Siyosiy ekstremizm va terrorizm.
So‘l markazning, ayniqsa, 1969 yildagi “jazirama kuz” dan so‘ng mehnatkashlar bilan murosa
qilishga urinishi, iqtisodiy qiyinchiliklar, ishsizlikning ko‘payishi va marginalizatsiya () o‘ng
radikal oppozitsiya ichida qarama-qarshi reaksiyaning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Neofashistik
guruhga va tashkilotlar faollashib, ularning soni 30 taga yetib qoldi. Ularning ichida “Yangi tartib”,
“Milliy avangard” va ayniqsa, “Milliy front” eng yiriklari hisoblanar edi. Sobiq harbiy jinoyatchi
yirik moliyachilar bilan aloqa o‘rnatgan, zolim, beshafqat va o‘taketgan mutaassib (fanatik)ligi
uchun “qora knyaz” laqabiga ega bo‘lgan knyaz Y.V.Borgeze tashkilotida rahbarlikni o‘z qo‘liga
olgan edi. 1969 yili Paduya shahridabo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tasdiqlab olingan “grafik” asosida
neofashistlarning terrorchilik aksiyalarining soni keskin ravishda ko‘paydi (portlatishlar, faol
jamoatchilar va so‘l kuchlarning ma’muriy binolariga xujumlar uyushtirish va boshqalar shular
jumlasidandir). O‘ta o‘ngchilar (“qora”) terrorizmning asosiyo maqsadi mamlakatda davlat
to‘ntarishi kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan vaziyatni yuzaga keltirish, juda bo‘lmaganda esa
155
minimum rejaga ko‘ra mamlakatda “tartib o‘rnatish” vazifasi qo‘yildi. O‘ta o‘ngchilarning bu
yo‘nalishi “keskin strategiya” nomini olgan bo‘lib, 1969 yil dekabrida Milandagi Fantana
maydonida joylashgan qishloq xo‘jaligi banki binosining portlatilishi bu siyosatning boshlanishi
desak xato bo‘lmaydi. Bu terrorchilik harakati 16 kishining hayotiga zomin bo‘lgan bo‘lsa, 100 ga
yaqin kishi yarador bo‘ldi. Fontana maydoni milliy halokat terrorchilikka qarshi kurashning
ramziga aylandi. Mana shu fojiadan so‘ng, yana bir qancha yirik terrorchilik harakatlari bo‘lib
o‘tdi. Chunonchi, 1970-1971 yillarda Redjo-di-Kalabriya shahrida neofashistlarning politsiya va
harbiylar bilan bir necha oy davom etgan qonli to‘qnashuvlari, barrikada janglari; 1971 yil martida
Akvila shahrida barcha siyosiy partiya binolarining portlatilishi; Borgeza boshchiligidagi “Milliy
front”ning respublikaga qarshi tayyorlagan fitnasining oshkor bo‘lishi; 1974 yil mayida Breshe
shahrida o‘tkazilgan mitingdagi portlash natijasida 8 kishining halok bo‘lishi; 1974 yil avgustida
Balonya yaqinida poyezdning portlatilishi oqibatida 12 ta yo‘lovchining halok bo‘lishi va boshqalar
shular jumlasidandir.
Neofashistik harakatning boshida Italiya ijtimoiy harakati (IIH) turgan bo‘lib, 70-yillarning
birinchi yarmida bu tashkilot a’zolarining soni 400 ming kishiga yetdi. Bu vaqtga kelib
neofashistlar saylovlarda ham bir qancha muvaffaqiyatga erishdi. Masalan, 1972 yilda bo‘lib o‘tgan
saylovlarda ular deputatlar palatasida (630 o‘rindan) 56 ta o‘ringa, senatda esa (315 o‘rindan) 26 ta
o‘ringa ega bo‘lishdi. O‘z huzur halovatini o‘ylab IIH monarxiya talabdorlarining qoldiqlari bilan
birlashdi. Bu vaqtincha bo‘lsada, IIHning mamlakatda obro‘ jihatidan to‘rtinchi siyosiy partiyaga
aylanishiga olib keldi. 1973 yildan boshlab IIH Italiya ijtimoiy harakati - Milliy o‘ng kuchlar (IIX-
MO‘K) deb atala boshladi va uning raxbari etib yana Jorjo Almirante saylandi. Ishchilar
harakatining faollashishidan norozi bo‘lgan shimoliy xududlardagi kichik va o‘rta burjuaziya
vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi tufayli IIX ning ta’siri yanada ortib ketdi. Ammo IIXni
70-yillarning boshlarida qo‘llab-quvvatlagan tabaqalar asosan shahar aholisining o‘rta qatlami,
lyumpen-proletariat vakillari va janubning mariginal () qatlamlari bo‘ldi. 1972 yilda IIX uchun
janub aholisining 1g‘3 qismi ovoz berdi. Neofashistlar milliy va chet eldagi reaksion kuchlar
tomonidan mablag‘ bilan ta’minlab turildi. Kichik sarmoyalardan tashqari, neofashist tashkilotlarga
Italiyaning yirik tadbirkorlari ham xomiylik qila boshladi (Pezenti, Monti va boshqalar).
Mablag‘larning bir qismi Fransiya, Ispaniya, AQSH, Portugaliya banklaridan ham kelib tushardi.
So‘l markazning tadqiqotlaridan xavotirga tushgan obro‘yli doiralar mamlakatdagi vaziyatni
o‘zgartirish va “kuchli davlat” siyosatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, neofashist tashkilotlarni
doimo qo‘llab-quvvatlab turishdi.
Fashistlar tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar, ularning obro‘si tushishiga olib keldi. 1976
yildagi saylovlarda IIX oldingi saylovlardagiga qaraganda 1g‘3 qism oz ovoz oldi. Buning
oqibatida, IIX ichida ichki qarama-qarshiliklar kuchayib ketdi. Bu xol partiyani zaiflashishi va
tarqoqlashishiga olib keldi. Bunga 70-yillarning o‘rtalaridagi terrorchilik harakatlari va siyosiy
fitnalarning qatnashchilariga nisbatan olib borilgan sud jarayonlari va xibsga olishlar ham sabab
bo‘ldi. Ammo, mamlakatdagi yetuk partiyalarning bu jarayonlarga nisbatan e’tiborsizligi tufayli
neofashistlar ustidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlarning aksariyati samarasiz yakun topar edi.
Chunonchi, sud jarayonlarida bor-yo‘g‘i 20 ta neofashist jinoiy javobgar deb topilib, ozodlikdan
mahrum etilgan. Almerantining deputat sifatidagi daxlsizlik vakolati olib tashlandi va “Yangi
tartib” tashkilotining faoliyati batamom ta’qiqlab qo‘yildi.
Shunday qilib 70-yillarning o‘rtalariga kelganda o‘ng radikallarning “qora” terrori ikkinchi
darajaga tushib qoldi va so‘l radikallarning “qizil” terroriga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. So‘l
ekstremizmning yoshlar orasida keng tarqalganligi, talabalarning 1967-68 yillardagi xarakati bilan
chambarchas bog‘liq edi. 1968 yilning bahorida talabalarning norozilik chiqishlari Italiyaning
barcha 36 ta universitetlariga yoyildi. Talabalar oliy ta’limning eskirib qolgan va nodemokratik
tizimiga qarshi bosh ko‘tardi. Ammo, tez orada spektitsizm va har qanday avtoritetni rad etish bu
chiqishlarga ommaviy isyonkorlik va antikapitalistik tus berdi. Butun mamlakat ommaviy
noroziliklar girdobiga tortildi, politsiya bilan to‘qnashuvlar bo‘lib turdi, ma’muriy binolar ishg‘ol
etildi va ishchilar bilan talabalar o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatildi. So‘llarning o‘sha vaqtda
tashkil topgan guruxlari (“ kurash”, “Ishchilar hokimiyati”, “Mehnatkashlarning sotsializm uchun
kurash harakati”, “Manefesto”) siyosiy jixatdan sodda pozitsiyalarni egallagan bo‘lib, o‘zlarini
“inqilobiy” kurash olib bormoqdamiz deb ishontirishga harakat qilar edi.
156
70-yillarning 2-yarmiga kelganda turlicha fikrlashning kriminalashuvi va uning odatiy
jinoyatlarga qo‘shilib ketishi (“Otayapman, demak mavjudman”, “o‘g‘irlayapman, demak pul
topayapman”)jarayoni yuz berdi, shunda yoshlarning 1968 yil avlodlarining xayoliy (utopistik)
rejalaridan ixloslari batamom qaytdi va ular terrorchilik taktikasini tanlashdi. 1977 yilga kelganda,
o‘ta so‘llarning “qizil”, “inqilobiy” bayroq ostida faoliyat ko‘rsatayotgan 97 ta terrorchilik
tashkilotlari borligi ma’lum edi. So‘l ekstremistlarning yashirincha faoliyat ko‘rsatayotgan
terroristik tashkilotlari ichida eng xavflilaridan biri 1970 yilning sentabr oyidayoq tashkil topgan
“qizil brigadalar” bo‘ldi. Ular mamlakatda zo‘ravonlikni yanada kuchaytirish, burjua-demokratik
davlatni esa fuqarolar urushi ochish imkonini beradigan repressiv va avtoritar davlatga aylantirish
g‘oyalarini ilgari surdi. “qizil brigadalar” siyosiy maqsadlarni o‘kach qilib olib odamlarni o‘g‘irlay
boshlashdi, ular hattoki garov tariqasida taklif etiladigan pullardan ham hazar qilishmas edi. 70-
yillarning oxiriga kelganda “qizil brigadalar”ning qurbonlari safida siyosatchilar, sudyalar, katolik
arboblar, tadbirkorlar, jurnalistlar va politsiya xizmatining yuqori mansabdor kishilar ham bor edi.
Bu qurbonlarning ichida Aldo Morodek siyosatchining o‘g‘irlanishi va vahshiylarcha o‘ldirilishi
eng shov-shuvli voqea bo‘ldi. Ekstremizm davlatning huquqiy normalarini oyoq osti qilib aslida
jinoiy guruxlardan biriga aylanib ulgurgan edi.
“Milliy birdamlik” (1976-1979 yillar).
Ekstremistik, terroristik tashkilotlar va mafiyaning faollashishi muhiti so‘l kuchlarning ham
sezilarli darajada faollashuviga imkoniyat yaratildi. 1975 yili bo‘lib o‘tgan viloyat va munitsipal
saylovlarda, neofashistlar o‘z elektoratining bir qismidan mahrum bo‘lishgan bo‘lsa so‘l partiyalar
esa saylovchilar soni jihatidan sentrischilar va o‘nglardan ham o‘zib ketishdi. IKP 70-yillarning
o‘rtalariga kelganda mamlakat siyosiy hayotidagi o‘rni va nufuzini saqlab qolmoqda edi.
Saylovchilarning kattagina qismi IKPga demokratiyani himoya qilish va o‘ng kuchlarning
xujumlarini qaytarishga qodir kuch sifatida qarar edi. IKPning 1975 yili bo‘lib o‘tgan syezdida
bosh kotib Enriko Berminguerning tashabbusi bilan kommunistlar “tarixiy kompromiss” deb
nomlanuvchi taktikani qabul qilishdi. Unda kommunistlarning sotsialistlar va hattoki katoliklar
bilan ham hamkorlik qilishi ko‘zda tutilgan edi. 1976 yil iyunida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari
so‘l kuchlar uchun ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan buyon birinchi marta maksimal
darajadagi muvaffaqiyatni keltirdi. Kommunistlar va sotsialistlar birgalikda, xristian-demokratlarga
nisbatan ko‘p ovozga ega bo‘ldi. XDP uchun ovoz berganlar, IKP uchun ovoz berganlardan bor
yo‘g‘i 4,4 % ko‘p edi. Bu kompartiya va shaxsan Berminguerning muvaffaqiyati edi. Saylovlar
kommunistlarning qo‘llab-quvvatlashisiz har qanday hokimiyat tanazzulga yuz tutishi mumkin
degan xulosaga olib keldi. So‘l markaz tarqalib ketdi. Yangi hukumat faqatgina XDP vakillaridan
tashkil topdi. Tajribali siyosiy arbob xristian-demokrat Djulio Andreotti (1989 yilda tug‘ilgan)
yangi hukumatning premyer-ministri lavozimini egalladi.
Andreotti siyosatchi-katoliklar oilasida o‘sib ulg‘aydi. Rim papasi Pavel U1 bilan yaqin do‘st
edi. O‘zining siyosiy faoliyatini de Gasperining ko‘magida boshlagan. Andreotti ko‘pgina
hukumatlarda ministr, yetti marta esa premyer-ministr lavozimlarida ishlagan. Unga xristian
demokratlarning ayyor, qari va jangovar oti deb baho berishgan. U 50-yillarda partiyaning o‘ng
qanotiga mansub bo‘lsa, 60-yillarda esa so‘l markazni qo‘llab-quvvatladi. 70-yillarning boshida
kommunistlarning “tarixiy kompromiss” taktikasini qo‘llab-quvvatladi, keyinchalik esa xuddi shu
taktikaning barbod bo‘lishiga sababchi bo‘ldi.
Kommunistlar va boshqa so‘l respublikachilar partiyalari bilan birgalikda parlamentda
“betaraflar koalitsiyasi” - deputatlar blokini tashkil etdi. Bu blok parlamentda Andreotti hukumatini
qo‘llab-quvvatladi. 1976-1979 yillarda XDP boshchiligidagi hukumat “Milliy birdamlik” siyosatini
amalga oshirdi.
Italiyaning oltita siyosiy partiyasi va (IKP ham bor) Andreotti hukumati o‘rtasida terrorizmga
qarshi kurashish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida va boshqa masalalar
bo‘yicha dasturiy shartnoma imzolandi. Shu dastur doirasida o‘tkazilgan chora-tadbirlar natijasida,
Italiya 1974-1975 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlariga bardosh berdi. Shu
davrda yoshlarni ishga joylashtirish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Bu mamlakat siyosiy
hayotida kommunistlarga nisbatan o‘tkazib kelinadigan diskriminatsiya siyosatining zaiflashuviga
olib keldi.
157
XDP hukumatining so‘l partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi o‘ng kuchlarda g‘azablanish
hissini qo‘zg‘atgan bo‘lsa, so‘l ekstremistik terrorchi guruhlarda norozilikni keltirib chiqardi va ular
navbatdagi siyosiy bosqinchilik harakatini amalga oshirdi. 1978 yil 16 mart kuni ertalab “qizil
brigada”ning terrorchilari 10 daqiqa ichida hech bir qiyinchiliksiz 5 ta qo‘riqchini o‘ldirib,
XDPning raisi Aldo Moroni o‘g‘irlab ketishdi.1
U bir qancha vaqt davomida garovda ushlab turildi. Hukumat “qat’iy pozitsiya”da utrishga va
terrorchilar bilan hech qanday muzokaralar o‘tkazmaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi. Deyarli har
kuni 35000 ga yaqin kishi A.Moroni qidirish ishlarida ishtirok etdi, bundan tashqari 1,500 ga yaqin
harbiylar kecha-kunduz jangovor navbatchilikda turdi. Politsiya va maxsus xizmat xodimlari har bir
uyni sinchiklab tekshirib chiqishga harakat qilishdi.
Atigi bir necha yuz kishini tashkil etadigan “qizil brigada” terrorchilarining shafqatsiz harakati
barcha uchun haqoratomuz chaqiriq bo‘lib, davlat apparatining zaifligi va inqirozga yuz
tutayotganligini yaqqol ko‘rsatib berdi. Mana shu vahshiylikka javoban kasaba uyushmalarining
chaqirig‘i bilan Italiyada umumiy ish tashlash e’lon qilindi. Umumiy ish tashlashda 16 mlndan ortiq
italiyaliklar ishtirok etib, demokratiyani himoya etish va terrorizmga qarshi kurashishga tayyor
ekanliklarini namoyish etishdi. Terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan vahshiyliklar, ularga
ergashuvchilar va yoqlovchilar sonining keskin kamayishiga olib keldi.
Terrorizmning yangi to‘lqini yana italiyani 70-80-yillar oralig‘ida o‘z girdobiga tortdi.
Navbatdagi siyosiy suiqasdlar, qotilliklar va boshqa zo‘ravonliklar sodir bo‘ldi. Faqatgina 1980
yilning o‘zidayoq 1200 ga yaqin turli terrorchilik aksiyalari amalga oshirildi. Ularning orasida -
Balonya vokzalida 1980 yil 2 avgust kuni terrorchilar tomonidan qo‘yilgan bombaning portlatilishi
o‘ta ketgan qonxo‘rlik aksiyasi bo‘ldi. Portlash oqibatida 85 kishi halok bo‘ldi va 200 ga yaqin
kishi yaralandi. Hammasi bo‘lib, 1969 yildan 1980 yilgacha 7866 ta terrorchilik aktlari qayd etilgan
bo‘lib, bu harakatlar tufayli 362 kishi halok bo‘lgan, 4530 kishi yaralangan.
Mafiya strukturasida ham sifat o‘zgarishlari yuz berdi: ayollarni o‘ldirishni ta’qiqlaydigan va
zaruriyat tug‘ilgan taqdirdagina qotillik qilishga ruxsat beradigan mafiyaning or-nomus izzat
kodeksi endi o‘tmishda qoldi. Mafiyaning Sitsiliya va undan ham shafqatsizroq hisoblangan
Kalibriya shu’basi o‘z yo‘llariga to‘g‘anoq bo‘ladigan har qanday kishining hayotiga zomin
bo‘lishga tayyor edi. Ular o‘z maqsadlari yo‘lida har qanday to‘siqni ham hech o‘ylamasdan
parchalab tashlashga bel bog‘lagan edi.
Shu bilan bir vaqtda korrupsiya Italiyaning siyosiy hayotining ajralmas xususiyat bo‘lib qoldi.
U bilan bog‘liq bo‘lgan mashmashalar yanada balandroq sado bermoqda edi. 1978 yilda xristian-
demokratlar partiyasining a’zosi, mamlakat prezidenti Dj.Mone soliqlarni o‘z vaqtida
to‘lamaganlikda va korrupsiya bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinib, unga AQShning “Lokxid”
nomli avia komserni bilan bog‘liq poraxo‘rlikda aloqador degan ayb qo‘yildi. Dj.Leone iste’fo
berishga majbur bo‘ldi. Italiya prezidenti etib ilk marotaba ISP a’zosi, qarshilik ko‘rsatish
harakatining faol ishtirokchisi Italiya millatining eng yaxshi xususiyatlarini o‘zida mujassma eta
olganligi tufayli hurmat va samimiylik obro‘ga ega bo‘lgan 82 yoshli Aleksandro Pertini tayinlandi.
Yuqori lavozimli mansabdor shaxslarning respublikaga qarshi uyushtirgan fitnasi - “P-2”
(“Propaganda-2”) nomli Masonlar lojasi bilan bog‘liq jinoyatini jamiyatda katta shov-shuvga sabab
bo‘ldi.
Haqiqatda esa “Milliy birdamlik” siyosati mohiyati o‘z funksiyasini bajarmay qo‘ygan edi.
1979 yilning yanvar oyida kommunistik partiya parlamentdagi ko‘pchilikni tark etib XDP
hukumatiga qarshi oppozitsiyaga o‘tdi. Prezident Pertini tomonidan muddatidan oldin o‘tkazilishi
e’lon qilingan parlament saylovlari 1979 yilning iyunida bo‘lib o‘tdi. Prezident saylovlari xristian
demokratlar va ayniqsa kommunistlarning bir qism ovozdan mahrum bo‘lganligini ko‘rsatib berdi.
Shunday bo‘lsada, kommunistlar hali ham kuchli oppozitsion partiya sifatida faoliyat ko‘rsatishga
qodir edi. IKP “tarixiy kompromiss” taktikasidan voz kechdi va “demokratik alternativa” nomli
yangi dasturni qabul qildi. Unga ko‘ra kompartiya hokimiyat uchun kurashda XDP bilan
raqobatlasha oladigan so‘l partiyalarning koalitsiyasini tuzishni ko‘zda tutgan edi. Sotsialistlar,
sotsial-demokratlar va radikalar esa aksincha o‘z mavqeini yaxshilab olishdi. O‘zlarining
mavqeilariga katta baho berib yuborganliklari sababli ISP kommunistlar tomonidan ilgari surilgan
dasturni qo‘llab-quvvatlamadi.
158
Do'stlaringiz bilan baham: |