Mustabid tuzumni qayta qurish va
qismlarga ajratish
O‘sib borayotgan «salbiy holatlar» oqimini bartaraf etish yo‘llarini izlashni faollashtirish
maqsadida Siyosiy Byuro 1985 yilning mart oyida Bosh kotib lavozimiga o‘z a’zolari ichida eng
layoqatli bo‘lgan M.Gorbachevni olib chikdi. Albatta, bu «sodiq leninchilar» taraqqiyot yo‘lini
hech qachon o‘zgartirmaslikni hoxlardilar va agar ular tanlagan bosh kotibning kelajakda nimalarga
qo‘l urishini bilganlarida uni tanlash to‘g‘risida hech qanday gap so‘z bo‘lishi mumkin emas edi.
Gorbachevning o‘zi ham Siyosiy Byuroda: «Biz siyosatni o‘zgartirishimiz shart emas. U to‘g‘ri,
haq va haqqoniy siyosatdir»- deb bayon qilgan edi.
Oligarxiyadagi buzilmas tartib tufayli oliy hokimiyat «oqillik» va javobgarlikka ega bo‘lgan
Gorbachev hamkasblarini aldamayotgan edi. U paytda qiyinchiliklarni bartaraf etishga ishtiyoq
totalitar tuzumining barham topishi va keyinchalik oliy maqsaddan voz kechishga olib kelishi uning
xayoliga ham kelmagan edi. U «real sotsializm» krizisga uchraganini tan olmasdan, maslakdoshlari
va mamlakatni sinov va xatolar yo‘liga boshladi. Sovet-partiyaviy an’analariga ko‘ra u avtoritar
faoliyat ko‘rsatdi.
Avvaliga u ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish shiorini o‘rtaga tashladi. Ammo tezda
eskirgan asbob-uskuna va texnologiyalarni eng yangilariga almashtirishga ko‘proq e’tibor berilishi
boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish qisqarishiga olib keldi. Buni amalga oshirish uchun vositalar
ham yetarli emas edi.
Ayniqsa ichkilikbozlikka qarshi olib borilgan ayovsiz kurash bir tomondan alkagolizmni
kamaytirgan bo‘lsada, ikkinchi tomondan odamlar sog‘ligi va ishlab chiqarishga zarar yetkazdi,
budjetni bir necha yil spirtli ichimliklarni sotishdan keladigan foydadan - 200 milliard so‘mdan
(rubldan) mahrum qildiki, bu mamlakat byudjntiga qattiq zarba bo‘ldi.
Rivojlanishni jadallashtirish maqsadida intizom qat’iylashtirildi. Sanoatda ishlab chiqarish
sifatini yaxshilash maqsadida uni davlat qabul qilib olish tartibini joriy qildi. Ishchilarning
tashabbuskorligi va javobgarligini oshirish uchun mehnat jamoalari to‘g‘risidagi qonun, ularga
hattoki rahbarlarni saylashgacha bo‘lgan keng huquqlarni berdi. Ammo ishlab chiqarilgan
mahsulotning davlat tomonidan qabul qilinishi mahsulotning ilmiy-texnik darajasini ko‘tardi,
ishchilardagi «xo‘jayinlik tuyg‘usi» esa «jamoaviy xudbinlikda», ya’ni «qo‘lay» rahbarlarni
tanlash, narxlar va oylikni ixtiyoriy ko‘tarishda namoyon bo‘lib, u xo‘jalik va jamiyatga katta zarar
yetkazdi.
172
Sanoatda odamlar xavfsizligi ta’minotini inobatga olmaslik oqibatida 1986 yilda Chernobilda
yadro reaktori portlashi yuz berdi, u ko‘pgina mamlakatlarga zarar yetkazdi va keng mintaqa aholisi
uchun fojiaga aylandi.
Iqtisodiyotning ko‘p tarmoqlarini o‘zgartirish zarurligiga ishonch hosil qilgan Gorbachev ilgari
Xrushev tomonidan qo‘llangan qayta qurish ishlarini o‘rtaga tashladi. KPSSning 1986 yil boshidagi
syezdi uni qo‘llab-quvvatladi va mehnatkashlarni «sotsialistik o‘zaro yordam va talabchanlikni»
oshirishga chaqirdi va qisqa muddatda ishlab chiqarishni keskin oshirish, mehnat unumdorligini
oshirish, mamlakatni uy-joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanish muammolarini hal qilishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ydi.
1987 yilga kelib aholi extiyoji uchun zarur mollar va budjet tanqisligini bartaraf qilishga urinib,
oliy hokimiyat organlari Gorbachev tashabbusi bilan iqtisodiyot boshqaruvini tubdan qayta
qurishga kirishdilar, davlat korxonalari, vazirliklar, respublika idoralari, ta’minot tizimlari, banklar
mavqeini o‘zgartiruvchi qaror va qonunlar hamda keng ijtimoiy dasturlar qabul qilishdi. Bu
choralar xo‘jalikni ma’muriy ko‘rsatmalar orqali boshqarishni shartnomaviy boshqaruvga
almashtirdi, ammo ular har doim ham bir-biri bilan mos tushmas va rejalarning bajarilishini
kafolatlay olmasdi. Dasturlarni amalga oshirish uchun esa vositalar yo‘q edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida hokimiyat tomonidan aholi iste’moli uchun yo‘naltirilgan
mahsulotlar ulushi biroz ko‘tarildi. Ishchilarning o‘z-o‘zini moliyalash, pudrat va ijara asosida ishni
tashkil qilish joriy qilindi, rahbarlar ishlab chiqarishni aholi extiyojlariga yo‘naltirish, mehnatga
haq to‘lashni esa uning natijasi bilan bog‘liq tarzda amalga oshirishga harakat qilishardi. Keyin
kooperativ, mohiyatan ishbilarmonlikka asoslangan, individual mehnat faoliyatiga ruxsat etildi va
qonunlashtirildi. Hokimiyat ruxsati bilan qo‘shma korxonalar, hatto chet elliklar ishtirokida tuzila
boshlandi. Bu choralar aholini davlat tomonidan ekspluatatsiya qilinishining markazlashishini
susaytirib, ekspluatatsiya vazifalarining bir qismi tarmoqlar va korxonalar rahbarlari qo‘liga o‘tdi.
Ammo bolangan iqtisodiy tashabbuskorlik (ishbilarmonlik), sovet sanoatining asosi - harbiy-
strategik sanoati u yoqda tursin, hattoki iste’mol mollari ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni
ham qamrab olmagan edi.
1985-1989 yillarda budjet tanqisligi 5 marta oshdi, ammo uni bartaraf etish uchun amalga
oshirilgan emissiya SSSR ichki qarzlarini 2,5 martaga - oshirdi. Iqtisodiyot va jamiyatdagi «salbiy
holatlar» ko‘payishni davom ettirdi. Bu yo‘nalishda islohotlar ish bermayotgan edi.
Ammo iqtisodiyotni qayta qurish davom etardi. 1988 yil yozidagi KPSSning Butunittifoq
konferensiyasi iqtisodiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirishga qaror qildi: davlat buyurmalari va
ko‘rsatmalari asosidagi ma’muriy boshqaruvni cheklash, to‘la xo‘jalik hisobini va uning shaklini
mehnat kollektivlari tomonidan tanlanishini joriy etish, hamda iqtisodiy o‘z-o‘zini boshqarish
vazifalari qo‘yildi. Iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bu qadam ko‘pgina xo‘jalik
rahbarlarini esankiratib qo‘ydi va harbiy sanoat qo‘rg‘onlariga duch keldi. Ishlab chiqarish o‘sishi
sekinlashdi va 1990 yilga kelib dunyo Yalpi Mahsulotida SSSR hissasi 8% gacha pasaydi va eng
asosiysi oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar tanqisligi oshdi. «Magazin (do‘kon)lar peshtaxtalarida
zarur oziq-ovqat mahsulotlari tobora kam paydo bo‘lmokda;.. - oxirgi paytlarda baliq, go‘sht,
yormalar, makaron mahsulotlari savdodan umuman yo‘qoldi»- deb joylardan MKga xabarlar
kelardi. Oziq-ovqat va eng oddiy sanoat mahsulotlarini «izlab topish» tobora qiyinlashib borar,
narxlar ko‘tarilib borar, navbatlar cho‘zilar, olib sotarlik avjiga chiqayotgan edi. Hukumat
tomonidan ko‘tarib chiqilgan «Kuchli ijtimoiy siyosat» shiorini amalga oshirish uchun zahiralar
yo‘q edi.
1986 yildayoq Gorbachev va uning izdoshlari faqatgina iqtisodiyotni qayta qurish ahamiyati va
jozibaliligini ta’kidlab uni inqilob deb atadi. Uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqqa qayta qurish haqidagi
da’vatlari bilan murojaat qilishlari unga Siyosiy Byuroda tan olingan daxlsizlikka erishishiga
yordam berdi. Ikki yil ichida u Siyosiy Byuro a’zolarining 70% ini «qayta qurish ish
boshqaruvchilari» B.Yelsin, A.Yakovlev, E.Shvardnadze va boshqalar bilan almashtirishga ulgurdi.
MK (Markaziy Qo‘mita) tarkibi 40%ga yangilandi.
Ko‘pgina partiya va davlat arboblarining mutaassibligi va rasmiyatchiligiga duch kelgan
Gorbachev Stalincha «deformatsiya» va «tormozlash mexanizmini» bartaraf etishga «sotsialistik
demokratiya» va «xalqning o‘z-o‘zini boshqarishi»ni rivojlantirishga da’vat etdi. Uning tashabbusi
bilan Siyosiy Byuro va MK oshkoralikni - ancha ilgari yo‘q qilingan so‘z erkinligini sotsializm
173
doirasida e’lon qildi. Kamchiliklarning va ko‘pgina rahbarlar faoliyatining quyidan turib tanqid
qilinishi, fuqarolar tomonidan o‘z takliflarining o‘rtaga tashlanishi va tarqoq holdagi ommaviy
chiqishlar qayta qurishning kengayishi va chuqurlashuviga olib keldi. Natijada viloyat partiya
tashkilotlarida 60% kotiblar, hamda ko‘pchilik Sovet va xo‘jalik rahbarlari almashtirildi.
Mo‘ljalni aniq belgilash va qayta qurish konsepsiyasini ishlab chiqish qiyin edi. 1987 yil kuzida
Gorbachevning «qayta qurish va yangicha fikrlash mamlakatimiz va butun dunyo uchun» nomli
kitobi chikdi. Unda u umuminsoniy qadriyatlar ustunligi va barcha mamlakatlar xalqlari ularning
atrofida birlashishi zarurligi haqida yozgan edi. Bu M.Gorbachevga SSSR oliy rahbariyat organlari
qo‘shma yig‘ilishida o‘z so‘zlariga ishontirishiga xalaqit bermadi: «Biz yangi olam sari
kommunizm olami sari bormoqdamiz». «Bu yo‘ldan biz hech qachon chekinmaymiz!». Kitobida
esa u gap «umumxalq sotsialistik davlat», «jamoaviy mulk» boshqaruvdagi partiyani o‘zgartirish
haqida emas, balki ularni rivojlantirish va chuqurlashtirish, SSSRning ichki va tashqi o‘tkir
muammolarini ochishga noan’anaviy yondoshishni o‘zgartirish, markscha-lenincha yondoshuv va
jamiyatni yaxshi bilmaslik natijasida konsepsiyasini ishlab chiqish qiyinlashayotgan yangicha
siyosat yuritish zarurligini tan olishdan iborat edi.
Gorbachevning «yangilanish mafkurasi» bilan chiqishi konservatorlar («prinsiplaridan voz
kecha olmaydigan»), mo‘tadil «yangilanganlar» (sotsializmni insonparvar, demokratik qilish
uchun), radikallar («ko‘p partiyaviylik, respublikalar va fuqarolar huquqlarini kengaytirish uchun»)
o‘rtasidagi qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
1988 yildagi KPSSning Butunittifoq konferensiyasi biroz ikkilanib siyosiy tizimni qayta qurish,
ichki partiyaviylik demokratiyasini tiklash va qatag‘on qurbonlarini oqlashni davom ettirishga qaror
qildi.
Gorbachev KPSS rolini mustahkamlashga da’vat etar va shu bilan birgalikda shaxs huquq va
erkinliklarini kengaytirish orqali odamlarning qayta qurishda ishtirokini ta’minlashga harakat qildi.
Konferensiya delegatlarining deyarli yarmi bunday o‘zgarishlarga qarshi bo‘lib, uni asosiy
yo‘nalishdan chekinish deb hisoblashardi.
Konferensiya kommunistik partiyaning mafkuraviy-siyosiy monopoliyasini saqlagan holda
kengashlar, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlarni an’anaviy ma’muriy buyruqbozlik bilan
boshqarishdan voz kechish va ularning, ayniqsa kengashlarning rolini oshirishga qaror qildi.
Unutilgan «Butun hokimiyat sovetlarga!» shiorini o‘rtaga tashlab «xalq hokimiyati»ni tiklash
va «Sotsialistik huquqiy davlat»ni shakllantirish maqsadida markaziy, respublikaviy va mahalliy
sovetlar va ular bilan birga sudlarga mustaqillik berishga intilar, ularning tuzilishi va shakllanish
usullarini o‘zgartirishardi. Partiya va davlat organlari funksiya (vazifa)larining ajralishi boshlandi.
Bu ilgarigi hokimiyatni susaytirdi va parchaladi. Siyosiy va iqtisodiy plyuralizm (xilma-xnllik) siz
yangi hukumatni barpo qila olmasdi.
Mamlakatda va Partiya ichida ham sotsializm va demokratiyaning talqini to‘g‘risida keskin
bahs-muzokoralar boshlanib ketdi. 1988 yil oxiriga kelib liberalizm individual erkinlik va huquqlar
ustunligi va natsionalizm o‘z millat (elat)ining manfaatlari ustunligi tarafdorlari paydo bo‘ldi. O‘z
ixtiyori bilan faoliyat yuritayotgan ko‘pchilik kommunistlar ishtirokida ijtimoiy uyg‘onish
boshlandiki, u ko‘pgina turli qiyofadagi «norasmiy» - noqonuniy, ta’qiqlanmagan tashkilotlarning
va ommaviy harakatlarning, hattoki xalq frontlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. KPSS nafaqat
mamlakat muammolarini hal qilish yo‘llarini muhokama qilish bo‘yicha monopoliyadan mahrum
bo‘ldi, balki shu bilan birga xalq ommasi kayfiyati va hatti-harakatini boshqarish imkoniyatidan
ham mahrum bo‘ldi, sovet jamiyatining parchalanishi boshlandi.
Jamiyatning yangi siyosiy tuzulishi, SSSR yangi Oliy organiniig vazifalari va saylovlari
to‘g‘risidagi SSSR konstitutsiyasiga o‘zgarishlar kiritish haqidagi qonunlar hukumatlarni
taqsimlash, saylovchilar va mintaqalarning emas, hattoki saylovchilarning o‘zaro teng huquqligini
ham ta’minlay olmasdi. Ular «boshqariladigan demokratiya» tizimini yaratishga yo‘naltirilgan edi.
Siyosiy Byuro va ular tomonidan boshqariladigan tashkilotlar o‘z vakillari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri
joylarning uchdan biriga ega bo‘lishardi. Ammo sovet saylovchilari 1989 yil bahorida ilk bor bir
nechta erkin nomzodlardan xalq deputatlari syezdiga o‘z delegatlarini saylash imkoniyatidan
mamnun edilar.
Saylovlarni KPSS organlari boshqarar va saylovchilarning 80%i kommunistlar edi, ammo
partiyaviy intizomning susayishi bois ularni boshqarish qiyinlashdi. Albatta, ko‘pchilik
174
Y.Afanasyev nomlaganidek «agressiv itoatkor» edi. Gorbachev syezd tashkil etgan Oliy Sovet raisi
etib saylandi, ammo uning (sovetning) «stalincha brejnevcha» ko‘pchiligiga ozgina radikallarni
qo‘shishga majbur bo‘ldi.
Radikallar qayta qurish dushmanlari va Gorbachev sustkashligini tanqid qilib, SSSRning asosiy
maqsadini shubha ostiga qo‘ydi. Ular tomonidan A.Saxarov va B.Yelsinlar rahbarlik qilayotgan
mintaqalararo deputatlar guruhi tashkil qilindi, qonuniy muxolifot tiklandi.
Navbatdagi Syezdda, kuzga kelib faollashgan radikallar «sotsialistik yangilanish» uchun, KPSS
monopoliyasini siyosiy plyuralizm bilan, unitar davlatni Saxarov (dekabrda vafot etgan)
konstitutsiya loyihasida ko‘rsatilgan erkin respublikalar ittifoqi bilan almashtirishni, mulkchilikning
turli shakllari va bozor munosabatlarini e’tirof etishni talab qilishdi. Bunda ular, buning hammasini
aholi turmush darajasini yomonlashtirmasdan turib amalga oshirish mumkin deb ishontirardi.
Bunday chiqishlar «boshqa bunday yashash mumkin emas!»ligiga ishonganlarga ilhom
bag‘ishlardi. Mamlakatda miting va namoyishlar ko‘payib ommaviy xarakterga ega bo‘ldi. Ularda
yuz minglab odamlar ishtirok etardi. Ular ta’minotni yaxshilashni, fuqaro va xalqlar huquq va
erkinliklarini kengaytirishni talab etishar, byurokratizmga qarshi norozilik bildirar, radikallarni
qo‘llab-quvvatlardilar. Bunday talablar bilan chiqqan B.Yelsin mashhur bo‘ldiki, KPSS
rahbariyatining unga tazyiqi uning mashhurligini yanada oshirdi.
1989 yildagi o‘zgarishlar natijasida totalitar tuzum tugatildi. Partiya, davlat va xo‘jalik
organlariga «yangicha fikrlashni» o‘zlashtirish qanchalik qiyin bo‘lsa, konsepsiyasi endigina ishlab
chiqilayotgan yangicha siyosat yuritish undan-da qiyinroq edi. Bu o‘z navbatida hokimiyat
ta’sirchanligini susaytirardi. Ijtimoiy uyg‘onish qayta qurishni nafaqat oldinga surar balki, undan
oshib o‘tayotgan edi. Jamiyat tarkibiy qismlaridagi parchalanishining boshlanishi «boshqariladigan
demokratiya»ni shakllantirishni qiyinlashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |