Йилларда франция


  Xitoy— O'zbekiston    munosabatlari



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

 
3.  Xitoy— O'zbekiston    munosabatlari                                   
1992-yil    martda    O'zbekiston  Prezidenti  I.A.  Karimovning  Xitoyga  rasmiy  safari  bo'ldi.  Bu 
safar  davomida  16  ta  hujyat  imzolandi.  XXR  raisi  Li  Shankun  Xalq  majlislari  uyida  O'zbekiston 
delegatsiyasini  qabul  qilish  marosimida:  «Xitoy  bilan  O'zbekiston  rahbarlari  ikki  tomonlama 
munosabatlarning  ko'pgina  masalalarini  hal  etishlari  mumkin.  Chunki  bundan  avval  ham  ikkala 
mamlakat  o'rtasida  yaxshi  munosabatlar  o'rnatilgan  edi»,  —  deb  ikki  mamlakat  o'rtasidagi 
hamkorlikka katta baho berdi. 
Tashrif  davomida  siyosiy,  iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  va  madaniy  sohalarda    qator  bitimlar, 
jumladan,  axborot  ayirboshlash,  radio-televideniye,  banklar,  transport,  aloqa,  sarmoyalarni 
rag'batlantirish,  hamjihatlik,  tovarlar  yetkazib    berish  va  davlat  krediti,  sog'liqni    saqlash,  ta'lim  
hamda  sport  masalalari    bo'yicha    tuzilgan  shartnomalar  va  bitimlar  ikki  mamlakat  o'rtasidagi  
hamkorlikni yangi bosqichga ko'tardi. 
    1992—1993-yillarda Xitoy tomoni ajratgan kredit hisobidan respublikamizga minglab tonna 
guruch, 15000 tonna choy keltirdi.  O'zbekiston Xitoyga «U-76» samolyotlarini yetkazib bermoqda. 
1994-yilda  O'zbekiston  hududida  78  ta  o'zbek  —  xitoy  qo'shma  korxonasi  faoliyat  ko'rsatdi. 
Jumladan, Urganch Ipak ishlab  chiqarish birlashmasida «Suju» firmasi  bilan hamkorlikda  velyur, 
pambarxit kabi materiallar ishlab chiqaradigan korxona qurildi. Toshkentdagi 59-maktab xitoy tilini 
o'rganishga ixtisoslashgan litseyga aylantirildi. 
    1994-yil  aprelda  XXR  Davlat  Kengashi  rahbari  Li  Pen  O'zbekistonga    rasmiy  tashrif  bilan 
keldi  va  qator  bitimlar  imzolandi.    Jizzaxda  Xitoyning    «Nunkel»  firmasi  bilan  hamkorlikda 
yog'och tolali  plita ishlab chiqarish  yo'lga qo'yildi. 
   XX  asr  90-yillarning  oxirlari  —  XXI  asr  boshlarida  O'zbekiston  Prezidenti    Xitoyga    bir 
necha  bor  rasmiy  vizit  bilan  bordi,  bu  tashriflar  ikki  mamlakat  o'rtasidagi  hamkorlik  va    do'stlik  
aloqalarini rivojlantirishda  muhim rol o'ynadi. 
   2005-yil    bahorida    XXR  hukumati  raisi  Xu    Szintao  boshliq    Xitoy  delegatsiyasi 
O'zbekistonda  bo'ldi.  Xavfsizlik  masalasi  va  xalqaro  terrorizmga  qarshi  kurashda  hamkorlik 
bo'yicha  fikr  almashildi.  O'zbekiston  Prezidentining    2005-yil  mayidagi  Xitoyga  rasmiy  tashrifi 
natijasida  qator  bitimlar  imzolanib,  Xitoy  O'zbekistonga  1,5  mlrd  dollar  miqdorida  kredit 
ajratadigan bo'ldi. Ushbu mablag' xalq xo'jaligini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. 
   Demak, Xitoy bilan O'zbekiston o'rtasida iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnikaviy aloqalar tez 
rivojlanib bormoqda. 
   Shunday qilib, Xitoy Xalq  Respublikasi XX  asrning ikkinchi yarmida murakkab yo'lni bosib 
o'tdi. Totalitar sotsializm yo'li  maqbul emasligini, uning xalq ehtiyojlarini qondirolmasligini isbot 
qildi. Xitoy sotsialistik rahbarlikka o'zgartishlar kiritib, uni bozor iqtisodiga moslashtirgan va katta 
vutuqlarni  qo'lga  kiritgan  yagona  davlatdir.  Bunga  u  kommunistik  mafkura  yakka  hokimligini 
tugatib,  iqtisodni  siyosatdan    ustun    qo'yganligi    tufayli  erishdi.  Mamlakatga  chet  el  investitsiyasi 
kiritilishiga  yo'l ochilib, xususiylashtirish keng yo'lga qo'yildi, shu sababli xususiy  xo'jaliklar roli  
o'sdi. Agar  1980-yilda  davlat sektorida sanoat mahsulotlarining 80  foizi ishlab  chiqarilgan bo'lsa, 
bu    ko'rsatkich  90-yillarda  50   foizni  tashkil  etdi.   1990-yillardan  «Sotsialistik    bozor  xo'jaligi»ga 


 
200 
o'tish  va  XXI    asrda  Xitoyni  rivojlangan  davlatga  aylantirish  boshlandi.  Bugungi    Xitoy  —  
iqtisodiyoti gurkirab rivojlanayotgan davlatdir. Bugungi Xitoy yakkapartiyaviylik va totalitar tartib 
saqlangan  holda  bozor  munosabatlari  bosqichma-bosqich  qaror  toptirilayotgan  davlatdir.  Bugungi 
Xitoy  —  BMT  Xavfsizlik  Kengashining  doimiy  a'zosi  bo'lgan,  qudratli,  yadro  quroliga  ega 
davlatlardan biridir.  
                     
  SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
Ikkinchi jahon urushining Xitoy uchun oqibatlari haqida nimalarni  bilib oldingiz? 
Xitoydagi  1946—1949-yilgi  fuqarolar   urushining   oqibatlari  haqida so'zlab bering. 
Xitoyga Sovet davlatirting yordami qanday bo'ldi? 
XKP  rahbariyatining  «Katta sakrash» dasturi mazmuni haqida nimalarni bilib  oldingiz? 
XXR  ning  80-yillardan  gurkirab rivojlanishi,  ya'ni modernizatsiya sabablarini izohlab bering. 
«Sotsialistik bozor xo'jaligiga o'tish»ning mazmuni nima? 
Xitoy    bilan  O'zbekiston    o'rtasidagi    aloqalar    haqida    vaqtli    matbuot  materiallari  asosida  
referat yoki TMI tayyorlang. 
 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish