqtida har bir jinoyat sodir qilingan vaqtdagi eng
kam oylik ish haqlari miqdoridan kelib chiqqan holda jarimaning summasini
belgilab olib, uzil-kesil jazo tayinlashda summalarni qo’shish to’g’risida
tushuntirish berilishi kerak. Yoxud uzil-kesil jazo tayinlashda alohida-alohida
tayinlangan jazolardan qancha miqdordan olinganligini ko’rsatib, shu miqdorlar
bo’yicha tegishli eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib, uzil-kesil jazo tayinlash
to’g’risida ko’rsatma berilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi, degan fikrdamiz. Zero,
ushbu ko’rsatmalar jinoyat qonunining asl mazmun-mohiyati bo’yicha qo’llanib,
qonunning vaqt bo’yicha amal qilish qoidasi va insonparvarlik hamda odillik
prinsiplarining yanada to’laroq ro’yobga chiqishiga ko’maklashgan bo’lar edi.
Amaliyotda kam bo’lsa-da, uchrab turadigan muammolardan yana biri
shuki, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi bir qancha moddalarida yetkazilgan
moddiy zararning o’rni qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish jazosi
qo’llanilmaydi, degan qism bilan to’ldirilganligi munosabati bilan ozodlikdan
mahrum qilishni tayinlashning qonunda cheklanganligi bir qator muammolarni
keltirib chiqaradi. Masalan, shaxsning qilmishi Jinoyat kodeksi 180-moddasi
(soxta bankrotlik) va 228-modda (hujjatlarni qalbakilashtirish) 1-qismi bilan
jinoyatlar majmui tariqasida kvalifikatsiya qilingan bo’lib, jinoyatlarning biri
uchun ozodlikdan mahrum qilishdan boshqa, ya’ni axloq tuzatish ishlari, ikkinchisi
uchun qamoq yoki boshqa bir jazo turi tayinlangan bo’lsa, uzil-kesil jazo tayinlash
tartibi qanday bo’ladi.
Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun har xil turdagi
jazolarni qo’shish yo’li bilan jazo tayinlashda, ma’lumki, sud O’zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksi 61-moddasida (har xil turdagi jazolarni qo’shishning
1
Sh. Berdiyev // Qonunning vaqt bo’yicha amal qilish instituti. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining
Axborotnomasi. 2015-yil 3-son. 29-bet.
50
hisoblash qoidalari) nazarda tutilgan qoidalarga amal qilib, jazoning og’irroq turini
tayinlashi lozim. Unga ko’ra, har xil turdagi asosiy jazolarni qo’shganda,
ozodlikdan mahrum qilishning bir kuni:
a) qamoq yoki intizomiy qismga jo’natishning bir kuniga;
b) axloq tuzatish ishlari yoki xizmat bo’yicha cheklashning uch kuniga
to’g’ri keladi.
Аmmo ushbu qoidaga ko’ra axloq tuzatish ishlari, qamoq, intizomiy qismga
jo’natish, xizmat bo’yicha cheklash jazolarini bir-biriga qo’shish yoki alohida ijro
etish masalalari tartibga solinmagan. Аmaliyotda esa, ushbu hollarda har xil
turdagi asosiy jazolarni qo’shishda bir kunlik qamoq yoki intizomiy qismga
jo’natishga uch kunlik axloq tuzatish ishlari, bir kunlik qamoqqa, intizomiy qismga
jo’natishning bir kuni va uch kunlik axloq tuzatish ishlariga uch kunlik xizmat
bo’yicha cheklash jazosi muvofiq kelishiga asoslanadilar. Qonunda boshqa jazo
turlarini faqat ozodlikdan mahrum qilish bilan qo’shish va alohida-alohida ijro
etiladigan qoidalar nazarda tutilgan, xolos.
Masalani, yuqoridagi tartibga ko’ra hal qilish, nazarimizda, adolatdan emas,
chunki Jinoyat kodeksi 61-moddasining 1-qismi (jazolarni qo’shishning hisoblash
qoidalari)da nazarda tutilgan qoidalar asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga
tegishlidir.
Аgarda bir necha jinoyat yuzasidan tayinlangan jazolarning biri axloq
tuzatish ishlari, ikkinchisi qamoq bo’lsa, yagona jazo tayinlash masalasi qanday
hal qilinishi kerak? Qonun mazmuniga ko’ra axloq tuzatish ishlari, xizmat
bo’yicha cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish faqat ozodlikdan mahrum
qilish bilan qo’shiladi. Аytaylik, sud jinoyatlar jami tariqasida jinoyatlardan biri
uchun qamoq, ikkinchisi uchun axloq tuzatish ishlari tayinlasa (har ikki jinoyati
uchun javobgarlikka tortilgan normalarning sanksiyasida ozodlikdan mahrum
qilish nazarda tutilmagan bo’lsa), yagona jazo tayinlash qanday hal qilinishi kerak?
Аgarda aybdorning qilmishlari kvalifikatsiya qilingan normalardan birining
sanksiyasida ozodlikdan mahrum etish nazarda tutilgan bo’lsa, sud, albatta,
ozodlikdan maщrum qilishni tayinlaydi. Bunday jazo nazarda tutilmagan hollarda
51
sudlar ana shunday vaziyatdan chiqish uchun qanday harakatlar qiladilar? Bunday
holda ular uchun yagona yo’l qoladi. Ya’ni O’zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksi 61-moddasiga asoslanib, axloq tuzatish ishlarini ozodlikdan mahrum qilish
jazosi bilan almashtirib, so’ng bu jazoga qamoq jazosini to’la yoki qisman qo’shib
jazo tayinlashga majbur bo’ladilar.
Amaliyotda vujudga kelayotgan ushbu muammolarni bartaraf etish
yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan har xil turdagi
jazolarni qo’shish yuzasidan tegishli tushuntirish berilsa yoxud bu tushuntirishni
Jinoyat kodeksida norma sifatida belgilab qo’yilsa, qonundagi ushbu bo’shliq
bartaraf etilgan bo’lardi, degan fikrdamiz.
Tuman sudi tomonidan fuqaro S. ga nisbatan jinoyat ishi ko’rib chiqilib, JK
188-moddasi (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish) va 278
5
-
moddasi (kompyuter sabotaji) bilan aybdor deb topilgan. Ushbu moddalar
sanksiyalarida muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi qo’shimcha jazo
tariqasida nazarda tutilgan va agar ish bo’yicha JK 57-moddasida nazarda tutilgan
holatlar mavjud bo’lmasa, qo’llanilishi majburiydir. Shunga ko’ra, sud S. ga 188-
moddasi bo’yicha eng kam oylik ish haqining to’rt yuz baravari miqdorida jarima
va ikki yil davomida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqidan mahrum
qilish jazosini tayinlagan. JK 278
5
-moddasi bo’yicha esa, eng kam oylik ish
haqining uch baravari miqdorida jarima va bir yil davomida kompyuter xizmatlari
faoliyati bilan shug’ullanish huquqidan mahrum etilgan. JK 59-moddasi yettinchi
qismiga asosan, jinoyatlar majmui bo’yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim
jinoyatlar uchun tayinlangan qo’shimcha jazolarni ham qo’shishi mumkin. Bunda
muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo’shimcha jazoning uzil-kesil
tayinlangan muddati JK ning 45-moddasida nazarda tutilgan eng ko’p muddatdan
ortiq bo’lmasligi lozim. “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti
to’g’risida”gi qarorda quyidagicha tushuntirishar berilgan: bir necha jinoyat sodir
etganlikda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan qo’shimcha jazo turi va miqdori
asosiy jazo singari har bir harakat uchun alohida, so’ngra esa jinoyatlar majmui
bo’yicha uzil-kesil tayinlanishi lozim. Аgar qo’shimcha jazo jinoyatlar majmuiga
52
kiruvchi birorta ham jinoyat uchun tayinlanmagan bo’lsa, u jinoyatlar majmui
bo’yicha qo’llanilishi mumkin emas.
Аgar jinoyatlar majmuiga kiruvchi ikki va undan ko’p jinoyat uchun aynan
bir turdagi qo’shimcha jazo tayinlangan bo’lsa, uning uzil-kesil miqdori ko’proq
qo’shimcha jazo muddatini ko’zda tutuvchi modda sanksiyasi doirasida ularni to’la
yoki qisman qo’shish orqali, jinoyat qonuni moddasida muddat belgilanmagan
yoki qo’shimcha jazo JK 45-moddasi asosida qo’llanilgan bo’lsa, ushbu jazo turi
uchun belgilangan maksimal muddat doirasida belgilanadi (46-band). 52-bandda
ham shu qoida takrorlangan: ikki yoki undan ortiq jinoyatlar majmui bo’yicha
qo’shimcha jazo belgilashda, agar alohida jinoyatlar uchun tayinlangan jazo bir
turga mansub bo’lsa, sud ushbu qo’shimcha jazo turi uchun belgilangan maksimal
muddat doirasida ularning yengilrog’ini og’irrog’i bilan qoplash yoki ularni to’la
yoki qisman qo’shish qoidasi bo’yicha uzil-kesil jazo tayinlaydi.
Xo’sh, yuqoridagi keltirilgan misolda qo’shimcha jazolar qay tartibda
qo’shiladi? Bu o’rinda ikkita jinoyat yuzasidan ham bir xil qo’shimcha jazo –
muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi tayinlanmoqda, faqat mahrum
qilinayotgan huquqlar har xil.
Ushbu holatda bu qo’shimcha jazolarga nisbatan to’la yoki qisman qo’shish
qoidalari qo’llanilmaydi va ular alohida-alohida tayinlanadi
1
.
Garchi bir necha jinoyatlar uchun tayinlanayotgan qo’shimcha jazo bir xil –
muayyan huquqdan mahrum qilish bo’lsa-da, mahrum qilinayotgan huquqlar turli
xil bo’lganligi uchun sud ularni alohida tayinlaydi: ikki yil davomida tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullanmaslik va bir yil kompyuterlarga xizmat ko’rsatish
faoliyati bilan shug’ullanmaslik. Mazkur holatni Oliy sud Plenumining qarorida
“agar bir necha jinoyatlar uchun qo’shimcha jazolar tariqasida muayyan huquqdan
mahrum qilish tayinlansa va ular turli xil huquqlarni nazarda tutsa, ular alohida
tayinlanadi” tarzida belgilab qo’yishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |