Йилларда франция


 Yangi kuchlarning  hokimiyatga kelishi



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

 
2. Yangi kuchlarning  hokimiyatga kelishi.       
1978-yildan  pragmatiklar  aralash  iqtisodiyotni  yoqlab  chiqdilar.  Davlat  rahbarligida  bozor 
iqtisodiyotiga o'tish yo'li tanlandi. Bu tarixga «iqtisodiy va  siyosiy hayotni modernizatsiya qilish»  
nomi  bilan    kirdi.  Chet  el  sarmoyasining  mamlakat  iqtisodiyotiga  joylashtirilishi  uchun  qulay 
sharoit  yaratildi.    Qishloqda  xalq  kommunalari  tarqatib  yuborildi.    Shirkat    tuzumi  bekor  qilindi. 
Ularning  o'rniga  oila  qudrati  joriy  etildi.  Shu  yo'l  bilan  aholini  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan 
ta'minlash vazifasi hal etildi. 
    Sanoatda  ham  chuqur  islohotlar  o'tkazildi.  Chunonchi,  davlat  korxonalari  xo'jalik  hisobi 
asosida ishlaydigan bo'ldi. Kichik va o'rta tadbirkorlikka keng yo'l ochildi. Ayni paytda sanoatning 
maishiy tovarlar ishlab chiqaruvchi sohalarini rivojlantirishga katta e'tibor berildi. Yangi siyosat o'z 
samarasini bermay qolmadi.  80-yillar  oxiriga kelib Xitoy ko'mir, televizor, shoyi-gazlama, sиment 
ishlab  chiqarish  bo'yicha  dunyoda  birinchi  o'ringa  chiqdi.Mamlakat  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan 
o'zini  o'zi  ta'minlaydigan  bo'ldi.  Bular,  o'z  navbatida,  aholi  turmush  darajasining  o'sishiga    olib 
keldi. 
    90-yillarda mamlakatda po'lat, rangli metallar  eritish, sиment, mineral o'g'it ishlab chiqarish, 
ko'p tarmoqli mashinasozlik rivojlandi. To'qimachilik sanoati mahsulotlari jahon bozorini  egalladi. 
An'anaviy  hunarmandchilik:  ipakdan,  suyakdan  badiiy  buyumlar  yasash,  chinni  mahsulotlar 
mashhur  bo'ldi.  Dengiz  mahsulotlari,  dorivor  o'simliklar,  yog'och  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  
ko'paydi. Ishlab chiqarishda samaradorlik oshdi. 
    1992-yildan boshlab  Xitoyda iqtisodiy islohotning yangi  bosqichi boshlandi. Bu  bosqich —  
islohotni  jadallashtirish  va    chuqurlashtirish,  iqtisodiy  siyosatni    mafkuradan  xoli  qilish    va  rejali 
boshqaruvdan  bozor  iqtisodiyotiga  izchillik  bilan  o'tish  bosqichi,    deb  nom  oldi.  Bu  bosqich  ayni 
paytda  iqtisodiyotda  davlat    mulki  hissasining  kamayib  borishini  ham  o'z  ichiga    oladi.  Amalda 
shunday bo'lmoqda ham. 
    Xitoyda    iqtisodiy  islohotlar  olib    borilgan  keyingi    25-yil  davomida  olamshumul 
muvaffaqiyatlar  qo'lga  kiritildi.  1998-yilda  ichki  ishlab  chiqarishning  umumiy  qiymati  1978-
yildagidan  5,4  hissa  ortiq  bo'ldi.  Xitoyda  ishlab    chiqarish  qoldiqlarini  qayta  ishlash  keng  yo'lga 
qo'yildi.    Xitoy  har  yili  rivojlangan  davlatlardan  ishlab  chiqarish  qoldiqlarini  sotib  olib,  qayta 
ishlaydi va milliardlab foyda oladi. Xitoy  har yili AQSH dan 14 mlrd dollarga chiqindi sotib oladi. 
    Hatto  1998-yilda Osiyoda  pul masalasi inqirozi hamda tarixda kam uchraydigan kuchli suv 
toshqiniga  duch  kelinganda  ham    Xitoyda  ishlab  chiqarishning  umumiy  qiymati  1997-yildagidan 
7,8 foizga oshdi. Bu davrda qator sanoat va qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish  miqdori, 


 
198 
masalan, guruch, paxta, go'sht, yog'-moy, ko'mir, po'lat, sиment, gazlama, televizor ishlab chiqarish 
bo'yicha Xitoy dunyoda birinchi o'ringa  chiqdi.  
    Davlat tashqi pul muomalasi zaxirasi 45 milliard dollarga yetdi. Xitoy oldingi iqtisodiy qoloq 
holatdan Amerika, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Angliya va Italiyadan keyin  dunyoda yettinchi 
o'ringa chiqdi. 
    Xitoyning    iqtisodiy  taraqqiyotiga  ta'sir  ko'rsatayotgan    eng  muhim    sabablardan  biri 
davlatning  to'g'ri  iqtisodiy  siyosati  va  bu  iqtisodiy  islohot    mobaynida  tuzilgan  iqtisodiy 
qonunlardir.  Xitoy  iqtisodiy  islohot  davomida    bozor  xo'jaligini  yo'lga  qo'ygan  davlatlarning 
tajribalarini  ijodiy  o'zlashtirib,  o'tgan  yillar  davomida  iqtisodiy  munosabatlarni  tartibga  soladigan 
ko'plab  qonun, nizom, qoida va qarorlarni qabul qildi va ularni yangidan vujudga  kelgan iqtisodiy-
ijtimoiy  munosabatlar  xarakteriga  moslashtirib,  vaqti-vaqti  bilan    tuzatib    bordi.  Bu    qonunlar 
islohot natijalarini himoyalash va    mustahkamlashni, bozor munosabatlariga oson  o'tish  va uning 
mo'tadil  rivojlanishini kafolatlagan. 
    90-yillardan  belgilangan  «Sotsialistik  bozor  xo'jaligiga  o'tish»ning    mazmuni  shuki,  qishloq 
xo'jaligini tartibga solish, yerni ayrim xonadonlarning yakka xo'jalik yuritishiga asoslangan oilaviy 
pudrat deb atalgan usulda ishlash,  dehqonlarning tomorqa  uchastkalarini  kengaytirish, yordamchi 
hunarmandchilikni rivojlantirish, ortiqcha mahsulotni bozorda dehqonning  o'zi sotishi imkoniyatini 
yaratishni ko'zda tutadi.  
    Shaharlarda  «direktiva  asosida  rejalashtiriladigan  sohani  qisqartirish»,  sanoat  korxonalarini 
«mustaqil    xo'jalik  tashkilotlariga»  aylantirish,    tovar  munosabatlarini  rivojlantirish,    «narx-navo 
davlat  yo'li  bilan  bir  xil  belgilab    qo'yiladigan  sohani  toraytirish»,  chog'roq  xususiy    va  jamoa  
korxonalari,  kosibchilik  ustaxonalari  faoliyatini,  asosan  xizmat  ko'rsatish  va  savdo-sotiq  xususiy 
korxona egaligini rivojlantirish, mamlakat iqtisodiga chet el  sarmoyasini  jalb qilish xo'jalik tizimi 
islohotining bosh bo'g'ini bo'ldi. 
    XXR rahbariyatining so'zlariga qaraganda,  mamlakatdagi sotsialistik asosda bozor iqtisodiga 
o'tkazish quyidagi bosqichda amalga oshirilmoqda: 2000-yilgacha  sanoat va qishloq  xo'jaligining  
yalpi  mahsuloti 4 baravar ko'payib, xalq  turmushi o'rtacha ma'murchiligiga erishildi. 
    Navbatdagi  bosqich  2021-yilgacha  (XKPning  100  yilligi)  Xitoyni  o'rtacha  rivojlangan 
mamlakat darajasiga ko'tarish. 
   2049-yilgacha  (XXRning  100  yilligi)  Xitoyni  yuksak  darajada  rivojlangan    zamonaviy 
davlatga aylantirish vazifasi qo'yilgan. 
    Xitoyda  iqtisodiy  munosabatlarni tartibga soladigan qonunlar  ikkiga:  fuqarolik qonunlari  va 
iqtisodiy  qonunlarga  bo'linadi.  Ular  bozor  subyektlarini,  ya'ni  korxonalarning  vujudga  kelishi, 
ularni  boshqarish  ishlarini    zamonaviylashtirish  va  faolligini  ishga  solishni,  o'zgartirilishi,  bekor 
qilinishi, qonunni buzuvchilarning javobgarligini o'z ichiga oladi. 
    Shuningdek,  bozor  tartibini  muqim  ushlab  turish,    bozorning  rolidan  to'liq  foydalanish, 
monopoliya  va  noqonuniy  raqobatni  cheklash,  mahsulot  sifatiga  kafolat  berish,  iste'molchilarning 
huquq va  manfaatlarini  himoya qilish,  patent  va tovar markasini  berish, turli shartnomalar tuzish, 
ijaraga  berish, aksiya  savdosi  bilan  shug'ullanish,  chek hujjatlarini tartibga solish, uy-Joy, tijorat 
hamda  bularni  buzuvchilarni  qanday  jazolash  haqida  maxsus  qonunlar  mavjud  bo'lib,  ularning 
bajarilishi qattiq nazorat qilinadi. 2    Korrupsiya va poraxo'rlik eng og'ir jinoyat hisoblanadi. 2004-
yilda yuzlab kishilar poraxo'rlik uchun otishga hukm qilindi. 
    Ayni  paytda  bozor  boyliklarini  joylashtirishda  makro  jihatdan  nazorat  qilish,  davlatning 
umumiy  manfaati  va  kelajagini,  xalq  xo'jaligining  uzluksiz,  muhim,  to'g'ri  yoidan  rivojlanib 
borishini  kafolatlash,  ijtimoiy  taraqqiyot  va  xalq  xo'jaligi  rejasini  tuzish,  to'g'ri  statistika  qilish, 
soliqni tartibga solish, bahoni belgilash va nazorat qilish masalalari aniq tartibga solingan. Ijtimoiy 
kafolat  ham  qonun  orqali  himoyalangan,  raqobat  jarayonida  xavf-xatar  yuzaga  kelsa,  davlat  bu 
ishga aralashadi. 
    2004-yil  21-sentabrda  78  yoshli  Szyan  Szemin  Markaziy  harbiy  kengash  raisi  lavozimidan 
iste'fo berdi. XXR raisi Xu Szintao bu lavozimni ham egalladi. 
   Urushdan  keyin  Xitoy  Sovet  davlati  bilan  yaqin  munosabatda  bo'ldi.  Yuqorida  aytib 
o'tilganidek,  1950—1960-yillarda  sovet  davlati  250  dan  ortiq  korxona  qurishda  ko'maklashdi.  11 
mingdan  ortiq    sovet  mutaxassislari    ishladi.  Lekin  60-yillardan  xitoy  —  sovet  munosabatlari 
buzildi. 1962-yilda Himolaydagi chegara masalasida Hindiston bilan Xitoy o'rtasida qurolli mojaro 


 
199 
kelib chiqdi. 60-yillarda Xitoy Vetnamga  iqtisodiy  va  harbiy  yordam ko'rsatdi. 70-yillardan Xitoy 
AQSH  bilan    munosabatlarini  yaxshiladi.  1971-yilda  AQSH  Prezidentining  Milliy  xavfsizlik 
bo'yicha yordamchisi G. Kissinjer maxfiy ravishda Xitoyga keldi va ikki mamlakat munosabatlarini 
yaxshilash, Xitoyni Sovet davlatiga qarshi qo'yishda katta xizmatlar qildi.  
    1972-yili  AQSH  Prezidenti  A.    Nikson  Xitoyga  rasmiy  tashrif  buyurdi.  1979-yilda  Xitoy 
bilan AQSH o'rtasida  diplomatik munosabatlar o'rnatildi. 
    1979-yilda  Vetnam  Kambojadagi  xitoyparast  «qizil  kxmerlar»  hukumatini  ag'darib 
tashlagandan keyin Xitoy Vetnamga  qarshi harbiy harakat uyushtirdi. 
    Mao  Szedun  vafotidan  keyin  sovet  —  xitoy  munosabatlarida  biroz  iliqlik  paydo  bo'ldi.  M. 
Gorbachyovning    1989-yildagi  Xitoyga  rasmiy  safaridan  keyingina  sovet  —    xitoy  munosabatlari 
yaxshilandi. 
    1997-yili Buyuk Britaniya Xitoyga Gonkongni qaytarib berdi. 
   XX  asr oxiriga kelib Xitoy dunyoning barcha  davlatlari bilan yaxshi munosabatlar o'rnatdi. 
Bu narsa jahonda Xitoy obro'si o'sishiga katta ta'sir ko'rsatdi. 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish