G‘ayriixtiyoriy inqilob va butunlay qulash
Sotsializm himoyachilari bilan liberalizm tarafdorlari o‘rtasida unitar (mamlakat bir butunligini
saqlab qolmoqchi bo‘lgan kuchlar bilan) milliy suverenitet kurashchilari o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklar tobora keskinlashib borar va hukumat nazoratidan chiqa boshlagan edi.
Bir necha muvaffaqiyatsizliklar va Rossiyadagi yirik mag‘lubiyatga qaramasdan Gorbachev
sotsializmni qayta qurish uchun kurashni davom ettirdi va SSSRni yangilash shiorini o‘rtaga
tashladi. 1990 yil oxirida tajovuzkor konservatorlarning ishonchsizligi va malomatlariga
qaramasdan u faollashgan sotsializm va SSSR yagonaligini liberallar va millatchilardan himoya
qiluvchilarning «sog‘lom konservatizmi»ga ijobiy baho berdi. Bu konservatorlar va «demokratik
sotsializm» tarafdorlarini birlashtirish maqsadida Gorbachev o‘zini «sentrist» deb, qayta qurish
muvaffaqiyatini esa Ittifoqni yangilashning maqsadi deb e’lon qiddi.
1990 yil oxiri-1991 yil boshida u SSSR xalq deputatlari syezdidan favqulodda vakolatlar
olishga, Vazirlar mahkamasiga aylangan Sovet hukumatini qayta tuzib o‘ziga bo‘ysundirishga
erishdi. «Sentristlar» va konservatorlar natsionalizm va liberalizmga qarshi kurashni kuchaytirishdi.
13 yanvar 1991 yilda Vilnyusda ommaviy axborot vositalari markazlariga desantchilar bilan hujum
qilinishi, kommunistlarning Litva, Latviya va Estoniyada hukumatni qaytarib olishga urinishlari
vatanparvarlarning qarshiligiga duch kelib mag‘lubiyatga uchradi va SSSR aholisining katta
qismining nafratini uyg‘otdi. RSFSR hukumati Boltiqbo‘yi vatanparvarlariga yon bosdi. Millatchi
va liberal-demokratik kuchlar barcha respublikalarda faollashdi. Ularni bostirishga tayyorlanib
Ittifoq hokimiyatlari turli xil harbiy idoralarning qurolli kuchlari ustidan yagona rahbariyat tashkil
qildi. «Rivojlanishning safarbarlik modeli» - avtoritar tuzumning «boshqariluvchi demokratiya»
sari yo‘naltirilgan konsepsiyasi va favqulodda holatni joriy qilish rejalari ishlab chiqildi.
KPSSning parchalanishini to‘xtatish, XXVIII syezd qarorlari asosida partiya tashkilotlarini
birlashtirish va ularni millatchilar va liberal-demokratlarga qarshi xujumga safarbar qilish choralari
ko‘rildi. 1991 yil mart oyida 15 respublikadan 9 tasida referendum o‘tkazildi. Unda fuqarolarning
katta qismini haqiqatga xilof tarzda mamlakat buyukligini o‘z farovonligi garovi deb hisoblab,
ammo uning yangilanishini istagan holda, yangilangan Ittifoqning saqlab qolishi uchun ovoz berdi.
Bu Gorbachev va uning ittifoqchilarining Rossiya mustaqilligini talab qiluvchilarga qarshi
kurashda faollashishiga yordam berdi. 1991 yil mart oyining oxirida ittifoq hukumati Rossiya
deputatlari syezdi bo‘layotgan paytda Moskvaga qo‘shin kiritib Yelsinni og‘darishga va
chetlatishga urinib ko‘rdi. Ammo uning liberal-demokratik o‘zgarishlar bilan aholi ahvolini
yaxshilash haqidagi va’dalariga ishongan ko‘pgina shaharliklar ko‘chalarga chiqib Yelsinni himoya
qildi. Syezd talabiga ko‘ra qo‘shinlar Moskvadan olib chiqildi, syezdda esa kommunistlarning
chiqishlari biror bir natija bermadi.
Bu muvaffaqiyatsizlik konservatorlarni Gorbachevdan liberal-demokratik kuchlarga nisbatan
qat’iyroq choralar ko‘rishni talab etishga undadi. «Biz-degan edi o‘zining tashabbusga, faollikka
bo‘lgan huquqini isbotlayotgan O‘zbekiston rahbari I.Karimov - Bu yerda (Moskvada) qabul
qilingan qarorlarning asiri bo‘la olmaymiz». MKning aprel Plenumidagi konservatorlarning ta’na-
malomati Gorbachevni bosh kotiblik lavozimidan iste’foga chiqishga majbur qildi. Majlis
181
a’zolarining ko‘pchiligi buni qabul qilmadi, ammo Gorbachevning o‘z obro‘sini yo‘qotganligi
yaqqol ko‘rinib qolgan edi.
Sotsializm himoyachilarining liberallarga qarshi kurashi Rossiya prezidentligiga umumxalq
saylovlar vaqtida yanada kuchaydi. Gorbachev va Yelsinning o‘zaro shaxsiy adovati nimadaligidan
qat’iy nazar, ulardagi ziddiyatning mohiyati mamlakatni taraqqiy ettirishning turli yo‘llari,
sotsialistik va liberal yo‘llar uchun kurashdan iborat edi. Ularning respublikalar mustaqilligiga turli
munosabatda bo‘lishi va hokimiyat uchun kurashi ham shu bilan belgilanar edi. Gorbachev va
uning ittifoqchilari tomonidan barcha kuchlarni Yelsinning raqiblarini qo‘llab-quvvatlashga safar
etganlariga qaramasdan 1991 yilning iyun oyida saylovchilarning 57%i islohotlar o‘tkazishga va’da
bergan Yelsin uchun ovoz berdi. Yelsin Rossiyaning prezidenti bo‘ldi. Shunday qilib, ko‘pchilik
Rossiyaliklar kelajak haqida hech qanday tasavvurlarsiz liberal-demokratik yo‘lni tanladi. Eng yirik
ittifoqchi respublika - Rossiyada kommunistlar hokimiyatni qo‘ldan boy berdilar.
1991 yil yoziga kelib, Siyosiy Byuro aniqlashicha, «ko‘pgina partiya qo‘mitalari va
tashkilotlarning faol siyosiy ishga tayyor emasliklari aniq bo‘ldi», «mamlakatnint ko‘pgina
mintaqalaridagi» sovetlarga esa «tarqatib yuborilish taxdidi solinar edi». Joylardan xabar
berilishicha «aholi va kommunistlarning o‘zi KPSS rahbariyati siyosatini tushunmay qoldilar» va
«xalq qayta qurish siyosatiga nisbatan o‘zining ishonchsizligini bayon qildi».
V.Pavlov rahbarligidagi SSSR ministrlar kabineti ishlab chiqarishni o‘stirish, aholi ta’minotini
tartibga solish, qishloq xo‘jaligi va sanoat mollarining ananaviy narxlari nisbatini bartaraf etishga
bo‘lgan harakatlarni faollashtirdi. Mudofaa xarajatlarini ministrlar kabineti raisi «xalq xo‘jaligi
uchun og‘ir yuk» deb atadi. Harbiy ishlab chiqarishni besh yil ichida atigi 10% ga qisqartirish
rejalashtirildi, ammo davlat buyurtmalarini bajarish uchun vositalarning yo‘qligi sovet
iqtisodiyotining bu asosiy qismini falajlashtirgan edi. Gorbachev o‘z investitsion siyosatida
«ekologik muammolarni samaradorlikning garovi sifatida birinchi o‘ringa qo‘yishga» chaqirdi.
Ammo mablag‘ ajratish (investitsiya) uchun mamlakat fondlari yetmas edi va hukumat uni topishga
ham qodir emas edi.
KPSS rahbariyatining izohlashicha «partiya mulkchilikning barcha turlari teng huquqligini
yoqlagan holda uning jamoaviy shakllarini ma’qullaydi». Hukumat tomonidan davlat mulki bir
qismini xususiylashtirish, arenda (ijara)ga ko‘p e’tibor berish, xorijiylarning mamlakat boyliklariga
egalik qilishlariga yo‘l qo‘ymaslikni ko‘zda tutuvchi xususiylashtirish loyihasi tayyorlandi. Ammo
yakka tartibdagi va kooperativ faoliyat, kichik tadbirkorlikning alanga olishi va hissadorlik
jamiyatlarini tuzish, direktorlar va ishlab chiqarish kollektivlari tomonidan korxonalarning ijaraga
yoki sotib olinishining avj olishi bu rejalar doirasidan chiqib ulgurgan edi.
Biroq iste’mol mollarini ishlab chiqarish o‘smadi. «Butun mamlakat bo‘yicha tovar
ayirboshlash va o‘z mahsulotlarini sotish xajmi savdo vazirligining Siyosiy Byuroga xabar
berishicha - 1990 yil aprel oyiga nisbatan yarimga, bir qator respublikalarda (Armaniston,
Ozarbayjoi, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston) esa bundan ham ko‘proq qisqardi». Aholi uchun
zarur mollar tanqisligi sababli, ularni tarqatishni talon tizimini joriy etish orqali tartibga solishga
harakat qilinayotganligidan qat’iy nazar, narxlar va navbatlar, olib-sotarlik va jinoyatchilik
o‘sayotgan edi.
Ittifoq markazidan zarur vosita va mollarning kelishidan umidini uzgan respublikalar
hokimiyatlari oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning o‘z respublikalari hududidan olib chiqilishini
va markaz uchun mo‘ljallangan daromadlarni cheklay boshladi. Bu o‘z navbatida
moliyalashtirishning idoraviy yagonaligi «ildiziga bolta urar edi». Shu bilan birga ishlab chiqarnsh
vositalarining tanqisligi va rublning qadrsizlanishi korxonalarni hech kim tomonidan nazorat
qilinmaydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovar ayirboshlash – barter usuliga o‘tishga majbur qildi.
Davom etayotgan ommaviy norozilik va elatlararo to‘qnashuvlar xalq xo‘jaligiga katta zarar
(o‘nlab milliard rubl) yetkazdi. Natijada faqatgina 1991 yilning dastlabki oylarida 650 ming kishi
zarar ko‘rdi. Buning oqibatida 1991 yil natijasiga ko‘ra ishlab chiqarish 8% ga, YAMM-17%ga
pasaydi, iste’mol mollari narxlari qariyb 2 baravar o‘sdi, davlat budjeti kamomadi YAIMning 20%i
gacha o‘sdi, mamlakat oltin zahirasi esa 1,5 ming tonnaga tushib qoldi.
Hukumat inqirozga qarshi iqtisodiyot va siyosatni barqarorlashtirishga qaratilgan choralarni
rejalashtirdi. Ularni amalga oshirish uchun unga respublikalar iqtisodiyoti va moliyasini
bo‘ysundiruvchi keng vakolatlar kerak edi. Ammo markaz bu hokimiyatni qo‘ldan boy bergan edi.
182
Konservatorlar qo‘llab-quvvatlashiga qaramay Gorbachev Ittifoqni yangilash va favqulodda
choralarsiz sotsialistik yo‘nalishni saqlab qolishga umid qilardi. Ammo bu umidlarning
muvaffaqiyati kafolatlanmagan edi.
Prezident Ittifoqni 6 respublika tark etganligining asosiy sababi ularning sotsialistik
yo‘nalishdan voz kechishi va boshqa qadriyatlarga yuz tutishida ekanligini tan olmas edi. U hali
ittifoqni tark etmagan bir qator respublikalarda turli xil nosotsialistik yo‘nalishlarga bo‘lgan
moyillikka ham e’tibor bermas edi. Aftidan, u Ittifoqning saqlanib qolishi bunday holatlarni
bartaraf etadi deb umid qilardi. Gorbachev 8-9 respublika rahbarlari bilan ko‘p marotaba uchrashdi.
Iyul oyining oxiriga kelib ular o‘rtasida yangi Ittifoq shartnomasi-markaz vakolatlarini cheklovchi
va aralash mafkuraviy-siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lgan federatsiya tuzish to‘g‘risidagi shartnoma
loyihasi kelishib olindi. Ittifoq haqidagi yangi shartnomaning imzolanish kuni 20 avgust qilib
belgilandi.
Vaziyat nihoyatda keskinlashgan edi. g‘azablangan konservatorlar, Itgifoq to‘g‘risidagi yangi
shartnomaning imzolanishi markaziy hokimiyatning nihoyatda cheklab qo‘yilishiga, mamlakatni
sotsialistik taraqqiyot yo‘lidan mahrum qilinishiga va bir qator respublikalarning undan chiqib
ketishiga olib keladi, deb hisoblashardi. Vaziyatga baho bergan KGB (DXK.) rahbari V.Kryuchkov
«bizning vatanimiz falokat yoqasida turibdi» degan edi. U SSSRni va «real sotsializm»ni saqlab
qolish tarafdorlarini va xalqni birlashishga chaqiruvchi «Xalqqa so‘z» nomli xujjatni e’lon qildi.
Yangi ittifoq shartnomasi SSSR Oliy Kengashi raisi A.Lukyanov va ko‘pgina deputatlar tomonidan
tanqidga uchradi. RSFSRda kommunistlarning hokimiyatni qo‘ldan boy berishlari va korxona va
tashkilotlarda KPSS tashkilotlarining tarqatib yuborilishi bilan vaziyat yanada og‘irlashdi. Noyabr
oyida yangi dastur qabul qilish uchun KPSSning syezdini chaqirishga qaror qilgan M.Gorbachev
MK Plenumining ko‘pchilik a’zolari tomonidan tanqid qilindn.
Gorbachev Qrimda dam olayotgan paytida Kryuchkov va uning atrofida to‘plangan boshqa
mansabdor shaxslar vaziyatdan foydalanib, mamlakatda favqulodda holat joriy etish rejasini
tayyorlashdi. Moskva va Boltiqbo‘yida ular o‘z tarafdorlari va qo‘shinlarni hal qiluvchi hujumga
qaratishdi. Ular Qrimda dam olayotgan Gorbachevga bu rejalar haqida xabar berishdi. U bu rejaga
qarshi edi, ammo ularga halaqit berishga urinib ko‘rmadi.
18 avgust kuni SSSR va KPSSning bir guruh oliy martabali kishilari, jumladan, vitse-prezident,
prezident ma’muriyati rahbari, hukumat boshlig‘i, KPSS MKning ba’zi kotiblari va ba’zi vazirlar
prezidentning betobligi haqida xabar berib mamlakat birligi va sotsialistik tuzumni saqlab qolish
uchun Favqulodda Holat Davlat qo‘mitasi (FXDQ) tashkil etilganligini ma’lum qildi. Aholining
eng zarur ehtiyojlarini qondirishni va’da qilib, qo‘mita mamlakatning bir qator mintaqalarida
favqulodda holat joriy etilganligini e’lon qildi va Ittifoq shartnomasining imzolanishini bekor qildi.
U KPSS tasarrufida bo‘lgan ommaviy axborot vositalaridan boshqa hamma ommaviy axborot
vositalarini taqiqladi, liberalizm va demokratiya tarafdorlariga qarshi choralar ko‘ra boshladi.
Moskvaga qo‘shin kiritib, RSFSR hukumat organlari joylashgan Oq uyga tanklarni yo‘naltirdi va
shturm qilishga qaror qilishdi. O.SHenin tomonidan chaqirilgan KPSS MK kotibiyati barcha
partiya tashkilotlaridan FXDQni vaqtincha qo‘llashni talab qildi va siyosiy byuroning bunga mos
bo‘lgan qarorini tayyorladi.
Ammo davlat apparati xodimlari, jumladan harbiylar ham FXDQ farmonlarini bajarishga
shoshilmadilar. Hatto FHDQni qo‘llagan KPSS tarkibidagi kompartiyalar va ba’zi respublika
rahbarlari ham bunga mos choralarni ko‘rishmadi. Qozog‘iston rahbari Nazarboyev FXDQni
qo‘llab-quvvatlamadi, Boltiqbo‘yi respublikalari rahbarlari esa uni qoralashdi. Deyarli hamma
joyda kommunistlar turli kayfiyatda edi va hatto FXDQga norozilik bildirishdi. Bu KPSSning to‘la
layoqatsizligini namoyish etdi.
Rossiya va boshqa respublikalarda aholining faol qismi, hatto yangilangan Itgifoqning
saqlanishi uchun ovoz berganlar ham ochiqchasiga yangilanishga qarshi turgan putgacha qarshi edi,
qonun buzilganligini, ayniqsa qurolli kuchlarning ishga solinishini keskin qoraladi.
Moskvada davlat to‘ntarishiga qarshi bo‘lganlar «Demokratik Rossiya» bloki va RSFSR Oliy
Kengashi atrofida to‘plandn. B.Yelsin tank ustida turib demokratik va erkinlik dushmanlariga
qarshi kurashga da’vat etdi. U GKCHP (FHDQ) ishlarini qoraladi, SSSR prezidentini himoya qildi,
RSFSR hududida joylashgan barcha qo‘shinlardan unga bo‘ysinishlarini talab qildi.
183
FXDQga qarshi Oq uy qarshisida to‘plangan o‘n minglab kishilar norozilik bildirdi. Ular
barrikada qurdilar, qurol olishga va hujumni qaytarishga harakat qildi. 20 avgust kuni FXDQ
tomonidan jo‘natilgan bronetexnika (zirhli mashinalar)ga qarshilik ko‘rsatish chog‘ida uch kishi
halok bo‘ldi. Sank-Peterburg va Rossiyaning boshqa shaharlarida mitinglar va norozilik
namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
FXDQ Oq uyni shturm qilish va omma qarshiligini sindirishga mavaffaq bo‘lmadi. U
parchalana boshladi, barcha respublikalar hukumatlari va hattoki ba’zi respublika kompartiyalari
rahbarlari undan uzoqlasha boshladi. To‘rtinchi kuni uning a’zolari qochib ketishdi va hibsga
olindi.
FXDQning mag‘lubiyati va Rossiyada liberal-demokratik kuchlarning‘ faol himoya qilinishi
natijasida ittifoqqa qarashli organlar o‘z faoliyatlarini to‘xtatdilar va ularni boshqarayotgan
kommunistlar hokimiyatni qo‘ldan boy berdi, respublikalar esa haqqoniy mustaqillikka ega bo‘ldi.
Liberal demokratlarning kutilmagan g‘alabasi ularning Rossiyadagi hokimiyatini mustahkamladi.
Shunday qilib 19-23 avgustda SSSRda ixtiyorsiz inqilob ro‘y berdi va yagona davlat endi mavjud
bo‘lmay qoldi.
Moskvaga kelgan Gorbachev «butunlay boshqa mamlakatga kelganligini», rahbarlari boshqa
Plenumni chaqirishga ham qodir bo‘lmagan KPSS bosh kotibi lavozimidan mahrum bo‘lganini
fahmladi. U vazirlarni ishdan bo‘shatdi, ittifoq hukumati o‘rniga respublikalararo iqtisodiy qo‘mita
tuzdi.
SSSR xalq deputatlarining 2 sentabrdagi navbatdan tashqari syezdida e’lon qilingan 10
ittifoqdosh respublika rahbarlarining yangi davlat-respublikalar konfederatsiyasini tashkil etish
to‘g‘risidagi taklifi oldingi davlat, ya’ni SSSR parchalanganining e’tirof etilgani edi. Syezd SSSR
Oliy Kengashini tuzmadi, balki o‘z vakolatlarini prezident boshchiligidagi Davlat Kengashiga
topshirdi. SSSR davlat apparati butunlay parchalandi. Yel’sin qaroriga ko‘ra 1991 yil noyabrda
Rossiyada KPSS faoliyati ta’qiqlandi va uning mol-mulki davlat hisobiga o‘tdi.
Respublikalar hukumatlari endi o‘z suverenitet va mustaqilliklarini mustaqkamlash uchun
qayg‘urishlari kerak edi, chunki ba’zilari Rossiya rahbariyatidagi ittifoq markazi funksiyalarini o‘z
qo‘liga olishga bo‘lgan moyillikdan tashvishda edilar. Bolva (Putcha)dan keyin tezda Moldaviya,
O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ukraina, Ozarbayjon, kuzda Tojikiston va Belorussiya, dekabrda
Qozog‘iston o‘z mustaqilliklarini e’lon qilishdi. Referendumlar sentabrda-Armaniston, oktabrda-
Turkmaniston, 1-dekabrda-Ukraina mustaqilligini tasdiqlashdi. 1991 yil kuziga kelib, xujjatlarda
aks ettirilmagan bo‘lsa-da, SSSR amalda mavjud emas edi.
Hattoki Bolqariya va Checheniston respublikasi (keyinchalik, Ichkeriya) ham mustaqil deb
e’lon qilingan edi.
SSSR parchalanganligining xalq ommasi va hattoki siyosiy arboblar tomonidan anglab yetilishi
haqiqatdan ancha orqada qolayottan edi. SSSR davlat qo‘mitasi raisi prezident Gorbachev Iqtisodiy
qo‘mita tomonidan taklif qilingan respublikalarning iqtisodiy integratsiyasi rejasini ma’qulladi.
Uning asosida 8 ta mustaqil respublika rahbarlari Gorbachev bilan birgalikda iqtisodiy hamjamiyat
to‘g‘risidagi Shartnomani imzolashdi. Uni amalga oshirish va tasdiqlash parchalangan xo‘jalik va
respublikalarning aniq xo‘jalik manfaatlari mavhumligiga duch keldi.
Ammo Gorbachev bundan ko‘proq narsani talab qila boshladi. O‘z maslahatchilariga tayanib,
B.Yelsin, N.Nazarbayev va bir qator boshqa respublika rahbarlari ma’qullagan konfederensiya
shaklidagi suveren davlatlar ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomani ishlab chiqishga e’tibor qaratdi.
Mohiyatan, gap sobiq davlatni, bor-yo‘g‘i prezidenti va uning idoralari va ramziy belgilarigina
saqlanib qolgan SSSRni tiklash haqida emas, balki yangi davlat tuzish to‘g‘risida borayotgan edi.
Ammo shu bilan birga, Novo-Ogaryovodagi yig‘ilishlarda qatnashib turgan respublikalardagi turli
siyosiy holatni hisobga olmasdan, sotsialistik yo‘nalishni saqlab qolishni ta’kidlar edi. Tabiiyki
respublikalar rahbarlari o‘z qonun chiqaruvchi organlari tomonidan qarab chiqmasdan bu
shartnomaga imzo qo‘ya olmas edilar.
Gorbachevning 7 ta respublika rahbarlari bilan olib borgan uzoq va og‘ir muzokoralariga
Ukrainadagi referendum qaqshatqich zarba berdi. Bu davlatda qabul qilingan mustaqillik
konfederatsiyada qatnashishni inkor qilar edi. Albatta, qaysiki, 2-3 respublika yangi ittifoq
tuzishlari mumkin edi, ammo u ham mohiyat, ham shakl jihatdan 1988-1991 yillarda parchalanib
ketgan ilgarigi ittifoqqa tenglasha olmas edi.
184
Turlicha va unchalik aniq bo‘lmagan siyosiy yo‘nalishlarda bo‘lgan respublikalarning
sotsialistik yo‘nalishdagi markaz bilan konfederatsiya tuzishi amri mahol edi.
Bir hafta o‘tgandan so‘ng 8-dekabr kuni Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari Viskuli
(Belovej puha)da SSSR ning tugatilganligi to‘g‘risidagi hujjatni imzolashdi, unga «o‘lganlik haqida
guvohnoma» berishdi. 1988 yilda boshlangan va 1991 yil kuzida yakunlangan jarayonning
kechikkan qayd etilishi ro‘y berdi. Bu ularning motivlari va kayfiyatlari qanday bo‘lishidan qat’iy
nazar mustaqil davlatlar qonuniy rahbarlarining siyosiy qarori edi. SSSR parchalanganligi
to‘g‘risidagi qarorning mohiyati va oqibatlarini to‘la tushunib yetmagan bo‘lsalar-da parchalangan
sobiq imperiya hududidagi barcha respublika rahbarlari va parlamentlari ma’qullashdi. Ittifoqning
oxirgi idoralari, jumladan, prezident lavozimi tarqatildi va bekor qilindi.
Bu hujjatning mavjud bo‘lgan qonunlarga muvofiqligini muhokama qilish ortiqchadir, chunki
siyosiy qarorlar kuchlar nisbatiga ko‘ra qabul qilinadi va amalga oshiriladi. Bu qaror Viskulida
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ni yaratish to‘g‘risidagi kelishuvga imzo chekishga imkon
berdi. Unda MDHning bo‘lajak a’zolariga kam talab qo‘yilgan edi, va dekabr oyi oxirigacha unga
umid bog‘lab, ko‘pchilik sobiq Sovet respublikalar hukumatlari qo‘shilishdi. Bundan ortig‘iga
erishish mumkin emas edi. Bu hujjatlar o‘sha paytda yangi mustaqil davlatlar o‘rtasida erishilgan
kelishuvning eng yuqori darajasi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |