Rossiyada yangi o‘zgarishlar jarayoni va
isloxatlarning borishi
1991 yil avgustida to‘satdan bo‘lgan inqilobning g‘alabasi B.Yelsin va «Demokratik
Rossiya»ning yelkasiga kutilmaganda yuk bo‘lib tushdi. Rossiya hukumati tub o‘zgarishlar dasturi
ishlab chiqilguncha shoshilinch tadbirlarni amalga oshirishga majbur bo‘ldi. «Demokratik Rossiya»
harakatida bundan keyingi olib borilishi kerak bo‘lgan ishlarning usul va yo‘llarida qarama-
qarshilik borligi ayon bo‘lib qoldi. Shu sababli Yelsin va uning tarafdorlari avgust-sentabrda
radikal islohotlar uchun xalqning ko‘tarinki ruhidan foydalana olmadilar.
Ammo sustkashlik qilishga imkon yo‘q edi: 1991-1992 yil qishiga Rossiyada na oziq-ovqat, na
ularni sotib olishga mablag‘ va na boshqarish tizimi bor edi. Rossiya xalq deputatlari syezdining
ko‘pchilik a’zolariga tuzumning puchligi va uni qayta tiklashning iloji yo‘qligi, uning o‘rniga
shoshilinch ravishda yangi hukumatni tuzish zarurligi ochiq-oydin ma’lum edi. Shunday bo‘lsada,
turli xil takliflarning ko‘pligiga qaramay, SSSRning Rossiyadagi xarobalari o‘rnida faqat imkoni
187
bor narsani qilish, faqat yangi rahbarlar va nochor aholi qo‘lidan keladigan ishlarni amalga oshirish
mumkin edi.
Liberal-demokratik tub o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlarini oktabrning oxirida Yelsin
syezdga taklif etdi va buni Rossiya deputatlari syezdi esa ma’qulladi. Liberal islohotchilik ishini
amalga oshirishdan eng tajribali kadrlar bosh tortgandan keyin, eski rahbariyatning bir qismi bilan
reformist hukumat ishga kirishdi. YE.Gaydar «komanda»sini qo‘llab-quvvatlash uchun bu ishni
prezidentning o‘zi boshqardi, uning birinchi o‘rinbosari esa «Demokratik Rossiya» harakati
rahbarlaridan biri bo‘lgan G.Burbulis edi.
Tub o‘zgarishlarning qiyin kechishini oldindan ko‘ra bilgan ministr-islohotchilar o‘zlarini
«kamikadze» (o‘limga mahkum qilinganlar) deb hisobladilar va bu o‘zgarishlarni tatbiq etishni
qisqa muddatlarda amalga oshirmoqchi bo‘ldilar. Belgilangan islohotchilik tadbirlarini amalga
oshirish uchun prezident va hukumatning huquqi yetarli deb o‘yladilar, «qaddini rostlagan»
kishilarning mafkurasi esa o‘z-o‘zidan liberal mafkura bo‘lib qoladi deb ishondilar. Buning ustiga
hokimiyatning boshqa tarmoqlaridan madad olish uchun qayg‘urishmadi. Bu harakat ham xuddi
prezident o‘ylamasdan turib bir yildayoq ahvolni yaxshilayman deb bergan va’dasidek jiddiy xato
bo‘lib chiqdi.
Hukumat o‘z ishini mehnat haqini va ijtimoiy ta’minotni birmuncha yaxshilash, hamda
ma’muriy va moliyaviy tashkilotlarni yangi vazifalarga moslashtirish choralaridan boshladi.
So‘ngra hukumat ba’zi sohalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy mulkchilikni tiklash
hamda bozor munosabatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan islohotlar rejalarini ishlab chiqdi va
amalga oshirishga intildi.
Liberallashtirishga qarshi turgan raqiblarning, hamda uni boshqacha usul bilan amalga oshirish
tarafdori bo‘lganlarning shafqatsiz qarshiligi, shuningdek, ma’muriy organlarning past darajada
ijrochiligi islohotlarni amalga oshirishni qiyinlashtirdi. 1992 yil bahorida mamlakat prezidenti va
hukumat markazdan qochish harakatlarini bartaraf etish va Rossiyaning butunligini saqlab qolish
uchun «mustaqil respublikalar», o‘lkalar, viloyatlar va avtonom okruglar bilan Federativ shartnoma
tuzib, har bir subyektga (hududiy birlikka) ular «hazm qila olaolgunlaricha» vakolat berishga
majbur bo‘ldilar. Tub o‘zgarishlar jarayoni parokanda bo‘lib tarqalib ketayotgan sovet boshqaruv
organlari tomonidan amalga oshirila boshlandi. Bu apparatning xodimlari yangi vazifalarni amalga
oshirishning yo‘llarini eplay olmadilar, ba’zilari esa xohlamadilar. Buning ustiga apparatda
islohotchilarning yangi oqimi yetarli emas edi. Islohotlarni amalga oshirishda sabotaj (ishdan
bo‘yin tovlash) va har xil hokimiyat organlarining bir-biriga qarama-qarshi buyruqlari halaqit berar
edi.
Ammo har xolda Oliy Sovetning bir qator qonunlari va prezidentning ko‘plab buyruqlari
asosida 2-3 yil ichida xususiy mulkchilikka o‘n yilliklar mobaynida nafrat uyg‘otilgan bo‘lsada
Rossiyada nafaqat bozor munosabatlari qayta tiklandi, balki u ustunlik ham qila boshladi.
1992 yilning o‘zida barcha mahsulotlarga narxlar erkinlashtirila boshlandi: ehtiyoj va talabdan
kelib chiqqan holda ular bozor munosabatlari asosida shakllana boshladi. Yilning oxiriga kelib
davlat nazorati ostida faqat davlat budjetidagi ishchi va xizmatchilarning ish haqini va narxlarni
belgilash qoldi. Narxlarning bunday liberallashtirilishi rublning yagona to‘lov vositasi va xo‘jalikni
boshqarish quroli bo‘lishiga yetarli asos bo‘ldi. Hukumat Xalqaro Valyuta Fondining milliardlab
dollar kreditlari yordamida rublni mustahkamlashga, budjetni taqchilliksiz qilishga hamda
mamlakat moliya tizimini mustahkamlashga intildi. Biroq, mablag‘ning yetishmasligi davlat
buyurtmalarining qisqarishiga olib keldi. O‘z navbatida bu eng asosiy sanoat korxonalaridan
tashqari barcha korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish ishining boshlanib ketishiga sabab bo‘ldi.
Bu korxonalar boshliqlarning va ishchi xodimlarning aksionerlik mulkiga aylandi. Ular boshqa
fuqarolarga aksiyalarning katta qismini xususiylashtirish chekiga (vaucherga) sotish huquqiga ega
edilar. Vaucherlar hammaga berilar edi - ularni aholining 90 foizidan ko‘prog‘i asosan fondlar va
olib sotarlar orqali olishardi va sotishardi. Xususiylashtirish kerakli darajada qonuniy asosga ega
emas edi. Xususiylashtirilayotgan korxonalarning narxlari baland emas edi ularning baholari,
fondlarning abstrakt narxida emas, balki narxlar bozor ehtiyojlarining past darajadagi to‘lov
imkoniyatlariga mos tarzda belgilanar edi.
Shunday qilib mamlakatda 24 ming korxona va 15% ko‘ngilli-fermerlar tashlandiq yerlarga ega
bo‘ldilar. Turli xil xususiy sanoat va savdo korxonalari, hamda banklar qonuniy yo‘l bilan ishga
188
tushdi va ularni tashkil etish tezlashdi. Ammo ko‘plab yangi xo‘jayinlar ular ichida anchagina
ilgaritdan xo‘jalik yurituvchilar ham bor edi, ular bozor sharoitlarida ish olib borishni bilmas edilar.
Shu sababli samarali ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishi juda murakkab jarayon bo‘ldi, bu esa
o‘z navbatida ishlab chiqarish jarayonining pasayib ketishiga olib keldi va jonlanishning ancha
cho‘zilib ketishiga sabab bo‘ldi.
Davlatda yetarli mablag‘ning yo‘qligi buyurtma va sarmoya kutayotgan hamda konversiya
uchun resurslarga ega bo‘lmagan, shuningdek, bozorga kerakli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab
chiqarishga qodir bo‘lmagan sanoat korxonalarining katta qismini falaj qilib qo‘ygan edi.
Korxonalarning bir-biriga qarzini to‘lamay yurishi xo‘jalikning izdan chiqishini kuchaytirdi.
Natijada bir yilda ishlab chiqarish 20% tushdi va pasayish davom etdi. Juda qiyin ahvolda davlat
dotatsiyasi bilan yashayotgan fond, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot kabi
sohalar mablag‘siz qoldi.
Mulkchilikni va bozor munosabatlarining qonun tomonidan himoyalanishining yo‘qligi,
huquqni himoya qilish organlari yangilanishining kechiktirilishi suiste’mol va jinoyatning o‘sishiga
imkon berdi. Rubl missiyasi narxning 26 barobar o‘sishiga, pulning qadrsizlanishiga va rublning
dollar tomonidan siqib chiqarilishiga olib keldi. Pulning qadrsizlanishi omonat pullarning,
vaucherlarning va maoshning quvvatini tushurib, aholining katta qismini nochor ahvolga solib
o‘ydi. Ishsizlik o‘sdi va maoshni o‘z vaqtida to‘lamaslik ommaviy tus oldi. Aholi daromadi 2
barobar pasaydi. Xalqning ta’minot va farovonlik haqidagi umidlari puchga chiqdi va bu aholining
barcha qatlamlarini norozi qildi. Bu voqealar ko‘plarga - A.Soljenetsindan tortib to
G.Zyuganovgacha, ya’ni barchaga liberallashtirish va xususiylashtirishni talonchilik va xalqqa
qarshi harakat deb atashga asos bo‘ldi. Kommunistlar xalqning qiynalishining asosiy sababi «real
sotsializm» o‘n yilliklarining halokatli oqibati emas, balki islohotlarni no‘noqlik bilan amalga
oshirayotgan yangi hokimiyatdir deb, jar solishdi va shu yo‘l bilan mamlakatni yana sotsializm
yo‘liga qaytarishga urindilar.
Mamlakatdagi qarama-qarshiliklar «Demokratik Rossiya» blokining parchalanishiga olib keldi.
Islohotlar sababli bo‘layotgan katta sarf-xarajatlar noroziliklarni kuchaytirdi va ko‘plab
oppozitsiyadagi partiya va harakatlarni ruhlantirib yubordi. Oliy Sovetda va Deputatlar Syezdida
nafaqat liberal-demokratik tub o‘zgarishlarning raqiblari bo‘lmish-kommunistlar shu bilan birga
monarxistlargacha bo‘lgan oppozitsiyadagi kuchlar ham faollashib qoldilar. Vitse prezident
A.Rutskoyga o‘xshagan vaqtinchalik sheriklar, islohotlarning boshqacha variantlarini tavsiya
etuvchi R.Xasbulatov va G.Yavlinskiy kabilar ham faollashib qoldilar. Ularning ta’nalari Yelsinni
islohotlarning ba’zi bir sohalarini to‘xtatib turishga, hukumat tarkibiga «boshqarmachilarni»
kiritishga, so‘ngra undan o‘zi chiqib, Gaydarga qoldirishga majbur qildi.
1992 yil dekabrida syezd ishini barbod qilishga qaratilgan muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng,
Yelsin Gaydarni «boshqarmachilar» va «direktor»lar orasida katta obro‘ga ega bo‘lgan sobiq sovet
vazirlaridan biri V.Chernomo‘rdin bilan almashtirishiga majbur bo‘ldi.
«Boshqarmachilar» ko‘pchilikni tashkil etgan V.Chernomo‘rdin hukumati xalqning ishonchini
ishlab chiqarishni barqarorlashtirish va aholi turmush darajasini biroz yengillashtirish kabi va’dalar
bilan qozonmoqchi bo‘ldi. «Boshqarmachilar» tub o‘zgarishlarni o‘zlarining nazoratchilari ostida
bo‘lgan xoldinglar tuzishga qaratmoqchi bo‘lgan bo‘lsalarda, hokimiyat liberal vazirlarning zo‘r
berishi bilan Yelsin quvvatlayotgan islohotlar dasturini, ya’ni xususiylashtirishni hamma joyda,
qayerda xususiy mulkchilik davlatnikidan samaraliroq bo‘lsa, o‘sha joyda amalga oshirishni davom
ettirdi va inflyatsiya hamda budjet tanqisligini pasaytirishga intildi. Bu hol bir tomondan Yelsin va
hukumat bilan ikkinchi tomondan Oliy Sovet va syezddagi ko‘pchilikni tashkil etuvchi oppozitsiya
o‘rtasidagi nizoni kuchaytirib yubordi. Oppozitsiya Oliy Sovet syezdining Konstitutsiya bo‘yicha
oliy hokimiyat bo‘lishligidan, hatto Konstitutsiyani o‘zgartira olishligidan, hukumat harakatlarini
to‘xtata olishligidan va mamlakat resurslarini nazorat qila olishligidan foydalana bildi. Syezd
vakolatlarini chegaralab qo‘yishga intilgan Yel’sin va hokimiyatdan Yelsinni chetlashtirishga
intilgan oppozitsiya o‘rtasidagi keskin ixtilof 1993 yil 25 aprelda umumxalq referendumini
o‘tkazishga olib keldi. Referendumda ko‘pchilik prezidentga ishonch bildirdi va uning ijtimoiy-
siyosatini qo‘llab-quvvatladi, ammo na deputatlarni, va na prezidentni muddatidan oldin qayta
saylashni istamadilar. Norozi bo‘lgan kommunistlar 1 mayda Moskvada katta namoyish o‘tkazish
bilan hokimiyatni shturm qilib olishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
189
Oppozitsiya syezdning mutloq hukmronligidan va islohotlarni so‘ndirish uchun sovetlarning
mutaassib tizimidan foydalanganligi sababli, kommunistlar modernizatsiyalashgan Sovet
Konstitutsiyasini saqlab qolish tarafdori edilar. Bu Konstitutsiyani parlamentar respublikasi ruhida
yangilashga rozi bo‘ldilar, bu taklifni esa prezident tutgan yo‘lning liberal-demokratik muxoliflari
berishgan edi. Yelsinning safdoshlari yangi Konstitutsiyaga muvofiq liberal-demokratik
prezidentlik respublikasini tuzishga intildilar, uning loyihasi esa Yelsinchilar tomonidan chaqirilgan
konstitutsion kengash tomonidan tayyorlangan edi.
Oliy Sovet raisi R.Xasbulatov boshqargan oppozitsiya kuchlarining safarbar etilishiga va
prezident vakolatlarini cheklashga ko‘rilayotgan tayyorgarliklarga qarshi 1993 yil 21 sentabrda
Yelsin davlat to‘ntarishini amalga oshirishi mumkinligi haqida ogohlantirish bilan chikdi. U o‘z
farmoyishida, oppozitsiyani hokimiyatni falaj qilganlikda ayblab, bosqichma-bosqich konstitutsion
islohotlarni boshlaganligini e’lon qildi. Xalq deputatlari syezdini va Oliy Sovetni tarqatib
yuborganligini e’lon qilib, ularning a’zolariga prezident hamma fuqarolar qatori yangi konstitutsiya
va yangi huquqiy organlarini saylash haqidagi referendumda qatnashishlarini taklif qildi.
Oliy Sovetning ko‘pchilik deputatlari buyruqqa buysunishdan bosh tortdilar. Oliy Sovet Oq
uyda xalq deputatlari syezdini chaqirdi va Yelsinni ishdan olinganligini e’lon qildi. Vitse-prezident
Rutskoyni vaqtinchalik prezident etib saylashganliklarini bildirdilar. Oq uy oppozitsiyaning tayanch
qarorgohiga aylandi va bu yerga ularning tarafdorlari oqib kela boshladilar, ekstremistlar esa
hoxlovchilarga qurol tarqata boshladilar va otryadlar tuzdilar. Yelsinni qo‘llab-quvvatlagan
hukumat tomonidan Oq uyning qamal qilinishi oppozitsiya rahbarlarini Yelsin vakillari bilan
muzokora olib borishga majbur etdi, bu vakillar esa nizoni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdorlari
edilar. Patriarx yordami bilan bitim tuzildi. Ammo hamma mahalliy sovetlardan olingan qutlovlar
va ekstremistlarning tashabbuslari Xasbulatov-Rutskoy bloki g‘alaba qilishiga ishonch uyg‘otdi.
Shuning uchun tuzilgan bitim ular tomonidan ma’qullanmadi. Qurollangan ekstremistlar 3 oktabrda
Moskva meri binosini ko‘lga oldilar va telemarkazga xujum uyushtirdilar, Xasbulatov esa kechasi
Kremlni qo‘lga olishga chaqirdi.
Oppozitsiyaning bir qismi qurolli harakatlarga o‘tgani sababli ularga Yelsin qurolli kuch bilan
javob berdi, bu kuch esa Yelsinda ko‘proq edi. 4 oktabrda Oq uy o‘qqa tutildi va oppozitsiya taslim
bo‘ldi. Oppozitsiyaning boshliqlari esa qamoqqa olindi. Ikki tomondan jami bo‘lib 150 kishi halok
bo‘ldi. Rossiyani radikal yangilash muxoliflarining o‘ziga ishonganligi va ular tomonidan qurol
ishlatilganligi qonli to‘qnashuvga va qurbonlarga olib keldi. 21 sentabrda boshlanib 4 oktabrda
tugagan to‘ntarish mamlakatning davlat tuzumini yangilagan Konstitutsiya haqidagi referendumga
yo‘l ochdi. Referendum yo‘lini tozalash uchun oktabr oyida prezident o‘zining buyrug‘i bilan
hamma qatlamdagi sovetlarni tarqatib yubordi. 1917 yilda barpo bo‘lgan Sovet tuzumi tugatildi.
Aholi bundan hayajonga tushmadi, sababi omma bo‘layotgan voqealarni hali oxirigacha tushunib
yetmagan edi. Ikkinchidan, sovetlar allaqachondan beri nomigagina ishlayotgan edilar. O‘lka-
viloyatlarning vaqtinchalik rahbarlari prezident etib saylandilar. Yelsin oppozitsiyaning qurolli
harakatiga qo‘shilgan shaxslarni va tashkilotlarni referendumda qatnashish huquqidan mahrum etdi.
Tub o‘zgarishlarga dadil qadam tashlay turib, prezident yerni erkin oldi-sotdi qilish haqidagi
buyrug‘ini chiqardi va yangi konstitutsiya loyihasini e’lon qildi.
Ammo rivojlanishning har xil yo‘nalishlari tarafdorlarining to‘qnashuvlari deb baholangan
to‘ntarish, qon to‘kishlarning mohiyati aholiga qorong‘u edi va u ko‘pchilik tomonidan jizzaki
rahnamolarning yoki hokimiyatdagi turli xil toifalarning to‘qnashuvi deb tushunildi. Ko‘pchilik
ommaviy axborot vositalari ham shu haqda fikr bildirdilar. Bu tushunmovchilik juda qimmatga
tushdi va Yelsin hamda uning tarafdorlariga bo‘lgan ishonch pasayib ketdi.
1993 yil 12 dekabrdagi Umumxalq referendumida saylovchilarning 54 foizidan ko‘prog‘i
qatnashdi va (Tatariston va Checheniston respublikasidan tashqari), saylovchilarning 58 foizidan
ko‘prog‘i taklif etilayotgan konstitutsiya uchun ovoz berdilar. Saylov natijalari xalq hokimiyatini,
inson erkinliklari va huquqlarini ustun deb tasdiqlaydigan yangi konstitutsiya qonuniyligining asosi
bo‘ldi. Rossiyaliklar sodir bo‘layotgan voqealarning aholi tomonidan tushunilish darajasi qanday
bo‘lishidan qat’iy nazar, yana bir marta o‘zlarining liberal-demokratik yo‘lining to‘g‘riligini
tasdiqladilar, ammo bu yo‘ldan islohotlarni amalga oshirib borish juda qiyin kechdi.
Yangi konstitutsiya oldingi sovet davri konstitutsiyalaridan keskin farq qilar edi. Rossiya
demokratik federativ respublika bo‘ldi, unda hokimiyat manbai sifatida ko‘p millatli xalq ommasi
190
tan olindi, insonparvarlik g‘oyalari, inson manfaatlari, huquqlari va erkinliklari, ko‘chib yurishlari,
xususiy mulk va tadbirkorlik ustuvor va daxlsiz deb e’lon qilindi. Yangi konstitutsiya, federal
tuzilishning xilma-xilligini saqlagan holda, federatsiya subyektlarining tengligini, (ular saylagan
hukumatlar katta vakolatlarga ega edilar) Rossiya federatsiyasi hududlarining butunligi va
buzilmasligini e’lon qildi. Rossiyada hokimiyat tarmoqlarining bo‘linishi prezidentning keng
vakolatlari, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilashi, hukumatni tuzishi va buyruqlar
chiqarish huquqlari bilan birga qo‘shib olib borildi. Federal majlisga ya’ni Davlat dumasi va
Federal Sovetga bo‘lgan saylov natijalari xalq ommasi keng tabaqalarining erkinlik va demokratiya
to‘g‘risidagi g‘ira-shira tasavvurlari, hamda ular katta qismining kommunistik va millatchilik
kayfiyatdagi puch orzulari ta’sir ko‘rsatib turdi. Liberal-demokratik islohot tarafdorlari Davlat
dumasida eng katta fraksiyani tuzishga erishgan bo‘lsalarda, biroq ular o‘rtasidagi o‘zaro nizolar va
oppozitsiya kuchlari qonunchilik ishlarining bajarilishiga halal berib turdi.
Baxtga qarshi liberal-islohotchilar tashabbusi bilai boshlangan ko‘pgina muhim o‘zgarishlarni
prezidentning farmonlari bilangina amalga oshirishga to‘g‘ri keldi. Buning ustiga keng vakolatlarga
ega bo‘lgan prezident aholining katta qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaganligi uchun
farmonlar, qarorlarning amalga oshirilishi uchun yetarlicha hokimiyatga ega emas edi. Hatto u
ta’qib ostiga olinardi. Islohotlardan o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishga intilgan odamlar
prezident atrofida haddan tashqari ko‘p to‘plangan bo‘lib katta ta’sir etuvchi kuchga ega edi.
Natijada ular mamlakat xalq xo‘jaligi va aholini ijtimoiy himoya qilish uchun sarflanadigan
mablag‘larning anchagina qismini keraksiz narsalarga: Kreml saroylarini ta’mirlashga va
prezidentning yangi rezidensiyalarini qurishga sarfladilar.
V.Chernomerdinning hukumatida 1997 yilgacha «boshqarmachilar» ko‘pchilikni tashkil etardi.
Ilgarigi sovetlarning boshqarish apparati o‘rniga yangi ma’muriy apparatni tuzish markazda ham va
federatsiya subyektlarida ham juda sust borardi, federal hokimiyatning yuqori pog‘onasi zaifligicha
qolmoqda edi. Ilgarigi partiya-sovet xo‘jaligi sohalarida ishlagan rahbarlar boshqarishning
markaziy organlari xodimlarining 60 foizini, respublikalar, o‘lkalar va viloyatlar ma’muriyatlari
xodimlarining 80%ni va kuch ishlatadigan, hamda huquqni himoya qilish tuzilmalarining 100%ni
tashkil etardilar.
Ammo hukumatda va Prezident ma’muriyatida, shuningdek, Davlat dumasida hali liberal-
reformatorlar mavjud edi (A.Chubays va boshqalar), ularning tashabbusi va prezident qo‘llab-
quvvatlashi bilan tub o‘zgarishlar harna bo‘lsada davom etardi. Mamlakat ishlab chiqarishining
70% ga yaqini aksionerlar va xususiy kompaniyalar qo‘liga o‘tdi. Davlat dumasi tomonidan
konstitutsiyaga mos keladigan fuqarolar kodeksi qabul qilindi, unda xususiy mulkchilik
munosabatlari mustahkamlandi. Yagona sud sistemasi haqidagi qonun chuqur sud islohotlarini
boshlab berdi. Asta-sekin konstitutsiyaga mos keladigan mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish sistemasi
(tizimi) shakllana boshladi, shaharlarda va tumanlarda sovetlar va upravalar saylanib harakat qila
boshladilar. SSSRdan meros qolgan qurolli kuchlar asta-sekinlik bilan uch barobarga qisqartirildi.
Ammo hukumat bozor iqtisodiyotiga hos bo‘lmagan munosabatlarni yengish uchun chora
topolmadi. U davlat mulkidan keladigan daromadni ko‘paytira olmadi va soliq yig‘ishni ta’minlay
olmadi. Ro‘yxatdan o‘tishni xohlamagan korxonalar -«xufyona iqtisodiyot» mamlakat yalpi ichki
mahsulotining 25%dan 45% gacha berib turdi. Ko‘plab uddaburonlar katta mablag‘ni hatto chet
elga ham o‘tkazib yuborish yo‘lini topdilar. Hukumat mayda va o‘rta biznesni hamda fermerlarni
qo‘llab-quvvatlash uchun juda oz mablag‘ ajratdi. Kolxoz va sovxozlarning yerga haqiqiy egaligisiz
aksioner jamiyatlarga aylantirish nomigagina bo‘ldi va qishloq xo‘jaligini jonlantirolmadi.
Hokimiyat tepasida turganlarning aholini ma’muriy yo‘l bilan kerakli tomonga yo‘naltirmoqchi
bo‘lgan urinishlari korrupsiyaning rivojlanishiga imkon berdi. Xokimiyatdagilar mulkchilikning
daxlsizligini nafaqat himoya qilaoldilar, balki o‘zlari fuqarolarning boshqa huquqlarini ham
buzdilar, maosh va nafaqalarni o‘z vaqtida berolmadilar. Chernomirdin: «Yaxshi bo‘lishini istadik,
ammo har doimgiday qolaverdi», - deb ochiqchasiga tan oldi.
Oppozidiya Davlat dumasida yerni erkin oldi-sotdi qilishga va garovga qo‘yishga halaqit
berardi. «Tabiiy monopoliyalarning» mustahkamlanib olgan rahbarlari, ko‘p tarmoqli moliya-
sanoat guruhlarining boyib ketgan xo‘jayinlari va kolxoz-sovxozlarning «agrariya» deb ataladigan
soha rahbarlari hukumatdagilarga o‘z manfaatlarini bo‘yinturuq qildilar, moliyaviy firibgarlikda
kuyib bankrot bo‘lgan banklar esa millionlab odamlarni aldadilar.
191
Hukumat tomonidan kam ta’minlangan qatlamlarga yordam berish, maoshni va nafaqalarni
indeksatsiya qilish borasida choralar ko‘rildi. Ammo ishlab chiqarishning jiddiy tushib ketishi,
ishsizlikning kupayishi va aholi turmush sharoitining yomonlashuvi davom etdi. Ijtimoiy keskin
qarama-qarshilik, ayniqsa, «yangi ruslar», «shohona» yashash tarziga o‘rganib qolgan byurokratik
yuqori tabaqalar va zo‘r-bazo‘r hayot kechirayotgan ko‘pchilikni tashkil etadigan aholi o‘rtasida
kuchayib ketdi.
Kasaba uyushmalarida mehnatkashlar haq-huquqlarini himoya qilish tajribasi juda oz edi,
qaytadan rekonstruksiya qilingan tog‘-kon sanoati va sanoatning boshqa tarmoqlarining ishchilari
katta ish tashlashlar qilib, temir yo‘llarni bekitib qo‘ydilar, marsh yurishlari uyushtirdilar, qamal
qildilar, piketlar uyushtirib, g‘alayonning boshqa turlarini o‘tkazdilar. Maosh ololmagan
o‘qituvchilar va vrachlar ham g‘alayon ko‘tardilar. Axloq qoidalarining va hokimiyatning
zaiflashib ketishi natijasida mulkni qayta bo‘lish va boyishning yangi imkoniyatlari tug‘ilgan bir
vaqtda uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaning nihoyatda rivojlanib ketishiga imkon tug‘dirdi.
Ko‘plar, ya’ni o‘zining faravonligini davlatning buyukligiga bog‘liq deb hisoblaydigan kishilar,
(ular uchun teskari bo‘lishi mumkin ham emas edi) liberal-demokratik tub o‘zgarishlardan
umidlarini ham uzdilar. Natijada turli xil «buyuk davlatchilar» faollashib ketdilar - bular Rossiya
Federatsiyasi kompartiyasi va boshqa «murosasiz» partiyalar, sotsializmga qaytishga urinayotgan
oppozitsiyachilar, shuningdek, millatchilar, buyuk davlatchilar va turli xil milliy separatistlar:
chechen va tatarlardan tortib to tuvalik va yoqutlargacha faollashdilar.
Prezident siyosati natijalaridan aholining noroziligiga umid bog‘lagan kommunistlar 1995 yilda
Davlat Dumasiga bo‘lgan saylovlarda g‘alaba qilishdi. Saylovda yadrosini Rossiya Federatsiyasi
Kommunistik partiyasi tashkil etgan oppozitsiya mutlaq ko‘pchilik ovozga ega bo‘ldi. Kompartiya
mamlakatda tub iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarni o‘tkazishga va Rossiya Federatsiyasining
xalqaro majburiyatlarini bajarishga xalaqit berdi. Bu xol, ayniqsa, chet el kreditlari va
sarmoyalarini jalb etishda yaqqol ko‘rindi.
Mamlakat tepasida turganlar asosan ilgarigi partiya va sovet organlari nomenklaturasida
turganlarning qoldiqlaridan va liberal-demokratik oqimlarning rahbarlikka ko‘tarilgan vakillaridan
iborat edi. Bular g‘oyaviy-siyosiy jihatdan o‘z manfaatlarini o‘ylaydigan raqiblardan iborat edilar.
Ularni elita deb hurmat qilganlari bilan ularda na malaka, va na Rossiyaning yangi muammolarini
hal etish uchun kerakli tajribalari bor edi. Jamiyatning jipslashishiga etnoslarning xilma-xilligi ham
xalaqit berar edi. Ularning ichida eng buyugi ruslar bo‘lsa-da, biroq o‘zlarining milliy birligi
zarurligini yetarli darajada anglay olmaganligi, hamda ko‘plab diniy oqimlar o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklarning mavjudligi, shuningdek, yaqin o‘tmishdagi yo‘qotishlardan o‘zini o‘nglab
ololmagan
pravoslaviya
mazhabi
o‘rtasidagi
raqobatlar
jamiyatning
jipslashishini
murakkablashtirib qo‘ygan edi. Ko‘pchilik respublikalar va okruglarda titulli etnoslar ozchilikni
tashkil etardilar. Deyarli hamma okruglar oblast va o‘lkalar tarkibida edilar, oblastlar va
o‘lkalarning esa, ta’minlay oladigan xo‘jaligi yo‘q edi va markaz dotatsiyasiga qaram edi (dotatsiya
- beriladigan qo‘shimcha yordam). Federatsiyaning subyektlari o‘rtasida esa ilgarigidek, bevosita
bozor aloqalari va iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik yo‘q edi.
Federatsiyani jipslashtirish uchun hukumat Rossiya Federatsiyasining 50 tagacha subyektlari
bilan ularning vakolatlariga o‘zgartirishlar kiritish uchun alohida shartnomalar tuzdi. Ammo
markazdan qochma intilishlar kuchaydi, respublikalar, o‘lkalar, oblastlar va okruglar tomonidan
Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi moddalarini va federal qopunlarini ko‘plab buzilishi odatiy
hol bo‘lib koldi. Federal mamlakatda yaxshilikning «emaklab parchalanish» davri boshlandi, bunga
esa faqat subyektlarning o‘zaro hayotiy bog‘liqligi to‘sqinlik qilishi mumkin edi.
Federal qo‘shinlarning o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Chechen respublikasiga (Ichkeriyaga)
«konstitutsion tartibni» o‘rnatish uchun yuborilishi oqibatida 1994-96 yillarda 100 mingga yaqin
kishi halok bo‘ldi. Vayronagarchilik keltiruvchi urushga sabab bo‘ldi. Bu urush mamlakat xom
ashyosiga putur yetkazdi, xalqaro obro‘yning tushib ketishiga olib keldi va mag‘lubiyat bilan
tugadi. Ichkeriyaning o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan statusning Rossiya tomonidan tan olinishi
esa keyinga qoldirildi. B.Yelsin va Ichkeriya aholisi tomonidan saylangan prezident
A.Maxadovning qo‘shma bayonotida Rossiya va Ichkeriyaning munosabatlari xalqaro huquq
normalari asosida amalga oshiriladi,» - deb ta’kidlandi.
192
Aholining prezidentga va hukumatga bo‘lgan ishonchiga ancha putur yetgan edi. Ammo,
Yelsindan bo‘lak islohotlar uchun kurashchilar orasida 1996 yilgi prezidentlik saylovlarida
kommunistlarning nomzodi Zyuganovga qarshi turadigan boshqa nomzod topilmadi. Yelsinning
g‘alabasiga ishonmagan uning atrofidagi bir qism kishilar to‘ntarish uyushtirishni, ya’ni
Kompartiyani ta’qiqlab qo‘yish va saylovlarni orqaga surishni taklif qildilar. Ammo Chubays va
boshqa islohotchilarning sa’yi-harakatlari bilan Yelsinning shuhratini oshirishga erishildi va xullas
1996 yilning yozida saylovlarning ikkinchi turida kommunist raqiblarining deyarli hammasi
Yelsinga ovoz berdilar. Aldanganligiga, umidlari puchga chiqqanligiga qaramay, ko‘pchilik
rossiyaliklar liberal tub o‘zgarishlar yo‘lidan chekinmadilar. Bu narsa Yelsinning g‘alabasini
ta’minladi va shuningdek, uning atrofidan va hukumatdan to‘ntarish tarafdorlari bo‘lganlarni
chetlashtirish imkonini ta’minladi. Ammo g‘alabadan so‘ng u yarim yilcha bemor yotdi,
Chernomo‘rdinning hukumati esa Yelsinning muvaffaqiyatlaridan islohotlarni tezlashtirish uchun
foydalana olmadi.
Faqat keyingi yilning bahorida Yelsinning tashabbusi bilan hukumatga Chubays va boshqa
«yosh islohotchilar» kirgandan so‘ng xujumga o‘tish uchun urinish qilindi: yirik kompaniyalarning
davlat aksiyalarini tanlov asosida sotish boshlandi, soliq kodeksi, ijtimoiy ta’minot, uy-joy
xo‘jaligi, qurolli kuchlar va yerni oldi-sotdi qilish masalalarini qayta islohot qilish ko‘zda tutildi.
Biroq tub o‘zgarishlar o‘tkazilishining raqiblari, ommaviy axborot vositalaridan va Dumadan keng
foydalanib, yosh islohotchilarning obro‘yini tushirishga va ularning sa’yi-harakatlarini falaj
qilishga erishdilar.
Davlat dumasida ko‘pchilik bo‘lgan kommunistlar va ular ittifoqchilari ijtimoiy sohalarga,
sobiq kolxoz-sovxozlar va harbiy korxonalar uchun belgilangan xarajatlarni ko‘paytirishni
xukumatdan talab qildi. Ortiqcha xarajatlar uchun mablag‘ bo‘lsa-da hukumat bularning talablarini
rad etishga jur’at etolmadi.
Natijada 1998 yilning bahorida Davlat dumasi tomonidan ma’qullangan davlat budjetini amalda
hayotga tatbiq etishning iloji bo‘lmadi va Yelsin Chernomo‘rdinni S.Kiriyenko bilan almashtirdi.
Davlat dumasi tasdig‘idan qiyinchilik bilan o‘tgan yangi premyer ministr falaj bo‘lgan mamlakat
xo‘jaligiga kerak bo‘lgan mablag‘ni topish imkonini beradigan bir nechta qonunlar paktini ishlab
chiqdi. Ahvol jahon moliya-valyuta inqirozi tufayli yanada murakkablashdi. Buning ustiga Davlat
dumasidagilarning ko‘pchiligi S.Kiriyenkoni xush ko‘rmaganligi tufayli uning takliflarini rad
etishdi va shu yo‘l bilan ular budjetni oxirgi imkoniyatdan ham mahrum qilishdi. Xalqaro valyuta
fondidan kredit olinishiga qaramay, ko‘plab bank va korxonalarning ahvoli og‘irlashdi. Ishchi va
xizmatchilarga maosh to‘lamaganligi sababli mamlakat g‘alayon va qo‘zg‘olonlar olovida qolgan
edi, g‘alayonchi-shaxtyorlar yo‘llarni to‘sib qo‘ygan edilar. Hukumat ijtimoiy-siyosiy jihatdan ham,
mablag‘ olish masalasida ham madad ololmadi. Shuning uchun 1998 yil 17 avgustda S.Kiriyenko
davlat o‘z majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishga qodir emas deb e’lon qilishga
majbur bo‘ldi. Rossiya hukumatiga nisbatan ishonchga zil ketdi, rubl tez orada 3 barobar
qadrsizlandi, ko‘plab banklar sindi, narx-navo nihoyatda ko‘tarilib ketdi va aholi yashash sharoiti
juda yomonlashdi. Davlat dumasi nafaqat hukumatni, balki prezidentning ham iste’foga chiqishini
talab qila boshladi. Kommunistlar prezidentning vakolatlarini cheklashga va hukumatni Davlat
dumasi nazorati ostiga olishga intildilar.
Bu chuqur siyosiy inqiroz edi. Prezident Yelsinda na hukumatga madad berishga, va na
Chernomo‘rdinni joyiga qaytarishga iloj bor edi. 1998 yili sentabrda u ijro hokimiyatiga boshliq
qilib kommunistlarga yoqadigan YE.Primakovni qo‘yishga qaror qildi. Primakovning hukumatiga
anchagina kommunistlar ham jalb qilingan edi. Ammo ularga liberal islohotlar ruhi qat’iylik bilan
qarshi turdi. Natijada bunday ahvol iqtisodiy siyosatni parokanda qildi. Inflyatsiya importning
qisqarishiga olib keldi, bu xol o‘z navbatida importning ko‘payib ketishi sababli to‘xtab qolgan
ba’zi sohalarda 1999 yildan ishlab chiqarishning jonlanishiga olib keldi. Biroq tub islohotchilik
o‘zgarishlarini tugallash uchun yangi mulkchilikni mustahkamlash, yerlarni, ishchi kuchlarini va
uy-joylardan foydalanishni bozor munosabatlariga kiritish bo‘yicha bir qadam ham bosilmadi.
Kommunistlar mamlakatni rejali xo‘jalikka qaytara olmadilar, ammo shunga qaramay tez-tez kasal
bo‘lib turgan prezidentga xujum qilib turdilar va bahor oyida uni hokimiyatdan chetlatilishini talab
qildilar. Kommunistlar mamlakatda barqarorlikni e’lon qilishda taniqli siyosatchi Primakov bilan
193
ittifoqlarining muvaffaqiyatiga umid qilar edilar. Bu esa o‘z navbatida liberal tub o‘zgarishlar
taqdirini xavf ostiga qo‘ydi.
Shuning uchun 1999 yil may oyida kommunistlar alyansi bilan «gulobi» hukumat o‘rtasidagi
ittifoqning yanada mustahkam bo‘lishining oldini olish uchun, prezident Primakovni ishdan oldi,
Davlat dumasida esa, Yelsinni prezidentlik lavozimidan olish to‘g‘risida qo‘yilgan rezolyutsiya
yetarli ovoz ololmadi. Bu xol kommunistlar pozitsiyasini (mavqeini) ancha zaiflashtirdi.
Botqoqqa botgan islohotlar yo‘lini asrash maqsadida Yelsin Davlat dumasidagilarning
ko‘pchiligiga yoqadigan V.Stepashinni hukumat boshlig‘i qilib tayinladi. Bu qadam ilgari
Kiriyenko tomonidan ko‘zda tutilgan moliyaviy-iqtisodiy tizimni mustahkamlashga yo‘naltirilgan
qonunlarni qabul qilish imkonini berdi. Ammo yangi premyer liberal-demokratik ommani
birlashtirib safarbar qila olmadi.
Shunday bir paytda Moskva shahar meri Y.Lujkov tomonidan yetaklangan «byurokratik
kapitalizm» tarafdorlari maydonga chiqishdi, ularning shiori - ma’muriy yo‘l bilan
«kapitalizmchasiga ishlash, ammo sotsializmchasiga taqsimlash» edi. Ular o‘zlarini vatan
himoyachilari deb e’lon qilib, o‘z tomoniga ko‘plab gubernatorlarni og‘dirib oldilar va Primakov
boshchiligida Vatan-Butun Rossiya (OVR) (Otechestvo - Vsya Rossiya) nomli blokni tuzdilar.
Prezidentning tutgan yo‘liga qarshi hujumda ular hatto to‘hmat va uydirmalardan ham
foydalanishda kommunistlardan ham o‘zib ketdilar. Ular shu bilan liberal-demokratik tub
o‘zgarishlar yo‘liga jiddiy g‘ov bo‘lib qoldilar.
B.Yelsin 1999 yil avgustida hukumat boshlig‘i lavozimiga ko‘tarilgan V.Putinga Davlat
dumasidagi saylovlarda g‘alaba qilishiga va o‘zi tutgan yo‘lni davom ettirishiga umid bog‘ladi.
Mamlakatda hali uncha tanish bo‘lmagan yangi premyerning chechen jangarilarini Dog‘istonga
bostirib kirishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni Moskva hamda boshqa shaharlardagi terroristik
xujumlariga chek qo‘yishlikdagi qatityaligi uni mashhur qilib yubordi.
1996 yilning kuzidan boshlab Ichkeriya haqiqiy mustaqillikka erishgan edi. Ammo aholining
partikulyarizmligi va dala komandirlarining beboshligi Ichkeriyada yagona jamiyatning
shakllanishiga, davlatchilikning va qonunchilikning mustahkamlanishiga halaqit berdi. Vahobiylik
bilan jamiyatni birlashtirishga bo‘lgan urinish g‘oyaviy tarqoqlikni kuchaytirdi. Chechen
jangarilarining chet el terroristlari tomonidan gijgijlangan avantyurasi-ya’ni ularning Dog‘istonga
bostirib kirishi va Rossiya shaharlaridagi qo‘poruvchilik harakatlari Ichkeriya aholisini Rossiya
harbiylarining zarbasiga duchor qildi. O‘n minglab aholi nobud bo‘ldi, yuz minglab kishilar qochoq
bo‘ldilar. Grozniy shahrini vayron qilinishiga, qishloqlarning toptalishiga olib keldi, ommaviy
repressiyalarga qarshi aholining bir qismi qarshilik ko‘rsatish, partizanlar urushi olib borish bilan
javob berdi. Vaziyatni jiddiy siyosiy yo‘l bilan, hamma tomonlarning qatnashuvidagi muzokoralar
yo‘li bilan hal etish va tinchlik o‘rnatish mumkin edi. Ko‘plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar
Chechenistondagi va ularni qo‘llab-quvvatlagan chet el terroristlarini qoraladilar. Chechenistonga
gumanitar yordam yubordilar va shuning bilan birga Rossiya hukumati va harbiylari tomonidan
inson huquqlarining buzishlariga qarshi noroziliklar bildirdilar.
1999 yil kuzida ma’muriyat «Yedinstvo» harakatini tashkil etdi. Bu harakat o‘zining terrorizm
va korrupsiyaga chek qo‘yish, huquq tartibot va barqarorlikni ta’minlash kabi talablari bilan
o‘zining safiga aholining ancha qismini jalb etdn. Bu tashkilot ham saylov kompaniyasiga qo‘shildi
va yangi nomzodlarni ilgari surdi. Bu tashkilotning rivojlanishiga premyer ministr Putin hamnafas
ekanligi ham ularga yordam berdi. Shafqatsiz saylovoldi kurashlarida bu tashkilot oson g‘alabaga
ishongan kompartiya va OVRga (Otechestvo Vsya Rossiya) qarshi kuchli raqibga aylandi.
1999 yil dekabrida yangi Davlat dumasiga saylovlar natijasida kommunistlar va ularning
ittifoqchilari zaiflashib qoldilar, natijada ular ko‘p ovoz ololmadilar. Lujkov-Primakov bloki OVR
ham hal qiluvchi muvaffaqiyatga erisha olmadi. Dumada Kuchli fraksiyalar paydo bo‘ldi
«Yedinstvo» fraksiyasi va «Soyuz pravax sil» (O‘ng kuchlar ittifoqi) fraksiyasi. Birinchi marta tub
o‘zgarishlar o‘tkazishni davom ettirish tarafdorlari bo‘lgan har xil fraksiyalar va guruhlarning
birgalikdagi harakatlari, «Yabloko» ham shu jumladan, ularga davlat dumasida ko‘pchilik ovoz
olish imkonini berdi.
O‘zining tutgan yo‘liga qarshi turgan raqib kuchlarning navbatdagi prezident saylovlarida
jipslashishning oldini olish uchun Yelsin muddatidan oldin - 2000 yilning boshida iste’foga chiqdi.
Hukumat boshlig‘i V.Putin, «qonun diktaturasi» nomli ommabop shior va bozor iqtisodiyotini
194
jonlantirish rejalari bilan chiqib, nafaqat prezident vazifasini bajaruvchi, balki shu bilan birga mart
oyida muddatidan oldin bo‘ladigan prezident saylovlarida g‘alaba qilish uchun eng ommaviy
nomzod ham bo‘lib qoldi. Uning ommalashishiga ishlab chiqarishning, neft eksporti va soliq
yig‘imlaridan kelgan daromadlarning bir qadar o‘sishi ham sabab bo‘ldi. Putin nomzodi uchun
islohotlar tarafdorlarining ko‘pchiligi va hokimiyatni kuchaytirishni xohlaydiganlar ovoz berishdi.
Natijada 2000 yili Putin Prezidentlikka saylandi.
Davlat dumasida islohotlar tarafdorlarining ko‘pchiligi ishtirokida bo‘lgan Putinning g‘alabasi
tub o‘zgarishlarni davom ettirishga qulay sharoit yaratdi, uning ommaviyligining va
mashhurligining saqlanib turishi esa hokimiyatning samaradorligini oshishiga imkon yaratdi. U
tomonidan liberal islohotlarni chuqurlashtirish dasturi belgilab olindi. Bu dasturni amalga oshirish
uchun federal hukumat organlari kuchaytirildi va Federatsiya Soveti tarkibi o‘zgardi, federatsiya
subyektlarining qonunlari Rossiya federatsiyasi konstitutsiyasi va qonunlariga moslashtirildi,
iqtisoddagi byurokratizmdan qutulish loyihalari ilgari surildi, «tabiiy» monopoliyalar sudlov, suv,
yer, nafaqa, uy-joy va boshqa islohotlar restrukturizatsiya qilindi.
Biroq, regionlarda bozor iqtisodiyotini barqaror o‘sishi uchun, sarmoyalar jalb etish uchun,
ishlab chiqarishning eskirgan asbob-uskunalarini konversiya qilish va yangilash uchun sharoit
hozircha yaratilmadi. Aholining xarid qilish qobiliyati o‘sib borayotgan inflyatsiya bilan
susaytirildi. Shunday bo‘lsada, uy-joylarni issiqlik, yonilg‘i va suv bilan ta’minlashning eskicha
tizimini buzish tezlashtirildi. Ma’muriy idoralarning inson huquqlari va erkinliklarini buzmasdan
«tartib o‘rnatishni» eplay olmasliklari, har qanday tashabbusni falaj qilib tashlaydigan
byurokratizm va o‘sib borayotgan korrupsiya, shuningdek, Chechenistondagi qonli urush, u yerda
aholining bir qismi faqat tirik qolish uchungina federal hukumat bilan hamkorlik qilayotganligi,
bularning hammasi jamiyatning jipslashuvini qiyinlashtirdi. Qiyinchiliklarga qaramasdan, liberal-
bozor islohotlari va yangi konstitutsiya tufayli Rossiya federatsiyasi jahon hamjamiyatida liberal
yo‘nalishdagi mamlakatlar sirasiga kirib oldi. Biroq u shu bilan birga SSSRdan ba’zi bir buyuk
davlatchilik va militaristik xususiyatlarni ham meros qilib oldi. Bular jumlasiga urushda qo‘lga
kiritilgan hududlarni ushlab turish, millatlarni o‘z taqdirini o‘zi belgilashi huquqini cheklash,
ma’muriyatni militarizatsiyalash, taxdid qilish va siyosiy masalalarni hal etishda qurolli kuchlardan
foydalanish, raketa-yadro va harbiy-dengizda buyuk bo‘lishga da’vo qilish, hududiy gegemonlikka
intilish, chet elda «vatandoshlar» huhuqini himoya qilish, (bular qatoriga SSSRning barcha sobiq
fuqarolarini yoki rusiyzabon fuqarolarni ham qo‘shadilar), kabi masalalar kiradi. Ammo
ma’muriyat Rossiyaning o‘z ichida ham inson huquqlari buzilishini bartaraf etishga qodir emas edi.
Bozor iqtisodiyoti bo‘yicha tub o‘zgarishlarning tugallanmaganligi, ishlab chiqarishning past
darajadaligi Rossiyani «o‘tish davridagi iqtisodiyotli» mamlakatlar sirasiga kiritadilar. Uning
xo‘jaligi «asosan erkin emas» deb hisoblanadi, chunki unda davlat to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta va
ma’muriy tarzda aralashadi. Rossiya jahon yalpi mahsulotining 2,67 foizini beradi - AQSH va
Xitoydan bir necha barobar oz. Agar yoqilg‘ilar, qurollarning ba’zi turlarini va atom energiyasini
eksport qilishni hisoblamasak, yetarli darajada bo‘lmagan raqobatbardoshligi va tashkiliy-
moliyaviy zaifligi Rossiyani jahon savdosida qatnashuvining kengayishini qiyinlashtiradi. Jahon
savdosida Rossiyaning ulushi jahon yalpi mahsulotidagi ulushidan ham past.
Bugungi Rossiya bundan 4-5 yil oldingi Rossiyaga mutlaqo o‘xshamaydi. Agar XX asrning
oxirida kommunistlar, demokratlar hamda liberal-demokratlar mamlakatda katga kuch hisoblangan
bo‘lsa, bugun ular o‘z mavqelarini yo‘qotdilar. Davlat tizimining barcha bo‘g‘inlarida «Yediniya
Rossiya» (Yagona Rossiya)ning oshig‘i olchi. Davlat dumasida ham ilgarigi chaqiriqlar, fikrlar
qarama-qarshiligi, ehtiroslar yo‘q. Bugungi duma asosan bitta siyosiy partiya vakillaridan yoki shu
partiya dasturiga xayrixoh deputatlardan uyushgan parlament hisoblanadi. Bugungi kunda hukumat
bilan parlament til topishib ishlamoqda. 2004 yilning mart oyida Rossiyada prezident saylovi bo‘lib
o‘tdi. Vladimir Putin yana Rossiya prezidentligiga saylandi. Mana shu prezradent saylovi
kompaniyasi ham Rossiyadagi siyosiy kuchlarning bir fikrga kelishib ishlayotganini bildirdi.
Natijada, mamlakat iqtisodiyotida o‘sish yuz berdi, odamlarning turmush kechirishi ularni ish bilan
ta’minlash yaxshilandi. Uning xalqaro miqyosdagi obro‘si oshdi.
Agar 2001 yili mamlakat aholisnning 30%i kambag‘all darajasida yashagan bo‘lsa, 2004 yilga
kelib, bu ko‘rsatkich 18%ga tushdi. Ishlab chiqarishning yillik o‘sishi 2005 yilda 6-7% ni tashkil
etdi. Tashqi qarz uzib bo‘lindi. Chet el investitsiyalarini jalb qilish yildan-yilga o‘smoqda. Agar
195
2002 yili u 4 mlrd, 2003 yili 6 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2004 yidda bu ko‘rsatkich
10 mlrd AQSH dollaridan oshib ketdi.
Biroq, Checheniston masalasida, Gruziya va Ukraina davlatlari bilan munosabatlar masalasida
Rossiya bilan Yevropa Itgifoqi, NATOga a’zo davlatlar hamda AQSH o‘rtasida fikrlar qarama-
qarshiligi mavjud. Kurill orollari masalasida Yaponiya davlati bilan uzoq yillardan beri tortishuv
davom etmoqda.
Rossiya-O‘zbekiston munosabatlariga kelsak, o‘tgan yillar ichida davlat va hukumat darajasida
150 dan ziyod shartnoma va kelishuvlar imzolanib, ularning eng muhimlari 1998 yilning oktabrida
Toshkentda imzolangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda 2004 yilning 16 iyunida
Toshkentda imzolangan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik haqidagi bitimdir.
Rossiya O‘zbekistonning ilgarigidek yirik savdo partnyori bo‘lib qolmoqda. Rossiyaning
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 1999-2000 yillarda 13% dan 17% gacha o‘sganligi
ham buning dalilidir. Faqat 2003 yilning o‘zida ikki mamlakat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi
26% ga o‘sib, 1 mlrd 150 mln AQSH dollarini tashkil etdi. 2005 yil bu ko‘rsatkich 2 mlrd. AQSH
dollariga yaqinlashib qoldi.
Rossiya tashqi siyosatining g‘oyaviy asosi, sobiq SSSR tashqi siyosatidan farqli o‘laroq
mamlakat resurslarini ko‘p millatli aholining ehtiyojlarini qondirish uchun samarali foydalanishdan
iboratdir.
Rossiya ma’muriyati boshqa sobiq sovet davlatlari bilan hamkorlik qilgan xolda tinch yo‘l bilan
SSSR merosini bo‘lishning murakkab masalalarnni hal qildi. MDHning samaradorligini oshirish va
o‘zaro xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmoqda. AQSH bilan qurollanishni
qisqartirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Kengaygan Yevropa ittifoqi bilan, AQSH, Yaponiya,
Hindiston, Eron bilan keng moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Xitoy bilan
do‘stona aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Rossiya Yevropa Kengashining a’zosi va ko‘plab xalqaro
tashkilotlar qatnashchisi bo‘ldi, shuningdek, Xalqaro valyuta fondida ishtirok etmokda. Rossiya
BMT faoliyatida turli regionlarda tinchlikni saqlab turish harakatida faol ishtirok etmoqda, gaz va
neft mahsulotlarini, raqobatbardosh zamonaviy qurollarni va yadro reaktorlarini eksport qilishni
kengaytirish borasida o‘zining o‘rniga ega.
Oxir oqibat Rossiyaning kelajak taqdiri uning hukumati va xalqi tomonidan «real
sotsializmning» asoratlarini yengish qobiliyatiga, uning ulkan tabiiy resurslaridan foydalana
olishiga, nihoyatda katta o‘lchamda va og‘ir bo‘lgan xo‘jalikning samaradorligini ko‘tarishga,
mamlakatning tarixiy birligini ta’minlab, uning bozor infrastrukturasining zaifligini bartaraf qilib
olishga, real manfaatlar bilan izzat-nafsi o‘rtasidagi nomutanosibliklarni yengib o‘tishga ham juda
bog‘liqdir. Rossiyaning turmush qiyinchiliklarini yengib chiqishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari
bilan jahon hamjamiyatida yetakchi o‘rin egallashi ko‘p jihatdan mana shularga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |