Йилларда франция


SSSR merosida respublikalar ulushi



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

SSSR merosida respublikalar ulushi 
№ 
Mamlakatlar 
hududi 

aholis


ishlab 
chiqarish 

Aholi jon 
boshiga YAIM 

1.   
Ozarboyjan 
0,43 
2,6 
1,8 
56 
2.   
Armaniston 
0,15 
1,1 
1,1 
118 
3.   
Belorussiya 
0,93 
3,5 
3,8 
106 
4.   
Gruziya 
0,35 
2,0 
1,8 
90 
5.   
Qozog‘iston 
12,23 
5,7 
5,1 
90 
6.   
Qirg‘iziston 
0,89 
1,4 
1,0 
60 
7.   
Latviya 
0,28 
0,9 
0,7 
133 
8.   
Litva 
0,29 
1,2 
1,1 
133 
9.   
Moldaviya 
0,15 
1,6 
1,3 
80 
10.  
Rossiya 
76,25 
52,0 
57,8 
114 
11.  
Tojikiston 
0,63 
1,5 
1,0 
50 
12.  
Turkmaniston 
2,21 
1,4 
0,9 
75 
13.  
O‘zbekiston  
2,10 
7,1 
4,4 
96 
14.  
Ukraina 
2,75 
18,0 
17,8 
92 
15.  
Estoniya 
0,23 
0,5 
0,4 
140 
 
Zamonaviy  «ajralish»-mustaqil  davlatlar  tomonidan  SSSR  merosini  tinchlik  yo‘li  bilan 
taqsimlashga  1991  yil  dekabrida  MDHning  tuzilishi  va  uning  faoliyati  yordam  berdi.  Unga  asta-
sekin 12 respublika a’zo bo‘lib kirdi. Faqatgina Boltiqbo‘yi davlatlari bundan mustasno. 
Eng asosiysi, MDH a’zolari ba’zi ikkilanishlar bilan va Boltiqbo‘yi davlatlari respublikalararo 
ma’muriy  chegaralarning  davlat  chegaralari  ekanligini  tan  olishga  va  o‘zaro  hududiy  da’volardan 
voz kechishga rozi bo‘lishdi. Armaniston unga qo‘shilishga intilayotgan Tog‘li Qorabog‘ni qo‘shib 
olishdan  bosh  tortdi.  Shunday  bo‘lsada  keskin  to‘qnashuvlarning  oldini  olishga  muvaffaq 
bo‘linmadi. Bunday mojaro va to‘qnashuvlar respublikalarning o‘zaro da’volari tufayli emas, balki, 
Tog‘li Qorabog‘, Abxaziya, Janubiy Osetiya, Dnestr bo‘yi, Chechenistonning ayirmachiligi tufayli 
ro‘y berdi. 
SSSR  hududida  va  ko‘pgina  respublikalarda  hamda  MDH  hududidan  tashqarida  joylashgan 
qurolli  kuchlarning,  shuningdek,  harbiy  flot  va  yadro  qurolining  taqdirini  hal  qilish  qiyin  bo‘ldi. 


 
186 
MDH  a’zolarining  sovet  qurolli  kuchlarini  mustaqil  davlatlarning  birlashgan  qurolli  kuchlariga 
aylantirishga  urinishlari  zoye  ketdi:  har  bir  davlat  o‘z  qurolli  kuchlariga  muhtoj  edi  va  qisman 
SSSR  sobiq  qo‘shinlaridan  foydalanib  o‘z  qo‘shinlarini  tuza  boshladi.  Faqatgina  Boltiqbo‘yi 
davlatlari o‘z qurolli kuchlarini butunlay yangidan tuzishdi. 
Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Belorussiya hududida joylashgan yadro qurollari taqdirini hal 
qilish oson kechmadi. Oxir-oqibatda barcha  raketa-yadro  qurollarini  zararsizlantirish  uchun 
Rossiyaga  topshirildi  va  boshqa  respublikalar  zararsizlantirilgan  yadro  qurollari  mahsulotlari  va 
qoldiqlariga egalik qilish huquqini saqlagan holda o‘zlarini yadrodan xoli hudud deb e’lon qildilar 
va yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasiga qo‘shildilar. 
Fuqarolik  floti  sobiq  sovet  respublikalarning  ishlab  chiqarish  kuchiga  mutanosib  ravishda 
bo‘lingan  bo‘lsa,  harbiy  flot  to‘laligicha  Rossiyaga  nasib  etdi.  Uning  qora  Dengiz  flotining  katta 
qismiga  da’vogarlik  qilayotgan  Ukraina  bilan  uzoq  muddatli  muzokoralari  o‘zaro  manfaatli 
kelishuvga olib keldi. 
SSSR,  boshqa  mamlakatlar  bilan  jiddiy  o‘zaro  majburiyatlarni  ko‘zda  tutuvchi  16  ming 
shartnoma  va  kelishuvga  ega  edi.  SSSR tashqi  davlatlarning  ba’zilaridan  80  mlrd.  dollarga  yaqin 
qarzdor bo‘lsa, uning ko‘p  ittifoqchilari  ham unga shuncha  mablag‘  berishlari kerak edi. Ukraina 
bilan olib borilgan murakkab muzokoralar va boshqa respublikalar roziligi bilan Rossiya MDHdan 
tashqaridagi  Sovet  qurolli  kuchlari,  SSSRning  boshqa  mamlakatlar  bilan  shartnoma  va 
kelishuvlardagi qarz va kreditlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. 
Rossiya  Federatsiyasi  (1922  yildan  keyin)  xalqaro  munosabatlar  subyekti  sifatida  tiklandi  va 
SSSRning asosiy merosxo‘r vorisiga aylandi, BMTdagi SSSR o‘rniga ega bo‘ldi, BMT Xavfsizlik 
Kengashi doimiy a’zosiga aylandi, ammo SSSRning dunyo hamjamiyatidagi mavqei va roliga ega 
bo‘la olmadi. Ukraina va Belorussiya BMTning ta’sis etuvchi a’zolari bo‘lishgan bo‘lsa endilikda 
boshqa  barcha  respublikalar  BMT  a’zolari  bo‘lishdi.  Mustaqillikka  erishish  davrida  ularning  har 
biridagi  ijtimoiy-iqtisodiy  va  mafkuraviy-siyosiy  vaziyat  o‘ziga  xos  edi.  Shuning  uchun  SSSR 
hududida  paydo  bo‘lgan  15  ta  yangi  mustaqil  davlatlarning  taraqqiyot  yo‘li  turlicha  bo‘ldi. 
Avvaldan  Estoniya,  Latviya  va  Litvaning  liberal  yo‘nalishi  ma’lum  bo‘ldi.  Ko‘pgina  boshqa 
respublikalarda Rossiyadagi kabi liberal yo‘lni tanlash kuchli muxolifatni bartaraf etishni talab etdi. 
Ko‘pchiligida  yangi  yo‘nalishni  ishlab  chiqish  qiyin  bo‘ldi  va  ularda  jamiyat  va  davlatchilikning 
shakllanishi yanada qiyinroq kechdi.  
Ammo,  deyarli  hamma  respublikalar  uchun  eng  og‘ir  muammolar  SSSRdan  meros  bo‘lib 
qolgan ushbu holatlar edi: parchalangan jamiyat, kam ta’minlangan aholi, tayanch (markaz)ga ega 
bo‘lmagan  boshqaruv,  hech  qanday  bozor  munosabatlariga  ega  bo‘lmagan  tarqoq  korxonalar, 
to‘xtab  qolgan  va  konversiya  qilishni,  ya’ni  o‘zgartirishni  talab  etgan  qurollar  va  harbiy 
materiallarni  ishlab  chiqarish  korxonalari,  kollektivlashgan  (jamoalashgan)  qishloq  xo‘jaligining 
past samaradorligi, milliy madaniyatning sustligi va elatlararo ziddiyatlar. 
Bu muammolarni bartaraf etish ilgari taxmin qilinganidan ancha ko‘p kuch va vaqt talab qiladi. 
Ko‘pchilikning  umumiy  faravonlikka  tezda  erishishga  bo‘lgan  umidlari  amalga  oshmadi. 
Ko‘pchilik bunda sovet merosini emas, balki «real sotsializm» xarobalari ustida qiyinchiliklar bilan 
yo‘l topayotgan islohotchilarni ayblay boshlashdi. 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish