Sovet davlati va uning parchalanishi
SSSR fashistlar Germaniyasini mag‘lubiyatga uchrashida asosiy rol o‘ynadi. Biroq g‘alaba
katta talofatlar xisobiga qo‘lga kiritildi. Chunonchi, SSSR ning 27 mln fuqarosi xalok bo‘ldi. Xalok
bo‘lganlarning 11,5 mln ga yaqin askarlar edi.
Bundan tashqari SSSR milliy boyligining uchdan bir qismini yo‘qotdi. Sanoatning xalq istemoli
maxsulotli ishlab chiqarish soxasi keskin kamaydi. Qishloq xo‘jalik maxslotlari ishlab chiqarish
xajmi urushdan avvalgi darajaga nisbatan 40% foizga kamaydi.
Endi Sovet davlati oldida mamlakat xo‘jaligini tiklash vazifasi turar edi. Shu maqsadda SSSR
Oliy Sovet xalq xo‘jaligini rivojlantirishning to‘rtinchi besh yillik ish rejasini qabul qildi. Qattiq
markazlashtirilgan raxbarlik xamda SSSR tarkibidagi xalqlarning fidokorona mexnati tufayli sanoat
ishlab chiqarish xajmi 1950 – yilda urushdan oldingi darajadan oshib ketdi (73 foizga).
Ayni paytda sanoatning tez suratlar bilan rivojlanishi mamlakat qamoqxonalarida
saqlanayotgan ko‘p millionli sovet tutqinlarining xamda 1,5 mln. Nemis, 0,5 mln yapon xarbiy
asirlarining tekin mexnati, Germaniyadan undirilgan 4,3 mlrd dollar xajimdagi tovon, shuningdek
kapital mablag‘ asosiy qismining sanoatga yo‘naltirganligi xam katta rol o‘ynadi.
Urushdan keyingi yillarda yana o‘zgacha o‘zgacha fikrlovchi kishilarni qatag‘on qilish
boshlandi. O‘zgacha fikrlovchilarni qatag‘on qilish – totalitar sotsializimning yo‘ldoshidir. Chunki
totalitar sotsializm – kuchga xamda yolg‘on aqidalarga asoslangan jamiyat. Biroq xar bir davrda
166
totalitar sotsializm ximoyachilari qatag‘on boshlash uchun baxona sifatida nimanidir asos qilib
oladilar. Urushdan keyingi qatag‘onlarda xam shunday qilindi.
Xo‘sh, bu safargi qatag‘onga nimalar asos qilib olindi? Sovet ziyolilari urushdan keyin chuqur
iqtisodiy va siyosiy isloxotlar o‘tkazilishiga umid qildilar. Ularning malum qismi CCCR da xam,
G‘arbdagi kabi, erkin jamiyat qaror topishini istadilar. Ayni paytda bunday chuqur o‘zgarishlarga
isloxotlar yo‘li bilan erishishni taklif xam etganlar. BMT ning 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan
“Inson xuquqlari umumjaxon deklaratsiyasi” ni SSSR xam imzolagani ularda bunday umidni paydo
qilgan edi.
Iqtisodiy isloxotlar borasida ziyolilarning bir qismi korxonalar o‘rtasida raqobat sharoitini
vujudga keltirishni, xissadorlik jamiyatlarini tuzishni, davlat taminotini bekor qilishni, xususiy
savdoni yo‘lga qo‘yishni, erkin narx joriy etilishini, kolxozlar mol-mulkini va ularga berilgan
yerlarni oilalarga bo‘lib berish yo‘li bilan kolxozllarni amalda tugatilishini taklif etdilar. Siyosiy
soxada esa muqobil saylov, raxbarlikga saylanuvchilarning vakolat muddati cheklanishi, milliy
(aslida mustamlaka) rkspublikalarga esa ularning xuquqlarini kengaytirish xaqidagi takliflarni ilgari
surdilar.
Biroq SSSR raxbariyati bu taklifni sotsializmni ichdan qo‘porish taklif mualliflarini esa
sotsializmga qarshi unsurlar deb baxoladi. Bu esa yangi qatag‘onlar kompaniyasining boshlanishiga
turtki bo‘ldi. Natijada ziyolilarning minglab ilg‘or qismi partiya–sovet xodimlari , respublikalarning
milliy kadrlari qatag‘onga uchradi.
O‘zbekistonliklar xam qatag‘ondan chetda qolmadi. Xususan 1951–yilda mustabid tuzumning
tayanchi bo‘lmish xavafszlik xizmati go‘yo respublika “Yozuvchilar yushmasi” da ayrim matbuot
organlariga “uya qurgan” 12 kishidan iborat “sovetlarga qarshi millatchi gurux”ni “fosh” etdi.
Davlat xavfsizlik xizmatining ushbu “faoliyati” natijasida yozuvchi va shoirlar Shukurullo,
Shuxrat, Shayxzoda, adabiyotshunos olim X.Sulaymon qamoqqa olindi va sovetlarga qarshi
millatchilik faoliyatida ayblanib, 25 yilga xukm qilindilar.
SSSR da 1930 – 1953 yillar oralig‘ida jami 3.8 mln ga, yaqin kishi qatag‘on etildi. Ulardan 800
minga yaqini otib tashlandi. O‘zbekistonda 1937-1953 – yillarda 100 ming kishi qatag‘on etildi.
Ularning 15 mingi otib tashlandi. Islom Karimov Toshkentdagi “Shaxidlar Xotirasi” yodgorlik
majmuasining ochilishi marosimida bu daxshatli xolatni tariflab “zulm va zo‘ravonlikga qurilgan
mustabid beshafqat tuzum davrida o‘zligini, millat qadr–qimmatini teran anglagan ijtimoiy–siyosiy
ongi yuksak, xalqni uyg‘otishgga xalqni boshqarishga qodir bo‘lgan, marifat va manaviyat yo‘lida
fidoiylik ko‘rsatgan barcha aql–zakovat soxiblarining ... ” qancha – qanchalari jismonan yo‘q
qilingaligini takidlagandi.
To‘g‘ri 1953 yilda I.Stalin vafot etgach, turli yillarda qatag‘on etilganlar oqlandi. Biroq
mustaqil fikrlovchi shaxslarni qatag‘on qilish I.Stalin davridagidek ommaviy va qonli tusda
bo‘lmagan bo‘lsa-da 70-80–yillarda xam davom etdi. Ular yakka Ular yakka-yakka tartibda ta’qib
etildi. Ular ustidan turli jinoiy ishlar uyushtirildi va majburan ruxiy kasalliklar kasalxonalariga
yotqizildi. Dunyo jamoatchiligiga taniqli bo‘lganlar uy qamog‘ida yoki badarg‘ada saqlandi.
Ba’zilar mamlakatdan chiqarib yuborildi.
I.Stalin vafotidan so‘ng raxbarlik lavozimini N.Xrushyov egalladi. U 1956-yilda bo‘lib o‘tgan
KPSS ning XX sezdida I.Stalin shaxsiga sig‘inish va uning oqibatlarini qattiq qoraladi.
Mamlakatning ilg‘or qismi chuqur iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar amalga oshadi, deb yana bir bor
umid bilan qaray boshladi. Biroq ularning umidlari oqlanmadi. Mamlakatda stalinizm yangi
ko‘rinishda davom etaverdi.
KPSS ning 1959-yilda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari XXI sezdi SSSR da sotsializm «to‘la va
uzil-kesil g‘alaba qozondi», degan xulosaga keldi. Bunga mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida ro‘y
bergan sezilarli ijobiy yutuqlar asos qilib olindi.
Aslida bu kommunitslarning navbatdagi xomxayoliari edi. Sovet davlatining keyingi butun
taraqqiyoti buni tasdiqladi. Biroq 1959-yildan boshlab bu xomxayol xodisa ulkan tarixiy g‘alaba,
deb talqin etildi. Bu jozibador xulosa sovet raxbariyati tomonidan yanada xomxayol bo‘lgan boshqa
xulosa ilgari surilishiga asos bo‘ldi. Bu — SSSR ning endi kommunitsik jamiyat qurilishi keng avj
oldirilgan davrga qadam qo‘yganligi xaqidagi xulosa edi.
Va, nixoyat, KPSS ning XXII sezdida (1961-yil) KPSS ning yangi dasturi — Kommunizm
qurish dasturi qabul qilindi. Xo‘sh, kommunistlar fikricha, kommunizm qanday jamiyat edi?
167
Birinchidan, bu - ishlab chiqarish vositalari to‘la umumxalq (aslida davlat) mulki bo‘lgan
jamiyat edi.
Ikkinchidan, bu — jamiyatning barcha a’zolari ijtimoiy jixatdan batamom teng bo‘lgan sinfsiz
jamiyat edi.
Uchinchidan, bu — ijtimoiy boylikning barcha manbalar mo‘l-ko‘l bo‘lgan, to‘lib-toshib
turadigan va, natijada, xar kim qobiliyatiga yarasha ishlaydigan, lekin jamiyat boyligidan xar kim
extiyojiga yarasha ulush oladigan jamiyat edi.
To‘rtinchidan, bu — mexnat qilish xamma uchun birinchi xayotiy extiyoj, anglangan zaruriyat
bo‘lib qoladigan jamiyat edi.
Dasturda kommunizm qurish uchun quyidagi 3 ta ulkan vazifani bajarish zarurligi ta’kidlandi:
-kommunizmning moddiy-texnika bazasini yaratish;
-yangi ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltirish;
-yangi kishini tarbiyalash.
KPSS dasturida bundanda battarroq xomxayol orzular ilgari surildi. Chunonchi: a) 1960—
1970-yillar oralig‘idagi o‘n yil ichida iqtisodiy taraqqiyotda AQSH ga yetib olish va undan o‘zib
ketish; b) 1970—1980-yillar oralig‘idagi o‘n yil ichida kommunizmning moddiy-texnika bazasini
yaratish. Vaqt tez orada KPSS va sovet davlati raxbariyati ilgari surgan yuqoridagi vazifalar
xomxayol ekanligini tasdiqlay boshladi. Bu esa oliy raxbariyat o‘rtasida ziddiyatlarni kuchaytirdi.
Buning oqibatida 1964-yilda N.Xrushyov vazifasidan olib tashlandi.
Xokimiyat L. I. Brejnev qo‘liga o‘tdi. Uning davrida iqtisodiy isloxot o‘tkazilishiga urinildi.
Biroq bu isloxot mamlakat iqtisodiyotini tubdan qayta qurishni anglatmas edi. Mafkura
iqtisodiyotni chulg‘ab olgan bir sharoitda bu tabiiy xol edi. Chunki qotib qolgan, xayotdan orqada
qolgan kommunistik mafkura xar qanday tub isloxotni sotsializm asoslariga zarba deb baxolardi.
KPSS ning kommunizm qurish rejasi barbod bo‘lgach, L.I.Brejnev KPSS ning XXIV sezdida
(1971-yil) «rivojlangan sotsializm nazariyasini ilgari surdi. Bu nazariyada kommunizm uzoq
kelajakda quriladigan jamiyat, deb izoxlandi. Ungacha jamiyat sotsializm va kommunizm oralig‘ida
rivojlangan sotsializm bosqichini bosib o‘tishi lozimligi «asoslandi». Xayot, vaqt bu nazariyaning
xam soxta ekanligini tasdiqladi.
SSSR ning iqtisodiy taraqqiyoti borgan sari pasaya boshladi va unda turg‘unlik xolati vujudga
keldi. Buning asosiy sababi ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotning ilmiy-texnika
inqilobi natijalarini qabul qila olmaganligi bo‘ldi. Natijada bu iqtisodiyot katta xarajat talab
etadigan va kam samara keltiradigan iqtisodiyotga aylanib qoldi.
1982-yilda L. Brejnev vafot etgach, qisqa vaqt ichida yana ikki raxbar almashdi. Bular
Y. Andropov va N. Chernenko edilar. Ularning xar ikkisi xam og‘ir kasal edilar. Biroq davlat
qonunga bo‘ysunmaydigan jamiyatda og‘ir kasal kishilarning xokimiyat tepasiga kelib qolishi
tabiiy xoldir.
Nixoyat, 1985-yil mart oyida M.S.Gorbachyov KPSS ning Bosh kotibi lavozimini egalladi. Shu
yilning aprel oyida u qayta qurish va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish
dasturini ilgari surdi. Unga ko‘ra, 15 yil ichida (1985-2000) SSSR ning iqtisodiy qudrati 2 baravar
ortishi, ya’ni 15 yil ichida sovet davlati yashab kelayotgan 70 yil davomida erishilgan darajaga teng
iqtisodiy qudrat yaratilishi kerak edi.
Jadallashtirish dasturining amalga oshishi 3 omilga tayanar edi. Bular:
- korxonalar mustaqilligini kengaytirib, ularni xo‘jalik xisobiga va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan
ta’minlashga o‘tkazish;
- mexnatning mazmuni va xarakterida, odamlarning moddiy va ma’naviy turmush sharoitlarida
chuqur o‘zgarishlar qilish, samaradorlikka qarab xaq to‘lash;
- oshkoralik, ya’ni siyosat, ijtimoiy va mafkuraviy muassasalar tizimini faollashtirish.
Aslida jadallashtirish dasturi xam KPSS va Sovet davlati raxbariyatining yana bir xomxayol,
orzusi bo‘lib chiqdi. Chunki iqtisodiyotda bozor munosabatlarisiz bu vazifalarni amalga oshirib
bo‘lmas edi. Buning ustiga SSSR axolisi ongi yangi — bozor iqtisodiyotini qabul qilishga tayyor
emas edi. 1988-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi, 1990-yildan boshlab esa sanoat ishlab chiqarishi
pasaya boshladi.
Budjet taqchilligi 100 mlrd. so‘mdan ortdi. Davlatning oltin zaxirasi 6 yilda (1985—1991) 10
baravar kamaydi va u atiga 240 tonnaga tushib qoldi. Axolining turmush darajasi shiddat bilan
168
pasaya boshladi. Shunday sharoitda M.S.Gorbachyov «insonparvar, demokratik sotsializm»
qurilishini e’lon qildi. Biroq endi uning cho‘pchaklariga deyarli xech kim ishonmay qo‘ydi. Ittifoq
davlati oliy raxbariyati va organlari axoli ko‘z o‘ngida obro‘ etiborini, ishonchni yoqotib qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |